1. To‘xtash va to‘xtab turish quyidagi joylarda taqiqlanadi:
Temir yo‘l kesishmalarida
Piyodalarning o‘tish joylarida va ularga 5 metrdan kam qolganda
Transport vositalari piyodalarning harakatiga halaqit beradigan joylarda
Hovlidan chiqadigan joylarda
Sanab o‘tilgan barcha joylarda
To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha joylarda
YHQ 13-bobi 91-bandining ikkinchi, beshinchi va o‘ninchi xatboshlariga asosan, quyidagi joy va holatlarda to‘xtash taqiqlanadi: tunnellarda, temir yo‘l kesishmalarida; piyodalar o‘tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda; transport vositasi svetofor ishoralari, yo‘l belgilarini boshqa haydovchilardan to‘sib qo‘yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda.
2. Qaysi transport vositasining haydovchisi to‘xtab turish qoidasini buzdi?
Mototsikl haydovchisi
Yuk avtomobili haydovchisi
Yengil avtomobil haydovchisi
Yengil avtomobil va mototsikl haydovchisi
Barcha transport vositalari haydovchilari
To'g'ri javob: Yuk avtomobili haydovchisi
YHQ 1-ilovasidagi 7.4.1 "Transport vositasining turi" qo'shimcha axborot belgisi, 3.28. "To'xtab turish taqiqlangan" belgisining ta'siri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan transport vositalariga tatbiq etilishini bildiradi.
3. Ko‘rsatilgan yo‘l belgisi qaysi transport vositalariga harakatlanishni taqiqlaydi:
Faqat yuk avtomobillariga
Barcha avtomobillarga
Barcha mexanik transport vositalariga
To'g'ri javob: Barcha mexanik transport vositalariga
YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.3 "Mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan" belgisiga muvofiq, dvigatel bilan harakatga keltiriladigan transport vositalarining (mopeddan tashqari), hamda barcha traktorlarning va o'ziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
4. Chorrahani ikkinchi bo'lib o'tadi:
Ko'k avtomobil, ayni vaqtda sariq bilan birga.
Qizil avtomobil.
Yashil avtomobil.
To'g'ri javob: Ko'k avtomobil, ayni vaqtda sariq bilan birga.
YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.
5. Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadi:
Yengil avtomobil, avtobus, tramvay.
Tramvay, avtobus, yengil avtomobil.
Tramvay, yengil avtomobil, avtobus.
To'g'ri javob: Tramvay, yengil avtomobil, avtobus.
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi.
6. Egiluvchan ulagichda shatakka olinganda qanday yuqori tezlik bilan harakatlanishga ruxsat etilgan?
70 km/s
60 km/s
50 km/s
40 km/s
30 km/s
To'g'ri javob: 50 km/s
YHQ 11-bobi 80-bandining uchinchi xatboshisiga asosan, har qanday yo‘llarda: mexanik transport vositalarini shatakka olgan transport vositalariga tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etilgan.
7. Qaysi rasmda haydovchi chapga burilish haqida ogohlantirish ishorasini bermoqda?
1
2
3
To'g'ri javob: 1
YHQ 8-bobi 45-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: Chapga burilish (qayrilib olish)ni bildiruvchi ishoraga chap qo‘lni yonga uzatish yoki o‘ng qo‘lni tirsakdan to‘g‘ri burchak ostida bukib, yuqoriga ko‘tarish mos keladi.
8. Qayrilib olish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
Piyodalar o‘tish joylarida va tunnellarda
Ko‘priklarda, yo‘l o‘tkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida
Temir yo‘l kesishmalarida
Loaqal bir yo‘nalishda yo‘l 100 metrdan kamroq ko‘ringanda
Hamma sanab o‘tilgan hollarda
To'g'ri javob: Hamma sanab o‘tilgan hollarda
YHQ 9-bobi 62-bandiga muvofiq, quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi – piyodalarning o'tish joylarida, tunnellarda, ko'priklar, yo'l o'tkazgichlar, estakadalar va ularning ostida (tegishli yo'l belgilari bilan bunday manyovrni bajarish ruxsat berilgan yo'l qismlari bundan mustasno), temir yo'l kesishmalarida, yo'lning ko'rinishi biror-bir yo'nalishda 100 metrdan kam bo'lgan joylarda.
