1. Piyodalar o‘tish joyidan tashqarida yo‘ning qatnov qismida ajratuvchi mintaqa bo‘lganda piyodalarning qatnov qismini kesib o‘tishlariga ruxsat etiladimi?
Yo‘lning har ikki tomoni ko‘rinadigan joylarda ruxsat etiladi
Faqat aholi punktlaridan tashqarida ruxsat etiladi
Faqat aholi punktlarida ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
YHQ 4-bobi 17-bandi 2-xatboshisiga asosan, piyodalarga ko'rinadigan oraliqda o'tish joyi yoki chorraha bo'lmasa, ajratuvchi mintaqasiz va to'siqsiz yo'llardan yo'lning ikki tomoni yaxshi ko'rinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan to'g'ri burchak ostida kesib o'tish ruxsat etiladi. Ajratuvchi mintaqali yo'llarda taqiqlanadi.
2. Ushbu belgi quyida sanab o‘tilgan yuk avtomobillarining qaysilariga harakatni davom ettirishni taqiqlamaydi?
Bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yuk avtomobillariga
Xavfli yuk tashiyotgan avtomobillarga
Ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan avtomobillarga
Yuk ko‘tarishi 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan avtomobillarga
To'g'ri javob: Bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yuk avtomobillariga
YHQ 1-ilovasining 3-bo'limidagi 3.4 belgi - "Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan" belgisida cheklangan vazn ko'rsatilmagan bo'lsa, bu belgi to'la vazni 3,5 tonnadan yuqori bo'lgan barcha yuk avtomobillarining, barcha traktorlarning, o'zi yurar mashina va mexanizmlarning harakatlaninshini taqiqlaydi. Bu belgi ta'sir oralig'ida yashovchi va ishlovchilarga daxldor emas, shuningdek, bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashiyotgan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.
3. Ushbu yo‘l belgisi qanday nomlanadi?
Tik nishablik
Tik balandlik
To'g'ri javob: Tik nishablik
premium_required
4. Qaysi transport vositasining haydovchisi birinchi bo‘lib harakatlanish huquqiga ega?
Avtomobil haydovchisi
Velosiped haydovchisi
To'g'ri javob: Velosiped haydovchisi
YHQ 16 – bobi 104 – bandining birinchi xatboshisiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yo‘lda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo‘lda yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo‘nalishidan qat‘i nazar, yo‘l berishi kerak.
5. Svetoforning bu ishorasida qaysi transport vositasining harakatlanishga ruxsat etilgan?
Tramvay, sariq va qizil avtomobilga
Sariq va qizil avtomobillarga
Barcha transport vositalariga
To'g'ri javob: Sariq va qizil avtomobillarga
YHQ 7-bobi 32-bandiga asosan: Yo‘naltirgich ko‘rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doira shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma'noga ega bo‘ladi. Ular faqat ko‘rsatilgan yo‘nalishga ta'sir etadi. Agar tegishli yo‘l belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan bo‘lsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yo‘naltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qo‘shimcha tarmoqdagi yashil yo‘naltirgich ham xuddi shu ma'noni bildiradi. Qo‘shimcha tarmoqdagi ishora o‘chirilgan bo‘lsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yo‘nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.
6. Aholi punktlarida avtobus yoki trolleybus haydovchisi harakatni bekatdan boshlaydi. U:
Uni aylanib o‘tayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak
Imtiyozlardan foydalanib, belgilangan yo‘nalishda harakatni boshlashi kerak
Unga yo‘l berilganligiga ishonch hosil qilgach harakatni boshlashi kerak
To'g'ri javob: Unga yo‘l berilganligiga ishonch hosil qilgach harakatni boshlashi kerak
YHQ 22-bobi 133-bandiga asosan: Haydovchilar aholi yashash joylarida bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga yo‘l berishlari kerak. O‘z navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari o‘zlariga yo‘l berilganligiga ishonch hosil qilganliklaridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin.
