1. Trotuar yoki piyodalar yo'lkasi bo'lmaganda, piyodalar velosiped yo'lkasi bo'ylab harakat qila oladilarmi?
Harakat qila oladilar.
Agar velosipedalarning harakatlanishini qiyinlashtirmasa, harakat qila oladilar.
Harakat qila olmaydilar.
To'g'ri javob: Harakat qila oladilar.
YHQ 4-bob 15-bandi 1-xatboshiga asosan, piyodalar trotuarlardan, piyodalar yo'lkalaridan, piyoda va velosiped yo'lkalaridan, ular bo'lmaganda esa yo'l yoqalaridan harakatlanishi kerak.
2. Bunday avtopoyezdning ko'prikdan o'tishiga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi.
Taqiqlanadi.
To'g'ri javob: Taqiqlanadi.
YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.11 belgisi "Vazn cheklangan", haqiqiy umumiy vazni belgida ko'rsatilganidan ortiq bo'lgan transport vositalarining, shuningdek transport vositalari tarkiblarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3. Qaysi belgi bilan xavfli yo‘lning uzunligi ko‘rsatiladi?
1
2
3
4
5
To'g'ri javob: 4
YHQ 1-ilovasi 7-bo‘limining beshinchi xatboshisiga asosan: 7.2.1. “Ta‘sir oralig‘i”. Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-ko‘rsatkich belgilarining ta‘sir oralig‘ini ko‘rsatadi.
4. Qizil avtomobil chorrahani kesib o'tadi:
Ikkinchi bo'lib, ayni vaqtda ko'k bilan birga.
Ikkinchi bo'lib, sariqdan keyin.
Uchinchi bo'lib, yashil, sariqdan keyin.
To'g'ri javob: Ikkinchi bo'lib, ayni vaqtda ko'k bilan birga.
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.
5. Mazkur svetofor quyidagi transport vositalari harakatini tartibga solish uchun qo‘llaniladi?
Tramvaylarga va avtobuslarga
Faqat tramvaylarga
Tramvaylarga, shuningdek, alohida tasmadan harakatlanadigan belgilangan yo‘nalishdagi boshqa transport vositalarini harakatini tartibga soladi
To'g'ri javob: Tramvaylarga, shuningdek, alohida tasmadan harakatlanadigan belgilangan yo‘nalishdagi boshqa transport vositalarini harakatini tartibga soladi
YHQ 7-bobi 36-bandiga asosan, tramvaylarning hamda maxsus ajratilgan tasma bo'ylab harakatlanayotgan yo'nalishli transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun "T" — harfi ko'rinishida joylashgan to'rtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar qo'llanilishi mumkin.
6. Qanday hollarda Qoidalar bilan tumanga qarshi orqa chiroqlarni qo‘llashga ruxsat etilgan?
Transport vositasi bilan shatakka olganda
Saf tarkibida harakatlanganda
Kunning qorong‘i vaqtida
Yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda
Sanab o‘tilgan barcha hollarda
To'g'ri javob: Yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda
premium_required
7. Yuk avtomobili haydovchisi rasmda ko‘rsatilgan holatda maxsus tovushli ishorani eshitib va yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqchani ko‘rib nima qilishi kerak?
Qatnov qismidagi o'z harakatlanish tasmasi bo'ylab harakatni davom ettirishi kerak
Haydovchi maxsus tovushli ishoralarini yoqqan holda yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yo‘l berishlari, zarur bo‘lgan hollarda ularning to‘siqsiz o‘tib ketishlari uchun o‘zlarini yo‘lning o‘ng tomoniga olib to‘xtashlari shart
To'g'ri javob: Haydovchi maxsus tovushli ishoralarini yoqqan holda yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yo‘l berishlari, zarur bo‘lgan hollarda ularning to‘siqsiz o‘tib ketishlari uchun o‘zlarini yo‘lning o‘ng tomoniga olib to‘xtashlari shart
YHQ 6-bobi 26-bandiga asosan, haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo'l berishlari shart. Mazkur turdagi transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanadi.
8. Qatnov qismiga bevosita tutashgan trotuar chetida unga to‘la yoki qisman chiqish bilan to‘xtab turishga ruxsat etiladimi?
Faqat yengil avtomobillarga va mototsikllarga shu shart bilan ruxsat etiladiki, bu piyodalarning harakatiga halal bermasa
Ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ziyod bo‘lgan faqat yuk avtomobillariga taqiqlanadi
Barcha transport vositalariga taqiqlanadi
To'g'ri javob: Faqat yengil avtomobillarga va mototsikllarga shu shart bilan ruxsat etiladiki, bu piyodalarning harakatiga halal bermasa
YHQ 4-bobi 15-bandi 2-xatboshiga muvofiq, piyodalar harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va velosipedlarga to‘xtab turishga ruxsat etiladi.