9. Qornidan yopiq jarohat olgan jabrlanuvchi qanday tashiladi?
Yonboshi yoki orqasiga yotqizilgan holatda, lat yegan joyga issiq grelka qo'yiladi.
Yotqizilgan holatda, lat yegan joyiga sovuq narsa (muz, malham) qo'yiladi.
Yarim o'tkazilgan holatda, tizzalari tanaga yaqinlashtiriladi.
To'g'ri javob: Yotqizilgan holatda, lat yegan joyiga sovuq narsa (muz, malham) qo'yiladi.
Qorin bo'shlig'ining yopiq jarohatlari hollarida gavdaning holati oyoqlarni tizzalaridan bukib, yon tarafga qarab yotiladi. Qorin qismiga muz xaltachasi qo'yiladi.
10. Spidometr jihozlari tamg‘alanmagan transport vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
Faqat xususiy egalariga tegishli transport vositalarga hamda mototsikllar va mopedlarga ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Faqat xususiy egalariga tegishli transport vositalarga hamda mototsikllar va mopedlarga ruxsat etiladi
YHQ 3-ilovasi 7-bo‘limining 7.6.-bandiga asosan: 7.6. Spidometr qurilmasi nosoz va tamg‘alanmagan (shaxsiy transport vositalari, mototsikl, elektromototsikl, skuter va mopedlardan tashqari) bo‘lsa foydalanish taqiqlanadi.
11. Qaysi transport vositasining haydovchisi quvib o'tishni to'g'ri bajarmoqda?
Yashil avtomobil haydovchsi.
Ko'k avtomobil haydovchisi.
Ikkala haydovchi to'g'ri bajarmoqda.
Ikkala haydovchilarga quvib o'tish taqiqlangan.
To'g'ri javob: Yashil avtomobil haydovchsi.
YHQ 10-bobining 66-bandiga muvofiq, harakat ikki tomonlama bo'lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo'l chizig'i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo'llarda, ikki yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan o'rta qatorga faqat quvib o'tish, aylanib o'tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.
12. Qaysi transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak?
Traktor haydovchisi.
Avtobus haydovchisi.
To'g'ri javob: Avtobus haydovchisi.
YHQ 1-ilovasi 2-bo'limi 2.7 belgisi "Ro'paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz". Yo'lning tor qismida harakatlanishda haydovchi ro'paradan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi. 2.6 belgisi esa,"ro'para harakatning ustunligi" qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yo'lning tor qismiga kirishni taqiqlaydi. Haydovchi yo'lning tor qismida bo'lgan yoki ro'paradan unga yaqin bo'lgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.
13. Belgi ostida qo‘shimcha axborot belgisi nimani anglatadi?
Yo‘lning tor qismi uzunligini
Belgidan yo‘lning tor qismigacha bo‘lgan masofani
Tor qismini aylanib o‘tish joyigacha masofani
To'g'ri javob: Belgidan yo‘lning tor qismigacha bo‘lgan masofani
YHQ 1-ilovasi 7-bo‘limining ikkinchi xatboshisiga asosan: 7.1.1. “Ob‘ektgacha bo‘lgan masofa”. Belgidan yo‘lning xavfli joyi, yo‘l harakatiga tegishli cheklovlar kiritiladigan joyi yoki harakat yo‘nalishi bo‘yicha oldindagi muayyan joygacha bo‘lgan masofani ko‘rsatadi.
14. Chorrahani ikkinchi bo'lib kesib o'tadi:
Yashil avtomobil.
Qizil avtomobil.
