1. Jihozlangan bekatlari bo‘lmagan tramvay to‘xtash joylarida unga chiqish uchun qachon qatnov qismiga chiqishga ruxsat etiladi?
Agar qatnov qismida transport vositalari yo‘q bo‘lsa, tramvay yaqinlashib kelganda
Har qanday holda
Tramvay yaqinlashib kelganda
Tramvay to‘la to‘xtagandan so‘ng
To'g'ri javob: Tramvay to‘la to‘xtagandan so‘ng
YHQ 4-bobi 22-bandiga asosan, qatnov qismidan baland joylashgan maydonchalar bilan jihozlanmagan bekatlarda yo'nalishli transport vositalari to'liq to'xtagandan so'ng unga chiqish uchun qatnov qismiga chiqishga ruxsat etiladi.
2. Avtomobilga qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etadi?
3. Bu yotiq chiziqlardan qaysi biri yo‘nalishli transport vositalarining bekati hamda taksilarning to‘xtab turish joyini bildiradi?
A
B
C
А va B
B va C
To'g'ri javob: B
YHQ 2 – ilovasi 1 – bo‘limining yigirma birinchi xatboshisiga asosan: 1.17 – yo‘nalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning to‘xtab turish joylarini bildiradi.
4. Qaysi transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak?
Avtobus haydovchisi.
Mototsikl haydovchisi.
To'g'ri javob: Avtobus haydovchisi.
YHQ 16-bobi 105 bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan trasnport vositalariga yo'l berishi shart.
5. Chorrahani ikkinchi bo'lib kesib o'tadi:
Qizil avtomobil.
Yashil avtomobil.
Ko'k avtomobil.
To'g'ri javob: Yashil avtomobil.
YHQ 16-bobi 106-,105 - va 104 - bandlariga asosan, asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak.
6. Tumanga qarshi fara chiroqlardan foydalanish mumkin?
Yetarli ko‘rinmaydigan sharoitlarda
Mexanik transport vositasini shatakka olganda
Sanab o‘tilgan barcha hollarda
To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha hollarda
YHQ 23 – bobi 137 – bandiga asosan, quyidagi hollarda tumanga qarshi chiroqlarni qo‘llash mumkin: yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda alohida, shuningdek, uzoqni yorituvchi yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan; shuningdek, ushbu Qoidalarning 138-bandida ko‘zda tutilgan holatlarda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari o‘rniga mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida).
7. Yuk avtomobili haydovchisiga bu joyda to‘xtashga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
YHQ 13-bobi 91-bandi 14-xatboshiga asosan, quyidagi joylarda to'xtash taqiqlanadi: transport vositasi svetofor ishoralari, yo'l belgilarini boshqa haydovchilardan to'sib qo'yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda.
8. Ko'rsatilgan vaziyatda yengil avtomobil haydovchisiga quvib o'tish ruxsat etilganmi?
Ruxsat etilgan.
Ruxsat etilgan, agar mototsiklning tezligi 40 km/soatdan kam bo'lsa.
Taqiqlangan.
To'g'ri javob: Taqiqlangan.
YHQ 10-bobining 66-bandiga muvofiq, harakat ikki tomonlama bo'lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo'l chizig'i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo'llarda, ikki yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan o'rta qatorga faqat quvib o'tish, aylanib o'tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.
9. Yo‘l quruq bo‘lganda g‘ildirak aylanmay, sirpanib tormozlanish tormoz yo‘liga qanday ta’sir etadi?
Tormoz yo‘li qisqaradi
Tormoz yo‘li o‘zgarmaydi
Tormoz yo‘li ortadi
To'g'ri javob: Tormoz yo‘li ortadi
Tormoz yo‘lining kamayishiga blokirovka chegarasida erishiladi, chunki blokirovka qilingan g‘ildiraklar aylanmay (sirpanib to‘xtash) yo‘lda sirpanadi va tormoz yo‘lini uzaytiradi.
