15-bilet savollari va javoblari

1. Piyodalar o‘tish joyi bo‘lmaganda piyodalarga yo‘l qatnov qismining qaysi joyidan kesib o‘tishga ruxsat etiladi?

  1. Chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yo‘l yoqasi bo‘ylab
  2. Qatnov qismining chekkasiga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida, ajratuvchi mintaqasiz va to‘siqsiz har ikki tomon yaxshi ko‘rinadigan joylardan
  3. Barcha sanab o‘tilgan joylardan

To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan joylardan

YHQ 4-bobi 17-bandi 2-xatboshiga asosan, piyodalarga ko'rinadigan oraliqda o'tish joyi yoki chorraha bo'lmasa, ajratuvchi mintaqasiz va to'siqsiz yo'llardan yo'lning ikki tomoni yaxshi ko'rinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan to'g'ri burchak ostida kesib o'tish ruxsat etiladi.

2. Qaysi belgi 50 km/soatdan kam tezlikda harakatlanishni taqiqlaydi?

Qaysi belgi 50 km/soatdan kam tezlikda harakatlanishni taqiqlaydi?
  1. A.
  2. B.
  3. C.
  4. D.
  5. E.

To'g'ri javob: C.

YHQ 1-ilovasining 4-bo'limidagi 4.7 belgi talabiga asosan, "Eng kam tezlik" faqat belgida ko'rsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etiladi.

3. To‘xtashni taqiqlovchi sidirg‘a sariq chiziq qayerda chiziladi?

To‘xtashni taqiqlovchi sidirg‘a sariq chiziq qayerda chiziladi?
  1. Harakatlanish qismida
  2. Faqat harakatlanish qatnov qismi chetida
  3. Yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq (bordyur) ustidan chiziladi
  4. Faqat to‘siq (bordyur) ustida

To'g'ri javob: Yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq (bordyur) ustidan chiziladi

YHQ 2 – ilovasi 1 – bo‘limining oltinchi xatboshisiga asosan: 1.4 – to‘xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “To‘хtash taqiqlangan” yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi hamda yo‘lning qatnov qismi chitiga yoki yo’l chetidagi to‘siq ustidan chiziladi.

4. Avtomagistrallarda to'xtashga ruxsat etiladimi?

  1. Taqiqlanadi.
  2. Avtomagistral yaxshi ko'rinadigan joylarda ruxsat etiladi.
  3. Agar bir yo'nalishda harakatlanish uchun uchta bo'lak bo'lsa, ruxsat etiladi.
  4. To'xtash "To'xtash joyi" yoki "Dam olish joyi" belgisi qo'yilgan maxsus maydonchalarda ruxsat etiladi.

To'g'ri javob: To'xtash "To'xtash joyi" yoki "Dam olish joyi" belgisi qo'yilgan maxsus maydonchalarda ruxsat etiladi.

YHQ 18-bobi 121-bandi 3-xatboshiga asosan, avtomagistrallarda 5.15 "To'xtash joyi" yoki 6.11 "Dam olish joyi" belgilar bilan belgilangan maxsus to'xtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda to'xtash taqiqlanadi.

5. Transport vositalari chorrahani qanday tartibda kesib o'tadilar?

Transport vositalari chorrahani qanday tartibda kesib o'tadilar?
  1. 2-tramvay ayni vaqtda 1 - tramvay bilan, ko'k avtomobil ayni vaqtda qizil bilan.
  2. 2-tramvay, ko'k avtomobil, 1 - tramvay, qizil avtomobil.

To'g'ri javob: 2-tramvay, ko'k avtomobil, 1 - tramvay, qizil avtomobil.

YHQ 16-bobi 106-,105 - va 104 - bandlariga asosan, asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, teng ahamiyatli yo'lda bir yo'nalishda yoki qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.

6. Projektor-fara chiroqdan foydalanishga ruxsat etiladi:

  1. Aholi punktlaridan tashqarida, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bo‘lmaganda
  2. Faqat yetarli ko‘rinmaydigan sharoitda
  3. Agar bunga zaruriyat tug‘ilsa, barcha joylarda
  4. Kunning qorong‘i vaqtida yo‘lning barcha qismlarida

To'g'ri javob: Aholi punktlaridan tashqarida, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bo‘lmaganda

YHQ 23-bobi 139 - bandiga muvofiq, projektor-fara chiroqlari va izlovchi-fara chiroqlaridan aholi punktlaridan tashqarida, qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bo'lmaganda foydalanish mumkin.

7. Agar Siz oldinda harakatlanayotgan avtomobilni quvib o‘tishga chiqsangiz, ko‘rsatilgan hollarning qaysi birida tovush ishorasi berish maqsadga muvofiq?

