1. Transport vositalaridan foydalanish va texnik holatiga javobgar mansabdor shaxslarning majburiyatlari:
Belgilangan muddatda tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxslarni transport vositalarini boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik
Texnik holati va jihozlari Qoida talablariga mos kelmaydigan transport vositalarini yo‘lga chiqarmaslik
Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan transport vositalarini yo‘lga chiqarmaslik
Barcha sanab o‘tilganlarni bajarishga
To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilganlarni bajarishga
YHQ 29-bobi 180-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilariga asosan, transport vositalarining texnik holatiga va ulardan foydalanishga javobgar bo‘lgan mansabdor va boshqa shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: texnik nosoz, tegishli ruxsatsiz qayta jihozlangan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki davriy davlat texnik ko‘rigidan o‘tkazilmaganligi tufayli foydalanish taqiqlangan transport vositalarini yo‘lga chiqarish;
mastlik (giyohvand moddalar, alkagol va boshqalar) holatida yoki sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’sirida, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik yoki betoblik holatida, shuningdek tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘magan, belgilangan muddatda tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan, transport vositalari egalarining Fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi bo‘lmagan shaxslarni transport vositasini boshqarishga qo‘yish.
2. Belgi va uning ostidagi qo‘shimcha axborot belgisi nima haqida ogohlantiradi?
Olib borilayotgan ishlar munosabati bilan yo‘l chetida to‘xtash taqiqlanadi
Yo‘l yoqasida ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan unga chiqish xavfli
Yo‘lda ta’mirlash ishlari olib borilayotganda yo‘l chetida to‘xtab turish taqiqlanadi
To'g'ri javob: Yo‘l yoqasida ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan unga chiqish xavfli
YHQ 1-ilovasining 7-bo'limi 7.12 "Xavfli yo'l yoqasi" belgisiga muvofiq, 1.23 "Ta'mirlash ishlari" belgisi bilan qo'llanilganda yo'l ishlari bajarilayotgani sababli yo'l yoqasiga chiqish xavfli ekanligi haqida ogohlantiradi.
3. Har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta bo‘lgan uzuq-uzuq chiziq nimani bildiradi?
Tezlashish yoki sekinlashish tasmasi bilan qatnov qismidagi asosiy tasma ortasidagi chegarani
Avtomagistrallarda qatnov qismi chetlarini
Qarama-qarshi yoki bir yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig‘iga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi
To'g'ri javob: Qarama-qarshi yoki bir yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig‘iga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limi 1.6 yotiq chiziqlariga asosan, 1.6 (yaqinlashish chizig'i – har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta bo'lgan uzuq-uzuq chiziq) — qarama-qarshi yoki bir yo'nalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig'iga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi. 1.6 chizig'ini istalgan tomondan bosib o'tish mumkin.
4. Yo‘l o‘rtasidagi to‘xtash joyida to‘xtagan shu yo‘nalishdagi tramvayga yaqinlashib qolgan haydovchi nima qilishi kerak?
To‘xtashi, tramvay eshiklari yopilgandan keyin harakatni davom ettirishi
Yo‘l o‘rtasidagi to‘xtash joyida turgan shu yo‘nalishdagi tramvayga kelayotgan yoki undan uzoqlashayotgan piyodalarga yo‘l berishi
To‘xtashi, so‘ng tramvay harakatlanganidan keyin harakatni davom ettirishi
Tramvay to‘xtash joyidan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan o‘tishi
To'g'ri javob: Yo‘l o‘rtasidagi to‘xtash joyida turgan shu yo‘nalishdagi tramvayga kelayotgan yoki undan uzoqlashayotgan piyodalarga yo‘l berishi
premium_required
5. Qaysi transport vositasining haydovchisi harakatlanishda imtiyozga ega?
Avtomobil haydovchisi.
Tramvay haydovchisi.
To'g'ri javob: Tramvay haydovchisi.
YHQ 15-bobi 101-bandiga asosan, agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi.
6. Transport vositasining haydovchisi, agar svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yoqilsa-yu, shu yo‘nalishda qatnov qismidan o‘tishga ulgurmagan piyodalar bo‘lsa, nima qilishi kerak?
