1. Haydovchi yo‘lakay yo‘nalishda kimga transport vositasini taqdim etishi shart?
Yo‘l xizmati xodimlariga
Tibbiyot xodimlariga zudlik bilan tibbiy yordamga muxtoj bo‘lgan fuqarolarni davolash-profilaktika muassasasiga olib borish uchun
To'g'ri javob: Tibbiyot xodimlariga zudlik bilan tibbiy yordamga muxtoj bo‘lgan fuqarolarni davolash-profilaktika muassasasiga olib borish uchun
YHQ 2-bobi 11-bandi z - xatboshiga asosan, transport vositasining haydovchisi tegishli yo'nalishda tibbiy yordam ko'rsatishga ketayotgan tibbiyot xodimlariga hamda zudlik bilan tibbiy yordamga muhtoj bo'lgan fuqarolarni davolash-profilaktika muassasasiga olib borish uchun transport vositasini foydalanishga taqdim etishga majburdir.
2. Qaysi yo‘nalishlarida xarakatlanishga ruxsat etilgan?
Faqat “B”
Faqat “A”
“A” va “B”
“A”, “B”, “C” va “D”
“A”, “B”, va “C”
To'g'ri javob: “A” va “B”
YHQ 1- ilovasi 4- bo‘limining 4.1.1 belgisi talabiga asosan: 4.1.1 “Harakatlanish to‘g‘riga”. Yo‘lning qismi boshlanishida o‘rnatilgan 4.1.1 belgisining ta’siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o‘ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo‘lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.
Bu holatda harakat to‘g‘ri va o‘ng tomonga ruxsat etilgan, chunki yonilg‘i quyish shoxobchasi yo‘lga yondosh hudud hisoblanadi.
3. Qaysi belgi ro‘para harakatlanishning ustunligini bildiradi?
A
B
C
D
E
To'g'ri javob: B
YHQ 1-ilovasining 2-bo'limi 2.6 belgisiga asosan, "Ro'para harakatlanishning ustunligi". Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yo'lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yo'lning tor qismida bo'lgan yoki ro'paradan unga yaqin bo'lgan transport vositasiga yo'l berishi (to'sqinlik qilmasligi) kerak.
4. Ko'rsatilgan belgilardan qaysi biri Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartib-talablari bekor qilingan joyni bildiradi?
Faqat A.
Faqat C.
C va D.
Barchasi.
To'g'ri javob: Faqat C.
YHQ 1-ilovasining 5-bo'limi 5.23 "Aholi punktining oxiri" belgisiga muvofiq, ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartib-talablari bekor qilingan joyni bildiradi.
5. O‘ngga burilganda shu belgi bilan belgilangan tasmaga o‘tishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
Agar tasma qolgan xarakati qismidan yotiq sidirg‘a chiziq bilan ajratilmagan bo‘lsa, ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Agar tasma qolgan xarakati qismidan yotiq sidirg‘a chiziq bilan ajratilmagan bo‘lsa, ruxsat etiladi
YHQ 22- bobi 132- bandining ikkinchi va uchinchi xatboshlariga asosan: Agar 5.9 yo‘l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo‘lsa, burilmoqchi bo‘layotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak. Shuningdek, bunday joylarda yo‘nalishli transport vositalarining xarakatiga halaqit bermaslik sharti bilan yo‘lga chiqish, qatnov qismining chetki o‘ng tomonida yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo‘lakka o‘tishga ruxsat etiladi.
Bu holda, agar yo‘lning bu qismi boshqa qismidan uzluksiz chiziq bilan ajratilmagan bo‘lsa, transport vositalari burilish paytida ushbu yo‘l bo‘lagiga qayta joylashishi kerak.
6. Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda o'tadilar:
Tramvay va avtobus, yengil avtomobil.
Tramvay, yengil avtomobil, avtobus.
Yengil avtomobil, tramvay va avtobus.
To'g'ri javob: Yengil avtomobil, tramvay va avtobus.
YHQ 15-bobi 100 - va 101 - bandlariga asosan, svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmoqning ko'rsatkichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yo'nalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak. Agar svetoforning ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmog'ining yo'naltirgichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan tramvay boshqa yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak.
