1. Bir yo‘nalishda uch va undan ortiq tasmali har qanday yo‘lda yuk avtomobillariga chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi:
Quvib o‘tish, chapga burilish va qayrilib olishda
Quvib o‘tish va aylanib o‘tishda
Chapga burilish va qayrilib olishda
Barcha hollarda
To'g'ri javob: Chapga burilish va qayrilib olishda
YHQ 10-bobi 67-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: Bir yo‘nalishdagi uch va undan ortik, tasmali har qanday yo‘lda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa bo‘laklar band bo‘lgan hollarda, shuningdek, quvib o‘tish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi.
2. Chorrahada harakatlanishning majburiy yo'nalshini qaysi belgi ko'rsatadi?
A.
B.
C.
D.
E.
To'g'ri javob: D.
YHQ 1-ilovasining 4-bo'limidagi 4.1.3 belgi "Harakatlanish chapga" - faqat yo'naltirgichlar ko'rsatgan tomonga harakatlanishga ruxsat etiladi.
3. Bu yo‘l chizig‘i nimani bildiradi?
Har xil sathda o‘tadigan yo‘llarni
Harakatlanish tezligi 40 km/soatgacha cheklangan yo‘l qismini
Yo‘l inshootlarining harakatdagi transport vositalariga xavf tug‘diradigan tik elementlarini
To'g'ri javob: Yo‘l inshootlarining harakatdagi transport vositalariga xavf tug‘diradigan tik elementlarini
YHQ 2-ilovasining 2-bo'limiga asosan, 2.1 tik chizig'i — harakatlanayotgan transport vositalariga xavf tug'diradigan yo'l inshootlarining tik elementlari (ko'priklar, yo'l o'tkazgich va estakadalar, ustunlar va h. k.)ni bildiradi.
4. Transport vositalarining haydovchilari avtobus yoki trolleybusga yo‘l berishlari kerak:
Agar u harakatni to‘xtab turish joyidan boshlasa
Agar u "tig‘iz" soatda marshrut bo‘yicha harakat qilsa
Aholi punktlarida, agar u belgilangan to‘xtash joyidan (bekatlardan) harakatni boshlasa
To'g'ri javob: Aholi punktlarida, agar u belgilangan to‘xtash joyidan (bekatlardan) harakatni boshlasa
YHQ 22-bobi 133-bandiga asosan, haydovchilar aholi punktlarida bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga yo'l berishlari kerak. O'z navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari o'zlariga yo'l berilganligiga ishonch hosil qilganliklaridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin.
5. Harakatlanishga ruxsat etilgan barcha transport vositalari qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?
Avtomobillar va mototsikl.
Avtomobillar va tramvay.
Barcha transport vositalari.
To'g'ri javob: Avtomobillar va mototsikl.
YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining o'ng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat etiladi.
6. Qaysi transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak?
Avtomobil haydovchisi.
Tramvay haydovchisi.
To'g'ri javob: Avtomobil haydovchisi.
YHQ 16-bobi 105-bandiga muvofiq, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi.
7. Ko'k avtomobil haydovchisiga quvib o'tish ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi.
Taqiqlanadi.
Ruxsat etiladi, agar qizil avtomobil 40 km/soatdan kam tezlik bilan harakatlanayotgan bo'lsa.
To'g'ri javob: Taqiqlanadi.
YHQ 10-bobining 66-bandiga muvofiq, harakat ikki tomonlama bo'lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo'l chizig'i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo'llarda, ikki yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan o'rta qatorga faqat quvib o'tish, aylanib o'tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.
8. Quyidagi qaysi suratda haydovchi avtomobilni qoidaga xilof ravishda to‘xtab turishga qo‘ygan?
Faqat chapdagi
Chap va o‘rtadagi
Barchasida
To'g'ri javob: Chap va o‘rtadagi
YHQ 13-bobi 88-bandiga asosan, transport vositalariga yo'lning o'ng tomonida yo'l yoqasida, u bo'lmaganda esa qatnov qismining chetida to'xtash va to'xtab turishga ruxsat etiladi.
