Yo'l harakati jarayonida transport haydovchisi, yo'lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etuvchi shaxs.
Yo'lda bo'lgan va undan ish bajarmayotgan har qanday shaxs.
Biror bir transport vositasini boshqarayotgan shaxs.
To'g'ri javob: Yo'l harakati jarayonida transport haydovchisi, yo'lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etuvchi shaxs.
YHQ 1-bobining 6-bandi 58-tushunchasiga asosan, yo'l harakati qatnashchisi – yo'l harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yo'lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etuvchi shaxs.
2. Avtomobil harakatining barcha ruxsat etilgan yo‘nalishlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Faqat chapga
Faqat to‘g‘riga
Faqat o‘ngga
Сhap va o‘ngga
Barcha yo‘nalishlarda
To'g'ri javob: Barcha yo‘nalishlarda
YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.5 "Motosikllar harakatlanishi taqiqlangan" belgisiga muvofiq, faqat motosikllarning harakatlanishi taqiqlanadi.
3. Rasmda ko'rsatilgan holatda yo'lovchilarni tushirish uchun to'xtashga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi.
Taqiqlanadi.
To'g'ri javob: Ruxsat etiladi.
YHQ 22-bobi 132-bandiga muvofiq, agar 5.9 yo'l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo'lsa, bunday joylarda yo'nalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo'lga chiqish, qatnov qismining chetki o'ng tomonida yo'lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo'lakka o'tishga ruxsat etiladi.
4. Haydovchilardan qaysi biri to'xtashga majbur?
Yengil avtomobil haydovchisi.
Avtobus haydovchisi.
Har ikki haydovchi.
To'g'ri javob: Yengil avtomobil haydovchisi.
YHQ 17-bobi 109-bandiga muvofiq, tartibga solinmagan piyodalar o'tish joyiga yaqinlashayotgan transport vositasining haydovchisi qatnov qismining shu yo'nalishini kesib o'tayotgan piyoda(lar)ni o'tkazib yuborish uchun tezligini kamaytirishi yoki to'xtashi shart.
5. Qaysi avtomobil chorrahadan oxirgi bo‘lib o‘tadi?
Ko‘k
Qizil
Yashil
To'g'ri javob: Qizil
YHQ 16-bobi 106-,105 - va 104 - bandlariga asosan, asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak.
6. Ko'rsatilgan avtomobillarning qaysi biri ag'darilishga qarshi turg'unroq?
Ichida tik turgan yo'lovchilar bo'lgan avtobus.
Avtokran.
Bo'sh yuk avtomobili.
To'g'ri javob: Bo'sh yuk avtomobili.
Burilishlarda yo'lovchisi va yuki bo'lmagan avtomobillar ko'proq muvozanat saqlab qoladi, chunki bunday avtomobilda og'irlik markazi eng past joylashgan bo'lib, eng kam ag'darilish ehtimoliga ega bo'ladi.
7. Ko‘k avtomobil haydovchisi chapga burilish ishorasini berib, burilishga kirishgandan keyin, qizil avtomobil haydovchisi o‘ng tomondan o‘zib ketishi mumkinmi?
Ha
Yo‘q
To'g'ri javob: Ha
YHQ 12-bobi 83-bandiga asosan, bir yo'nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalarini har ikki tomonidan o'zib ketishga ruxsat beriladi. Biroq chapga burilish ishorasini berib, burilishga kirishgan transport vositasini o'zib ketish o'ng tomondan amalga oshiriladi.
8. Qaysi transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak?
Yengil avtomobil haydovchisi.
Yuk avtomobil haydovchisi.
To'g'ri javob: Yengil avtomobil haydovchisi.
YHQ 9-bobi 55 - bandiga muvofiq, haydovchi qayta tizilishda harakatlanish yo'nalishini o'zgartirmasdan harakatlanayotgan yo'lakay transport vositalariga yo'l berishi kerak. Chap bo'lakda harakatlanayotgan avtomobil haydovchisi imtiyozga ega, shuning uchun yo'l berishga majbur emas.
