30-bilet savollari va javoblari

1. "Yetarlicha ko‘rinmaslik" deganda nima tushuniladi?

"Yetarlicha ko‘rinmaslik" deganda nima tushuniladi?
  1. Oqshomdan tonggacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yo‘lning ko‘rinishi
  2. Ko‘rinish 150 metrdan kam bo‘lgan holat
  3. Yomg‘ir, qor yog‘ishi, tuman tushishi va shunga o‘xshash sharoitlarda, shuningdek, kunning g‘ira-shira vaqtida yo‘lning ko‘rinish masofasi 300 metrdan kam bo‘lishi
  4. Yomg‘ir, qor yog‘ishi, oqshom

To'g'ri javob: Yomg‘ir, qor yog‘ishi, tuman tushishi va shunga o‘xshash sharoitlarda, shuningdek, kunning g‘ira-shira vaqtida yo‘lning ko‘rinish masofasi 300 metrdan kam bo‘lishi

YHQ 1-bobi 6-bandi 23-tushunchasiga asosan, yetarli ko'rinmaslik – yomg'ir, qor yog'ishi, tuman tushishi va shunga o'xshash sharoitlarda, shuningdek kunning g'ira-shira vaqtida yo'lning ko'rinish masofasi 300 metrdan kam bo'lishi.

2. Yo'naltirgichlar bilan belgilangan yo'nalishlarning qaysi biridan harakatlanishga ruxsat etiladi?

Yo'naltirgichlar bilan belgilangan yo'nalishlarning qaysi biridan harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. A va B.
  2. B va C.
  3. A va C.

To'g'ri javob: A va C.

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limidagi 3.18.2 "Chapga burilish taqiqlangan" belgisi qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o'rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi. Belgi faqat chapga burilishni taqiqlaydi.

3. Sariq uzuq-uzuq yotiq chiziq qaysi yo'l belgisi bilan qo'llanilishi mumkin?

Sariq uzuq-uzuq yotiq chiziq qaysi yo'l belgisi bilan qo'llanilishi mumkin?
  1. "To'xtash taqiqlangan".
  2. "To'xtab turish taqiqlangan".
  3. "Oyning toq sonli kunlarida to'xtab turish taqiqlangan".

To'g'ri javob: "To'xtab turish taqiqlangan".

YHQ 2-ilovasining 1-bo'limidagi 1.10 chizig'i to'xtab turish taqiqlangan joyni bildiradi; yakka holda yoki 3.28 "To'xtab turish taqiqlangan" yo'l belgisi bilan qo'llaniladi va yo'lning qatnov qismi chetiga yoki yo'l chetidagi to'siq ustidan chiziladi.

4. Kesishma orqali harakatlanish hollarida haydovchi “To‘xtash chizig‘i”, 2.5 “To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan” yo‘l belgisi yoki svetofor bo‘lmaganda, o‘tib ketayotgan poyezdni o‘tkazib yuborishga qoida bo‘yicha shlagbaumgacha kamida qancha masofa qolganda to‘xtash kerak?

  1. 1 m
  2. 5 m
  3. 10 m
  4. 15 m
  5. 20 m

To'g'ri javob: 5 m

YHQ 18-bobi 119-bandiga asosan: Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i, 2.5 yo‘l belgisi yoki svetofor oldida, ular bo‘lmaganda shlagbaumga kamida 5 metr, shlagbaum bo‘lmaganda esa birinchi temir yo‘l iziga kamida 10 metr qolganda to‘xtashi kerak.

5. Svetoforning ushbu ishorasida qaysi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat etilgan?

Svetoforning ushbu ishorasida qaysi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat etilgan?
  1. Tramvayga va mototsiklga.
  2. Mototsiklga, yengil avtomobil va yuk avtomobiliga.
  3. Yengil va yuk avtomobillariga.
  4. Barcha transport vositalariga.

To'g'ri javob: Yengil va yuk avtomobillariga.

