26-bilet savollari va javoblari

1. Yo‘nalishli transport vositalariga qaysilar kiradi?

  1. Avtobus va yo‘nalishli taksilar
  2. Tramvay va trolleybuslar
  3. Belgilangan yo‘nalishi va bekatlari bo‘lgan, yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan umumiy foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yo‘nalishli taksi)

To'g'ri javob: Belgilangan yo‘nalishi va bekatlari bo‘lgan, yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan umumiy foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yo‘nalishli taksi)

YHQ 1-bobi 6-bandi 18-tushunchasiga asosan, yo'nalishli transport vositasi — belgilangan yo'nalishi va bekatlari bo'lgan, yo'lovchi tashish uchun mo'ljallangan umumiy foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yo'nalishli taksi).

2. Qaysi belgi chapga burilishga ruxsat beradi?

Qaysi belgi chapga burilishga ruxsat beradi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 3

YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limining yigirma uchinchi xatboshisiga asosan: 3.19. “Qayrilish taqiqlangan”. Izoh. 3.19 - belgisi qaysi kesishmaga o‘rnatilsa faqat shu kesishmaga taalluqli bo‘lib, chapga burilishni taqiqlamaydi.

3. Bu belgi o‘rnatilgan yo‘lda avtobuslarga harakatlanish ruxsat etiladimi?

Bu belgi o‘rnatilgan yo‘lda avtobuslarga harakatlanish ruxsat etiladimi?
  1. Faqat ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq, bo‘lmagan avtomobilga ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi

YHQ 1-ilovasi 5-bo‘limining to‘rtinchi xatboshisiga asosan: 5.3. “Avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘l”. Faqat avtomobillar, avtobus hamda mototsikllar, elektromototsiklar, mopedlar va skuterlarning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘lni bildiradi.

4. Chorrahani oxirgi bo'lib kesib o'tadi:

Chorrahani oxirgi bo'lib kesib o'tadi:
  1. Ko'k avtomobil.
  2. Yashil avtomobil.
  3. Qizil avtomobil.

To'g'ri javob: Ko'k avtomobil.

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

5. Qaysi transport vositalariga harakatlanish ruxsat etiladi?

Qaysi transport vositalariga harakatlanish ruxsat etiladi?
  1. Oq va yashil avtomobilga
  2. Yashil, qizil va oq avtomobilga
  3. Sariq va qizil avtomobilga

To'g'ri javob: Sariq va qizil avtomobilga

YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining qo'llari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va o'ng yon tomonidan tramvayga to'g'riga, relssiz transport vositalariga to'g'riga va o'ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi.

6. Yo'lovchilarni tushirish uchun qaysi transport vositalari to'g'ri to'xtadi?

Yo'lovchilarni tushirish uchun qaysi transport vositalari to'g'ri to'xtadi?
  1. Yengil avtomobil.
  2. Mototsikl.
  3. Avtobus.
  4. Barcha transport vositalari.

To'g'ri javob: Yengil avtomobil.

YHQ 13-bobi 91-bandi 8-xatboshiga muvofiq, piyodalar o'tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda to'xtash taqiqlanadi.

7. Bunday yo'l belgisi bilan belgilangan yo'l qismlarida ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillarining qanday yuqori tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat etiladi?

Bunday yo'l belgisi bilan belgilangan yo'l qismlarida ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomob…
  1. 60 km/s.
  2. 90 km/s.
  3. 80 km/s.
  4. 70 km/s.
  5. 100 km/s.

To'g'ri javob: 80 km/s.

YHQ 11-bobining 79-bandi 3-xatboshiga muvofiq, boshqa avtobuslar (shaharlararo va mikroavtobuslardan tashqari), tirkamali yengil avtomobillar, motosikllar, ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

8. Ko‘k avtomobil haydovchisi nima qilishi kerak?

Ko‘k avtomobil haydovchisi nima qilishi kerak?
  1. Sariq avtomobilga u orqadan kelayotgani uchun yo‘l bermay, mo‘ljallangan yo‘nalishda chorrahani kesib o‘tishi
  2. Qarama-qarshi harakat bo‘lagiga darhol qayta tizilishi
  3. Tezlikni kamaytirishi, sariq avtomobilga quvib o‘tishni tugallashiga imkon berishi, so‘ng esa chapga burilishi

To'g'ri javob: Tezlikni kamaytirishi, sariq avtomobilga quvib o‘tishni tugallashiga imkon berishi, so‘ng esa chapga burilishi

YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo‘ldan qarama-qarshi yo‘nalishdan to‘g‘riga yoki o‘ngga harakatlanayotgan, shuningdek ruxsat etilgan hollarda quvib o‘tayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart.

9. “Gazel” yuk avtomobilining yuk bilan balandligi yo‘l sathidan 3,8 metr bo‘lsa, uni tashish mumkinmi?

