1. "Avtomagistral" belgisi bilan belgilangan yo'lda piyodalarning harakatlanishiga ruxsat etiladimi?
Taqiqlanadi.
Transport vositalarining harakatlanishiga qarama-qarshi faqat aholi punktlaridan tashqarida yurishga ruxsat etiladi.
Transport vositalarining harakatlanishi bo'ylab faqat aholi punktlaridan tashqarida yurishga ruxsat etiladi.
To'g'ri javob: Taqiqlanadi.
YHQ 18-bobining 121-bandiga muvofiq, avtomagistrallarda piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, mopedlar, traktorlar va o'zi yurar mashinalar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko'ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
2. Bu belgi o‘rnatilgan yo‘lda kajavali mototsiklni shatakka olishga ruxsat etiladimi?
Tirkamasi bittadan ortiq bo’lmagan mototsiklga ruxsat etiladi
Faqat qattiq ulagichda ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
Faqat egiluvchan ulagichda ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
premium_required
3. Bu yotiq chiziq nimani bildiradi?
Mazkur yo‘nalishda harakatlanish tasmasi soni kamayib, qatnov qismining torayishini
Kesib o‘tiladigan yo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan transport vositasiga yo‘l berar ekan, haydovchi zarur holda qayerda to‘xtashi kerak bo‘lgan joyni
To‘xtash taqiqlangan joyga yaqinlashganlikni
To'g'ri javob: Kesib o‘tiladigan yo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan transport vositasiga yo‘l berar ekan, haydovchi zarur holda qayerda to‘xtashi kerak bo‘lgan joyni
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limidagi 1.13 chizig'i kesishayotgan yo'lda harakatlanayotgan transport vositasiga yo'l berish uchun to'xtash zarur bo'lganda, haydovchiga transport vositasini to'xtatish joyini ko'rsatadi.
4. Qaysi joylarda orqa bilan harakatlanish taqiqlanadi?
Chorrahalarda, piyodalar o‘tish joylarida
Ko‘priklarda, osma yo‘llarda, estakadalarda va ularning ostida
Avtomagistrallarda
Sanab o‘tilgan barcha joylarda
To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha joylarda
YHQ 9 – bobining 63 bandiga asosan orqaga harakatlanish chorrahalarda va Qoidalarning 62 – bandiga muvofiq qayrilib olish taqiqlangan joylarda hamda 19 – bobining 121 – bandiga asosan, avtomagistrallarda orqaga harakatlanish taqiqlanadi.
5. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha tarmog‘ining yo‘naltirgichli yashil ishorasi yo‘nalishida harakatlanayotgan tramvay haydovchisi boshqa yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerakmi?
Kerak
Kerak emas
To'g'ri javob: Kerak
YHQ 15-bobi 101 - bandiga asosan, svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmog'ining yo'naltirgichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan tramvay boshqa yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak.
6. Transport vositalariga sidirg‘a oq chiziq bilan ajratilgan va “Yo‘nalishli transport vositalari uchun mo‘ljallangan tasma” yo‘l belgisi bilan belgilangan yo‘lning o‘ng tasmasida to‘xtab turishga ruxsat etiladimi?
Agar to‘xtab turishni taqiqlovchi belgi bo‘lmasa, ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
Faqat shu hududdagi korxonaga xizmat qiladigan yoki shu joyga yaqin uylarda yashaydigan fuqarolarga qarashli avtomobillarga ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
YHQ 22-bobi 132-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Yo‘nalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 - 5.10.3 yo‘l belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va to‘xtashi taqiqlanadi.
7. Bunday yo'l belgisi o'rnatilgan yo'l qismlarida mototsikllarga qanday yuqori tezlik bilan harakatlanishga ruxsat etiladi?
60 km/s.
70 km/s.
80 km/s.
90 km/s.
100 km/s.
To'g'ri javob: 80 km/s.
YHQ 11-bobining 79-bandi 3-xatboshiga muvofiq, boshqa avtobuslar (shaharlararo va mikroavtobuslardan tashqari), tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
8. Qaysi transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak?
Tramvay haydovchisi.
Yuk avtomobili haydovchisi.
Har ikki avtomobil haydovchisi.
To'g'ri javob: Har ikki avtomobil haydovchisi.
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi.
9. Serqatnov harakatda transport vositasini keskin tormozlash:
Orqadan kelayotganlarning urilib ketishini keltirib chiqarishi mumkin
Avtomobilning faqat texnik holatida ko‘rinadi
Serqatnov harakatda boshqarishning odatdagi usuli hisoblanadi
To'g'ri javob: Orqadan kelayotganlarning urilib ketishini keltirib chiqarishi mumkin
YHQ 11-bobi 81-bandining to‘rtinchi xatboshisiga asosan, haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi: yo‘l-transport hodisasining oldini olish zaruriyati bo‘lmaganda keskin tormoz berish.
