36-bilet savollari va javoblari

1. Qaysi hollarda yo‘lning harakatlanish tasmasini ajratuvchi uzuq-uzuq chiziqni bosib o‘tishingiz mumkin?

Qaysi hollarda yo‘lning harakatlanish tasmasini ajratuvchi uzuq-uzuq chiziqni bosib o‘tishingiz mumkin?
  1. Faqat qayta tizilishda
  2. Yo‘lda boshqa transport vositalari bo‘lmasa
  3. Faqat sutkaning qorong‘i vaqtida harakatlanganda
  4. Sanab o‘tilgan barcha holatlarda

To'g'ri javob: Faqat qayta tizilishda

YHQ 10-bobi 70-bandiga muvofiq, agar qatnov qismi yo'l chiziqlari bilan tasmalarga ajratilgan bo'lsa, transport vositalarining harakatlanishi qat'iy ravishda belgilangan tasmalarda amalga oshirilishi kerak. Faqat qayta tizilishda uzuq-uzuq chiziqlarni bosib o'tishga ruxsat etiladi.

2. Ushbu ko‘rsatilgan holatda Siz mototsiklga yo‘l berishingiz kerakmi?

Ushbu ko‘rsatilgan holatda Siz mototsiklga yo‘l berishingiz kerakmi?
  1. Yo‘q
  2. Ha

To'g'ri javob: Yo‘q

Yo‘l harakati qoidalarining 61 bandi 2 xatboshiga asosan, yo‘lga chiqish joyida tezlashish bo‘lagi bo‘lsa, haydovchi unda harakatlanishi va qo‘shni tasmada harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berib, transport oqimiga qo‘shilishi kerak.

3. Yo‘lda, “STOP” yozuvi ko‘rinishdagi yo‘l chizig‘i nimani bildiradi?

Yo‘lda, “STOP” yozuvi ko‘rinishdagi yo‘l chizig‘i nimani bildiradi?
  1. Tartibga solingan chorrahada to‘xtash chizig‘iga yaqinlashayotganligi xaqida ogohlantiradi
  2. To‘xtash chizig‘i va “To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi” yo‘l belgisi o‘rnatilgan chorrahaga yaqinlashayotganligini bildiradi
  3. “Yo‘l bering” yo‘l belgisiga yaqinlashilayotganligini bildiradi

To'g'ri javob: To‘xtash chizig‘i va “To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi” yo‘l belgisi o‘rnatilgan chorrahaga yaqinlashayotganligini bildiradi

YHQ 2-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.21 yo‘l chizig‘iga asosan, («STOP» — To‘xtang! yozuvi) — 2.5 belgisi bilan birga qo‘llanilganda haydovchini 1.12 chizig‘iga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi.

4. Sanab o‘tilgan qaysi hollarda egiluvchan ulagichda shatakka olish taqiqlanadi?

Sanab o‘tilgan qaysi hollarda egiluvchan ulagichda shatakka olish taqiqlanadi?
  1. Faqat tog‘li yo‘llarda
  2. Kunning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaslik sharoitida
  3. Yo‘l yaxmalak, sirpanchiq bo‘lgan hollarda
  4. Barcha sanab o‘tilgan hollarda

To'g'ri javob: Yo‘l yaxmalak, sirpanchiq bo‘lgan hollarda

Yo‘l harakati qoidalarining 145 bandiga asosan, shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: yo‘l yaxmalak, sirpanchiq bo‘lgan hollarda egiluvchan ulagichda.

5. Ushbu yo‘l nechta harakatlanish tasmasiga ega?

Ushbu yo‘l nechta harakatlanish tasmasiga ega?
  1. Bitta harakatlanish tasmasiga
  2. Ikkita harakatlanish tasmasiga
  3. Uchta harakatlanish tasmasiga

To'g'ri javob: Ikkita harakatlanish tasmasiga

YHQ umumiy qoidalar: Harakatlanish bo‘lagi - avtomobillarning bir qator bo‘lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo‘lgan, yo‘l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo‘l qatnov qismining har qanday bo‘ylama bo‘lagi.

