1. Siz yengil avtomobildan qaysi jihozlar mavjud bo‘lmaganda foydalanishingiz mumkin?
Tibbiy quticha
O‘t o‘chirgich
Falokat to‘xtash belgisi
G‘ildirab ketishga qarshi moslama
To'g'ri javob: G‘ildirab ketishga qarshi moslama
Yo‘l harakati qoidalariga 3-ilova 7.10 bandiga asosan, M1, N1, N2, N3 toifadagi, mikroavtobus va g‘ildirakli traktorlar tibbiyot qutichasi, o‘t o‘chirgich, majburiy to‘xtaganligini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet) bilan jihozlanmagan bo‘lsa, foydalanish taqiqlanadi.
Quvib o‘tilayotgan transport vositasidan o‘zib ketgandan so‘ng
To'g'ri javob: Manyovrni tugallagach, darhol
YHQ 8-bobi 46-bandiga muvofiq, burilish (chapga burilish) ko'rsatgichlari bilan berilayotgan ishora manyovrni tugallagach, darhol to'xtatilishi kerak. Ishoralar boshqa yo'l harakati qatnashchilarini chalg'itmasligi kerak.
3. Qaysi yo‘l belgilari chapga burilishni taqiqlaydi?
Faqat A
Faqat A va B
Faqat A va D
Barchasi
To'g'ri javob: Faqat A va D
YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.7.1 belgiga asosan, «Bir tomonlama harakatli yo‘lga chiqish». Harakatlanish bir tomonlama bo‘lgan yo‘lga yoki qatnov qismiga chiqish. Chapga burilishni taqiqlaydi.
YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.10.2 belgiga asosan, «Yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘lga chiqish».Chapga burilishni taqiqlaydi.
4. Piyodalar turar joy dahasida qayerda harakatlanishlari mumkin?
Faqat trotuarda
Faqat qatnov qismidan
Trotuarda, hamda qatnov qismida
To'g'ri javob: Trotuarda, hamda qatnov qismida
Yo‘l harakati qoidalarining 123 bandiga asosan, turar joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 yo‘l belgilari bilan belgilangan hududlar)da piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida harakatlanishga ruxsat etiladi. Bunda piyodalar imtiyozga ega bo‘ladilar, biroq ular transport vositalarining harakatlanishiga asossiz xalaqit bermasliklari kerak.
5. Qaysi transport vositasining haydovchisi qoidani buzib burilmoqda?
Faqat yengil avtomobil haydovchisi
Faqat mototsikl haydovchisi
Ikkisi ham buzayapti
To'g'ri javob: Ikkisi ham buzayapti
YHQ 1-ilovasining 4-bo‘limidagi 4.1.1 belgiga asosan, «Harakatlanish to‘g‘riga». Faqat belgilarda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar yo‘nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yo‘nalishiga tegishli ko‘rsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qo‘llash mumkin).
6. Kunning yorug‘ vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak:
Mototsikl va mopedlarda
Xavfli, katta o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda
Yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobus va yo‘nalishli transport vositalarida
Barcha sanab o‘tilgan hollarda
To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan hollarda
Yo‘l harakati qoidalarining 138 bandiga asosan, sutkaning yorug‘ vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilishi kerak: transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda; yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobuslar va yo‘nalishli transport vositalarida; bolalar guruhini tashkiliy tashishda; xavfli, katta o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda;
mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida); kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) sharoitida; mototsikl va mopedlarda.
7. Ushbu yo‘lda Sizga yo‘l belgisidan keyin qaysi tasmalarda harakatlanishga ruxsat beriladi?
Faqat chap tasmadan
Istalgan tasmadan
O‘ng tasmadan
To'g'ri javob: O‘ng tasmadan
Yo‘l harakati qoidalarining 67-bandiga asosan, aholi punktlaridan tashqaridagi yo‘llarda hamda aholi punktlarida ayrim turdagi transport vositalari uchun ushbu Qoidalarda belgilangandan yuqori tezlikda harakatlanish ruxsat etilgan yo‘l qismlarida haydovchilar transport vositalarini mumkin qadar qatnov qismining o‘ng chetiga yaqinroq olib harakatlanishlari kerak. O‘ng tasmalar bo‘sh bo‘lganda chap tasmalarni egallash taqiqlanadi.