10. Qanday holatlarda yuk avtomobillarida tashilayotkan yuk “Katta o‘lchamli yuk” taniqlik belgisi bilan sutkaning qorong‘i vaqtida, yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitlarda esa yorug‘lik qaytargich yoki chiroqlar bilan belgilanishi kerak?
Yuk transport vositasining gabaritkaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan ortiq chiqib qolganda
Yuk transport vositalarining gabaritidan orqa tomonga 0,8 metr chiqib qolganda
To'g'ri javob: Yuk transport vositasining gabaritkaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan ortiq chiqib qolganda
YHQ 27-bobi 163-bandiga asosan: Transport vositasining gabaritlaridan old yoki orqa tomonga bir metrdan, yon tomonga gabarit chiroqlarining chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk “Katta o‘lchamli yuk” taniqlik belgisi bilan belgilanishi, qorong‘i vaqtda va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda esa bunga qo‘shimcha ravishda old oq chiroq yoki yorug‘lik qaytargich, orqasi esa qizil chiroq yoki yorug‘lik qaytargich bilan belgilanishi kerak.
11. Yo'lovchilarning transport vositalariga qatnov qismi tomonidan chiqishi va ulardan tushishiga qaysi hollarda ruxsat etiladi?
Transport vositasi majburiy to'xtaganda.
Haydovchining xohishiga ko'ra shu shart bilanki, bu xavf-xatardan xoli bo'lsa va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasa.
Trotuar yoki yo'l yoqasi tomondan chiqishi yoki tushishining iloji bo'lmagan hollarda, agar bu harakat xavf tug'dirmasa yoki boshqa yo'l harakati qatnashchilariga xalaqit bermasa.
To'g'ri javob: Trotuar yoki yo'l yoqasi tomondan chiqishi yoki tushishining iloji bo'lmagan hollarda, agar bu harakat xavf tug'dirmasa yoki boshqa yo'l harakati qatnashchilariga xalaqit bermasa.
YHQ 5-bobining 23-bandi 2-xatboshisiga asosan, yo'lovchilarning transport vositalaridan trotuar yoki yo'l yoqasi tomondan tushishi yoki ularga chiqishining iloji bo'lmagan hollarda, agar bu harakat xavf tug'dirmasa yoki boshqa yo'l harakati qatnashchilariga xalaqit bermasa, yo'lning qatnov qismi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
12. Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq yuk avtomobilining qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishiga ruxsat etiladi?
Faqat chapga
O‘ngga, chapga va qayrilib olishga
Faqat o‘ngga
To'g'ri javob: O‘ngga, chapga va qayrilib olishga
YHQ 1-ilovasining 5-bo'limidagi 5.30.1 belgi, "Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo'nalishi", chorrahada yuk avtomobillari, traktorlar va o'ziyurar moslamalarga biror yo'nalishda harakatlanish taqiqlangan bo'lsa, bunday transport vositalariga tavsiya etilgan harakatlanish yo'nalishlarini ko'rsatadi.
13. Bu yotiq chiziq bildiradi:
Ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda harakatlanishni taqiqlaydi
Chorrahada tasmalar bo‘yicha ruxsat etilgan harakat yo‘nalishlarini ko‘rsatadi
Harakat barcha yo‘nalishlarda ruxsat etilgan yo‘llarning kesishmasiga yaqinlashganlikni
To'g'ri javob: Chorrahada tasmalar bo‘yicha ruxsat etilgan harakat yo‘nalishlarini ko‘rsatadi
YHQ 2-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.18 chizig‘i, chorrahada tasmalar bo‘laklar bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishlarini ko‘rsatadi. Mustaqil yoki 5.8.1, 5.8.2 “Bo‘laklar bo‘yicha harakatlanishning yo‘nalishi” belgilari bilan birgalikda qo‘llanilishi mumkin; oxiri berk yo‘l tasvirlangan chiziq shu yo‘nalishdagi yon tomonda joylashgan qatnov qismiga burilish taqiqlanganligini ko‘rsatish uchun chiziladi; chetki chap tasmadan chapga burilishga ruxsat beruvchi yo‘naltirgich shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.
14. Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o‘tadilar:
Yengil avtomobil, avtobus, velosiped
Avtobus, velosiped, yengil avtomobil
Avtobus, yengil avtomobil, velosiped
Velosiped, avtobus, yengil avtomobil
To'g'ri javob: Velosiped, avtobus, yengil avtomobil
premium_required
15. Rasmda ko‘rsatilgan holatda qizil avtomobilning haydovchisi qanday yo‘l tutishi kerak?
Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasini kutishi va to‘g‘riga harakatlanishi
O‘ngga burilish ishorasini yoqishi va o‘ngga burilish
Chapga burilish ishorasini yoqishi va o‘ng tasmani bo‘shatishi
To'g'ri javob: O‘ngga burilish ishorasini yoqishi va o‘ngga burilish
Yo‘naltirgich ko‘rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma'noga ega bo‘ladi. Ular faqat ko‘rsatilgan yo‘nalishga ta'sir etadi. Agar tegishli yo‘l belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan bo‘lsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yo‘naltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qo‘shimcha tarmoqdagi yashil yo‘naltirgich ham xuddi shu ma'noni bildiradi. Svetoforning qo‘shimcha tarmoqdagi ishora o‘chirilgan bo‘lsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yo‘nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.
16. Temir yo‘l kesishmasi oldida to‘xtagandan keyin harakatni boshlashdan oldin haydovchi:
Bitta uzun va uchta qisqa tovushli ishora berib harakatni boshlashi kerak
Yaqinlashib kelayotgan poyezdning yo‘qligiga ishonch hosil qilishi kerak
Har ikki javob to ‘g‘ri
To'g'ri javob: Yaqinlashib kelayotgan poyezdning yo‘qligiga ishonch hosil qilishi kerak
YHQ 18-bobining 117-bandiga asosan, temir yo'l kesishmasiga yaqinlashib uni kesib o'tmoqchi bo'lgan haydovchi kesishma navbatchisining ko'rsatmalariga, svetoforlar ishoralariga, yo'l belgilariga, yo'l chiziqlariga, shlagbaum holatiga amal qilishi va yaqinlashayotgan poyezd (lokomotiv, drezina) yo'qligiga ishonch hosil qilish shart.
17. Shunday yo‘l belgisi bilan belgilangan yo‘l qismlarida shaharlararo bo‘lmagan avtobuslarning qanday yuqori tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat etiladi?
50 km/s.
60 km/s.
70 km/s.
80 km/s.
90 km/s.
To'g'ri javob: 80 km/s.
YHQ 11-bobining 79-bandi 3-xatboshiga muvofiq, boshqa avtobuslar (shaharlararo va mikroavtobuslardan tashqari), tirkamali yengil avtomobillar, motosikllar, ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
18. Qaysi transport vositalarining haydovchilari to‘xtab turish qoidasini buzdilar?
Yengil avtomobil haydovchisi
Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq yuk avtomobilining haydovchisi
Har ikki haydovchi
To'g'ri javob: Har ikki haydovchi
YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limining o‘ttiz ikkinchi xatboshisiga asosan: 3.28. “To‘xtab turish taqiqlangan”. Transport vositalarining to‘xtab turishi taqiqlanishini bildiradi. YHQ 13-bobi 88-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: Ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ko‘p bo‘lgan yuk avtomobillari bir tomonlama harakatli yo‘llarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun to‘xtashlari mumkin.
19. Quyidagi javoblardan qaysi birida “Yo‘lovchi” atamasining to‘g‘ri ta'rifi ko‘rsatilgan?
Transport vositasidagi barcha shaxslar
Transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs, shuningdek transport vositasiga kirayotgan (unga chiqib o‘tirayotgan) yoki transport vositasidan chiqayotgan (undan tushayotgan) shaxs
Har ikkala ta’rif to‘g‘ri
To'g'ri javob: Transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs, shuningdek transport vositasiga kirayotgan (unga chiqib o‘tirayotgan) yoki transport vositasidan chiqayotgan (undan tushayotgan) shaxs
YHQ umumiy qoidalar: Yo‘lovchi – transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs, shuningdek transport vositasiga kirayotgan (unga chiqib o‘tirayotgan) yoki transport vositasidan chiqayotgan (undan tushayotgan) shaxs.
20. Qaysi hollarda avtomobillar ushbu taniqlik belgisi bilan belgilanadi?
Xavfli yuklar tashiyotganda
Nogironlar boshqarayotganda
Kar-soqov yoki kar haydovchilar boshqarayotganda
Ikki yilgacha haydovchilik ish stajiga ega bo‘lgan haydovchilar boshqarayotganda
To'g'ri javob: Kar-soqov yoki kar haydovchilar boshqarayotganda
YHQ 29-bobi 176-bandida keltirilgan 4-izohga asosan, "Kar haydovchi" — kar-soqov yoki kar haydovchi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomonlarida — ichiga uchi pastga yo'nalgan hayoliy teng tomonli uchburchakning burchaklari bo'yicha diametri 40 millimetr bo'lgan uchta qora doira tushirilgan, diametri 160 millimetrni tashkil etadigan sariq rangli doira ko'rinishida.