7. Qaysi transport vositasining haydovchisi to‘xtab turish qoidasini buzdi?
Ko‘k avtomobil haydovchisi
Qizil avtomobil haydovchisi
Har ikki haydovchi buzdi
Har ikki haydovchi ham buzmadi
To'g'ri javob: Har ikki haydovchi buzdi
Yo‘l harakati qoidalarining 91 bandiga asosan, quyidagilarda to‘xtash taqiqlanadi: qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).
YHQ 1-ilovasining 3-bo‘limidagi 3.28 belgiga asosan, «To‘xtab turish taqiqlangan». Transport vositalarining to‘xtab turishi taqiqlanadi (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).
8. Ko'rsatilgan vaziyatda qizil avtomobil haydovchisi qanday yo'l tutishi kerak?
Transport vositalariga to'sqinlik qilmasligi uchun burilishni tezroq tugallashi kerak.
Hovlidan chiqishda piyodalarni va transport vositalarini o'tkazib yuborishi kerak.
Transport vositalariga yo'l berish, qatnov qismi chetida to'xtashi kerak.
To'g'ri javob: Hovlidan chiqishda piyodalarni va transport vositalarini o'tkazib yuborishi kerak.
YHQ 9-bobi 54-bandiga asosan, haydovchi yondosh hudud(hovlilar, mahallalar, turar joy dahalari, transport vositasi to'xtab turish joylari, yonilg'i quyish shoxobchalari, korxona va shunga o'xshashlar)dan yo'lga chiqayotganda unda harakatlanayotgan piyodalar va transport vositalariga, shuningdek, yo'ldan chiqishda harakatlanish yo'nalishini kesib o'tayotgan piyodalar va velosipedchilarga yo'l berishi kerak.
9. Sirpanchiq yo‘lda tormozlardan qanday foydalanish kerak?
Ulagichni ajratmay turib sekin tormoz berishi va boshqaruv rulining keskin burilishga yo‘l qo‘ymasligi
Ulagichni ajratishi va sekin tormoz berishi
Tormoz tepkisini uzuq-uzuq bosish bilan keskin tormoz berishi
To'g'ri javob: Ulagichni ajratmay turib sekin tormoz berishi va boshqaruv rulining keskin burilishga yo‘l qo‘ymasligi
Sirpanchiq yo'lda to'xtatish tepkisini uzuq-uzuq bosib, uzatma va ilashish mexanizmini ajratmay, dvigatel orqali tormozlanishni qo'llab va g'ildiraklarning blokirovkasi (aylanmasdan sirpanishi)ga yo'l qo'ymagan holda to'xtash lozim.
10. Transport vositalari ushbu taniqlik belgilari bilan belgilanadi:
Kar yoki kar-soqov haydovchilar boshqarayotgan.
Nogironligi bo'lgan shaxs boshqarayotgan.
Xavfli yuklar tashiyotgan.
To'g'ri javob: Nogironligi bo'lgan shaxs boshqarayotgan.
YHQ 29-bobi 176-bandi 12-xatboshiga asosan, "Nogironligi bo'lgan shaxs" — birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi bo'lgan shaxs boshqarayotgan, shuningdek, nogironligi bo'lgan shaxslarni yoki nogironligi bo'lgan bolalarni tashiyotgan transport vositalarining old va orqa tomonlarida — barcha tomonlari 150 millimetrdan bo'lgan va ichiga 7.17 yo'l belgisining qora rangli timsoli tushirilgan sariq rangli kvadrat ko'rinishidagi belgi.
11. Ko‘k avtomobil chorrahani nechanchi bo‘lib kesib o‘tadi?
Birinchi bo‘lib
Ikkinchi bo‘lib
Uchinchi bo‘lib
Oxirgi bo‘lib
To'g'ri javob: Oxirgi bo‘lib
YHQ 16-bobi 106, 106-bandlariga asosan, teng ahamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llar kesishgan chorrahada, keyingi harakat yo‘nalishidan qat'i nazar, asosiy yo‘ldan kelayotgan transport vositasiga ikkinchi darajali yo‘ldan kelayotgan transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak. Asosiy yo‘lning yo‘nalishi chorrahada o‘zgarganda, asosiy yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilar o‘zaro teng ahamiyatli yo‘llar chorrahasidan o‘tish qoidasiga amal qilishlari kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga muvofiq, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo‘ldan qarama-qarshi yo‘nalishdan to‘g‘riga yoki o‘ngga harakatlanayotgan, shuningdek, ruxsat etilgan hollarda quvib o‘tayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak.