8. Qanday alomatlar charchash belgilari hisoblanadi?
Uyquchanlik, bo‘shashish, diqqatning susayishi
Zo‘riqish, asabiylashish
Bosh aylanishi, ko‘zlarga qum kirgan kabi achishish, terlash alomati
To'g'ri javob: Uyquchanlik, bo‘shashish, diqqatning susayishi
Yo‘l - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, uyquchanlik, bo‘shashish, diqqatning susayishi charchash belgilari hisoblanadi.
To'g'ri javob: Chorrahada harakatlanish tasmasi chegarasini
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limiga asosan, 1.7 yotiq chizig'i – (har bir chizig'i qisqa va oralari shu chiziqlar bo'yiga teng bo'lgan uzuq-uzuq chiziq) – chorrahadagi harakatlanish tasmalarini bildiradi. 1.7 chizig'ini istalgan tomondan bosib o'tish mumkin.
10. Yo‘l - transport hodisasiga daxldor haydovchilar birinchi navbatda nima qilishlari kerak?
Transport vositasini darhol to‘xtatishi, avariya ishoralarini yoqishi va avariya sababli to‘xtash belgisini o‘rnatishi
Sodir etilgan hodisa xaqida YHXXga xabar berishi kerak
Yo‘lning harakat qismini bo‘shatishlari kerak
To'g'ri javob: Transport vositasini darhol to‘xtatishi, avariya ishoralarini yoqishi va avariya sababli to‘xtash belgisini o‘rnatishi
YHQ 3-bobi 13-bandi 1-xatboshiga asosan, yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda unga daxldor haydovchilar quyidagilarni bajarishlari shart: transport vositasini darhol to'xtatishi, avariya ishoralarini yoqishi va avariya sababli to'xtash belgisini o'rnatishi, transport vositasini va hodisaga daxldor buyumlarni joyidan qo'zg'atmasligi.
11. Kunning qorong‘i vaqtida aholi punktlarida yo‘lning yoritilgan qismida Siz qanday tashqi yoritish chiroqlaridan foydalanishingiz kerak?
Gabarit chiroqlardan
Yaqinni yorituvchi chiroqlardan
Yaqinni yoki uzoqni yorituvchi chiroqlardan
To'g'ri javob: Yaqinni yorituvchi chiroqlardan
Yo‘l harakati qoidalarining 135 bandiga asosan, quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi fara chiroqlari o‘rniga yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilishi kerak: yo‘l yoritilgan bo‘lsa.
12. Qaysi holatda siz majburiy to‘xtashni amalga oshirasiz?
Piyodalar o‘tish joyi oldida piyodalarga yo‘l berish uchun to‘xtab
Texnik nosozlik tufayli yo‘lning harakat qismida
Har ikki sanab o‘tilgan holda
To'g'ri javob: Texnik nosozlik tufayli yo‘lning harakat qismida
YHQ 1-bobi 6-bandi 11-atamaga muvofiq, majburiy to'xtash – texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi va yo'lovchining holati, yo'ldagi biror to'siq tufayli xavf yuzaga kelganda yoxud ob-havo sharoitiga bog'liq holda transport vositasi harakatini to'xtatish. Haydovchining ushbu xatti-harakati oxirgi zarur chora bo'lib, qoidabuzarlik deb e'tirof etilmaydi.
13. Qaysi hollarda Sizga harakatni davom ettirish taqiqlanadi, hatto ta’mirlash ustaxonasiga ham, agarda faralar va orqa gabarit chiroqlar nosoz bo‘lsa?
Faqat yetarlicha ko‘rinmaslik sharoitida
Kunning qorong‘u vaqtida
Har ikki sanab o‘tilgan holda
To'g'ri javob: Har ikki sanab o‘tilgan holda
Yo‘l harakati qoidalarining 12 bandiga asosan, haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz bo‘lgan, sutkaning qorong‘i vaqtida yoki ko‘rinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomg‘ir yoki qor yog‘ayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish.