YHQ 7-bobi 32-bandi 3-xatboshiga asosan, svetoforning qo'shimcha tarmoqdagi ishora o'chirilgan bo'lsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yo'nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.

6. Og‘ir vaznli va katta o‘lchamli yuklarni tashiyotgan transport vositalarining aholi punktlaridan tashqarida qanday tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat etiladi?

  1. 40 km/soatdan oshirmasdan
  2. 60 km/soatdan oshirmasdan
  3. Tashish shartlari bilan kelishilganda Davlat YHX xizmati ruxsat etganidan oshirmasdan

To'g'ri javob: Tashish shartlari bilan kelishilganda Davlat YHX xizmati ruxsat etganidan oshirmasdan

YHQ 11-bobi 80-bandi 4-xatboshiga asosan, har qanday yo'llarda xavfli, og'ir vaznli va katta o'lchamli yuklarni tashiyotgan, tashkiliy jamlanmada harakatlanayotgan transport vositalariga DYHXX bilan kelishilgan tezlikdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

7. Mexanik transport vositasi shatakka olinganda egiluvchan ulagich qanday belgilanishi kerak?

  1. Diagonali bo‘yicha qizil va oq rangli chiziqlar tushirilgan, yorug‘lik qaytaradigan yuzali, bayroqchalar yoki taxtachalar bilan
  2. Transport vositasi orqasiga mustahkamlangan avariya sababli to‘xtash belgisi bilan belgilanishi kerak
  3. Transport vositasi oldi tomoni oq rangli, orqasi qizil rangli fonarlar bilan belgilanishi kerak

To'g'ri javob: Diagonali bo‘yicha qizil va oq rangli chiziqlar tushirilgan, yorug‘lik qaytaradigan yuzali, bayroqchalar yoki taxtachalar bilan

YHQ 24-bobi 144-bandiga asosan: Egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari o‘rtasidagi masofa 4-6 metr oralig‘ida bo‘lishi, qattiq ulagich bilan shatakka olishda esa 4 metrdan ko‘p bo‘lmasligi kerak. YHQning 177-bandida ko‘rsatilganidek, oq va qizil rangdagi chiziqli bayroqcha yoki taxtakach bilan belgilanadi.

8. Qayerda transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishi taqiqlanadi?

  1. Transport vositalari va piyodalarning harakati serqatnov joylarda
  2. Ko‘priklarda, estakadalarda va osma yo‘llarda, uchtadan kam harakatlanish tasmasi bo‘lganda
  3. Qatnov qismlari kesishmasi chetida 30 metrdan ko‘proq masofa qolganda

To'g'ri javob: Ko‘priklarda, estakadalarda va osma yo‘llarda, uchtadan kam harakatlanish tasmasi bo‘lganda

YHQ 13-bobi 91-bandi 12-xatboshiga asosan, quyidagi joylarda to'xtash va to'xtab turish taqiqlanadi: qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo'lning sidirg'a chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).

9. Tormoz tizimi ishlamayotgan transport vositasini shatakka olish mumkinmi?

  1. Agar shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olinayotgan transport vaznidan ikki barobar ortiq bo‘lsa, qattik ulagich yordamida yoki qisman ortish usuli bilan
  2. Faqat qattik ulagichda
  3. Agar shataka olingan transport vositasida haydovchi bo‘lsa har qanday usul bilan
  4. Faqat unga qisman ortish usuli bilan

To'g'ri javob: Agar shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olinayotgan transport vaznidan ikki barobar ortiq bo‘lsa, qattik ulagich yordamida yoki qisman ortish usuli bilan

premium_required

10. Mexanik transport vositalaridan foydalanish qanday shartlarda taqiqlanadi?

  1. Yurgizgich ishida nuqson bo‘lganda
  2. Uzatma qutisida shovqin bo‘lganda
  3. Davlat davriy texnik ko‘rigidan belgilangan tartibda o‘tmaganda

To'g'ri javob: Davlat davriy texnik ko‘rigidan belgilangan tartibda o‘tmaganda

YHQ 29-bobi 179-bandining uchinchi xatboshisiga asosan, quyidagi hollarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi: transport vositalari belgilangan tartibda davlat texnik ko‘rigidan o‘tmagan bo‘lsa.