7. Avtomobilning qaysi g‘ildiraklari “sirpanib” tormozlanishiga ko‘proq moyil?
Orqa g‘ildiraklar
Oldingi g‘ildiraklar
To'g'ri javob: Orqa g‘ildiraklar
Inersiya kuchi ta‘siri ostida tormozlash vaqtida o‘qlarga tushadigan og‘irlik qayta taqsimlanishi ro‘y beradi. Old o‘qqa nisbatan og‘irlik ko‘payadi, orqa o‘qqa nisbatan kamayadi. Tormozlash sur‘ati qanchalik baland bo‘lsa, o‘qlarga tushadigan og‘irlik qayta taqsimlanishi sezilarliroq bo‘ladi. Orqa o‘qdan og‘irlik kamayishi bilan g‘ildirakni yo‘lga bosuvchi kuch kamayadi, shu sababli g‘ildirakning sirg‘anishi ( aylanmasdan siljishi ) va avtomobilning surulib ketishi ehtimoli yuzaga keladi. Old o‘qda og‘irlik ko‘payishi g‘ildirakni yo‘lga bosish kuchini ko‘paytiradi, shu sababli, sirg‘alish ehtimoli kamayadi.
8. Qaysi transport vositalarini qatnov qismining chetida ikki qator qilib qo'yishga ruxsat etiladi?
Kajavasi bo'lmagan ikki g'ildirakli transport vositalarini.
Kajavali mototsikllarni.
"Nogiron" taniqlik belgisi bo'lgan yengil avtomobillarni.
Ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan kam bo'lgan, bevosita trotuarlar bo'ylab joylashgan savdo va boshqa korxonalarga xizmat qiluvchi yuk avtomobillarini.
To'g'ri javob: Kajavasi bo'lmagan ikki g'ildirakli transport vositalarini.
YHQ 8-bobi 89-bandi asosan, transport vositalarini yo'lning qatnov qismida bir qator qilib, qatnov qismi chetiga yo'l harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan faqat parallel ravishda, kajavasi bo'lmagan ikki g'ildirakli transport vositalarini ikki qator qilib qo'yishga ruxsat etiladi.
9. Qo'l jarohatlanganda kiyim qanday tartibda kiydiriladi?
Kiyim avval jarohatlangan qo'lga, so'ngra sog'iga kiydiriladi.
Kiyim ikkala qo'lga baravar kiydiriladi.
Kiyim avval sog' qo'lga, so'ngra jarohatlangan qo'lga kiydiriladi.
To'g'ri javob: Kiyim avval jarohatlangan qo'lga, so'ngra sog'iga kiydiriladi.
Shikastlangan qo'l yoki oyoqni majburiy harakatga solmasdan kiyim kiydirish imkonini yaratish uchun avval kiyim shikastlangan, so'ngra shikastlanmagan qo'l yoki oyoqqa ehtiyotlik bilan kiydiriladi.
10. Yuk transport vositasiga shunday joylashtirilishi kerakki, u:
Shovqin solmasligi, chang ko'tarmasligi, yo'lni va atrof-muhitni iflos qilmasligi, yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material bilan yopilgan bo'lishi kerak.
Transport vositasining orqa tomondagi gabaritlarining orqa o'lchamidan 0,8 metrdan ortiq chiqib turmasligi kerak.
Yukxona devorlaridan baland chiqmasligi kerak.
To'g'ri javob: Shovqin solmasligi, chang ko'tarmasligi, yo'lni va atrof-muhitni iflos qilmasligi, yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material bilan yopilgan bo'lishi kerak.
Quyidagi shartlarga amal qilinganda yuk tashishga yo'l qo'yiladi: shovqin solmasa, chang ko'tarmasa, yo'lni va atrof-muhitni iflos qilmasa, yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material bilan yopilgan bo'lsa.
11. Mazkur yo'l belgisi bildiradi:
Yo'lning trotuar yoki piyodalar yo'lkasi bo'lgan qismini.
Yo'lning piyodalar o'tish joyi bo'lgan qismini.
To'g'ri javob: Yo'lning piyodalar o'tish joyi bo'lgan qismini.
YHQ 1-ilovasining 1-bo'limi 1.20. "Piyodalar o'tish joyi" belgisi 5.16.1, 5.16.2 belgilari va (yoki) 1.14.1-1.14.3 chiziqlari bilan belgilangan piyodalar o'tish joyini bildiradi.
12. Qaysi transport vositalariga to‘xtab turishga ruxsat etilgan?
Faqat mototsiklga
Faqat to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobiliga
Faqat yengil avtomobilga
Yengil avtomobil va mototsiklga
Barcha transport vositalariga
To'g'ri javob: Yengil avtomobil va mototsiklga
YHQ 1-ilovasidagi 7.4.1 "Transport vositasining turi" qo'shimcha axborot belgisi, 3.28. "To'xtab turish taqiqlangan" belgisining ta'siri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan transport vositalariga tatbiq etilishini bildiradi.