Tezlikni kamaytirishi, tovush ishorasini berishi va eng kam tezlik bilan piyodalarning o‘tish joyidan o‘tishi
Tovush ishorasini berishi va tezlikni kamaytirmay piyodalarning o‘tish joyidan o‘tishi
Tegishli yo‘nalishning qatnov qismidan o‘tishni tugallayotgan piyoda(lar)ga yo‘l berishi shart
Ehtiyotkorlik choralariga rioya etgan holda piyodalarning o‘tish joyidan o‘tishi
To'g'ri javob: Tegishli yo‘nalishning qatnov qismidan o‘tishni tugallayotgan piyoda(lar)ga yo‘l berishi shart
YHQ 15-bobi 103-bandiga asosan, svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yonganda haydovchi chorraha orqali harakatlanishni tugallayotgan transport vositalari va qatnov qismidan tegishli yo'nalishda o'tishni tugallayotgan piyoda(lar)ga yo'l berishi shart.
7. Transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga yetmasdan yoki o‘tib qanchadan kam masofada to‘xtashi taqiqlanadi?
40 metr
35 metr
30 metr
50 metr
To'g'ri javob: 30 metr
YHQ 13 – bobi 91 – bandi: To‘xtash taqiqlanadi: Transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga 30 metr yetmasdan yoki o‘tib.
8. Agar barcha transport vositalari 80 km/soat tezlik bilan harakat qilsa, haydovchilardan qaysi biri qoidalar talablarini buzadi?
Mototsikl va yuk avtomobilining haydovchilari
Mototsikl va yengil avtomobilning haydovchilari
Hamma haydovchilar buzadi
Mototsikl haydovchisi
Hech kim buzmaydi
To'g'ri javob: Hech kim buzmaydi
YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limi 3.24 belgi talabiga asosan, “Yuqori tezlik cheklangan” belgisi transport vositalarining yuqori tezligini cheklaydi.
9. Tormoz yo‘li deb nimaga aytiladi?
Haydovchi tormoz tepkisini bosgandan to avtomobil to‘liq to‘xtaguncha bosib o‘tgan masofasi
Haydovchi biron bir xavfni aniqlab, avtomobilni to‘liq to‘xtatguncha bosib o‘tgan masofasi
To'g'ri javob: Haydovchi tormoz tepkisini bosgandan to avtomobil to‘liq to‘xtaguncha bosib o‘tgan masofasi
Haydovchini tormoz pedaliga bosgandan boshlab avtomobilni to'xtaguncha bosib o'tgan yo'li – tormoz yo'li deb ataladi.
10. DYHX xizmatining ruxsatisiz transport vositasining yuk bilan yoki yuksiz yo‘l sathidan qanday eng yuqori o‘lchamdagi balandlik bilan harakatlanishiga yo‘l qo‘yiladi?
4,0 m
4,5 m
5,0 m
2,5 m
3,8 m
To'g'ri javob: 4,0 m
Gabarit o'lchamlari yukli yoki yuksiz holda balandligi bo'yicha yo'l sathidan 4 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlinishi belgilangan tartibda DYHXX bilan kelishilgan holda bo'lishi kerak.
11. Qatnov qismi chetidagi piyoda, yalt-yalt etuvchi mayoqcha va maxsus tovushli ishoralarni yoqib kelayotgan transport vositasi yaqinlashib kelayotganda qanday yo‘l tutishi kerak?
Mumkin qadar tezkor qatnov qismidan o‘tib olishi
Qatnov qismidan o‘tmasligi
Agar piyodalar o‘tish joyida bo‘lsa, qatnov qismidan o‘tishi
To'g'ri javob: Qatnov qismidan o‘tmasligi
YHQ 4-bobining 21-bandiga asasan, tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan transport vositalari yaqinlashib kelayotgan bo'lsa, piyodalar qatnov qismidan o'tmasliklari, unda harakatlanayotganlari esa, ushbu transport vositalariga yo'l berishlari va zudlik bilan qatnov qismini bo'shatishlari kerak.
12. Belgilarning qaysi biri ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli yo‘l qismining uzunligini ko‘rsatadi?
1
2
3
4
5
To'g'ri javob: 4
YHQ 1 – ilovasi 7 – bo‘limining beshinchi xatboshisiga asosan: 7.21. “Ta‘sir oralig‘i”. Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot – ko‘rsatkich belgilarning ta’sir oralig‘ini ko‘rsatadi.
