1. Ko‘k yalt-yalt etuvchi mayoqcha va unga qo‘shimcha maxsus tovushli ishorasi yoqilgan transport vositasi sizga yaqinlashib kelmoqda. Siz shunday transport vositasiga qarshi harakatlanayotgan bo‘lsangiz, nima qilishingiz lozim?
Yo‘l yoqasida yoki qatnov qismining chetida to‘xtash
Mayoqcha ishorasi yoqilgan transport vositasiga halaqit bermasdan harakatni davom ettirish
To'g'ri javob: Mayoqcha ishorasi yoqilgan transport vositasiga halaqit bermasdan harakatni davom ettirish
YHQ 6 – bobi 26 – bandiga asosan: Haydovchilar ko‘k yoki ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va maxsus tovushli ishoralarini yoqqan holda yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi chiroqlari yoqilgan transport vositalariga to‘siqsiz o‘tib ketishlari uchun yo‘l berishlari shart.
2. Ko‘rsatilgan belgi ostidagi qo‘shimcha axborot belgisi qanday maqsadda o‘rnatilgan?
Belgining amal qilish hududida foto va video moslamalardan foydalanish taqiqlanadi
DYHXX tomonidan harakat jarayoni foto va video kuzatuviga olingan yo‘l qismini bildiradi
To'g'ri javob: DYHXX tomonidan harakat jarayoni foto va video kuzatuviga olingan yo‘l qismini bildiradi
YHQ 1 – ilovasi 7 – bo‘limining o‘ttiz ikkinchi xatboshisiga asosan: 7.19. “Foto va video qayd etish”. Yo‘l harakati qatnashchilarining harakatlari maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilayotganligini bildiradi. Ogohlantiruvchi, imtiyoz, taqiqlovchi, buyuruvchi va axborot ishora belgilari bilan birgalikda qo‘llaniladi.
3. Yo'naltirgichlar bilan ko'rsatilgan yo'nalishlarning qaysi biridan harakat qilish mumkin?
Faqat to'g'riga.
Chapga va orqaga.
To'g'riga, chapga va orqaga.
To'g'ri javob: Faqat to'g'riga.
YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining 1.11 yotiq chizig'i faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yo'l qismlarida, bir yo'nalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi. Qayrilib olish, to'xtash maydonchalari va shunga o'xshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yo'nalishda ruxsat etilganligini ko'rsatadi. 1.11 chizig'ini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirg'a chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib o'tishni tugatayotganda bosib o'tishga ruxsat etiladi.
4. Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:
Mototsikl, avtomobil, tramvay.
Tramvay, avtomobil, mototsikl.
Tramvay, mototsikl, avtomobil.
To'g'ri javob: Mototsikl, avtomobil, tramvay.
YHQ 16-bobi 106-,105 - va 104 - bandlariga asosan, asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada tramvay harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, teng ahamiyatli yo'lda bir yo'nalishda yoki qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.
5. Chorrahani ikkinchi bo'lib kesib o'tadi:
Ko'k avtomobil.
Yashil avtomobil.
Qizil avtomobil.
To'g'ri javob: Ko'k avtomobil.
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.
O‘ngroqqa olish va yaqinni yorituvchi farani yoqish zarur
Transport vositasini yo‘lning chetiga olib chiqish, agar buning iloji bo‘lmasa mazkur qoidalar talablariga binoan uni belgilash lozim
To'g'ri javob: Transport vositasini yo‘lning chetiga olib chiqish, agar buning iloji bo‘lmasa mazkur qoidalar talablariga binoan uni belgilash lozim
YHQ 23 – bobi 136 – bandi: Sutkaning qorong‘i vaqtida yo‘lning yoritilmagan qismida, shuningdek, yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda to‘xtagan yoki to‘xtab turgan transport vositasida gabarit fara chiroqlari yoqilgan bo‘lishi kerak.