10. Yonilg‘i uzatish tizimi zich (germetik) emasligi ma’lum bo‘lganda, haydovchi nimalarni bajarishi shart?
Nosozlikni bartaraf etishi, agar buning imkoni bo‘lmasa, zarur ehtiyot choralariga rioya qilgan holda ta’mirlash yoki to‘xtab turish joyiga evakuator yoki shatakka olish orqali transport vostasini olib borish choralarini ko‘rishi
Belgilangan safarni davom ettirish
To'g'ri javob: Nosozlikni bartaraf etishi, agar buning imkoni bo‘lmasa, zarur ehtiyot choralariga rioya qilgan holda ta’mirlash yoki to‘xtab turish joyiga evakuator yoki shatakka olish orqali transport vostasini olib borish choralarini ko‘rishi
YHQ 3 – ilovasi 6 – bo‘liminig 6.2 – bandiga asosan: yonilg‘i uzatish tizimi zich bo‘lmasa foydalanish taqiqlanadi. YHQ 2 – bob 12 – bandi 11 – xatboshiga asosan: Harakatlanish vaqtida ushbu Qoidalarga 3-ilovada ko‘rsatilgan transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar yuzaga kelganda, haydovchi ularni bartaraf etishi, agar buning iloji bo‘lmasa, zarur bo‘lgan ehtiyot choralarini ko‘rgan holda ta’mirlash yoki to‘xtab turish joyiga evakuator yoki shatakka olish orqali transport vositasini olib borish choralarini ko‘rishi mumkin.
11. Yaxmalak bo‘lganda shatakka olishga ruxsat etiladimi?
Taqiqlanadi
Sirpanishga qarshi vositalarni qo‘llab egiluvchan ulagichda faqat bitta transportni shatakka olish ruxsat etiladi
Faqat qattiq ulagichda ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Faqat qattiq ulagichda ruxsat etiladi
YHQ 24 – bobi 145 – bandining oltinchi xatboshisiga asosan, shatakka olish quydagi holatlarda taqiqlanadi: yo‘l yaxmalak, sirpanchiq bo‘lgan hollarda egiluvchan ulagichda.
12. Ushbu belgi amal qilgan hududda avtobus haydovchisi quvib o‘tishi mumkinmi?
Quvib o‘tish qoidalariga rioya qilib barcha hollarda mumkin
Mumkin emas
Agar quvib o‘tilayotgan transport vositalari soatiga 40 km. dan kam tezlikda harakat qilayotgan bo‘lsagina mumkin
To'g'ri javob: Quvib o‘tish qoidalariga rioya qilib barcha hollarda mumkin
YHQ 1 – ilovasi 3 – bo‘limining yigirma oltinchi xatboshisiga asosan: 3.22. “Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan”. To‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanishini bildiradi. (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, veloseped bundan mustasno).
Belgi yuk mashinalari quvib o‘tishni taqiqlaydi, shunga ko‘ra, ushbu belgi bilan ta’sir oralig‘ida avtobuslarga quvib o‘tishga barcha hollarda ruxsat beriladi.
13. Reversiv harakatlanish amalga oshiriladigan harakat bo‘laklari chegaralarini belgilash uchun bu yotiq chiziqlarning qay biridan foydalaniladi?
1-chiziq
2-chiziq
3-chiziq
2- va 3-chiziq
3- va 4-chiziq
To'g'ri javob: 2-chiziq
YHQ 2 – ilovasi 1 – bo‘limining o‘n birinchi xatboshisiga asosan: 1.9 – reversiv harakat tashkil etilgan bo‘laklarning chegarasini belgilaydi;
reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yo‘llarda (reversiv svetafori o‘chirilgan holatda) qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport oqimini ajratadi.
14. Shlagbaumni o‘zboshimchalik bilan ochish yoki aylanib o‘tishga ruxsat beriladimi?
Taqiqlanadi
Ruxsat beriladi, faqat svetofor o‘chgan bo‘lsa
Agar yaqinlashib kelayotgan poyezd yo‘q bo‘lsa, haydovchining ixtiyoriga qarab ruxsat etiladi
Temir yo‘l kesishmasi navbatchisi bo‘lmagan holdagina ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
YHQ 18-bobi 118-bandi 7-xatboshiga asosan, shlagbaumni o'zboshimchalik bilan ochish taqiqlanadi.
15. Chorrahani ikkinchi bo'lib kesib o'tadi:
Ko'k avtomobil.
Yashil avtomobil.
Qizil avtomobil.
To'g'ri javob: Ko'k avtomobil.
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.
16. Oraliq masofa, deb nimaga aytiladi?
“A” masofa
“B” masofa
“A” va “B” masofa
To'g'ri javob: “A” masofa
YHQ 10 – bobi 73 – bandiga asosan: Haydovchi o‘zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganida to‘qnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani, shuningdek yo‘l harakati xavfsizligini ta‘minlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.