6. Siz chorrahada chapga burilmoqchisiz. Ushbu vaziyatda Siz kimga yo‘l berasiz?

Siz chorrahada chapga burilmoqchisiz. Ushbu vaziyatda Siz kimga yo‘l berasiz?
  1. Faqat avtobusga
  2. Faqat yengil avtomobilga
  3. Hech biriga

To'g'ri javob: Hech biriga

Yo‘l harakati qoidalarining 106 bandiga asosan, Asosiy yo‘lning yo‘nalishi chorrahada o‘zgarganda, asosiy yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilar o‘zaro teng ahamiyatli yo‘llar chorrahasidan o‘tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo‘llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o‘zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.

7. Svetaforning yashil miltillovchi ishorasi nimani bildiradi?

Svetaforning yashil miltillovchi ishorasi nimani bildiradi?
  1. Svetofor nosozligini
  2. Harakatga ruxsat beradi va tez orada taqiqlovchi ishora yonishi to‘grisida axborot beradi
  3. Harakatni davom ettirishni taqiqlaydi

To'g'ri javob: Harakatga ruxsat beradi va tez orada taqiqlovchi ishora yonishi to‘grisida axborot beradi

YHQ 7-bobi 31-bandiga muvofiq, miltillovchi yashil ishora ham harakatlanishga ruxsat beradi va uning ta'sir vaqti tugayotganligi hamda ko'p o'tmay taqiqlovchi ishora yonishi haqida axborot beradi.

8. Siz chorrahada to‘g‘riga o‘tmoqchisiz. Ushbu vaziyatda Sizning harakatingiz?

Siz chorrahada to‘g‘riga o‘tmoqchisiz. Ushbu vaziyatda Sizning harakatingiz?
  1. Chorrahaga birinchi kirgan qizil avtomobilga yo‘l berish
  2. Qizil avtomobil yo‘l berayotganiga ishonch xosil qilib chorrahadan birinchi o‘tish

To'g'ri javob: Qizil avtomobil yo‘l berayotganiga ishonch xosil qilib chorrahadan birinchi o‘tish

Yo‘l harakati qoidalarining 107 bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo‘ldan qarama-qarshi yo‘nalishdan to‘g‘riga yoki o‘ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak.

9. Ushbu belgilardan qaysi biri bir tomonlama harakat tashkil qilingan yo‘lning boshida o‘rnatiladi?

Ushbu belgilardan qaysi biri bir tomonlama harakat tashkil qilingan yo‘lning boshida o‘rnatiladi?
  1. Faqat A
  2. Faqat B
  3. B yoki D
  4. B yoki C

To'g'ri javob: Faqat B

YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.5 belgiga asosan, 5.5. «Bir tomonlama harakatli yo‘l». Transport vositalari butun kenglik bo‘yicha bir yo‘nalishda harakatlanadigan yo‘l yoki qatnov qismi.

10. Haydovchi ushbu joyda avtomobilni to‘xtab turish uchun qo‘yishiga ruxsat etiladimi?

Haydovchi ushbu joyda avtomobilni to‘xtab turish uchun qo‘yishiga ruxsat etiladimi?
  1. Ha
  2. Yo‘q

To'g'ri javob: Yo‘q

Yo‘l harakati qoidalarining 91 bandiga asosan, quyidagilarda to‘xtash taqiqlanadi: to‘xtagan transport vositasi bilan bo‘ylama sidirg‘a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo‘lgan joylarda; qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).

11. Ko‘rsatilgan yo‘l belgilaridan qaysi biri faqat yo‘l qoplamasi nam bo‘lganda ta’sir etadi?

Ko‘rsatilgan yo‘l belgilaridan qaysi biri faqat yo‘l qoplamasi nam bo‘lganda ta’sir etadi?
  1. Faqat A
  2. Faqat A va B
  3. Barchasi

To'g'ri javob: Faqat A

YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.16 belgiga asosan, «Nam qoplama». Belgi qatnov qismining qoplamasi nam bo‘lgan vaqtda ta’sir etishini ko‘rsatadi.