7. Bu joyda avtomobil to‘xtashiga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
YHQ 13-bobi 88-bandi 2-xatboshiga asosan, aholi punktlarida o‘rtada tramvay yo‘li bo‘lmagan, har yo‘nalishda bittadan tasmasi bo‘lgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llarda yo‘lning chap tomonida to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi. O‘rtada tramvay yo‘li bo‘lgan yo‘llarda chap tomonda to‘xtash taqiqlangan.
8. Harakatlanish mumkin bo‘lgan yo‘nalish qaysi rasmda ko‘rsatilgan?
O‘rtadagi va o‘ngdagi rasmda
Pastdagi rasmda
O‘ngdagi rasmda
Chapdagi rasmda
To'g'ri javob: O‘ngdagi rasmda
YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.19 "Qayrilish taqiqlangan" belgisida faqat qayrilish taqiqlanadi.
9. Orqa tomondagi tumanga qarshi chiroqlar quyidagi hollarda qo‘llanishi mumkin:
Sutkaning qorong‘u vaqtida safda harakatlanishda
Tunellarda harakatlanishda
Faqat yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitlarda
Sutkaning qorong‘u vaqtida yuk tushirishda
Sanab o‘tilgan barcha hollarda
To'g'ri javob: Faqat yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitlarda
YHQ 23-bobi 140-bandiga muvofiq, tumanga qarshi orqa fara chiroqlarini faqat yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda qo'llash mumkin.
10. Qo'shaloq shinalar orasiga begona jismlar qisilib, tiqilib qolgan bo'lsa transport vositasidan foydalanishga ruxsat etiladimi?
Taqiqlanadi.
Mazkur yo'nalishda ikki va undan ortiq bo'lak bo'lganda yo'lning faqat o'ng tarafdagi bo'lagi bo'ylab harakatlanishga ruxsat etiladi.
Ko'pi bilan 40 km/soat tezlikda harakat qilishga ruxsat etiladi.
To'g'ri javob: Taqiqlanadi.
YHQ 3-ilovasining 5.3-bandiga muvofiq, agar qo'shaloq shinalar orasiga xavf-xatar tug'diruvchi begona jismlar qisilib, tiqilib qolgan bo'lsa transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.
11. Sariq avtobusning haydovchisiga chorrahaga kirishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi.
Taqiqlanadi.
Agar avtobus belgilangan yo'nalish bo'yicha yursa, ruxsat etiladi.
To'g'ri javob: Taqiqlanadi.
YHQ 14-bobi 97-bandiga asosan, haydovchi tirbandlik tufayli majburiy to'xtab, ko'ndalang yo'nalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to'sqinlik tug'diradigan bo'lsa, chorrahaga kirishi, agar to'xtash chizig'i yoki 5.33 yo'l belgisidan o'tib bo'lgan haydovchiga esa qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi.
12. Ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishini ko'rsating:
Faqat A.
Faqat B.
Faqat C.
A va B.
B va C.
To'g'ri javob: A va B.
YHQ 1-ilovasi 4-bo'lim 5-xatboshiga asosan, 4.1.1. "Harakatlanish to'g'riga". Faqat to'g'ri yo'nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi. Yo'lning qismi boshlanishida o'rnatilgan 4.1.1 belgisining ta'siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o'ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo'lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi. YHQ 1-ilovasining 3-bo'limidagi 3.27. "To'xtash taqiqlangan" belgisi to'g'ri yo'lda to'xtash va to'xtab turish taqiqlanadi. 3.31 belgisi 3.27 belgining amal qilish hududini oxirini ko'rsatadi.
13. Qaysi belgi “Oyning juft kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan” deb ataladi?
Belgida ko'rsatilgandan ortiq tezlikdagi harakatni taqiqlaydi.
Yo'lning shu qismida tavsiya etilgan harakatlanish tezligini ko'rsatadi.
Faqat belgida ko'rsatilgan yoki yuqori tezlikda harakatlanishga ruxsat beradi.
