31-bilet savollari va javoblari

1. Yo‘lda harakatlanishni tartibga solish uchun vakolatli shaxsda o‘zi bilan bo‘lishi kerak:

  1. Tegishli guvohnoma va taniqlik belgisi - qo‘l bog‘ichi
  2. Jezl
  3. Qizil chiroq (yorug‘lik qaytargich) gardish yoki bayroqcha
  4. Barcha sanab o‘tilgan belgilari

To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan belgilari

YHQ 1-bobi 6-bandi 44-tushunchasiga asosan, tartibga soluvchi — O'z.R. IIV DYHXXning, harbiy avtomobil nazorati organlari xodimi, o'z xizmat vazifalarini bajarayotgan, ushbu qoidalarda ko'zda tutilgan ishoralar yordamida yo'l harakatini tartibga solish vakolatiga ega bo'lgan va uni bevosita amalga oshirayotgan yo'ldan foydalanish xizmati xodimlari, temir yo'l kesishmasi va sol kechuvlaridagi navbatchilar hamda jamoatchilik vakillari. Tartibga soluvchi maxsus kiyim va (yoki) taniqlik belgisi (qo'l bog'ichi, jezl, qizil ishorali yorug'lik qaytargich, qizil chiroq yoki bayroqcha)ga ega bo'lishi shart.

2. Qaysi belgi qayrilishga ruxsat etadi?

Qaysi belgi qayrilishga ruxsat etadi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 2

YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limining yigirma ikkinchi xatboshisiga asosan: 3.18.2. “Chapga burilish taqiqlanadi”. Izoh: 3.18.2. “Chapga burilish taqiqlanadi” belgisi, qayrilib olishni taqiqlamaydi

3. Agar avtomobilning balandligi (yuki bilan yoki yuksiz) belgida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lsa, haydovchi:

Agar avtomobilning balandligi (yuki bilan yoki yuksiz) belgida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lsa, haydovchi:
  1. Avtoxo‘jalik rahbaridan yurishga ruxsat olishi kerak
  2. DYHXX xodimidan yurishga ruxsatnoma olishi kerak
  3. Boshqa yo‘nalish bo‘yicha yo‘l qismini aylanib o‘tishi kerak

To'g'ri javob: Boshqa yo‘nalish bo‘yicha yo‘l qismini aylanib o‘tishi kerak

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.13 "Cheklangan balandlik" belgisiga muvofiq, gabarit balandligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko'rsatilgandan ortiq bo'lgan transport vositalarning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.

4. Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:

Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:
  1. Yashil, ko'k, qizil.
  2. Qizil, ko'k, yashil.
  3. Yashil ayni vaqtda qizil bilan, ko'k.

To'g'ri javob: Yashil, ko'k, qizil.

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

5. Harakatlanishda ustunlikka ega:

Harakatlanishda ustunlikka ega:
  1. Asosiy yo‘l bo‘yicha chorrahaga chiqayotgan avtobusning haydovchisi
  2. Chorrahada qayrilishni tugallayotgan yengil avtomobilning haydovchisi
  3. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga chiqqan avtobus haydovchisi

To'g'ri javob: Chorrahada qayrilishni tugallayotgan yengil avtomobilning haydovchisi

YHQ 15-bobi 102 - va 103 - bandlariga asosan, svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi undan chiqishda svetofor ishoralaridan qat'i nazar, mo'ljallangan yo'nalishda harakatlanishni davom ettirishi kerak. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yonganda haydovchi chorraha orqali harakatlanishni tugallayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

6. Yo‘l belgilari va chiziqlarning ma’nolari bir-birini inkor etganda haydovchi qaysi biriga rioya etishi kerak?

  1. Yo‘l chiziqlariga
  2. Yo‘l belgilariga

To'g'ri javob: Yo‘l belgilariga

YHQ 2-ilovasi 1-bo‘limining o ttiz to‘qgizinchi xatboshisiga asosan: Ko‘chma tirgakka o‘rnatilgan vagtinchalik yo‘l belgilari va chiziglar ma’no jihatidan bir-biriga zid kelsa, haydovchilar vaqtinchalik yo‘l belgilariga amal qilishlari kerak.