13. Ushbu yo‘l belgisi nima haqida ogohlantiradi?
Bir izli temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashayotganligi haqida
Shlagbaum bilan jihonzlanmagan bir izli temir yo‘l kesishmasi borligidan
Shlagbaum bilan jihonzlanmagan ikki izli temir yo‘l kesishmasi borligidan
To'g'ri javob: Shlagbaum bilan jihonzlanmagan bir izli temir yo‘l kesishmasi borligidan
YHQ 1-ilovasining 1-bo'limidagi 1.3.1 belgi "Bir izli temir yo'l" – shlagbaum bilan jihozlanmagan bir izli temir yo'l kesishmasi haqida ogohlantiradi.
14. Yashil avtomobil chorrahadan nechanchi bo‘lib o‘tadi?
Birinchi bo‘lib
Ikkinchi bo‘lib
To'g'ri javob: Ikkinchi bo‘lib
YHQ 15-bobi 99-bandiga asosan, svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan to'g'riga harakatlanayotgan va o'ngga burilayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.
15. Qaysi transport vositasiga harakatlanish ruxsat etiladi?
Mototsiklga.
Yuk avtomobiliga.
Avtobusga.
Yengil avtomobilga.
Yengil va yuk avtomobillariga.
To'g'ri javob: Yengil avtomobilga.
YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining qo'llari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va o'ng yon tomonidan tramvayga to'g'riga, relssiz transport vositalariga to'g'riga va o'ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
16. Qaysi transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak?
Mototsikl haydovchisi.
Avtomobil haydovchisi.
To'g'ri javob: Avtomobil haydovchisi.
YHQ 15-bobi 100-bandiga asosan, svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmoqning ko'rsatkichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yo'nalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak.
17. Harakat ikki tomonlama bo‘lgan, uch tasmali yo‘lda Siz o‘ngga burilishingiz zarur. Ushbu harakatni qaysi tasmadan amalga oshirasiz?
O‘ng tasmadan
O‘rta tasmadan
O‘ng yoki o‘rta tasmadan
O‘rta yoki chap tasmadan
To'g'ri javob: O‘ng tasmadan
YHQ 9-bobi 56-bandiga muvofiq, haydovchi, aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o'ngga burilishdan oldinroq shu yo'nalishda harakatlanishi uchun mo'ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
18. Qaysi joylarda transport vositalariga qatnov qismining chetiga burchak ostida qo'yishga ruxsat etiladi?
Har bir yo'nalishda ikkitadan bo'lagi bo'lgan yo'llarda.
Har bir yo'nalishda uchta va undan ko'p bo'lagi bo'lgan yo'llarda.
Faqat bir tomonlama harakatli yo'llarda.
Qatnov qismining ayrim kengaytirilib qatnov qismidan ajratilgan joylarida yo'l harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan.
To'g'ri javob: Qatnov qismining ayrim kengaytirilib qatnov qismidan ajratilgan joylarida yo'l harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan.
YHQ 13-bobi 89-bandiga asosan, qatnov qismining ayrim kengaytirilib qatnov qismidan ajratilgan joylarida yo'l harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan boshqacha tartibda qo'yishga ham ruxsat etiladi.
19. Suyak singanda qotirib bog'lash uchun nimadan shina sifatida foydalanish eng qulay?
Bint.
Gazmol.
Taxta bo'lagi.
To'g'ri javob: Taxta bo'lagi.
Suyaklar singanda shikastlangan qo'l yoki oyoqni har qanday qattiq vosita yordamida mustahkamlab, harakatsizlantirish (immobilizatsiya qilish) lozim.
20. Sutkaning qorong‘i vaqtida sun’iy yoritilmagan yo‘llarda yoki yetarli ko‘rinmaslik sharoitida yonmaydigan orqa gabarit chiroqlari bilan to‘xtab turish yoki ta’mirlash joyiga borishga ruxsat etiladimi?
Alohida ehtiyotkorlik bilan borishga ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
YHQ 2 – bobi 12 – bandining uchunchi xatboshisiga asosan: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi ( avtopoyezd tarkibida ) nosoz bo‘lgan, sutkaning qorong‘i vaqtida yoki ko‘rinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomg‘ir yoki qor yog‘ayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish taqiqlanadi.