YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limining o‘ttiz birinchi xatboshisiga asosan: 3.27. "To‘xtash taqiqlangan". Transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishi taqiqlanishini bildiradi. YHQ 1-ilovasi 7-bo‘limining o‘ttiz birinchi xatboshisiga asosan: 7.18. "Nogironlar mustasno". Belgilarning ta'siri ushbu Qoidalarning 175-bandiga muvofiq "Nogiron" taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositalariga joriy etilmaydi.
2. Ko‘rsatilgan yo‘l belgilaridan qaysi biri taqiqlovchi belgilar ilgari kiritgan barcha cheklovlarni bekor qiladi?
"C" va "D"
"A" va "B"
Faqat "C"
Barchasi
Faqat "A"
To'g'ri javob: Faqat "C"
YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.31 “Barcha cheklovlarning oxiri” belgisiga muvofiq, 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 taqiqlovchi belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan oraliqlarning oxirini bildiradi.
3. Haydovchi qaysi rasmda Qoidalar talablarini buzmay turib manyovr qildi?
1.
2.
3.
To'g'ri javob: 1.
YHQ 1-ilovasi 4-bo'limidagi 4.1.1. "Harakatlanish to'g'riga". Faqat to'g'ri yo'nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi. Yo'lning qismi boshlanishida o'rnatilgan 4.1.1 belgisining ta'siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o'ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo'lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi. YHQ 1-ilovasining 5-bo'limidagi 5.5 "Bir tomonlama harakatli yo'l" yo'lning butun kengligi bo'yicha harakat bir tarafga ruxsat etilgan, shuning uchun bu yerda qayrilib olish taqiqlanadi.
4. Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:
Tramvay, avtomobil va avtobus bir vaqtda.
Tramvay, avtobus, avtomobil.
Avtobus, tramvay, avtomobil.
To'g'ri javob: Tramvay, avtomobil va avtobus bir vaqtda.
YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, teng ahamiyatli yo'lda bir yo'nalishda yoki qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.
5. Agar yo‘l tasmasi sidirg‘a chiziq bilan ajratilib, ushbu belgi bilan belgilangan bo‘lsa, avtobus haydovchisining shu tasma bo‘ylab harakatlanishiga ruxsat etiladimi?
Faqat yo‘nalishsiz avtobuslarga ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
Agar avtobus belgilangan yo‘nalish bo‘yicha harakatlansa, ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Agar avtobus belgilangan yo‘nalish bo‘yicha harakatlansa, ruxsat etiladi
YHQ 22-bobi 132-bandining birinchi va ikkinchi xatboshlariga asosan: Yo‘nalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 - 5.10.3 yo‘l belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va to‘xtashi taqiqlanadi. Agar 5.9 yo‘l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo‘lsa, burilmoqchi bo‘layotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak.
6. Ko'krak qafasi shikastlangan yaradorni kerakli joyga qanday eltish kerak?
Yaralangan yoni bilan yotgan yoki yarim o'tirgan holda.
Sog' yoni bilan yotgan yoki o'tirgan holda.
Orqasi bilan yoki qorni bilan yotgan holda.
To'g'ri javob: Yaralangan yoni bilan yotgan yoki yarim o'tirgan holda.
Suyak siniqlarining bir biriga nisbatan qo'zg'almasligini ta'minlash uchun ko'krak qafasiga bog'ich tarang qilib bog'lanadi. Bu holda nafas olish o'tirgan holatda erkin bo'lgan ko'krak-qursoq diafragma pardasi harakatlari hisobiga amalga oshiriladi.
7. Relssiz transport vositalarining harakatlanishi uchun tasmalar soni qanday aniqlanadi?
Yotiq yo‘l chiziqlari bilan
“Tasmalar bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi” yoki “Tasmalar bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi” yo‘l belgilari bilan
Haydovchining o‘zi qatnov qismining kengligini, transport vositalarining o‘lchamlarini va ular orasidagi zarur yonlama oraliq masofani hisobga olib
Barcha sanab o‘tilgan harakatlar bilan
To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan harakatlar bilan
Yo‘l harakati qoidalarining 10 bobi 64 bandiga asosan, relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yo‘l belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yo‘l belgilari bo‘lmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit o‘lchamlarini hisobga olgan holda o‘zlari aniqlaydilar. Bunda harakatlanish ikki tomonlama bo‘lgan yo‘l qatnov qismining chap tomondagi yarmi, qatnov qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish tasmalari, balandlikka ko‘tarilishdagi qo‘shimcha tasmalar, yo‘nalishli transport vositalarining to‘xtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga olmagan holda, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan deb hisoblanadi.