  1. Ruxsat beriladi
  2. Ruxsat berilmaydi
  3. Ruxsat beriladi, faqat yo‘nalishlarda osma ko‘priklar, osma yo‘llar (estakada) bo‘lmasa

To'g'ri javob: Ruxsat beriladi

YHQ 27-bobi 164-bandining birinchi xatboshisiga asosan: O‘ta og‘ir, katta o‘lchamli va xavfli yuklarni tashishda gabarit oʻlchamlari yukli yoki yuksiz holda eni bo‘yicha 2,55 (refrijeratorlar va izotermik kuzovlar uchun - 2,6) metrdan va balandligi bo‘yicha yo‘l sathidan 4 metrdan, uzunligi bo‘yicha yakka avtotransport vositasi uchun - 12 metrdan, tirkama uchun - 12 metrdan, yarimtirkamali avtopoyezd uchun - 20 metrdan, tirkamali avtopoyezd uchun - 20 metrdan ortiq bo‘lgan yoki yuki transport vositasining oldi va orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi belgilangan tartibda DYHXX bilan kelishilgan bo‘lishi kerak.

10. Agar pnevmatik uzatmaning zichligi buzilib, kompressor ishlamay turganda boshqaruv asboblarining erkin holatida havo bosimining 30 daqiqada qancha Mpa ga pasayishiga sabab bo‘lsa, tormoz tizimi nosoz hisoblanadi?

  1. 0,025 MPa
  2. 0,035 MPa
  3. 0,05 MPa
  4. 0,055 MPa
  5. 0,06 MPa

To'g'ri javob: 0,05 MPa

YHQ 3-ilovasining 1.4-bandiga muvofiq, agar dvigatel ishlamay turganda pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasining zichligini buzilishi, boshqaruv qismlari ulanmaganda — 30 daqiqada, ulanganida — 15 daqiqada tizimdagi havo bosimini 0,05 MPa dan ko'pga pasayishiga sabab bo'lsa transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.

11. Avtomobil harakatlanayotganda kutilmaganda shinasi yorilib ketsa, haydovchi nima qilishi zarur?

  1. Ishchi tormoz bilan to‘la to‘xtaguncha keskin tormozlash
  2. Avtomobilni to‘xtab turish tormozi yordamida to‘xtatish
  3. Rulni ushlab turish, to‘g‘ri chiziqda harakatni saqlash, tezlikni kamaytirish va to‘xtatish

To'g'ri javob: Rulni ushlab turish, to‘g‘ri chiziqda harakatni saqlash, tezlikni kamaytirish va to‘xtatish

Shinalarning birida bosimning kamayishi uning aylanishiga qarama-qarshiligini kuchaytiradi va ko‘ndalang qattiqligini kamaytiradi. Shuning uchun bosimi bo‘lmagan shina bilan avtomobil yon tomonga og‘adi. Boshqarishni saqlab qolish uchun haydovchi rul chambaragini ushlab turib, tezligini pasaytirishi va to‘xtatish lozim.

12. Belgilardan qaysi biri bevosita yo'lning xavfli qismi oldida o'rnatiladi?

Belgilardan qaysi biri bevosita yo'lning xavfli qismi oldida o'rnatiladi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 5

YHQ 1-bo'limiga muvofiq, 1.3.1 "Bir izli temir yo'li" belgisi bevosita shlagbaum bilan jihozlanmagan bir izli temir yo'l kesishmasi oldida o'rnatiladi.

13. Bu yo‘l belgisi bilan belgilangan yo‘l qismida yengil avtomobilni shatakka olishga ruxsat etiladimi?

Bu yo‘l belgisi bilan belgilangan yo‘l qismida yengil avtomobilni shatakka olishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limining to‘qqizinchi xatboshisiga asosan: 3.7. “Tirkama bilan harakatlanish taqiqlanadi”. Yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek mexanik transport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanishini bildiradi.

14. Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadi:

Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadi:
  1. 1 - va 2-tramvaylar ayni vaqtda yashil avtomobil bilan; qizil; ko'k avtomobil.
  2. 1-tramvay ayni vaqtda yashil avtomobil bilan, qizil avtomobil, 2-tramvay va ko'k avtomobil bir vaqtda.

To'g'ri javob: 1-tramvay ayni vaqtda yashil avtomobil bilan, qizil avtomobil, 2-tramvay va ko'k avtomobil bir vaqtda.

YHQ 16-bobi 106-,105 - va 104 - bandlariga asosan, asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, teng ahamiyatli yo'lda bir yo'nalishda yoki qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.

15. Transport vositalariga qaysi yo'nalish bo'yicha harakatlanishga ruxsat etiladi?

Transport vositalariga qaysi yo'nalish bo'yicha harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Tramvayga chapga yoki to'g'riga.
  2. Faqat avtomobilga chapga.
  3. Tramvay va avtomobilga chapga.
  4. Tramvayga chapga yoki to'g'riga, avtomobilga tramvaydan so'ng.
  5. Tramvayga chapga, avtomobilga chapga va teskari yo'nalishga.