12. Sanab o‘tilgan qaysi holatda transport vositasidan foydalanishga ruxsat etiladi?

Sanab o‘tilgan qaysi holatda transport vositasidan foydalanishga ruxsat etiladi?
  1. Tashqi yoritgich asboblari ifloslangan bo‘lsa
  2. Yorituvchi chiroq nurining yo‘nalishi buzilgan bo‘lsa
  3. Old qismida — oq yoki sariq rangli tumanga qarshi faralar o‘rnatilgan bo‘lsa

To'g'ri javob: Old qismida — oq yoki sariq rangli tumanga qarshi faralar o‘rnatilgan bo‘lsa

Yo‘l harakati qoidalariga 3-ilova 3 bandiga asosan, yorituvchi chiroq nurining yo‘nalishi buzilgan bo‘lsa, agar tashqi yoritgichlar va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamayotgan yoki ifloslangan bo‘lsa, old qismida — oq yoki sariq rangdan boshqa rangli tumanga qarshi faralar, sariq yoki zarg‘aldoq rangdan boshqa rangli burilishni ko‘rsatadigan miltillovchi chiroq, oq rangdan boshqa rangli nur qaytargichlar o‘rnatilgan bo‘lsa foydalanish taqiqlanadi.

13. Yuk avtomobili haydovchisi to‘xtab turish qoidasini buzdimi?

Yuk avtomobili haydovchisi to‘xtab turish qoidasini buzdimi?
  1. Buzdi
  2. Buzmadi, agar uning ruxsat etilganto‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmasa
  3. Buzmadi

To'g'ri javob: Buzdi

YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.6.4 belgiga asosan, «Transport vositasini to‘xtab turish joyiga qo‘yish usuli». 7.6.4 trotuar yonidagi to‘xtab turish joyiga yengil avtomobillar va mototsikllarni qo‘yish usulini bildiradi.

14. Ko‘rsatilgan qaysi belgilar sizga yashash manzilingizga avtomobilda o‘tishga ruxsat beradi?

Ko‘rsatilgan qaysi belgilar sizga yashash manzilingizga avtomobilda o‘tishga ruxsat beradi?
  1. Faqat B
  2. A va C
  3. Faqat A
  4. Barchasi

To'g'ri javob: A va C

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.2 "Harakatlanish taqiqlangan" belgisiga muvofiq, barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi va YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.3 "Mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan" belgisiga muvofiq, dvigatel bilan harakatga keltiriladigan transport vositalarining (mopeddan tashqari), hamda barcha traktorlarning va o'ziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi. Belgiga amal qilish belgilangan zonada joylashgan korxonalarga xizmat ko'rsatuvchi transport vositalariga, shuningdek, belgilangan zonada yashaydigan yoki ishlaydigan fuqarolarga xizmat qiluvchi yoki ularga tegishli bo'lgan transport vositalariga ta'sir qilmaydi.

15. Qaysi haydovchi to‘xtab turish qoidalarini buzdi?

Qaysi haydovchi to‘xtab turish qoidalarini buzdi?
  1. Mototsikl haydovchisi
  2. Trotuarda to‘xtab turgan avtomobil haydovchisi
  3. Hech kim buzmadi

To'g'ri javob: Trotuarda to‘xtab turgan avtomobil haydovchisi

Yo‘l harakati qoidalarining 88 bandiga asosan, transport vositalariga yo‘lning o‘ng tomonida yo‘l yoqasida, u bo‘lmaganda esa qatnov qismining chetida va Qoidalarning 89-bandida ko‘rsatilgan hollarda trotuarda to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi. Yo‘l harakati qoidalarining 89 bandi 3 xatboshiga asosan, qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va velosipedlarga to‘xtab turishga 5.15 yo‘l belgisi bilan birga 7.6.2, 7.6.3, 7.6.6 — 7.6.9 qo‘shimcha axborot belgilaridan biri o‘rnatilgan joylarda ruxsat etiladi. Yo‘l harakati qoidalarining 91 bandiga asosan, quyidagilarda to‘xtash taqiqlanadi: to‘xtagan transport vositasi bilan bo‘ylama sidirg‘a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo‘lgan joylarda.