11. Qora avtomobil chorrahani kesib o'tadi:

Qora avtomobil chorrahani kesib o'tadi:
  1. Birinchi bo'lib.
  2. Ikkinchi bo'lib.
  3. Oxirgi bo'lib.

To'g'ri javob: Ikkinchi bo'lib.

YHQ 6-bo'lim 26-bandiga asosan, haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishlari shart. 16-bobi 107-bandiga muvofiq, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

12. Harakatlanish qaysi yo'nalishda ruxsat etilgan?

Harakatlanish qaysi yo'nalishda ruxsat etilgan?
  1. Faqat to'g'riga.
  2. To'g'riga va o'ngga.
  3. To'g'riga, o'ngga va chapga.
  4. Barcha yo'nalishlarda.

To'g'ri javob: To'g'riga, o'ngga va chapga.

YHQ 1-ilovasining 5-bo'lim 5.5 "Bir tomonlama harakatli yo'l" belgisi transport vositalari butun kenglik bo'yicha bir yo'nalishda harakatlanadigan yo'l yoki qatnov qismi bildiradi.

13. Bu belgida qaysi avtomobilga harakatlanishga ruxsat etilgan?

Bu belgida qaysi avtomobilga harakatlanishga ruxsat etilgan?
  1. Haqiqiy vazni 12 t bo'lgan ikki o'qli yuk avtomobiliga.
  2. Haqiqiy vazni 12 t bo'lgan uch o'qli yuk avtomobiliga.

To'g'ri javob: Haqiqiy vazni 12 t bo'lgan uch o'qli yuk avtomobiliga.

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.12 "O'qqa tushadigan og'irlik cheklangan" belgisiga muvofiq, birorta o'qiga tushadigan haqiqiy og'irligi belgida ko'rsatilganidan ortiq bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.

14. Chorrahani ikkinchi bo'lib kesib o'tadi:

Chorrahani ikkinchi bo'lib kesib o'tadi:
  1. Ko'k avtomobil.
  2. Yashil avtomobil.
  3. Qizil avtomobil.

To'g'ri javob: Ko'k avtomobil.

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

15. Svetoforning qizil va sariq yoritgichlaridagi yo'naltirgichlar izi nima haqida axborot beradi?

Svetoforning qizil va sariq yoritgichlaridagi yo'naltirgichlar izi nima haqida axborot beradi?
  1. Svetoforning yashil ishorasi yonganda harakatlanishning ruxsat etilgan yo'nalishlari haqida.
  2. Svetoforning qizil va sariq ishoralarida harakatlanishning ruxsat etilgan yo'nalishlari haqida.

To'g'ri javob: Svetoforning yashil ishorasi yonganda harakatlanishning ruxsat etilgan yo'nalishlari haqida.

YHQ 7-bobi 32-bandning 1-xatboshiga asosan, svetoforning qizil, sariq va yashil chiroqlariga tushirilgan yo'naltirgich izlari bu ishoralarning ma'nosini o'zgartirmaydi, balki u svetoforning yashil chirog'i yonganida ruxsat etilgan harakat yo'nalishini ko'rsatadi. Bu svetoforlar harakatlanishi ko'p yo'nalishli chorrahalarda har bir yo'nalish uchun alohida qo'llanilishi mumkin.