To'g'ri javob: Tramvayga chapga, avtomobilga chapga va teskari yo'nalishga.

YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining o'ng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat etiladi.

16. Qaysi avtomobil haydovchisiga to'xtashga ruxsat etilgan?

Qaysi avtomobil haydovchisiga to'xtashga ruxsat etilgan?
  1. Yengil avtomobilning haydovchisiga.
  2. Yuk avtomobilning haydovchisiga.
  3. Har ikki haydovchiga.
  4. Yuk avtomobilning haydovchisiga, agar bir yo'nalishda harakatlanish uchun uchta va undan ko'p tasma bo'lsa.

To'g'ri javob: Yuk avtomobilning haydovchisiga, agar bir yo'nalishda harakatlanish uchun uchta va undan ko'p tasma bo'lsa.

YHQ 13-bobi 91-bandi 4-xatboshiga muvofiq, quyidagi joylarda to'xtash taqiqlanadi – bir yo'nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmaga ega bo'lgan ko'prik, yo'l o'tkazgich va estakadalarning ustida, ko'prik, yo'l o'tkazgich va estkadalarning ostida (tegishli yo'l belgilari bilan to'xtab turish ruxsat berilgan yo'l qismlari bundan mustasno).

17. Qayrilib olish taqiqlanadi:

  1. Chorrahalarda va ularga 15 metrdan yaqinroqda
  2. Chorrahalar oldiga 15 metrdan yaqinroqda
  3. Yo‘lning loaqal bir yo‘nalishida 100 metrdan kamroq qismi ko‘rinadigan aholi punktlaridan tashqarida
  4. Loaqal bir yo‘nalishda yo‘lning 100 metrdan kamroq qismi ko‘ringanda

To'g'ri javob: Loaqal bir yo‘nalishda yo‘lning 100 metrdan kamroq qismi ko‘ringanda

premium_required

18. Harakat tezligi 40 km/sdan oshmaydigan transport vositasiga qatnov qismining chap tasmasiga chiqishga qachon ruxsat etiladi?

Harakat tezligi 40 km/sdan oshmaydigan transport vositasiga qatnov qismining chap tasmasiga chiqishga qachon ruxsat eti…
  1. Burilish yoki qayrilish oldidan qayta tizilishda
  2. Quvib o‘tishda, o‘zib ketishda yoki aylanib o‘tishda
  3. Sanab o‘tilgan barcha hollarda
  4. Sanab o‘tilgan barcha hollarda, shuningdek, agar bir yo‘nalishda harakatlanish uchun uchta va undan ortiq tasma bo‘lganda

To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha hollarda

YHQ 10-bobi 67-bandiga muvofiq, tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin bo'lmagan yoki texnik sabablarga ko'ra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari aylanib o'tish, quvib o'tish, chapga burilish yoki qayrilib olish uchun qayta tizilishdan yoki ruxsat etilgan hollarda yo'lning chap tomonida to'xtashdan boshqa hollarda faqat chetki o'ng tasmada harakatlanishlari kerak.

19. Kim o‘quv yurtlarida boshqarishni o‘rgatish huquqiga ega?

  1. Haydashni o‘rgatish huquqini beruvchi hujjatlari bo‘lgan haydashni o‘rgatuvchi yo‘riqchi
  2. Tajribali haydovchi
  3. 3 yillik ishlagan davri bo‘lgan haydovchi
  4. 5 yil haydovchilik ishlagan davriga ega bo‘lgan 1 va 2-toifa haydovchilar

To'g'ri javob: Haydashni o‘rgatish huquqini beruvchi hujjatlari bo‘lgan haydashni o‘rgatuvchi yo‘riqchi

YHQ 25-bobi 148-bandiga asosan: Avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar instruktori boshqarishni o‘rgatish huquqini beruvchi hujjatga, shuningdek tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga ega bo‘lishi kerak.

20. Yuk transport vositasining o‘lchamlaridan chiqib tursa, kunning qorong‘i vaqtida va yetarli ko‘rinmaydigan sharoitda qanday belgilanadi?

  1. Ishora taxtachalari yoki bayroqchalar (diagonal bo‘yicha navbatma-navbat tortilgan qizil va oq yo‘lli) bilan
  2. Oldiga oq, orqasiga qizil, yon tomoni zarg‘aldoq rang yorug‘lik qaytaruvchi moslamalar yoki chiroqlar bilan
  3. Orqasiga qizil, oldiga oq bayroqchalar bilan

To'g'ri javob: Oldiga oq, orqasiga qizil, yon tomoni zarg‘aldoq rang yorug‘lik qaytaruvchi moslamalar yoki chiroqlar bilan

premium_required