9. Ishqalanish koeffitsiyentiga shinalarni siyqalanib ketgan protektori qanday ta’sir qiladi?
Ishqalanish koeffitsiyenti oshadi
Ishqalanish koeffitsiyenti o‘zgarmaydi
Ishqalanish koeffitsiyenti kamayadi
To'g'ri javob: Ishqalanish koeffitsiyenti kamayadi
Protektor qatlamining yeyilishi bilan birga g‘ildirakning yo‘l bilan tishlashishi yomonlashib, tormoz berayotganda yoki tezlikni oshirayotganda avtomobilning sirpanish ehtimoli ko‘payadi. Protektori butunlay yeyilib ketgan shinaning yo‘l bilan tishlashish koeffitsienti yangi shinaning ushbu koeffitsientidan ikki barobar kam. Shuning uchun shinasi yeyilgan avtomobildan foydalanish mumkin emas va yo‘l harakati qoidalarida taqiqlangan.
10. Qanday hollarda transport vositasidan foydalanish ruxsat etiladi?
Transport vositasining tashqi yuzasiga qonun hujjatlariga mos kelmaydigan va harakat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan turli xil tasvirlar tushirilgan bo‘lsa
Gazli ta’minlash tizimi bilan jihozlangan avtobus va avtomobil gaz ballonlarining tashqi tomonida ko‘rsatilgan texnik ko‘rsatgichlar (parametrlar) texnik pasportdagi ma’lumotlarga (ko‘rsatkichlarga) mos kelsa, oxirgi va rejalashtirilgan tekshirishlarning sanasi bo‘lsa
Ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan ko‘zda tutilmagan hollarda kuzov (kabina) bir necha xil rangga bo‘yalgan bo‘lsa (maxsus transport vositalari bundan mustasno)
To'g'ri javob: Gazli ta’minlash tizimi bilan jihozlangan avtobus va avtomobil gaz ballonlarining tashqi tomonida ko‘rsatilgan texnik ko‘rsatgichlar (parametrlar) texnik pasportdagi ma’lumotlarga (ko‘rsatkichlarga) mos kelsa, oxirgi va rejalashtirilgan tekshirishlarning sanasi bo‘lsa
YHQ 3-ilovasi 7-bo‘limining 7.19.-bandiga asosan: 7.19. Gazli ta‘minlash tizimi bilan jihozlangan avtobus va avtomobil gaz ballonlarining tashqi tomonida ko‘rsatilgan texnik ko‘rsatgichlar texnik pasportdagi ma‘lumotlarga mos kelmasa, oxirgi va rejalashtirilayotgan tekshiruvlarning sanasi bo‘lmasa
11. Piyodalar yo‘lning harakat qismining chetidan qanday yurishlari kerak?
Yo‘l harakat qismidan chetidan transport vositalarining harakatlanish yo‘nalishiga qarshi
Yo‘l yoqasidan yoki qatnov qismining chetidan transport vositalarining harakati bo‘ylab
Har qanday yo‘nalishda
To'g'ri javob: Yo‘l harakat qismidan chetidan transport vositalarining harakatlanish yo‘nalishiga qarshi
12. Bu belgilar nimani bildiradi?
“Nogiron” taniqlik belgisi bo‘lgan avtomobillar uchun 30 metrdan keyin to‘xtab turish joyiga kelishini
Motokajavalardan tashqari transport vositalari uchun 30 metrli hududdagi to‘xtab turish joyini
“Nogiron” taniqlik belgisi bo‘lgan motokajava va avtomobillar uchun 30 metrli hududdagi to‘xtab turish joyini
To'g'ri javob: “Nogiron” taniqlik belgisi bo‘lgan motokajava va avtomobillar uchun 30 metrli hududdagi to‘xtab turish joyini
YHQ 1-ilovasi 7-bo‘limining beshinchi va o‘ttizinchi xatboshlariga asosan: 7.2.1. “Ta‘sir oralig‘i”. Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-ko‘rsatkich belgilarining ta‘sir o‘ralig‘ini ko‘rsatadi. 7.17. “Nogironlar”. 5.15 belgisi bilan qo‘llaniladi. To‘xtab turish joyi (yoki uning bir qismi) ushbu Qoidalarning 176-bandiga muvofiq “Nogiron” taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositalari uchun ajratilganligini ko‘rsatadi.
13. Ko‘rsatilgan belgilardan qaysi biri orqaga harakatlanishni taqiqlaydi?
1
2
3
4
5
To'g'ri javob: 1
YHQ 19-bobi 121-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, avtomagistrallarda quydagilar taqiqlanadi: orqaga harakatlanish.
14. Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadi:
Qizil chorrahaga chiqadi va ko'kni o'tkazib yuborish uchun to'xtaydi, yashil, ko'k, va qizil burilishni tugallaydi.
Yashil, ko'k, qizil.
Qizil, ko'k, yashil.
To'g'ri javob: Qizil chorrahaga chiqadi va ko'kni o'tkazib yuborish uchun to'xtaydi, yashil, ko'k, va qizil burilishni tugallaydi.
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.
15. O'tish navbati qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?
Mototsikl, avtobus, yuk avtomobili.
Avtobus, mototsikl, yuk avtomobili.
Avtobus, yuk avtomobili, mototsikl.
To'g'ri javob: Mototsikl, avtobus, yuk avtomobili.
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.
16. Yengil avtomobilning oldingi o‘rindig‘ida bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan bo‘lsa, ularni tashish qaysi yoshdan ruxsat etiladi?
5 yosh
6 yosh
8 yosh
10 yosh
12 yosh
To'g'ri javob: 12 yosh
YHQ 26-bobi 159-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: 12 yoshga to‘lmagan bolalarni mototsiklning orqa o‘rindig‘ida, shuningdek bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan transport vositasining old o‘rindig‘ida.
17. Agar haydovchi transport vositasining eshigini ochishga va undan chiqishga qaror qilsa, unga nima taqiqlanadi?
Harakatlanish serqatnov bo‘lgan yo‘llarda turgan transport vositasining eshigini ochish taqiqlanadi
Harakatlanish serqatnov bo‘lgan yo‘llarda haydovchi eshigini ochish taqiqlanadi. O‘z joyidan yo‘lovchi eshigi orqali chiqadi
Turgan transport vositasining eshigini ochish, agar bu harakatlanishning boshqa ishtirokchilariga xalaqit bersa va xavf tug'dirsa taqiqlanadi
To'g'ri javob: Turgan transport vositasining eshigini ochish, agar bu harakatlanishning boshqa ishtirokchilariga xalaqit bersa va xavf tug'dirsa taqiqlanadi
YHQ 13-bobi 94-bandiga muvofiq, agar yo'l harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit beradigan bo'lsa yoki xavf tug'dirsa, transport vositasining eshiklarini ochish taqiqlanadi (haydovchilar va yo'lovchilar uchun ham).
18. Sanab o‘tilgan qaysi joylarda transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishi taqiqlanadi?
Darvozadan chiqish joylarida
Tramvay yo‘llarida
Tramvay yo‘llariga bevosita yaqinroqda, agar bu tramvaylarning harakatiga to‘sqinlik qilsa
Barcha ko‘rsatilgan joylarda
To'g'ri javob: Barcha ko‘rsatilgan joylarda
YHQ 13-bobi 91-bandining birinchi va o‘ninchi xatboshlariga asosan, quyidagi joy va holatlarda to‘xtash taqiqlanadi: tramvay yo‘llarida, shuningdek bevosita ularga yaqinroqda tramvaylar harakatlanishiga xalaqit beradigan bo‘lsa. transport vositasi svetofor ishoralari, yo‘l belgilarini boshqa haydovchilardan to‘sib qo‘yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda.
19. Tik uzun qiyaliklarda ajratilgan uzatma bilan avtomobilni uzoq tormozlashning qanday xavfi bor?
Shinalarning shikastlanishi ortadi
Ulagich qismlarining shikastlanishi ortadi
Tormoz qiziydi va ishdan chiqadi
To'g'ri javob: Tormoz qiziydi va ishdan chiqadi
Tik nishablikda uzatma va ilashish mexanizmini ajratgan holatda uzoq tormoz berish xavfi tormoz mexanizmlarining qizib ketishi, tormozlanish samarasining kamayishi va uning ishdan chiqishidadir.
20. Bolalarni tashishda transport vositasi qaysi taniqlik belgisi bilan belgilanadi?
A
B
C
To'g'ri javob: C
YHQ 29-bobi 176-bandida keltirilgan 3-izohga asosan, "Bolalar guruhini tashish" — bolalar guruhini tashkiliy tashishda, transport vositasining old va orqa tomonlariga qizil hoshiyali, ichiga 1.21 yo'l belgisidagi bolalar timsolining tasviri tushirilgan, sariq rangdagi, tomonlari teng bo'lgan to'rtburchak (kvadrat) ko'rinishidagi belgi. To'rtburchakning tomonlari 250 — 300 millimetrgacha, hoshiyaning kengligi to'rtburchak tomonining 1/10 qismiga teng bo'lishi kerak.