7. Qaysi transport vositasining haydovchisi quvib o‘tishni to‘g‘ri bajaryapti?

Qaysi transport vositasining haydovchisi quvib o‘tishni to‘g‘ri bajaryapti?
  1. Yuk avtomobilining haydovchisi
  2. Yengil avtomobilning haydovchisi
  3. Har ikkisi to‘g‘ri
  4. Har ikkisi noto‘g‘ri

To'g'ri javob: Yuk avtomobilining haydovchisi

YHQ 10-bobining 66-bandiga muvofiq, harakat ikki tomonlama bo'lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo'l chizig'i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo'llarda, ikki yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan o'rta qatorga faqat quvib o'tish, aylanib o'tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.

8. Sun’iy yoritilgan tunellarda harakatlanayotganda qoidalar mexanik transport vositasining haydovchisiga qanday majburiyat yuklaydi:

  1. Majburiy to‘xtash yoritgichini yoqishni
  2. 40 km/soatdan oshmaydigan tezlik bilan harakatlanishni
  3. Tovushli xabar berishni
  4. Uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqishni

To'g'ri javob: Uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqishni

YHQ 23-bobi 134-bandining birinchi xatboshisiga asosan, qorong‘i vaqtda va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda, shuningdek yo‘lining yoritilganligidan qat’i nazar, tunnellarda harakatlanayotgan transport vositalarida quyidagi yoritish asboblari yoqilgan bo‘lishi kerak: barcha mexanik transport vositalari - uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar.

9. Avtomobil haydovchisi sirpanib ketishning xavfli oqibatlari oldini olish uchun quyidagi amalni bajarishga majbur:

  1. Tormoz pedalini qattiq bosishga
  2. Ulagich pedalini bosishga
  3. Boshlangan tormoz berishni to‘xtatishga
  4. Ulagichni ajratishga va to‘xtab turish tormozi bilan tormozlashga

To'g'ri javob: Boshlangan tormoz berishni to‘xtatishga

Avtomobilning sirpanchiq yo'lda surilishi orqa g'ildiraklarining blokirovkasi sababli tormozlanishda vujudga keladi. Bu holda birinchi navbatda surilish sababini bartaraf etish, ya'ni boshlangan tormozlanishni to'xtatish lozim. Keyinchalik rul chambaragini surilish tomon burib, harakat yo'nalishini to'g'irlab olish mumkin.

10. Qaysi belgi yo‘l boshi yoki oxirigacha bo‘lgan masofani bildiradi?

Qaysi belgi yo‘l boshi yoki oxirigacha bo‘lgan masofani bildiradi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 1

YHQ 1-ilovasi 5-bo"limining qirq oltinchi xatboshisiga asosan: 5.28. «Kilometr belgisi». Yo‘Ining boshi yoki oxirigacha bo‘lgan masofani bildiradi. (km).

11. Yo‘l burilishlarida avtomobilning markazdan qochirma kuchi qanday hollarda oshadi?

  1. Burilish radiusi ko‘payishi bilan
  2. Harakat tezligi ortishi bilan
  3. Harakat tezligi pasayishi bilan

To'g'ri javob: Harakat tezligi ortishi bilan

Inersiya (markazdan qochirma) kuchi avtomobilning burilish bo‘ylab harakatidavujudga keladi. Bu holda u burilish markazidan qarama-qarshi yo‘nalish tomon yo‘naltirilgan va harakat tezligi kattalashishi hamda burilish radiusi kamayishi bilan ko‘payadi.

12. Belgilardan qaysi birining belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalariga daxli yo‘q?

Belgilardan qaysi birining belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalariga daxli yo‘q?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 4

YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limining o‘ttiz birinchi va o‘ttiz sakkizinchi xatboshlariga asosan: 3.27. “To‘xtash taqiqlangan”. Transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishi taqiqlanishini bildiradi. 3.27 belgisiga amal qilish yo 551 transport vositalariga ta'sir qilmaydi.

13. Bu joyda qayrilishga ruxsat etiladimi?

Bu joyda qayrilishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi.
  2. Taqiqlanadi.

To'g'ri javob: Taqiqlanadi.

YHQ 2-ilovasining 1-bo'limi 1.3-bandiga asosan, ushbu chiziq to'rt va undan ortiq harakatlanish bo'lagi bo'lgan yo'llarda qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi, 1.3 chizig'ini bosib o'tish taqiqlanadi.

14. Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadi:

Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadi:
  1. Ko'k, yashil, qizil.
  2. Qizil, ko'k, yashil.
  3. Yashil, qizil, ko'k.

To'g'ri javob: Qizil, ko'k, yashil.

YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

15. Qizil avtomobilning haydovchisiga shu vaziyatda piyodalar o'tish joyi orqali harakatlanishni davom ettirishiga ruxsat etiladimi?

Qizil avtomobilning haydovchisiga shu vaziyatda piyodalar o'tish joyi orqali harakatlanishni davom ettirishiga ruxsat e…
  1. Ruxsat etiladi.
  2. Taqiqlanadi.

To'g'ri javob: Taqiqlanadi.

YHQ 17-bobi 110-bandiga muvofiq, agar tartibga solinmagan piyodalar o'tish joyi oldida transport vositasi harakatini sekinlashtirsa yoki to'xtasa, qo'shni tasmalarda harakatlanayotgan boshqa haydovchilar bu transport vositasi oldida piyoda(lar) yo'qligiga ishonch hosil qilganlaridan so'nggina harakatlanishni davom ettirishlari mumkin.

16. Tartibga soluvchining hushtak ishorasi xizmat qiladi:

  1. Harakat ishtirokchilarining e’tiborini jalb etish uchun
  2. Zarur hollarda “qo‘lni yuqoriga ko‘tarish” ishorasining o‘rnini bosish uchun
  3. Piyodalar uchun ruxsat etuvchi ishora bo‘lib

To'g'ri javob: Harakat ishtirokchilarining e’tiborini jalb etish uchun

YHQ 7-bobi 40-bandiga asosan, yo'l harakati qatnashchilarining e'tiborini jalb etish uchun hushtak bilan qo'shimcha ishora beriladi.

17. Sanab o‘tilgan joylardan qaysi birida transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishi taqiqlanmaydi?

  1. Ko‘priklarda, osma yo‘llarda bir yo‘nalishdagi harakatlanish uchun uchtadan ko‘p tasma bo‘lganda
  2. Kesishadigan qatnov qismlarining chetiga 30 metrdan ko‘proq qolganda
  3. Barcha ko‘rsatilgan joylarda

To'g'ri javob: Barcha ko‘rsatilgan joylarda

18. Quvib o‘tilayotgan transport vositasining haydovchisiga nima taqiqlanadi?

  1. 40 km/soatdan ortiq tezlik bilan harakat qilish
  2. O‘z transport vositasining harakat tezligini kamaytirish bilan quvib o‘tishga to‘sqinlik qilish
  3. Harakat tezligini oshirish yoki boshqa xatti-harakatlar bilan quvib o‘tishga to‘sqinlik qilish

To'g'ri javob: Harakat tezligini oshirish yoki boshqa xatti-harakatlar bilan quvib o‘tishga to‘sqinlik qilish

19. Ko'krak qafasining ko'p qismi jarohatlanganda uni qayerdan boshlab bint bilan bog'lash kerak?

Ko'krak qafasining ko'p qismi jarohatlanganda uni qayerdan boshlab bint bilan bog'lash kerak?
  1. Ko'krak qafasining o'rtasidan.
  2. Ko'krak qafasining quyi qismidan.
  3. Qo'ltiq ostidan.

To'g'ri javob: Ko'krak qafasining quyi qismidan.

Ko'krak qafasining keng yaralanishida jabrlanuvchiga tarang bog'ich bog'lanadi. Ko'krak qafasining quyiroq qismlaridan boshlab bint o'raladi. Nafas chiqarish paytida mustahkamlanadi.

20. Sanab o‘tilgan hollardan qaysi birida transport vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladi?

  1. Shinalar o‘lchami va yo‘l qo‘yiladigan bosimi bo‘yicha transport vositasining rusumiga mos emas
  2. Transport vositasining bitta o‘qiga diagonal shinalar radial shinalar bilan birga o‘rnatilgan
  3. M1 toifadagi avtotransport vositalarining oldingi o‘qiga birinchi toifada ta’mirlangan shinalar o‘rnatilgan

To'g'ri javob: M1 toifadagi avtotransport vositalarining oldingi o‘qiga birinchi toifada ta’mirlangan shinalar o‘rnatilgan

YHQ 3-ilovasining 5-bo limidagi 5.7 bandiga muvofiq, transport vositalaridan foydalanishni ta'qiqlovchi shartlar: M1, M2, M3 toifalarni 1 klassidagi avtotransport vositalarini oldingi o‘qiga ikkinchi ta'mirlash klassi bo‘yicha qayta tiklangan shinalar o‘rnatilgan bo‘lsa.