Ko'k avtomobil.
To'g'ri javob: Qizil avtomobil.
YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'iy nazar, yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.
15. Qaysi transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak?
Mototsikl haydovchisi.
Yuk avtomobili haydovchisi.
To'g'ri javob: Yuk avtomobili haydovchisi.
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.
16. Mazkur tik chiziq nimani bildiradi?
Yo‘lning kichik radiusli burilishlaridagi yo‘l chetiga o‘rnatilgan to‘siqlarning yon yuzalarini bildiradi
Boshqa joylardagi to‘siqlarning yon yuzalarini bildiradi
To'g'ri javob: Boshqa joylardagi to‘siqlarning yon yuzalarini bildiradi
YHQ 2-ilovasining 2-bo'limiga asosan, 2.6 tik chizig'i - boshqa joylardagi to'siqlarning yon yuzalarini bildiradi.
17. To‘xtash va to‘xtab turish quyidagi hollarda taqiqlangan:
Yo‘lning xavfli burilishlarida va qatnov qismida ko‘rinish masofasi 100 metrdan kam bo‘lgan yo‘l do‘ngliklari yaqinida
Bir yo‘nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmaga ega bo‘lgan ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich va estakadalarning ustida
Sanab o‘tilgan barcha hollarda
To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha hollarda
YHQ 13-bobi 91-bandining uchinchi va yettinchi xatboshlariga asosan, quyidagi joy va holatlarda to‘xtash taqiqlanadi: bir yo‘nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam bo‘lagi bo‘lgan ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich va estakada hamda ularning ostida (tegishli yo‘l belgilari bilan to‘xtab turish ruxsat berilgan yo‘l qismlari bundan mustasno); qatnov qismida ko‘rinish masofasi 100 metrdan kam bo‘lgan yo‘l do‘ngliklari yaqinida va xavfli burilishlarda;
18. Qishloq xo‘jalik ishlari olib boriladigan dalada yuk avtomobili va traktorning harakat trayektoriyasi kesishadi. Kim yo‘l berishi kerak?
Yuk avtomobili haydovchisi traktor haydovchisiga
Traktor haydovchisi yuk avtomobili haydovchisiga
O‘ng tomonidan yaqinlashayotgan transport vositasi haydovchisiga
O‘ng tomondagi haydovchi
To'g'ri javob: O‘ng tomonidan yaqinlashayotgan transport vositasi haydovchisiga
YHQ 9-bobi 60-bandiga asosan: Transport vositalarining harakat yo‘nalishlari kesishadigan va o‘tish navbati Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda haydovchi o‘ng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.
19. Tog‘ yo‘llarining tik qiyaliklaridan tushishda g‘ildiratishdan foydalanishga ruxsat etiladimi?
Agar avtomobil gidrovakuum kuchaytirgichli tormozlar bilan jihozlangan bo‘lsa tavsiya etiladi
Agar yo‘l yaxshi holatda bo‘lsa va uzoq ko‘rinib tursa tavsiya etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
YHQ 21-bobi 130-bandiga muvofiq, yo'lning 1.13 yo'l belgisi bilan belgilangan qismida uzatma va ilashish mexanizmi (stsepleniye) ajratilgan holatda harakatlanish taqiqlanadi.
20. Qoidalar transport vositalarining harakatlanishni davom ettirishni qanday hollarda taqiqlaydi?
Kuzov (kabina) qismlari va bo'yog'iga tashqi tomondan anchagina shikast yetgan bo'lsa.
Ulagich moslamasi nosoz bo'lsa (avtopoyezd tarkibi).
Ressoralarning o'zak qatlami yoki markaziy bolti shikastlansa.
To'g'ri javob: Ulagich moslamasi nosoz bo'lsa (avtopoyezd tarkibi).
YHQ 2-bob 12-bandi 3-xatboshiga muvofiq, haydovchiga ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz bo'lgan transport vositasini boshqarish taqiqlanadi.