12. Qaysi belgi yo‘lning tor qismida ro‘paradan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishni talab qiladi?
"B" va "C"
"D"
"A" va "D"
"B"
"A"
To'g'ri javob: "A"
YHQ 1-ilovasining 2-bo‘limidagi 2.6 belgiga asosan, «Ro‘para harakatlanishning ustunligi». Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yo‘lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yo‘lning tor qismida bo‘lgan yoki ro‘paradan unga yaqin bo‘lgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.
13. Yotiq chiziqlarning sidirg‘a chizig‘ini bosib o‘tishga ruxsat etiladimi?
Agar u haydovchilarning o‘ng tomonida bo‘lsa barcha hollarda ruxsat etiladi
Faqat shunday holda ruxsat etiladiki, agar chiziq yo‘l qatnov qismining chetlarni bildirsa
Chiziq bir yo‘nalishdagi harakat tasmalarining chegarasini bildirganda faqat manyovr qilishda ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Faqat shunday holda ruxsat etiladiki, agar chiziq yo‘l qatnov qismining chetlarni bildirsa
YHQ 2-ilovasi 1-bo‘limining uchinchi va o‘ttiz to‘rtinchi xatboshlariga asosan: 1.1 qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo‘lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo‘lagi chegarasini va velosipedchilar uchun bo‘lagining chegarasini bildiradi; yo‘lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to‘xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo‘lning qatnov qismi chegarasini bildiradi; 1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib o‘tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qo‘llanilgan 1.1 chizig‘i bundan mustasno.
14. Ko‘rsatilgan vaziyatda haydovchi qanday yo‘l tutishi kerak?
Piyodalarga mazkur yo‘nalishning qatnov qismidan butunlay o‘tib olishlariga imkon berishi
Yo‘l-transport hodisasi oldini olish uchun tovush ishorasini berishi va asosiy yo‘lda bo‘lgani sababli piyodalarga yo‘l bermay o‘tish joyidan o‘tishi
To'g'ri javob: Piyodalarga mazkur yo‘nalishning qatnov qismidan butunlay o‘tib olishlariga imkon berishi
YHQ 14-bobi 96-bandiga asosan, chapga yoki o'ngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo'lning qatnov qismidan o'tayotgan piyoda(lar)ga, shuningdek velosiped yo'lkasidan yo'lni kesib o'tayotgan velosipedchi(lar)ga yo'l berishi kerak.
15. Qizil avtomobil chorrahani kesib o'tadi:
Birinchi.
Ikkinchi.
Uchinchi.
Oxirgi.
To'g'ri javob: Oxirgi.
YHQ 15-bobi 99 - va 101 - bandlariga asosan, svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan to'g'riga harakatlanayotgan va o'ngga burilayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Agar svetoforning ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi.
16. Agar piyodalar o‘tish joylaridan keyin tirbandlik vujudga kelib, haydovchini piyodalar o‘tish joyida to‘xtashga majbur qilsa, haydovchi majbur:
To‘xtashga va piyodalar o‘tish joyiga o‘tmaslikka, chunki bu piyodalarning harakati uchun to‘sqinlik qiladi
Piyodalar o‘tish joyi oldidan 15 metr berida to‘xtashga
Oldinda turgan transport vositasidan zarur masofa saqlangan holda piyodalar o‘tish joyida to‘xtashga
Piyodalar o‘tish joyi oldidan 5 metr berida to‘xtashga
To'g'ri javob: To‘xtashga va piyodalar o‘tish joyiga o‘tmaslikka, chunki bu piyodalarning harakati uchun to‘sqinlik qiladi
YHQ 17-bobi 112-bandiga asosan, piyodalar o'tish joylaridan keyin paydo bo'lgan tirbandlik tufayli haydovchi piyodalar o'tish joyida to'xtashga majbur bo'ladigan bo'lsa, piyodalar o'tish joyiga kirish taqiqlanadi.