16. Yuk avtomobili kuzovida yo‘lovchilar tashishda ularning soni qanday belgilanadi?

  1. Ma’muriyatning ko‘rsatmasi bilan
  2. Tashishning zarurligi bilan
  3. Jihozlangan o‘rindiqlarning soni bilan
  4. Haydovchining qarori bilan

To'g'ri javob: Jihozlangan o‘rindiqlarning soni bilan

YHQ 26-bobi 154-bandiga asosan: Yuk avtomobilining yukxonasida, shuningdek shaharlararo, sayyohlik, ekskursiya yoki tog‘li yo‘nalishlarda va bolalar guruhini tashkiliy tashishda tashilayotgan odamlar soni o‘ tirish uchun jihozlangan o‘rindig‘lar sonidan oshmasligi kerak.

17. Qaysi avtomobilning haydovchisi to‘xtab turish qoidalarini buzmadi?

Qaysi avtomobilning haydovchisi to‘xtab turish qoidalarini buzmadi?
  1. Qizil
  2. Sariq
  3. Har ikkisi buzgan
  4. Hech kim buzmadi

To'g'ri javob: Har ikkisi buzgan

YHQ 13-bobi 88-bandiga asosan, transport vositalariga yo'lning o'ng tomonida yo'l yoqasida, u bo'lmaganda esa qatnov qismining chetida to'xtash va to'xtab turishga ruxsat etiladi. Aholi punktlarida o'rtada tramvay yo'li bo'lmagan, har yo'nalishda bittadan tasmasi bo'lgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo'llarda yo'lning chap tomonida to'xtash va to'xtab turishga ruxsat etiladi. YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan, qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno) to‘xtash taqiqlanadi.

18. Avtobuslarda bolalar guruhini tashkiliy ravishda tashishda qanday hollarda kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqib qo‘yilishi kerak?

  1. Faqat ko‘rinish yetarli bo‘lmagan sharoitlarda
  2. Faqat harakat serqatnov bo‘lganda
  3. Haydovchining xohishiga ko‘ra
  4. Tashish amalga oshirilayotgan barcha hollarda

To'g'ri javob: Tashish amalga oshirilayotgan barcha hollarda

YHQ 23-bobi 138-bandi 3-xatboshiga muvofiq, kunning yorug‘ vaqtida quidagi hollarda yaqinni yorituvchi faralar yoqilishi kerak: avtobusda bolalar guruhini tashkiliy tashishda.

19. Qishda boldirga qon to'xtatadigan jgut qancha muddatga qo'yish mumkin?

Qishda boldirga qon to'xtatadigan jgut qancha muddatga qo'yish mumkin?
  1. 2 soatdan ko'p bo'lmagan.
  2. 3 soatdan ko'p bo'lmagan.
  3. 1 soatdan ko'p bo'lmagan.

To'g'ri javob: 1 soatdan ko'p bo'lmagan.

Qon to'xtatish jguti yilning sovuq fasllarida bir soatdan ortiq bo'lmagan vaqtga qo'yiladi. Jgut qo'yilishi barcha quyi joylashgan to'qimalarda qon aylanishini to'xtatish bilan bog'liq. Qon aylanishini uzoqroq vaqtga to'xtatish qo'l yoki oyoqda qon tomirlari yo'nalishi bo'yicha jgutdan quyiroq qismda halokatli o'zgarishlarga olib keladi.

20. M2, M3 toifadagi avtotransport vositalarining shina protektori naqshlarining balandligi quyidagilardan kam bo‘lmasligi kerak:

  1. 0,8 mm
  2. 1,0 mm
  3. 1,6 mm
  4. 2,0 mm
  5. 2,5 mm

To'g'ri javob: 2,0 mm

YHQ 3-ilovasining 5.1-bandiga muvofiq, agar shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, O3, o4 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,0 mm dan kam bo'lsa; M1, N1, O1, O2 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,6 mm dan, kam bo'lsa; M2, M3 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 2,0 mm dan kam bo'lsa; motosikl va mopedlar (skuterlar, Kvadrosikllar) uchun — 0,8 mm dan kam bo'lsa transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.