9. Sirpanchiq yo‘lda yurgizgich bilan tormozlashni qo‘llash orqa uzatmali avtomobil uchun:
Avtomobil turg‘unligini oshiradi
Avtomobil turg‘unligini kamaytiradi
Avtomobil turg‘unligiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi
To'g'ri javob: Avtomobil turg‘unligini oshiradi
Sirpanchiq yo‘lda to‘xtatish tepkisini uzuq-uzuq bosib, uzatma va ilashish mexanizmini ajratmagan, dvigatel bilan tormozlanishni ishlatgan hamda g‘ildiraklarning blokirovkasi (sirg‘anish) ga yo‘l qo‘ymagan holda to‘xtatish lozim.
10. DYHXX xizmati ruxsatisiz transport vositasining yuk bilan yoki yuksiz holda harakatlanishiga qanday yuqori maksimal kenglikda yo‘l qo‘yiladi?
2,55 m
2,0 m
3,8 m
4,0 m
5,0 m
To'g'ri javob: 2,55 m
Katta hajmli va og'ir vaznli hamda xavfli yuklarni tashishda gabarit o'lchamlari yukli yoki yuksiz holda eni bo'yicha 2,55 (refrijeratorlar va izotermik kuzovlar uchun — 2,6) metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi DYHXX bilan kelishilishi shart.
11. Ko'k avtomobil chorrahani kesib o'tadi:
Birinchi bo'lib ayni bir vaqtda qizil bilan.
Ikkinchi bo'lib ayni vaqtda qizil bilan.
Uchinchi bo'lib ayni vaqtda qizil bilan.
To'g'ri javob: Uchinchi bo'lib ayni vaqtda qizil bilan.
YHQ 16 va 6-boblardagi 105, 26-bandlariga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo'l berishlari shart.
12. Qaysi belgi to‘xtamasdan o‘tishni taqiqlaydi?
1
2
3
4
5
To'g'ri javob: 4
YHQ 1-ilovasining 3-bo'lim 3.17.1 “Bojxona” belgisi davlat tili va ingliz tilida yozilib bojxona (nazorat punkti) oldida to‘xtamasdan o'tib ketish taqiqlanadi.
13. Ushbu tik yo‘l chizig‘i nimani bildiradi?
Yo‘lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo‘lagi yuzasini bildiradi
Yo‘lning boshqa joylaridagi to‘siqlarning yon yuzalarini bildiradi
Xavfli yo‘l qismlarida bordyurlarni belgilaydi
Yo‘naltiruvchi ustunchalar, beton yoki temir-beton ustunchalar, to‘siq ustunchalari va shunga o‘xshashlarni belgilaydi
To'g'ri javob: Yo‘lning boshqa joylaridagi to‘siqlarning yon yuzalarini bildiradi
YHQ 2-ilovasining 2-bo'limiga asosan, 2.6 tik chizig'i - boshqa joylardagi to'siqlarning yon yuzalarini bildiradi.
14. Haydovchi oq hassa bilan ishora berayotgan ko‘zi ojiz piyodalarni o‘tkazib yuborishi kerakmi?
Barcha hollarda o‘tkazib yuborishi kerak, shu jumladan, piyodalar o‘tish joylaridan tashqarida ham
Tartibga solinadigan piyodalar o‘tish joyida o‘tkazib yuborishi kerak
Tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida o‘tkazib yuborishi kerak
Har qanday piyodalar o‘tish joyida o‘tkazib yuborishi kerak
To'g'ri javob: Barcha hollarda o‘tkazib yuborishi kerak, shu jumladan, piyodalar o‘tish joylaridan tashqarida ham
YHQ 17-bobi 113-bandiga muvofiq, barcha hollarda, shu jumladan, piyodalar o'tish joylaridan tashqarida ham haydovchi oq hassa bilan ishora berayotgan ko'zi ojiz piyoda(lar)ni o'tkazib yuborishi kerak.
15. Qaysi rasmda haydovchi to'g'ri burilmoqda?
Chapdagi rasmda.
O'ngdagi rasmda.
To'g'ri javob: Chapdagi rasmda.
YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining qo'llari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va o'ng yon tomonidan tramvayga to'g'riga, relssiz transport vositalariga to'g'riga va o'ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi. O'ng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi;
piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat etiladi.