13. Bu yo‘l chizig‘i:
Trotuar yaqinidagi to‘xtab turish joyida mexanik transport vositalarining qo‘yish usullari ko‘rsatilgan to‘xtab turish joyini bildiradi
Mexanik transport vositalarining to‘xtashi taqiqlangan joyni bildiradi
Yo‘nalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning to‘xtab turish joylarini bildiradi
To'g'ri javob: Yo‘nalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning to‘xtab turish joylarini bildiradi
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limidagi 1.17 chizig'i sariq rangdagi, arrasimon chiziq yo'nalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning to'xtab turish joylarini bildiradi.
14. Haydovchilardan qay biri birinchi bo'lib harakatlanish uchun imtiyozga ega?
Mototsikl haydovchisi.
Avtomobil haydovchisi.
To'g'ri javob: Avtomobil haydovchisi.
YHQ 16-bobi 105 bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz trasnport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.
15. Navbat bilan miltillovchi ikkita qizil ishoralar quyidagi ma’noga ega?
Alohida ehtiyotkorlik bilan harakatlanishga ruxsat etadi
Harakatni taqiqlaydi
Boshqa haydovchilarga qatnov qismiga maxsus transport vositalari yaqinlashayotganligini xabar qiladi
To'g'ri javob: Harakatni taqiqlaydi
YHQ 7-bobining 31-bandiga asosan, qizil ishora, shuningdek miltillovchi qizil ishora harakatlanishni taqiqlaydi.
16. Shlagbaumni o‘zboshimchalik bilan ochish yoki aylanib o‘tishga ruxsat beriladimi?
Taqiqlanadi
Ruxsat beriladi, faqat svetofor o‘chgan bo‘lsa
Agar yaqinlashib kelayotgan poyezd yo‘q bo‘lsa, haydovchining ixtiyoriga qarab ruxsat etiladi
Temir yo‘l kesishmasi navbatchisi bo‘lmagan holdagina ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
YHQ 18-bobi 118-bandi 7-xatboshiga asosan, shlagbaumni o'zboshimchalik bilan ochish taqiqlanadi.
17. Siz uchta tasmasi bo‘lgan ikki tomonlama harakatli yo‘l bo‘ylab ketayapsiz, o‘rtadagi tasmaga o‘tishga qanday hollarda ruxsat etiladi?
Faqat quvib o‘tish uchun
Faqat aylanib o‘tish uchun
Faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun
Barcha sanab o‘tilgan hollarda
To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan hollarda
YHQ 10-bobi 66-bandiga asosan: Harakat ikki tomonlama bo‘lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo‘l chizig‘i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo‘llarda, ikki yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan o‘rta qatorga faqat quvib o‘tish, aylanib o‘tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.
18. Avtomobilning taniqlik belgisi bo'lganda, yo'lning mazkur qismida qanday yuqori tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat etiladi?
70 km/s.
90 km/s.
100 km/s.
To'g'ri javob: 70 km/s.
YHQ 11-bobi 81-bandiga muvofiq, haydovchilarga tezlikni transport vositasiga o'rnatilgan "Tezligi cheklangan" taniqlik belgisida ko'rsatilganidan oshirish taqiqlanadi.
19. Bosh miya va kalla suyagi o‘rtacha holatda jarohatlangan jabrlanuvchini transportning qaysi turida tashish kerak?
Yo‘lakay yo‘nalishdagi yengil avtomobilda
Yo‘lakay yo‘nalishdagi yuk avtomobilida
Faqat tez tibbiy yordam avtomobilida
To'g'ri javob: Faqat tez tibbiy yordam avtomobilida
Bosh miya suyagi shikastlangan jabrlanuvchi faqat maxsus jihozlangan tez tibbiy yordam yoki qutqarish xizmati avtomobillarida tashiladi.
20. Quyidagi holatda haydovchi piyodaga yo‘l berishi kerakmi?
Ha
Yo‘q
To'g'ri javob: Ha
YHQ 20-bobining 123-bandiga muvofiq, turar joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 yo'l belgilari bilan belgilangan hududlar)da piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida harakatlanishga ruxsat etiladi. Bunda piyodalar imtiyozga ega bo'ladilar, biroq ular transport vositalarining harakatlanishiga asossiz xalaqit bermasliklari kerak.