To'g'ri javob: Faqat belgida ko'rsatilgan yoki yuqori tezlikda harakatlanishga ruxsat beradi.
YHQ 1-ilovasining 4-bo'limidagi 4.7 belgiga asosan, "Eng kam tezlik" belgisi faqat unda ko'rsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etiladi.
15. Chorrahani oxirgi bo'lib kesib o'tadi:
Yashil avtomobil.
Ko'k avtomobil.
Qizil avtomobil.
To'g'ri javob: Qizil avtomobil.
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.
16. Haydovchi ko‘zi qamashganda bajarishi shart:
Qatnov qismining iloji boricha o‘ng tomoniga o‘tib to‘xtashi
Avariya yorug‘lik ishoralarini yoqishi va harakat tasmasini o‘zgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va to‘xtashi
Agar oldinda transport vositalari paydo bo‘lsa, tasmani o‘zgartirmay tezlikni kamaytirishi yoki to‘xtashi
Uzoqni yorituvchi fara chiroqlarini yoqishi va to‘xtashi
To'g'ri javob: Avariya yorug‘lik ishoralarini yoqishi va harakat tasmasini o‘zgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va to‘xtashi
YHQ 23-bobi 135-bandiga muvofiq, ko'zi qamashgan haydovchi avariya ishoralarini yoqishi, harakatlanish bo'lagini o'zgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va to'xtashi kerak.
17. To‘xtash yo‘li deb nimaga aytiladi?
Xavfning haydovchiga ma’lum bo‘lgan paytidan tozmozlash boshlanguncha avtomobilda o‘tilgan masofa
Avtomobilda xavfning haydovchiga ma’lum bo‘lgan paytidan boshlab to‘la to‘xtashga qadar o‘tilgan masofa
Tormoz yuritmasining ishlab ketgan vaqtdan boshlab transport vositasining to'la to'xtashga qadar o'tilgan masofa.
To'g'ri javob: Avtomobilda xavfning haydovchiga ma’lum bo‘lgan paytidan boshlab to‘la to‘xtashga qadar o‘tilgan masofa
To'xtash yo'liga haydovchining xavf-xatarni sezgan vaqtidan boshlab, transport vositasining butunlay to'xtagunga qadar yurib o'tgan masofasi tushuniladi. To'xtash yo'li doim tormoz yo'lidan ko'proq bo'ladi, chunki tormozlanish boshlanishidan avval transport vositasi haydovchining reaksiya vaqti va tormoz yuritmasining ishlab ketish vaqtiga bog'liq bo'lgan masofani o'tadi.
18. Transport vositalarida sun’iy yoritilgan tunnelda harakatlanayotganda qanday yoritish asboblari yoqilishi kerak?
Faqat uzoqni yorituvchi fara chiroqlar
Uzoqni yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari
Avariya yorug‘lik ishoralari
Yoritish chiroqlari yoqilmaydi
To'g'ri javob: Uzoqni yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari
YHQ 23 – bobi 134 – bandining birinchi va ikkinchi xatboshlariga asosan: Qorong‘i vaqtda va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda, shuningdek yo‘lning yoritilganligidan qat‘i nazar, tunnellarda harakatlanayotgan transport vositalarida quyidagi yoritish asboblari yoqilgan bo‘lishi kerak: barcha mexanik transport vositalari – uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar.
19. Turar joy dahalarida va yondosh hududlarda qanday eng yuqori tezlikda harakatlanishga ruxsat beriladi?
30 km/soat
20 km/soat
50 km/soat
60 km/soat
To'g'ri javob: 20 km/soat
premium_required
20. Yuk tashiladigan tirkamada odam tashishga ruxsat etiladimi?
Taqiqlanadi.
Ruxsat etiladi.
Faqat yukni kuzatib boruvchi shaxsga ruxsat etiladi.
To'g'ri javob: Taqiqlanadi.
Odamlarni traktorlar va boshqa oziyurar uskunalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk motosikllari yukxonasida tashish taqiqlanadi.