Tramvay yo‘li, ajratuvchi tasma, uzluksiz 1.1, 1.3 yo‘l chiziqlar yoki uzuq-uzuq tomoni chapda joylashgan 1.11 yo‘l chizig‘i bilan ajratilgan yo‘llarda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqish taqiqlanadi.
8. Quyidagi javoblardan qaysi birida “Xavf” atamasining to‘g‘ri ta’rifi ko‘rsatilgan?
Yo‘l harakati xafvsizligiga xavf soluvchi har qanday omil
Yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur qiladigan har qanday to‘siq
Yo‘l harakati jarayonidan o‘sha yo‘nalishda va o‘sha tezlikda harakatlanishni davom ettirish yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lishga tahdid soladigan omil.
To'g'ri javob: Yo‘l harakati xafvsizligiga xavf soluvchi har qanday omil
YHQ umumiy qoidalar: Xavf – yo‘l harakati xavfsizligiga xavf soluvchi har qanday omil.
9. Harakat ikki tomonlama bo‘lgan, uch tasmali yo‘lda Siz o‘ngga burilishingiz zarur. Ushbu harakatni qaysi tasmadan amalga oshirasiz?
O‘ng tasmadan
O‘rta tasmadan
O‘ng yoki o‘rta tasmadan
O‘rta yoki chap tasmadan
To'g'ri javob: O‘ng tasmadan
YHQ 9-bobi 56-bandiga muvofiq, haydovchi, aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o'ngga burilishdan oldinroq shu yo'nalishda harakatlanishi uchun mo'ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
10. Qish vaqtida orqa yetakchi ko‘prikli avtomobilda chuqur bo‘lib qolgan g‘ildirak izidan qanday chiqish mumkin?
Uncha katta bo‘lmagan tezlikda birinchi galda boshqaruv rulini chiqish tomonning qarama qarshi tomoniga, keyin esa chiqish tomoniga shiddat bilan burishi kerak
Izdan chiqishni iloji boricha tezroq boshlash, dastlab boshqaruv rulini chiqish tomoniga, keyin esa ro‘parasiga burish kerak
To'g'ri javob: Uncha katta bo‘lmagan tezlikda birinchi galda boshqaruv rulini chiqish tomonning qarama qarshi tomoniga, keyin esa chiqish tomoniga shiddat bilan burishi kerak
Tuproqli yo‘lda chuqur qor bo‘ylab oldindan tanlangan pastgi uzatmada rul chambaragini keskin burmasdan va to‘xtamasdan harakatda bo‘lish ushbu uchastkada yuzaga keluvchi katta qarshilik kuchini bartaraf qilish uchun zarur bo‘lgan quvvat zapasi bilan ta'minlaydi.
11. Sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaslik sharoitlarida yo‘lda qoldirilgan yo‘l mashinalari, qurilish materiallari, qurilma va hokazolar belgilanishi kerak:
Tegishli yo‘l belgilari bilan
Yo‘naltiruvchi va to‘suvchi moslamalar bilan
Qizil yoki sariq chiroqli ishoralar bilan
Barcha sanab o‘tilgan hollar bajarilishi kerak
To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan hollar bajarilishi kerak
YHQ 29-bobi 182-bandiga asosan: Yo‘llarda ta’mirlash ishlarini bajarishga javobgar mansabdor va boshqa shaxslar ishlar olib borilayotgan joyda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga majbur. Bunday joylar, shuningdek yo‘ldan tashqariga olib chiqish imkoniyati bo‘lmagan ish bajarmayotgan yo‘l mashinalari, qurilish materiallari, qurilma va shunga o‘xshashlar tegishli yo‘l belgilari, yo‘naltiruvchi va to‘suvchi moslamalar bilan, sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda esa, qo‘shimcha qizil yoki sariq chiroqli ishoralar bilan belgilanishi kerak. Ta’mirlash ishlari tugagandan so‘ng transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatlanishi ta’minlangan bo‘lishi kerak.
12. Haydovchi qanday holda bu belgining talablarini to'g'ri bajaradi?
Kesishadigan yo'l bo'ylab harakat qilayotgan mexanik transport vositalariga yo'l beradi.
Kesib o'tilayotgan yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasiga yo'l beradi.
To'g'ri javob: Kesib o'tilayotgan yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasiga yo'l beradi.
YHQ 1-ilovasining 2-bo'limidagi 2.4 "Yo'l bering" belgisida haydovchi kesib o'tilayotgan yo'ldan, 7.13 qo'shimcha-axborot belgisi bo'lganda esa asosiy yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasiga yo'l berishi (to'sqinlik qilmasligi) kerak.
13. Oq chiziq bilan belgilangan orolchaga kirishga ruxsat etiladimi?
Faqat to‘xtash uchun ruxsat etiladi.
Orqa bilan harakat qilganda ruxsat etiladi.
Taqiqlanadi.
To'g'ri javob: Taqiqlanadi.