17. Quvib o‘tishni boshlashdan oldin haydovchi shunga ishonch hosil qilishi kerakki:
Shu tasmada orqada harakatlanayotgan transport vositasi quvib o‘tishni boshlamaganligiga
Oldinda harakatlanayotgan transport vositasi quvib o‘tish, chapga burilish (qayta tizilish) ishorasini bermayotganligiga
Quvib o‘tishni tugallayotganda, quvib o‘tilayotgan transport vositasiga xalaqit bermasdan ilgari egallangan qatorga qaytib o‘ta olishiga ishonch hosil qilishi shart
Barcha ko‘rsatilgan harakatlarni bajara olishiga
To'g'ri javob: Barcha ko‘rsatilgan harakatlarni bajara olishiga
premium_required
18. Majburiy to‘xtagan haydovchi qanday choralar ko‘rishi kerak?
Yaqinni yorituvchi faralar yoki tumanga qarshi faralarni yoqishi kerak
Avtomobil kapotini ko‘tarib qo‘yishi kerak
Avariya yorug‘lik ishoralarini yoqishi, agar u nosoz bo‘lsa, avariya sababli to‘xtash belgisini aholi punktlarida transport vositasidan 15 metrdan, ulardan tashqarida esa, 30 metrdan kam bo‘lmagan masofada o‘rnatishi kerak
To'g'ri javob: Avariya yorug‘lik ishoralarini yoqishi, agar u nosoz bo‘lsa, avariya sababli to‘xtash belgisini aholi punktlarida transport vositasidan 15 metrdan, ulardan tashqarida esa, 30 metrdan kam bo‘lmagan masofada o‘rnatishi kerak
YHQ 8-bobi 50 - va 51 - bandlariga muvofiq, to'xtash taqiqlangan joylarda majburiy to'xtalganda avariya yorug'lik ishorasi yoqilishi kerak, agar u ishlamasa avariya to'xtash belgisini (miltillovchi qizil chiroq) darhol o'rnatish kerak.
19. Avtomobilning qaysi g‘ildiraklari “sirpanib” tormozlanishiga ko‘proq moyil?
Orqa g‘ildiraklar
Oldingi g‘ildiraklar
To'g'ri javob: Orqa g‘ildiraklar
Inersiya kuchi ta‘siri ostida tormozlash vaqtida o‘qlarga tushadigan og‘irlik qayta taqsimlanishi ro‘y beradi. Old o‘qqa nisbatan og‘irlik ko‘payadi, orqa o‘qqa nisbatan kamayadi. Tormozlash sur‘ati qanchalik baland bo‘lsa, o‘qlarga tushadigan og‘irlik qayta taqsimlanishi sezilarliroq bo‘ladi. Orqa o‘qdan og‘irlik kamayishi bilan g‘ildirakni yo‘lga bosuvchi kuch kamayadi, shu sababli g‘ildirakning sirg‘anishi ( aylanmasdan siljishi ) va avtomobilning surulib ketishi ehtimoli yuzaga keladi. Old o‘qda og‘irlik ko‘payishi g‘ildirakni yo‘lga bosish kuchini ko‘paytiradi, shu sababli, sirg‘alish ehtimoli kamayadi.
20. Sanab o‘tilgan qaysi hollarda transport vositasidan foydalanishga ruxsat etiladi?
Yorituvchi chiroq nurining yo‘nalishi buzilgan
Ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan yengil avtomobillarga boshqa turdagi va rusumdagi foydalanishda bo‘lgan transport vositalarining tashqi yoritgichlari o‘rnatilgan
Tashqi yoritgichlar va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamaydi yoki ifloslangan
To'g'ri javob: Ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan yengil avtomobillarga boshqa turdagi va rusumdagi foydalanishda bo‘lgan transport vositalarining tashqi yoritgichlari o‘rnatilgan
YHQ 3 – ilovasi 3 – bo‘limining 3.1 – bandiga asosan: tashqi yoritgichlar soni, turi, joylashuvi va ishlash tartibi transport vositasining konstruksiyasi talabiga mos kelmasa. Ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan yengil avtomobillarga boshqa turdagi va rusumdagi transport vositalarining tashqi yoritqichlarini o‘rnatishga ruxsat etiladi.