Agar Siz oldinda harakatlanayotgan avtomobilni quvib o‘tishga chiqsangiz, ko‘rsatilgan hollarning qaysi birida tovush i…
  1. Quvib o‘tilayotgan avtomobil haydovchisi o‘ngga burilish ko‘rsatkichini yoqqanda
  2. Quvib o‘tilayotgan avtomobil haydovchisi chapga burilish ko‘rsatkichini yoqqanda
  3. Quvib o‘tilayotgan avtomobil haydovchisi tormoz berishni boshlaganda
  4. Quvib o‘tish qorong‘i vaqtda bajarilganda

To'g'ri javob: Quvib o‘tilayotgan avtomobil haydovchisi chapga burilish ko‘rsatkichini yoqqanda

YHQ 8-bobi 48-bandiga muvofiq, tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo'llanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o'tish haqida ogohlantirish uchun; zarur bo'lgan hollarda yo'l-transport hodisasining oldini olish uchun.

8. Bu taniqlik belgisi o‘rnatiladi:

Bu taniqlik belgisi o‘rnatiladi:
  1. Vaqtinchalik ta’mirlash ishlari olib borilayotgan yo‘l qismlariga
  2. Haydovchilik staji 2 yildan kam bo‘lgan haydovchilar boshqarayotgan mexanik transport vositalariga
  3. Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositalariga

To'g'ri javob: Haydovchilik staji 2 yildan kam bo‘lgan haydovchilar boshqarayotgan mexanik transport vositalariga

premium_required

9. Yengil avtomobil haydovchisi yo'l berishi kerakmi?

Yengil avtomobil haydovchisi yo'l berishi kerakmi?
  1. Ha.
  2. Yo'q.

To'g'ri javob: Ha.

YHQ 20-bobi 126-bandiga asosan, turar-joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga yo'l berishlari kerak.

10. Yo‘lovchi tashishga mo‘ljallanmagan yuk avtomobilida yukni kuzatib boruvchi yoki qabul qilib oluvchi shaxslarning tashilishiga ruxsat beriladimi?

Yo‘lovchi tashishga mo‘ljallanmagan yuk avtomobilida yukni kuzatib boruvchi yoki qabul qilib oluvchi shaxslarning tashi…
  1. Agar bort balandligidan pastda joylashgan qulay o‘rindiq bo‘lsa ruxsat beriladi
  2. Avtomagistrallarga tegishli bo‘lmagan yo‘llarda ruxsat etiladi
  3. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Agar bort balandligidan pastda joylashgan qulay o‘rindiq bo‘lsa ruxsat beriladi

Odam tashish uchun moslashtirilmagan yuk avtomobillarining yukxonasida faqat yukni olish uchun borayotgan yoki uni kuzatib borayotgan shaxslarning bo'lishiga yo'l qo'yiladi, bunda ular bort sathidan pastda o'tirish uchun o'rindiqlar bilan ta'minlangan bo'lishi kerak.

11. Qaysi transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak?

Qaysi transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak?
  1. Mayoqchalari va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan tez yordam avtomobilining haydovchisi
  2. Yengil avtomobilning haydovchisi

To'g'ri javob: Yengil avtomobilning haydovchisi

YHQ 6-bobi 26-bandiga muvofiq, haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo'l berishlari shart.

12. Ushbu belgi qaysi transport vositalarini quvib o'tishni taqiqlaydi?

Ushbu belgi qaysi transport vositalarini quvib o'tishni taqiqlaydi?
  1. Yengil avtomobillar, mototsikllar va to'la vazni 3,5 tonnadan kam bo'lgan yuk avtomobillarni.
  2. Hammasini, soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan tashqari.
  3. Hammasini.
  4. To'la vazni 3,5 tonnadan ko'p bo'lgan yuk avtomobillarni.

To'g'ri javob: Hammasini, soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan tashqari.

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limidagi 3.20 belgi talabiga asosan, "Quvib o'tish taqiqlanadi" belgisi bo'lganda, soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanishini bildiradi.

13. Bu yo‘l chizig‘i bildiradi:

Bu yo‘l chizig‘i bildiradi:
  1. Yakka 40 km/soatdan kam tezlik bilan harakat qiluvchi ikki g‘ildirakli mototsikllar, velosipedchilardan tashqari barcha transport vositalarini quvib o‘tishni taqiqlovchi hududni
  2. Qatnov qismining toraygan joyiga yoki qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan transport oqimini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig‘iga yaqinlashayotganlikni
  3. Faqat belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan qatnov qismining bo‘lagini

To'g'ri javob: Qatnov qismining toraygan joyiga yoki qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan transport oqimini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig‘iga yaqinlashayotganlikni

YHQ 2-ilovasining 1-bo'limidagi 1.19 chizig'iga asosan, qatnov qismining toraygan (shu yo'nalishdagi harakatlanish tasmalarining soni kamaygan) joyiga yoki qarama-qarshi yo'nalishdan kelayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig'iga yaqinlashganlik haqida ogohlantiruvchi chiziq. Birinchi holda 1.18.1 – 1.18.3 belgilari bilan qo'llanilishi mumkin.