17. Bu joyda quvib o‘tishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi.
Taqiqlanadi.
Aholi punktidan tashqaridagi yo‘llarda ruxsat etiladi.
Faqat aholi punktlaridan tashqaridagi yo‘llarda taqiqlanadi.
To'g'ri javob: Taqiqlanadi.
YHQ 12-bobi 86-bandi 6-xatboshiga asosan, tepalikning oxirida va yo‘lning ko‘rinishi cheklangan joylarida quvib o‘tish taqiqlanadi.
18. Navbatchining haydovchiga qaratilgan qaysi holati temir yo‘l kesishmasi orqali harakatlanishni taqiqlovchi ishora hisoblanadi?
Haydovchiga chap yoki o‘ng yelkasini o‘girib, tayoqchani (qizil bayroqni) boshidan yuqori ko‘tarib turishi
Oldi yoki orqasi bilan turib jezlni, qizil chiroq yoki bayroqchani yuqoriga ko‘tarib tursa yoki qo‘llarini yonga uzatib turishi
Istalgan yelkasi yoki ko‘kragini o‘girib, tayoqchani (qizil bayroqni) boshidan yuqori ko‘tarib turishi
To'g'ri javob: Oldi yoki orqasi bilan turib jezlni, qizil chiroq yoki bayroqchani yuqoriga ko‘tarib tursa yoki qo‘llarini yonga uzatib turishi
YHQ 18-bobi 118-bandi 3-xatboshiga asosan, kesishma navbatchisining taqiqlovchi ishorasida (navbatchi haydovchiga oldi yoki orqasi bilan turib jezlni, qizil chiroq yoki bayroqchani yuqoriga ko'tarib tursa yoki qo'llarini yonga uzatsa) temir yo'l kesishmasiga kirish taqiqlanadi.
19. Chuqur kechuvdan o‘tgach, haydovchi nima qilish kerak?
Tezlanish bilan yuqoriroq uzatmalarda harakatlanishga
Qisqa masofa oralig‘ida tezlanish olib tormoz tepkisini bir necha bor bosib, tormoz mexanizmi friksion ustqoplamalarini quritishi
Tormozlamasdan past tezlikda harakatni davom ettirish kerak
To'g'ri javob: Qisqa masofa oralig‘ida tezlanish olib tormoz tepkisini bir necha bor bosib, tormoz mexanizmi friksion ustqoplamalarini quritishi
Suv to'siqlaridan o'tgandan keyin, tormoz kolodkalarini quritish lozim. Tormoz tepkisini ko'p marotaba qisqa-qisqa bosib, tormoz mexanizmining friksion ustqoplamalarini quritish avtomobilning barcha g'ildiraklari tormozlarining samaradorligini qayta tiklaydi.
20. Transport vositasi ushbu taniqlik belgisi bilan belgilanadi:
Nogiron boshqarayotgan.
Og'ir vaznli va yirik o'lchamda yuk tashiyotgan.
Xavfli yuklar tashiyotgan.
Kar-soqov yoki kar haydovchilar boshqarayotgan.
To'g'ri javob: Xavfli yuklar tashiyotgan.
YHQ 29-bobi 176-bandi 7-izohiga asosan, "Xavfli yuk" — xavfli yukni tashiyotgan transport vositasining old va orqa tomoniga o'rnatilgan o'lchami 690 x 300 millimetr, o'ng qismi 400 x 300 millimetr bo'lgan zarg'aldoq rangli, chap qismi esa yukning xavfli xususiyatini bildirib turgan belgilar tushirilgan qora hoshiyali (kengligi 15 millimetr) oq rangdagi to'rtburchak shaklidagi belgi.