14-bilet savollari va javoblari

1. Transport vositalari ixtiyoriga berilgan vakolatnomasi bo‘lgan shaxs o‘zining ishtirokida transport vositasini boshqa shaxsga boshqarishni topshirishi mumkinmi?

  1. Mumkin
  2. Mumkin emas
  3. Bu shaxsda mazkur toifali transport vositasini boshqarishga ruxsat beruvchi haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan taqdirda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ismi sharifi ko‘rsatilgan bo‘lsa yoki majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha shartnoma ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaxslarning foydalanishini hisobga olgan holda tuzilgan bo‘lsa

To'g'ri javob: Bu shaxsda mazkur toifali transport vositasini boshqarishga ruxsat beruvchi haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan taqdirda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ismi sharifi ko‘rsatilgan bo‘lsa yoki majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha shartnoma ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaxslarning foydalanishini hisobga olgan holda tuzilgan bo‘lsa

YHQ 2-bobi 8-bandiga asosan: Tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga, uning taloniga, vaqtinchalik ruxsatnomaga ega bo'lgan shaxs, o'ziga tegishli bo'lmagan transport vositasini, uning egasi yonida bo'lganida yoxud tasarruf etish huquqini beruvchi yoki egalik qilishga, foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo'lgan shaxs ishtirokidagina (ularning roziligi bilan) boshqarishi mumkin, agar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha shartnoma ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaxslarning foydalanilishini hisobga olgan holda tuzilgan yoki transport vositasini boshqarayotgan shaxs sug'urta polisida ko'rsatilgan bo'lsa.

2. Agar yo'lda bu belgi o'rnatilgan bo'lsa, avtomobilni shatakka olishga ruxsat etiladimi?

Agar yo'lda bu belgi o'rnatilgan bo'lsa, avtomobilni shatakka olishga ruxsat etiladimi?
  1. Faqat yengil avtomobillarga ruxsat etiladi.
  2. Qattiq ulagichda ruxsat etiladi.
  3. Taqiqlanadi.
  4. Har qanday ulagichda ruxsat etiladi.

To'g'ri javob: Taqiqlanadi.

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limidagi 3.7 belgi talabiga asosan, "Tirkama bilan harakatlanish taqiqlangan". Yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi Tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek, mexanik transport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanadi.

3. Bu "To‘xtash chizig‘i" qaysi yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi?

Bu "To‘xtash chizig‘i" qaysi yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi?
  1. "Yo‘l bering" belgisi bilan
  2. "To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan" belgisi bilan
  3. "Yo‘l bering" belgisi va "To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan" belgisi bilan

To'g'ri javob: "To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan" belgisi bilan

YHQ 2-ilovasining 1-bo'limidagi 1.12 chizig'iga asosan, 1.12 (to'xtash chizig'i) – 2.5 "To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan" belgisi yoki svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida haydovchi to'xtash kerak bo'lgan joyni ko'rsatadi.

4. Avtomobil haydovchisi harakatining tartibi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?

Avtomobil haydovchisi harakatining tartibi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?
  1. Mototsiklni o'tkazib yubordi va chorrahada qayrilib oldi.
  2. Tramvayni o'tkazib yubordi va chorrahada qayrilib oldi.
  3. Tramvay va mototsiklni o'tkazib chorrahadan qayrilib oldi.

To'g'ri javob: Tramvay va mototsiklni o'tkazib chorrahadan qayrilib oldi.

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

5. Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:

Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:
  1. Sariq avtomobil chorrahaga kirib keladi va ko'kni o'tkazib yuborish uchun to'xtaydi, yashil, ko'k qizil bilan bir vaqtda, sariq.
  2. Ko'k ayni vaqtda qizil bilan, yashil, sariq.
  3. Yashil, ko'k ayni vaqtda qizil bilan, sariq.

To'g'ri javob: Sariq avtomobil chorrahaga kirib keladi va ko'kni o'tkazib yuborish uchun to'xtaydi, yashil, ko'k qizil bilan bir vaqtda, sariq.

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

6. Haydovchi boshqa haydovchilarning ko‘zini qamashtirishi mumkin bo‘lgan uzoqni yorituvchi fara chiroqlarini yaqinni yorituvchi fara chiroqlariga qachon almashtirishi kerak?

  1. Ro‘paradagi transport vositasiga 100 m. qolganda
  2. Ro‘paradagi transport vositasiga 150 m. qolganda, shuningdek, ko‘proq masofada ham, agar ro‘paradagi transport vositasining haydovchisi fara chiroqlarini o‘chirib yoqib shuni zarur deb ko‘rsatsa
  3. Ro‘paradagi transport vositasiga 250 m. qolganda
  4. Ro‘paradagi transport vositasiga 300 m. qolganda

To'g'ri javob: Ro‘paradagi transport vositasiga 150 m. qolganda, shuningdek, ko‘proq masofada ham, agar ro‘paradagi transport vositasining haydovchisi fara chiroqlarini o‘chirib yoqib shuni zarur deb ko‘rsatsa

YHQ 23-bobi 135-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshlariga asosan, quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi chiroqlar o'rniga yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak: qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositasiga kamida 150 metr masofa qolganda, shuningdek haydovchi transport vositasining chiroqlarini vaqt-vaqti bilan o'chirib bunga zaruriyat borligini bildirgan hollarda undan ham ko'proq masofada; qarama-qarshi va bir yo'nalishdagi transport vositalari haydovchilarining ko'zini qamashtirishi mumkin bo'lgan boshqa barcha holatlarda.

