39-bilet savollari va javoblari

1. «Quvib o‘tish» atamasi nimani bildiradi?

  1. Egallagan harakatlanish bo‘lagidan chiqib, oldinda harakatlanayotgan transport vositasidan o‘zib ketish
  2. Bir va bir necha transport vositalaridan o‘zib ketish
  3. Bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan tasmaga chiqib, so‘ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zib ketish

To'g'ri javob: Bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan tasmaga chiqib, so‘ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zib ketish

YHQ 1-bobi 6-bandi 24-tushunchasiga asosan, quvib o'tish — bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan tasmaga chiqib, so'ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o'tish bilan bog'liq bo'lgan o'zib ketish.

2. Ko‘rsatilgan yo‘l belgilaridan qaysi biri ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan kam bo‘lgan yuk avtomobiliga o‘ngga harakatlanishni buyuradi?

Ko‘rsatilgan yo‘l belgilaridan qaysi biri ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan kam bo‘lgan yuk avtomobiliga o‘ngga h…
  1. Faqat B
  2. Faqat A
  3. B va C
  4. A va B

To'g'ri javob: Faqat B

YHQ 1-ilovasining 4-bo'limi 4.1.2 "Harakatlanish o'ngga" belgisiga muvofiq, ushbu belgining ta'sir oralig'ida faqat yo'naltirgich buyurgan tomonga harakatlanishga ruxsat etiladi. 4.1.2 belgisi yo'l qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o'rnatilsa, shu kesishmaga ta'sir etadi.

3. Tormoz tizimiga ega bo‘lmagan tirkama bilan harakatlanayotganda yengil avtomobilni tormoz yo‘li qanday o‘zgaradi?

  1. Tirkama qo‘shimcha qarshilikka ega bo‘lgani uchun tormoz yo‘li kamayadi
  2. Tormoz yo‘li uzayadi
  3. Tormoz yo‘li o‘zgarmaydi

To'g'ri javob: Tormoz yo‘li uzayadi

Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, tormoz tizimiga ega bo‘lmagan tirkama bilan harakatlanayotganda yengil avtomobilning tormoz yo‘li, tirkamaning qo‘shimcha inersiya kuchi hisobiga uzayadi.

4. Tuman sharoitida, agar ko‘rinish masofasi 300 metrdan kam bo‘lsa kunduzgi chiroqlarni yoqish yetarlimi?

Tuman sharoitida, agar ko‘rinish masofasi 300 metrdan kam bo‘lsa kunduzgi chiroqlarni yoqish yetarlimi?
  1. Yetarli
  2. Yetarli emas

To'g'ri javob: Yetarli emas

o‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, yetarlicha ko‘rinmaslik — yomg‘ir, qor yog‘ishi, tuman tushishi va shunga o‘xshash sharoitlarda, shuningdek, kunning g‘ira-shira vaqtida yo‘lning ko‘rinish masofasi 300 metrdan kam bo‘lishi. Yo‘l harakati qoidalarining 137 bandiga asosan, quyidagi hollarda tumanga qarshi fara chiroqlaridan foydalanish mumkin: yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda alohida, shuningdek, uzoqni yorituvchi yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan.

5. Qattiq yoki egiluvchan ulagichda shatakka olgan yuk avtomobilining kuzovida odam tashishga ruxsat etiladimi?

  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi

6. Sanab o‘tilgan qaysi hollarda haydovchi orqadagi vaziyatni e’tiborga olishi kerak?

  1. Faqat keskin tormoz berishda
  2. Faqat nam qoplama yoki yaxmalakli yo‘llarda tormoz berganda
  3. Har qanday tormozlashda

To'g'ri javob: Har qanday tormozlashda

Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, haydovchi har doim, jumladan keskin tormoz berishda va nam qoplama yoki yaxmalakli yo‘llarda tormoz berganda orqadagi vaziyatni e’tiborga olishi kerak.

7. Qaysi yo‘l belgisi barcha transport vositalarining harakatini istisnosiz taqiqlaydi?

Qaysi yo‘l belgisi barcha transport vositalarining harakatini istisnosiz taqiqlaydi?
  1. A
  2. B
  3. C

To'g'ri javob: B

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.17.2 "Xavf-xatar" belgisiga muvofiq, yo'l-transport hodisasi yoki boshqa xavfli vaziyatlar tufayli, istisnosiz, barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.