9. Boshqaruv qurilmasi nosoz mexanik transport vositasi shatakka olinishi kerak:
Qisman ortish usuli bilan
Qattiq ulagich bilan
Uni qisman ortish yoki qattiq ulagichda ulash usuli bilan
Agar shatakka oluvchining haqiqiy vazni shatakka olinayotganining haqiqiy vaznidan ikki marta ko‘p bo‘lsa qattiq ulagichda
To'g'ri javob: Qisman ortish usuli bilan
YHQ 24 – bobi 145 – bandining birinchi xatboshisiga asosan, shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish yo‘li bilan shatakka olish bundan mustasno).
10. 12 yoshga yetmagan bolalarni transport vositasining old o‘rindig‘ida tashishga ruxsat etiladimi?
Bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilgan bo‘lsa ruxsat etiladi
Faqat katta yoshdagi yo‘lovchi hamrohligida ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilgan bo‘lsa ruxsat etiladi
YHQ 26-bobi 159-bandi 5-xatboshiga asosan: Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: 12 yoshga to‘lmagan bolalarni mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterning orqa o‘rindig‘ida, shuningdek, bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan transport vositasining old o‘rindig‘ida.
11. Qaysi rasmda piyodalar yo‘l yoqasida qoidani buzmay harakatlanmoqda?
Chapdagi rasmda
O‘ngdagi rasmda
Ikkala rasmda
To'g'ri javob: Ikkala rasmda
YHQ 4-bobi 15-bandi 1-va 3-xatboshilariga asosan, piyodalar trotuarlardan, piyodalar yo'lkalaridan, piyoda va velosiped yo'lkalaridan, ular bo'lmaganda esa yo'l yoqalaridan harakatlanishi kerak. Qatnov qismi chetida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatlanishiga qarama-qarshi yo'nalishda yurishlari kerak.
12. Bu belgi qanday nomlanadi?
To‘siqlarni aylanib o‘tishning dastlabki ko‘rsatkichi
Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning dastlabki ko‘rsatkichi
Qarama-qarshi yo‘nalish bo‘lagiga chiqishning boshlang‘ich ko‘rsatkichi
To'g'ri javob: Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning dastlabki ko‘rsatkichi
YHQ 1 – ilovasi 5 – bo‘limiga asosan: 5.34.2. “Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning boshlang‘ich ko‘rsatkichi”. Ajratuvchi bo‘lagi bo‘lgan yo‘lning harakatlanish uchun yopiq hududini aylanib o‘tish yoki o‘ng tomondagi qatnov qismiga qaytish uchun harakatlanish yo‘nalishini bildiradi.
13. Qatnov qismidagi bunday yo‘naltirgichlar nimani bildiradi?
Haydovchini yo‘lning xavfli qismiga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi.
Qatnov qismining toraygan joyiga yaqinlashganlik haqida ogohlantiradi.
Yo‘lning xavfli burilishi yo'nalishini ko‘rsatadi.
To'g'ri javob: Qatnov qismining toraygan joyiga yaqinlashganlik haqida ogohlantiradi.
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limidagi 1.19 chizig‘iga asosan, qatnov qismining toraygan (shu yo‘nalishdagi harakatlanish tasmalarining soni kamaygan) joyiga yoki qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig‘iga yaqinlashganlik haqida ogohlantiruvchi chiziq. Birinchi holda 1.18.1 – 1.18.3 belgilari bilan qo‘llanilishi mumkin.
14. Quyidagilar poyezdni to‘xtatish ishorasi bo‘lib xizmat qiladi:
Qo‘lni (kunduzi – bir parcha yorqin mato yoki aniq ko‘rinadigan bir narsa bilan, tunda – mash’ala yoki chiroq bilan) gir aylantirish
Qo‘ldagi tayoqchani yoki qizil bayroqni boshidan yuqori ko‘tarib turish
Qo‘llarini oldinga uzatib tirish
Oldinga uzatilgan qo‘llarni yuqoriga va pastga tebratish
To'g'ri javob: Qo‘lni (kunduzi – bir parcha yorqin mato yoki aniq ko‘rinadigan bir narsa bilan, tunda – mash’ala yoki chiroq bilan) gir aylantirish
YHQ 18-bobi 120-bandi 5-xatboshi izohiga asosan, poyezd mashinistiga to'xtash ishorasi qo'lni (kunduzi yorqin mato parchasi yoki aniq ko'rinadigan biror narsa bilan, tunda esa mash'ala yoki chiroq bilan) gir aylantirish orqali beriladi.
15. Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:
Ko'k, yashil, qizil avtomobillar.
Ko'k, qizil avtomobilni o'tkazib yuboradi, so'ng burilishni tugallaydi; yashil avtomobil.
Qizil, ko'k, yashil avtomobillar.
Yashil, qizil, ko'k avtomobillar.
To'g'ri javob: Ko'k, yashil, qizil avtomobillar.
YHQ 16-bobi 106-,105 - va 104 - bandlariga asosan, asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak.
16. Harakatda imtiyozga ega bo‘ladi:
Ko‘k avtomobil, chunki qizil harakatlanish tasmasini chapga o‘zgartiradi
Qizil avtomobil, chunki o‘zaro qayta tizilishda u o‘ng tomonda bo‘lgani uchun
Ko‘k avtomobil, chunki o‘zaro qayta tizilishda u chap tomonda bo‘ladi
To'g'ri javob: Qizil avtomobil, chunki o‘zaro qayta tizilishda u o‘ng tomonda bo‘lgani uchun
YHQ 9-bobi 55-bandiga asosan, bir yo'nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganda, haydovchi o'ng tomondagi transport vositasiga yo'l berishi kerak.
17. Birinchi bo'lib chorrahani kesib o'tadi:
Ko'k avtomobil.
Qizil avtomobil.
Yashil avtomobil.
To'g'ri javob: Ko'k avtomobil.
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.
18. Bekat maydonchalaridan harakatlanish yo‘nalishi bo‘ylab qanchadan kam masofada (yetmasdan va o‘tib ketib) to‘xtash va to‘xtab turish taqiqlanadi?
30 m
10 m
15 m
20 m
25 m
To'g'ri javob: 15 m
YHQ 13-bobi 91-bandi 13-xatboshiga asosan, to'xtash va to'xtab turish taqiqlanadi - bekat maydonchalarida, yo'nalishli transport vositalari to'xtash joylarida, jumladan, 1.17 chizig'i bilan belgilangan, ular bo'lmaganda esa yo'nalishli transport vositalari to'xtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yo'nalishi bo'ylab (yetmasdan va o'tib ketib) 15 metrdan kam masofada (yo'nalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermasa yo'lovchilarni chiqarish yoki tushirish uchun to'xtash bundan mustasno).
19. Toliqish haydovchining diqqati va e’tiboriga qanday ta’sir qiladi?
Haydovchining diqqat va e’tiboriga ta’sir qilmaydi
Haydovchining diqqat va e’tibori pasayadi
Haydovchining diqqat va e’tibori oshadi
To'g'ri javob: Haydovchining diqqat va e’tibori pasayadi
Haydovchining charchashi, toliqishi shubhasiz harakat xavfsizligiga ta'sir qiladi. Haydovchining diqqati pasayadi, reaktsiya vaqti oshadi. Yaxshi haydovchi vaqti-vaqti bilan boshqaruvning monotonligini bartaraf etib, harakatni to'xtatib turishi kerak. Ko'pincha xavfsiz harakatlanish uchun zarur bo'lgan diqqat darajasini tiklash uchun bir necha daqiqa kifoya qiladi.
20. Velosiped yo‘lkasi yo‘l bilan kesishgan joylarda velosiped va moped haydovchilari qanday hollarda transport vositalariga yo‘l berishlari kerak?
Chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan kesishmalarda barcha hollarda
Transport vositasi o‘ngdan yaqinlashib kelganda
Ko‘rsatilgan joyda velosiped va moped haydovchilari imtiyozga egadirlar
To'g'ri javob: Chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan kesishmalarda barcha hollarda
YHQ 28-bobi 169-bandiga asosan, chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan velosiped yo'lkasi bilan yo'l kesishmasida velosipedchilar va moped haydovchilari yo'lda harakatlanayotgan boshqa transport vositalariga yo'l berishlari kerak.