7. Aholi punktidan tashqarida tirkamali yengil avtomobil haydovchisiga eng katta tezlikni soatiga necha kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi?

  1. 50 km/s
  2. 70 km/s
  3. 80 km/s
  4. 90 km/s
  5. 100 km/s

To'g'ri javob: 80 km/s

YHQ 12 – bobi 86-bandining oltinchi xatboshisiga asosan, quvib o‘tish quyidagi hollarda taqiqlanadi: tepalikning oxirida va yo‘lning ko‘rinishi cheklangan joylarida qarama – qarshi harakatlanish yo‘nalishiga chiqib.

8. Ushbu ko‘rsatilgan holatda Siz mototsiklga yo‘l berishingiz kerakmi?

Ushbu ko‘rsatilgan holatda Siz mototsiklga yo‘l berishingiz kerakmi?
  1. Yo‘q
  2. Ha

To'g'ri javob: Yo‘q

Yo‘l harakati qoidalarining 61 bandi 2 xatboshiga asosan, yo‘lga chiqish joyida tezlashish bo‘lagi bo‘lsa, haydovchi unda harakatlanishi va qo‘shni tasmada harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berib, transport oqimiga qo‘shilishi kerak.

9. 5 % li yod eritmasi (yod nastoykasi) nima uchun qo'llaniladi?

5 % li yod eritmasi (yod nastoykasi) nima uchun qo'llaniladi?
  1. Yara atrofidagi terini ishlash uchun.
  2. Yara o'ta darajada ifloslanganda yaraning butun yuzasiga surtish uchun.
  3. Kuchli ishqor keltirib chiqaruvchi birinchi darajali kimyoviy kuyishda teriga surtish uchun.

To'g'ri javob: Yara atrofidagi terini ishlash uchun.

Yod nastoykasi jarohat ichida to'qimaning kimyoviy shikastlanishiga olib keladi. Ushbu qorishma surtilganda terining tashqi qatlami shikastlanmaydi, balki foydali ravishda dezinfektsiya qilinadi va bu jarayonni bog'lashdan avval amalga oshirish kerak.

10. Bolalar guruhini tashkiliy tashishda qanday talablar qo‘yiladi?

Bolalar guruhini tashkiliy tashishda qanday talablar qo‘yiladi?
  1. Bolalar guruhini tashkiliy tashishda transport vositasida katta yoshli kuzatib boruvchi bo‘lishi shart
  2. Bolalar guruhini tashkiliy tashish uchun mo‘ljallangan transport vositasining oldi va orqa tomoniga "Bolalar guruhini tashish" taniqlik belgisi o‘rnatilishi kerak
  3. Yaqinni yorituvchi fara chiroqlarini yoqib harakatlanishi kerak
  4. Barcha sanab o‘tilgan talablar

To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan talablar

Bolalar guruhini tashkiliy tashishda avtobus (mikroavtobus)da katta yoshli kuzatib boruvchi(lar) bo'lishi shart. Bunday avtobus (mikroavtobus)larning oldi va orqa tomoniga "Bolalar guruhini tashish" taniqlik belgisi o'rnatilishi kerak.

11. Qizil avtomobil chorrahani kesib o‘tadi:

Qizil avtomobil chorrahani kesib o‘tadi:
  1. Uchinchi bo‘lib
  2. Ikkinchi bo‘lib
  3. Birinchi bo‘lib
  4. Oxirgi bo‘lib

To'g'ri javob: Birinchi bo‘lib

YHQ 6-bobi 25-bandiga asosan, ko'k yoki ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq- mayoqchasi va (yoki) maxsus tovushli ishorasi yoqilgan tezkor va maxsus xizmat transport vositalarining haydovchilari kechiktirib bo'lmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash sharti bilan Qoidalarning 7-bob (38-bandidan tashqari), 9-16, 19-20 boblari, Qoidalarning 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. YHQ 16-bobi 104, 106-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, asosiy yo'ldan kelayotgan transport vositasiga ikkinchi darajali yo'ldan kelayotgan transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak. Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar kesishgan chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari lozim.

12. Qaysi belgi “Velosiped yo‘lkasi bilan kesishuv”ni bildiradi?

Qaysi belgi “Velosiped yo‘lkasi bilan kesishuv”ni bildiradi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 2

YHQ 1-ilovasining 1-bo'limidagi 1.22 belgi "Velosiped yo'lkasi bilan kesishuv"ni bildiradi.