8. Chorrahaga kirishda Siz:

Chorrahaga kirishda Siz:
  1. Mototsiklga yo‘l berishingiz kerak
  2. Har ikkisiga ham yo‘l berishingiz kerak
  3. Birinchi o‘tish huquqiga egasiz

To'g'ri javob: Har ikkisiga ham yo‘l berishingiz kerak

Yo‘l harakati qoidalarining 98 bandi 3 xatboshiga asosan, aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.

9. Yo‘lning keskin burilishida yuzaga keladigan sirpanishning oldini olish uchun haydovchi nima qilishi kerak?

  1. Burilishdan oldin tezlikni kamaytirib, avtomobilni erkin harakatlanishi uchun ilashma tepkisini bosishi
  2. Burilishdan oldin tezlikni kamaytirish, kerak bo‘lsa uzatmalar pog‘onasini pasaytirish, burilishdan o‘tayotganda tezlikni oshirmaslik va avtomobilni keskin tormozlamaslik
  3. Sanab o‘tilgan har ikki usulni qo‘llashga ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Burilishdan oldin tezlikni kamaytirish, kerak bo‘lsa uzatmalar pog‘onasini pasaytirish, burilishdan o‘tayotganda tezlikni oshirmaslik va avtomobilni keskin tormozlamaslik

Xavfli burilishda yuqori tezlik oqibatida vujudga keladigan markazdan qochirma kuchning ta'siri oqibatida harakatlanayotgan avtomobil yon tomonga surilib ketishi mumkin. Shuning uchun, haydovchi oldindan, burilishning radiusiga mutanosib ravishda tezlikni pasaytirishi, zarur holatlarda past uzatmaga o'tishi, burilishda esa tezlikni keskin oshirmasdan va tormozlamasdan harakatni davom ettirishi kerak. Burilishlarda avtomobilni g'ildiratish avtomobil boshqaruvini yo'qotish bilan barobardir.

10. Kunning qorong‘i vaqtida va bulutli ob-havoda ro‘paradan kelayotgan avtomobil tezligi qanday tuyuladi?

Kunning qorong‘i vaqtida va bulutli ob-havoda ro‘paradan kelayotgan avtomobil tezligi qanday tuyuladi?
  1. Aslidagidan kam tezlikda tuyuladi
  2. Aslidagidan katta tezlikda tuyuladi
  3. Tezlikni qabul qilish o‘zgarmaydi

To'g'ri javob: Aslidagidan kam tezlikda tuyuladi

Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, kunning qorong‘i vaqtida va bulutli ob-havoda ro‘paradan kelayotgan avtomobil tezligi aslidagidan kam tezlikda tuyuladi tuyuladi.

11. Siz ro‘paradan yaqinlashayotgan yuk avtomobiliga yo‘l berishingiz kerakmi?

Siz ro‘paradan yaqinlashayotgan yuk avtomobiliga yo‘l berishingiz kerakmi?
  1. Ha
  2. Yo‘q

To'g'ri javob: Yo‘q

Yo‘l harakati qoidalarining 75 bandiga asosan, agar biror to‘siq sababli qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanish qiyin bo‘lsa, to‘siq o‘z tomonida bo‘lgan haydovchi yo‘l berishi kerak.

12. Ushbu holatda Sizga temir yo‘l kesishmasiga chiqishga ruxsat etiladimi?

Ushbu holatda Sizga temir yo‘l kesishmasiga chiqishga ruxsat etiladimi?
  1. Ha
  2. Ha, yaqinlashib kelayotgan poyezd yo‘q bo‘lsa
  3. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

Yo‘l harakati qoidalarining 118 bandiga asosan, quyidagi hollarda temir yo‘l kesishmasiga kirish taqiqlanadi: agar kesishmadan keyin, haydovchini kesishmada to‘xtashga majbur qiladigan tirbandlik paydo bo‘lsa.

13. Transport vositasi qiyalikda joyidan qo‘zg‘alishda to‘xtab turish tormoz dastagini qay vaqtda tushirishni boshlash kerak?

  1. Harakatni boshlagandan so‘ng
  2. Harakatni boshlashdan avval
  3. Harakatni boshlash bilan bir vaqtda

To'g'ri javob: Harakatni boshlash bilan bir vaqtda

Tik balandlikka harakatlanishni boshlayotganda avtomobilni orqaga siljishini (to'xtab turish tormozi harakatni boshlashdan oldin qo'yib yuborilganda) va dvigatelni o'chib qolishini (to'xtab turish tormozi harakatni boshlagandan keyin qo'yib yuborilgani) oldini olish uchun to'xtab turish tormozi harakatni boshlash bilan bir vaqtda qo'yib yuboriladi.