14. Kunning yorug‘ vaqtida aholi punktlaridan tashqarida quvib o‘tilayotgan transport vositasi haydovchisining e'tiborini qanday jalb qilasiz?
Faqat chiroqlarni yoqib-o‘chirish bilan
Sanab o‘tilgan barcha usul bilan va ularni birgalikda qo‘llash bilan
Faqat tovush ishoralarini qo‘llab
To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha usul bilan va ularni birgalikda qo‘llash bilan
Yo‘l harakati qoidalarining 49 bandiga asosan, quvib o‘tish haqida tovushli ishora o‘rniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-o‘chirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.
Yo‘l harakati qoidalarining 48 bandiga asosan, tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o‘tish haqida ogohlantirish uchun; zarur bo‘lgan hollarda yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun.
Yuqorida ko‘rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.
15. Sanab o‘tilgan qaysi transport vositalarini o‘t o‘chirgichsiz tasarruf etishga ruxsat etiladi?
Avtomobillarni
Avtobuslarni
Barcha mototsikllarni
Faqat yon kajavasiz mototsikllarni
To'g'ri javob: Barcha mototsikllarni
Yo‘l harakati qoidalariga 3-ilova 7.10 bandiga asosan, Transport vositalari quyidagilar bilan jihozlanmagan bo‘lsa: kajavali mototsikllarda — tibbiyot qutichasi, majburiy to‘xtaganligini bildiruvchi belgi.
16. Qaysi qo‘shimcha axborot belgilari birga qo‘llanilganda belgilarning ta’sir oralig‘ini ko‘rsatadi?
Faqat A
Faqat B
B va C
To'g'ri javob: B va C
YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.2.1 belgiga asosan, «Ta’sir oralig‘i». Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-ko‘rsatkich belgilarining ta’sir oralig‘ini ko‘rsatadi.
YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.2.2 belgiga asosan, «Ta’sir oralig‘i».
17. Birinchi uzatmada uzoq tezlanishda yurish yoqilg‘i sarfiga qanday ta’sir etadi?
Yoqilg‘i sarfi ortadi
Yoqilg‘i sarfi kamayadi
Yoqilg‘i sarfi o‘zgarmaydi
To'g'ri javob: Yoqilg‘i sarfi ortadi
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, birinchi uzatmada uzoq tezlanishda yurish yoqilg‘i sarfi ortishiga sabab bo‘ladi.
18. Ko‘rsatilgan yo‘l belgilaridan qaysilari Siz yo‘lning tor qismida yo‘l berishingizni talab qiladi?
Faqat C
B va C
B va D
A va C
To'g'ri javob: A va C
YHQ 21-bobi 128-bandiga muvofiq, yo'lning 1.13 belgisi bilan belgilangan qiyaliklarida, qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan biron-bir to'siq bo'lsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak va YHQ 1-ilovasining 1-bo'limi 2.6 belgisiga asosan, "ro'para harakatlanishning ustunligi", qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yo'lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yo'lning tor qismida bo'lgan yoki ro'paradan unga yaqin bo'lgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.
19. Qanday hollarda yo‘lning burilish qismlarida yengil avtomobil ag‘darilishga qarshi turg‘unroq?
Yuksiz va yo‘lovchilarsiz
Yo‘lovchilar bilan yuksiz
Yo‘lovchilarsiz, yuqori yukxonasida yuki bilan
To'g'ri javob: Yuksiz va yo‘lovchilarsiz
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, yo‘lning burilish qismlarida og‘irlik markazi pastroq bo‘lganligi sababli, yuksiz va yo‘lovchilarsiz yengil avtomobil ag‘darilishga qarshi turg‘unroq hisoblanadi.
20. Qaysi yo‘l belgisi piyodalar yo‘lkasini bildiradi?
Faqat B
Faqat B va C
Barcha belgilar
To'g'ri javob: Faqat B
YHQ 1-ilovasining 4-bo‘limidagi 4.6 belgiga asosan, «Piyodalar yo‘lkasi».