13. Bu chiziq qaysi yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi?

Bu chiziq qaysi yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi?
  1. "Yo‘l bering" belgisi bilan
  2. "To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan" belgisi bilan
  3. Ogohlantiruvchi "Teng ahamiyatli yo‘llar kesishuvi" belgisi bilan
  4. Barcha sanab o‘tilgan belgilar bilan

To'g'ri javob: "Yo‘l bering" belgisi bilan

YHQ 2-ilovasining 1-bo'limidagi 1.13 chizig'i kesishayotgan yo'lda harakatlanayotgan transport vositasiga yo'l berish uchun to'xtash zarur bo'lganda, haydovchiga transport vositasini to'xtatish joyini ko'rsatadi. 2.4. "Yo'l bering!"belgisida haydovchi kesib o'tilayotgan yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.

14. Chorrahani oxirgi bo‘lib kesib o‘tadi:

Chorrahani oxirgi bo‘lib kesib o‘tadi:
  1. Sariq
  2. Ko'k
  3. Yashil

To'g'ri javob: Sariq

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

15. Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib o‘tadilar:

Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib o‘tadilar:
  1. Sariq chorrahaga kiradi va yashilni o‘tkazib yuborish uchun to‘xtaydi; ko‘k qizil bilan bir vaqtda
  2. Ko‘k ayni vaqtda qizil bilan; yashil, sariq
  3. Yashil, ko‘k ayni vaqtda qizil bilan, sariq

To'g'ri javob: Yashil, ko‘k ayni vaqtda qizil bilan, sariq

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

16. Haydovchi yaqinlashib kelayotgan poyezdni o‘tkazib yuborishi uchun “To‘xtash” yotiq chizig‘i yoki “To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan” belgisidan qanday masofada to‘xtashi kerak?

  1. 1,5 m
  2. 2,5 m
  3. 5 m
  4. 10 m
  5. Bevosita “To‘xtash” yotiq chizig‘i yoki belgi oldida

To'g'ri javob: Bevosita “To‘xtash” yotiq chizig‘i yoki belgi oldida

YHQ 18 – bobi 119 – bandiga asosan: Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i, 2.5 yo‘l belgisi yoki svetоfor oldida, ular bo‘lmaganda shlagbaumga kamida 5 metr, shlagbaum bo‘lmaganda esa birinchi temir yo‘l iziga kamida 10 metr qolganda to‘xtashi kerak.

17. Mototsikllarda aholi punktidan tashqarida qanday tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi?

Mototsikllarda aholi punktidan tashqarida qanday tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Soatiga 70 kilometrdan oshirmasdan.
  2. Soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan.
  3. Soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan.

To'g'ri javob: Soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan.

YHQ 11-bobining 79-bandi 3-xatboshiga muvofiq, boshqa avtobuslar (shaharlararo va mikroavtobuslardan tashqari), tirkamali engil avtomobillar, mototsikllar, ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

18. Ushbu belgilardan qaysilari vaqtinchalik yo‘l belgilari hisoblanadi?

Ushbu belgilardan qaysilari vaqtinchalik yo‘l belgilari hisoblanadi?
  1. 1 va 4
  2. 2 va 3
  3. 3 va 4

To'g'ri javob: 2 va 3

YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limining yigirma sakkizinchi xatboshisiga asosan: 3.24. «Yuqori tezlik cheklangan». Belgida ko‘rsatilganidan ortiq tezlikda (km/s) harakatlanish taqiqlanishini bildiradi. YHQ 11-bobi 79-bandiga uchinchi xatboshisiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida: boshqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, elektromototsikllar ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortig bo‘lgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan; YHQ 11-bobi 80-bandiga uchinchi xatboshisiga asosan, har qanday yo‘llarda: mexanik transport vositalarini shatakka olgan transport vositalariga tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishi taqiqlanadi.

19. Egiluvchan yoki qattiq ulagichda shatakka olingan mexanik transport vositasida odamlar tashishga ruxsat etiladimi?

  1. Avtobus va trolleybusda ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Yuk va yengil avtomobillarda ruxsat etiladi
  4. Yuk avtomobili kabinasida va yengil avtomobilda ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Yuk avtomobili kabinasida va yengil avtomobilda ruxsat etiladi

YHQ 24 – bobi 143 – bandiga asosan: Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish, qisman ortish yo‘li bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar bo‘lishi taqiqlanadi.

20. Agar transport vositasining tuzilishida ko‘zda tutilgan orqani ko‘rsatadigan ko‘zgular bo‘lmasa, avtomobildan foydalanishga ruxsat etiladi?

  1. Agar orqa oyna pardalar bilan berkitilmagan bo‘lsa ruxsat etiladi
  2. Taqiqlangan
  3. Loaqal bitta ko‘zgu bo‘lsa ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Taqiqlangan

YHQ 3 – ilovasi 7 – bo‘limining 7.1 – bandiga asosan: Orqa tomonni ko‘rsatuvchi ko‘zgular soni, joylashuvi va turi belgilangan talablarga mos kelmasa, transport vositasining konstruksiyasida ko‘zda tutilgan oynalari bo’lmasa foydalanish taqiqlanadi.