16. Qaysi avtomobil to‘xtab turishga to‘g‘ri qo‘yilgan?
Yengil avtomobil
Har ikkisi noto‘g‘ri qo‘yilgan
Har ikkisi to‘g‘ri qo‘yilgan
Yuk avtomobili
To'g'ri javob: Har ikkisi noto‘g‘ri qo‘yilgan
YHQ 13-bobi 88-bandi 3-xatboshi va 91-band, 8-xatboshiga asosan, ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ko‘p bo‘lgan yuk transport vositalari bir tomonlama harakatli yo‘llarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun to‘xtashlari mumkin. Piyodalar o‘tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda to‘xtash va to‘xtab turish taqiqlanadi.
17. Agar qatnov qismining kengligi chetki chap holatdan qayrilib olish uchun yetarli bo‘lmasa, qoidalar qayrilishni qatnov qismining o‘ng chekkasi yoki yo‘lning o‘ng yoqasidan amalga oshirishga yo‘l qo‘yadimi?
Qatnov qismining faqat o‘ng chekkasidan yo‘l qo‘yadi. Yo‘lning o‘ng yoqasidan yo‘l qo‘yilmaydi
Yo'l qo‘yiladi. Bunda qayrilib olayotgan haydovchi shu yo‘nalishdagi va qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositalariga yo‘l berishi shart
Yo‘l qo‘yilmaydi
To'g'ri javob: Yo'l qo‘yiladi. Bunda qayrilib olayotgan haydovchi shu yo‘nalishdagi va qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositalariga yo‘l berishi shart
YHQ 9-bobi 59-bandi muvofiq, chorrahadan tashqaridagi qatnov qismining kengligi chetki chap holatdan qayrilib olish uchun yetarli bo'lmasa, ushbu manyovrni qatnov qismining o'ng chetidan (yo'lning o'ng yoqasidan) amalga oshirish mumkin. Bu holda haydovchi bir yo'nalishdagi va qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositalariga yo'l berishi shart.
18. Aholi punktlarida yengil avtomobillarga, agar bir yo‘nalishda uch va undan ortiq harakatlanish tasmasi bo‘lganda qaysi tasmadan harakatlanishga ruxsat etiladi?
Har qanday tasma bo‘yicha
Iloji boricha qatnov qismining o‘ng chekkasiga yaqin tasma bo‘yicha
Chetki chap tasmadan tashqari har qanday tasma bo‘yicha. Biroq chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa bo‘laklar band bo‘lganda, shuningdek, chapga burilish yoki qayrilib olishda egallashga ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Chetki chap tasmadan tashqari har qanday tasma bo‘yicha. Biroq chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa bo‘laklar band bo‘lganda, shuningdek, chapga burilish yoki qayrilib olishda egallashga ruxsat etiladi
YHQ 10-bobi 67-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: Bir yo‘nalishdagi uch va undan ortiq tasmali har ganday yolda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa tasmalar band bo‘lgan hollarda, shuningdek, quvib o‘tish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki gayrilib olish uchun chetki chap gatorni egallashga ruxsat etiladi.
19. Svetoforning bir vaqtda yoqilgan qizil va sariq ishoralari nimani bildiradi?
Harakatni boshlash mumkin.
Harakatlanishni taqiqlaydi va ko'p o'tmay yashil ishora yonishi haqida axborot beradi.
Chorrahaga maxsus tovushli yoki yalt-yalt etuvchi chiroq bilan ishora berayotgan transport vositasi yaqinlashib kelayotganligini.
To'g'ri javob: Harakatlanishni taqiqlaydi va ko'p o'tmay yashil ishora yonishi haqida axborot beradi.
YHQ 7-bobi 31-bandi 7-xatboshisiga asosan, qizil va sariq ishoralarning bir vaqtda yonishi harakatlanishni taqiqlaydi va ko'p o'tmay yashil ishora yonishi haqida axborot beradi.
20. Avtomobilga o‘rnatilgan bu taniqlik belgi nimani bildiradi?
Avtomobil uyda tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallanganligini
To'g'ri javob: Avtomobilni shifokor – haydovchilar boshqarayotganligini
YHQ 26-bobi 176-bandining o‘n uchinchi xatboshisiga asosan: “Shifokor” shifokor-haydovchi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomoniga o‘rnatiladigan, tomonlari 140 millimetr bo‘lgan, ko‘k rangli, to‘rtburchak ichida diametri 90 millimetrli oq doiraga qalinligi 25 millimetrli qizil xoch tasviri tushirilgan belgi.