YHQ 2-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.16.2 chizig‘i transport oqimlari ajraladigan yoki qo‘shiladigan xavfsizlik orolchasini bildiradi. YHQ 2-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.1 chizig‘i chegaraning kirish taqiqlangan o‘tish qismini bildiradi.
14. Qaysi transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak?
Ko‘k avtomobil haydovchisi.
Qizil avtomobil haydovchisi.
To'g'ri javob: Ko‘k avtomobil haydovchisi.
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o‘ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart.
15. Harakatlanish kimga ruxsat etilgan?
Yuk avtomobili va mototsiklga.
Barcha transport vositalariga.
Tramvay va yengil avtomobilga.
Yengil va yuk avtomobiliga, mototsiklga.
To'g'ri javob: Yuk avtomobili va mototsiklga.
YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining qo'llari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va o'ng yon tomonidan tramvayga to'g'riga, relssiz transport vositalariga to'g'riga va o'ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
16. Qaysi transport vositasining haydovchisi qayrilib olishni to'g'ri bajarmoqda?
Ko'k avtomobil haydovchisi.
Qizil avtomobil haydovchisi.
Har ikki haydovchi.
To'g'ri javob: Har ikki haydovchi.
YHQ 9-bobi 59-bandi muvofiq, chorrahadan tashqaridagi qatnov qismining kengligi chetki chap holatdan qayrilib olish uchun yetarli bo'lmasa, ushbu manyovrni qatnov qismining o'ng chetidan (yo'lning o'ng yoqasidan) amalga oshirish mumkin. Bu holda haydovchi bir yo'nalishdagi va qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositalariga yo'l berishi shart.
17. Avtomobil haydovchisi uni boshqa transport vositalari quvib o‘tayotganda qanday harakat qilishi kerak?
Harakat tasmasini o‘zgartirmay, o‘ngga burilish ishorasini berishi
Harakat tezligini oshirish yoki boshqa hatti-harakatlar bilan quvib o‘tishga to‘sqinlik qilmasligi
Harakat tezligini kamaytirishi, tovush ishorasini berishi
To'g'ri javob: Harakat tezligini oshirish yoki boshqa hatti-harakatlar bilan quvib o‘tishga to‘sqinlik qilmasligi
YHQ 12-bobi 84-bandiga muvofiq, quvib o'tilayotgan transport vositasining haydovchisiga harakatlanish tezligini oshirish yoki boshqa xatti-harakatlar bilan quvib o'tishga to'sqinlik qilish taqiqlanadi.
18. Qo'l bilan beriladigan ogohlantiruvchi ishora Qoidalarga muvofiq qachon tugallanishi mumkin?
Manyovrni bevosita bajarishdan oldin.
Manyovr tugagandan so'ng zudlik bilan.
Manyovr bajarayotgan vaqtda.
To'g'ri javob: Manyovrni bevosita bajarishdan oldin.
YHQ 8-bobi 46- bandiga muvofiq, qo'l bilan berilayotgan ishorani manyovrni bavosita bajarishdan oldin tugallash mumkin. Ishoralar boshqa yo'l harakati qatnashchilarini chalg'itmasligi kerak.
19. Qornidan yopiq jarohat olgan jabrlanuvchi qanday tashiladi?
Yonboshi yoki orqasiga yotqizilgan holatda, lat yegan joyga issiq grelka qo'yiladi.
Yotqizilgan holatda, lat yegan joyiga sovuq narsa (muz, malham) qo'yiladi.
Yarim o'tkazilgan holatda, tizzalari tanaga yaqinlashtiriladi.
To'g'ri javob: Yotqizilgan holatda, lat yegan joyiga sovuq narsa (muz, malham) qo'yiladi.
Qorin bo'shlig'ining yopiq jarohatlari hollarida gavdaning holati oyoqlarni tizzalaridan bukib, yon tarafga qarab yotiladi. Qorin qismiga muz xaltachasi qo'yiladi.
20. Ko'rstilgan belgilardan qaysi biri avtopoyezdni bildirish uchun o'rnatiladi?
Chap belgi.
O'ng belgi.
Har ikki belgi.
To'g'ri javob: Har ikki belgi.
YHQ 29-bobi 176-bandida berilgan 1-izohga asosan, "Avtopoezd" — yuk avtomobillari va g'ildirakli traktor (1,4 tonna va undan yuqori)larda tirkama bo'lganda, shuningdek tutashtirilgan avtobus va trolleybus kabinalari tomining old qismi o'rtasiga bir qator qilib 150 dan 300 millimetrgacha oraliqda ko'ndalang joylashgan uchta zarg'aldoq rangli chiroq yoki ichidan yoritiladigan, tomonlarining har biri 250 millimetr bo'lgan sariq rangli uchburchak shaklidagi belgi.