14. Chorrahani uchinchi bo'lib kesib o'tadi:

Chorrahani uchinchi bo'lib kesib o'tadi:
  1. Ko'k avtomobil.
  2. Sariq avtomobil.
  3. Yashil avtomobil.

To'g'ri javob: Yashil avtomobil.

YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

15. Ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha qaysi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat etiladi?

Ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha qaysi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Tramvay va avtomobil haydovchisiga
  2. Avtomobil va mototsikl haydovchisiga
  3. Avtomobil haydovchisiga

To'g'ri javob: Tramvay va avtomobil haydovchisiga

YHQ 7-bobi 32-bandiga asosan, yo'naltirgich ko'rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma'noga ega bo'ladi. Ular faqat ko'rsatilgan yo'nalishga ta'sir etadi.

16. Qanday holda markazdan qochma kuch burilishda kamayadi?

Qanday holda markazdan qochma kuch burilishda kamayadi?
  1. Boshqaruv rulini burilish tomonga keskin burganda
  2. Harakat tezligi pasayganda
  3. Burilish radiusi kamayganda

To'g'ri javob: Harakat tezligi pasayganda

Burilishdan o'tayotgan vaqtda haydovchi shuni inobatga olishi lozimki, avtomobil harakati tezligi kattalashganida markazdan qochirma kuch ortadi va transport vositasini ag'darilishiga olib kelishi mumkin.

17. Kim yo‘l berishi kerak?

Kim yo‘l berishi kerak?
  1. Yuk avtomobil haydovchisi
  2. Yengil avtomobil haydovchisi

To'g'ri javob: Yuk avtomobil haydovchisi

YHQ 21 – bobi 128 – bandga asosan: Yo‘lning 1.13 va 1.14 yo‘l belgilari bilan belgilangan qiyaliklarida, qarama – qarshi yo‘nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan birom – bir to‘siq bo‘lsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak.

18. Bu joyda yengil avtomobilning to'xtab turishiga ruxsat berilganmi?

Bu joyda yengil avtomobilning to'xtab turishiga ruxsat berilganmi?
  1. Ruxsat berilgan.
  2. Taqiqlangan.

To'g'ri javob: Taqiqlangan.

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limidagi 3.28. "To'xtab turish taqiqlangan" belgi talabiga asosan, transport vositalarining to'xtab turishi taqiqlanadi. Uning ta'siri belgi o'rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, qayrilib olish joyigacha, ular bo'lmaganda – aholi punktining oxirigacha ta'siri qiladi.

19. Burilishda harakat qilganda avtopoyezdning tirkamasi siljiydimi?

  1. Burilish markazidan boshqa tomonga siljiydi
  2. Siljimaydi
  3. Burilish markaziga siljiydi

To'g'ri javob: Burilish markaziga siljiydi

Keskin tormoz berish - bu birdan paydo bo‘lgan yoki kech ko‘rib qolingan to‘siqqa kelib urilishining oldini olish uchun katta intensivlik (jadallik) bilan tormoz berish tushuniladi. Shu bois, masalan yosh bolaning yo‘lda birdan paydo bo‘lish ehtimolini inobatga olgan holda haydovchi keskin tormoz berish vaqtida o‘zini qanday tuta olishini bilishi lozim. Bunda quyidagi usullar mavjud: rul chambaragini ikki qo‘lingiz bilan mahkam ushlang, avtomobil g‘ildiraklarini blokirovka qilman chunki g‘ildiraklarning uzunasiga sirpanishi tormoz yo‘lini qisqartirmaydi; harakatda to‘xtab turish tormozini qo‘llamang, chunki bu hol orqa g‘ildiraklarning sirpanishini kuchaytirishi mumkin. Tormoz tepkisini qattiq (shiddat bilan emas) va ravon, shinaning yo‘lga nisbatan ilashishiga qarab, kuchaytirish bosish lozim. Keskin tormoz berish vaqtida ham avtomobil ustidan nazoratni yo‘qotmang.

20. Taqiqlovchi belgi bilan o‘rnatilgan qo‘shimcha axborot belgisi nima maqsadda qo‘yilgan?

Taqiqlovchi belgi bilan o‘rnatilgan qo‘shimcha axborot belgisi nima maqsadda qo‘yilgan?
  1. Belgidan uning ta’sir qilish hududi boshlanishigacha bo‘lgan masofani aniqlash uchun
  2. Taqiqlovchi belgi amal qilish hududini aniqlash uchun.

To'g'ri javob: Belgidan uning ta’sir qilish hududi boshlanishigacha bo‘lgan masofani aniqlash uchun

YHQ 1-ilovasining 7-bo'limidagi 7.1.1. "Ob'ektgacha bo'lgan masofa" qo'shimcha axborot belgisi 3.20. "Quvib o'tish taqiqlangan" belgidan yo'l harakatiga tegishli cheklov kiritiladigan joygacha bo'lgan masofani ko'rsatadi.