16. Qanday hollarda aholi punktlarida tovush moslamalaridan foydalanishga ruxsat etiladi?

Qanday hollarda aholi punktlarida tovush moslamalaridan foydalanishga ruxsat etiladi?
  1. Quvib o‘tishda ogohlantirish uchun
  2. Yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun
  3. Har ikkala sanab o‘tilgan hollarda

To'g'ri javob: Yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun

Yo‘l harakati qoidalarining 48 bandiga asosan, tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o‘tish haqida ogohlantirish uchun; zarur bo‘lgan hollarda yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun. Yuqorida ko‘rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.

17. Yo‘lning sirpanchiq qismida rul chambaragini keskin burganda hosil bo‘ladigan sirpanishning oldini olish uchun haydovchi qanday ehtiyot choralarini ko‘rishi kerak?

  1. Rul chambaragini zudlik bilan sirpanayotgan tomonga burish va tezda avtomobilni harakat yo‘nalishini to‘g‘irlab olish
  2. Ilashmani uzish
  3. Tormoz tepkisini bosish

To'g'ri javob: Rul chambaragini zudlik bilan sirpanayotgan tomonga burish va tezda avtomobilni harakat yo‘nalishini to‘g‘irlab olish

Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, Yo‘lning sirpanchiq qismida rul chambaragini keskin burganda hosil bo‘ladigan sirpanishning oldini olish uchun haydovchi, rul chambaragini zudlik bilan, lekin, bir tekisda sirpanayotgan tomonga burish va tezda avtomobilni harakat yo‘nalishini to‘g‘irlab olish choralarini ko‘rishi kerak.

18. Chorrahaga kirganingizda tartibga soluvchi qo‘lini yuqoriga ko‘tardi, sizga harakatlanishga ruxsat etiladimi?

Chorrahaga kirganingizda tartibga soluvchi qo‘lini yuqoriga ko‘tardi, sizga harakatlanishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Ruxsat etiladi, agarda siz o‘ngga buriladigan bo‘lsangiz
  3. Ruxsat etilmaydi

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi

YHQ 7-bobi 41-bandiga asosan, tartibga soluvchining qo'li yuqoriga ko'tarilganida, haydovchilar transport vositalarini to'xtash chizig'i oldida, bunday chiziq bo'lmaganda esa: chorrahaning qatnov qismi bilan kesishgan joyida, boshqa joylarda tartibga soluvchining oldida, harakatlanishiga ruxsat berilgan transport vositalari va piyodalarga xalaqit bermagan holda, keskin tormoz bermasdan to'xtashga ulgura olmaydigan transport vositalarining haydovchilariga harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi.

19. Qattiq ulagich transport vositalari orasida qanchadan ortiq bo‘lmagan masofani ta’minlashi kerak?

Qattiq ulagich transport vositalari orasida qanchadan ortiq bo‘lmagan masofani ta’minlashi kerak?
  1. 2 m
  2. 3 m
  3. 4 m
  4. 5 m
  5. 6 m

To'g'ri javob: 4 m

Yo‘l harakati qoidalarining 144 bandiga asosan, egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari o‘rtasidagi masofa 4 — 6 metr oralig‘ida bo‘lishi, qattiq ulagich bilan shatakka olishda esa 4 metrdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

20. Turar joy dahalarida qanday harakatlar taqiqlangan?

Turar joy dahalarida qanday harakatlar taqiqlangan?
  1. Faqat mexanik transport vositalarini boshqarishni o‘rgatish
  2. Faqat dvigatel ishlab turganda to‘xtab turish
  3. Barcha sanab o‘tilgan holatlar

To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan holatlar

Yo‘l harakati qoidalarining 124 bandiga asosan, turar joy dahalarida quyidagilar taqiqlanadi: mexanik transport vositalarini boshqarishni o‘rgatish; dvigateli ishlab turgan holda to‘xtab turish; ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarining maxsus ajratilgan, yo‘l belgilari va (yoki) yo‘l chiziqlari bilan belgilangan joylardan tashqarida to‘xtab turishi.