14. Avtomobilning ABS tizimi burilishida sirpanish va yonga siljishning oldini oladimi?

  1. Avtomobilning faqat sirpanish ehtimolining oldini oladi
  2. Avtomobilning sirpanish va yonga siljish ehtimolining oldini olmaydi
  3. Avtomobilning faqat yonga siljish ehtimolining oldini oladi

To'g'ri javob: Avtomobilning sirpanish va yonga siljish ehtimolining oldini olmaydi

Burilish paytida, transport vositasiga markazdan qochma kuch ta'sir qiladi, tezlikni oshishi bilan bu kuch ham oshib, transport vositasini yo'l egriligining tashqi tomoniga yo'naltirishga moyildir. Burilishdan o'tayotganda transport vositasining sirpanishi yoki surilib ketishi yuqori tezlikdan, tormozlashdan yoki g'ildiraklarning ishqalanish koeffisientining kamligidan kelib chiqadi. G'ildiraklarning sirpanib tormozlashga qarshi tizimi tormozlanganda g'ildiraklarni birdaniga to'xtab, qotib qolishini oldini olish uchun xizmat qiladi, u sirpanish yoki surilib ketish ehtimolini kamaytirishi mumkin, ammo ularning paydo bo'lish ehtimolini istisno qilmaydi.

15. Chorrahaning ko‘rsatilgan joyida Sizga to‘xtashga ruxsat etiladimi?

Chorrahaning ko‘rsatilgan joyida Sizga to‘xtashga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Ruxsat etiladi, agarda Sizning transport vositangiz bilan sidirg‘a chiziq orasidagi masofa 3 metrdan ortiq bo‘lsa?

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

Yo‘l harakati qoidalarining 91 bandiga asosan, quyidagilarda to‘xtash taqiqlanadi: qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).

16. Siz chapga burilmoqchisiz, kimga yo‘l berishingiz kerak?

Siz chapga burilmoqchisiz, kimga yo‘l berishingiz kerak?
  1. Har ikki transport vositasiga
  2. Faqat avtobusga
  3. Faqat yuk avtomobiliga

To'g'ri javob: Har ikki transport vositasiga

Yo‘l harakati qoidalarining 104 bandi 1 xatboshiga asosan, teng ahamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo‘ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo‘nalishidan qat’iy nazar, yo‘l berishi kerak.

17. Yengil avtomobilning orqa oynasiga parda yoki chiyparda (jalyuzi)lar o‘rnatish mumkinmi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi, agarda ikki tomonda orqani ko‘rsatuvchi ko‘zgusi bo‘lsa

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi, agarda ikki tomonda orqani ko‘rsatuvchi ko‘zgusi bo‘lsa

Yo‘l harakati qoidalariga 3-ilova 7.4 bandiga asosan, barcha transport vositasining old, yon oynalarining yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 70 foizdan kam bo‘lsa, avtomobil tomidagi lyuk oynasi, shuningdek, ruxsatnoma asosida tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) avtotransport vositalarining oynalari bundan mustasno. Izoh. III klass M3 toifadagi avtotransport vositalarining orqa va yon oynalariga pardalar, ikki yonga orqa tomonni ko‘rish uchun tashqi ko‘zgusi mavjud bo‘lgan barcha toifadagi avtotransport vositalari orqa oynalarining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o‘zgartirishga (qoraytirishga), shuningdek, ushbu orqa oynalarga parda (chiy parda, darparda) o‘rnatishga ruxsat beriladi.

18. 90 km/soat tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi 1 soniyada qancha masofani bosib o‘tadi?

  1. 25 m
  2. 15 m
  3. 35 m

To'g'ri javob: 25 m

Haydovchining reaksiya vaqti ko'plab omillarga bog'liq, odatda 0,4 dan 1,6 soniya orasida. Shundan kelib chiqqan holda, haydovchining reaksiya vaqti o'rtacha 1 soniya deb taxmin qilinadi. Shuning uchun harakat xavfsizligining shartlarini ta'minlash maqsadida tezlikni tanlayotgan haydovchi soatiga 90 kilometr tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi bir soniyada taxminan 25 metr masofani bosib o'tishini hisobga olishi kerak (teng holatda 90 000 metr/soat yoki 90 000 metr : 3 600 soniya = taxminan bir soniyada 25 metr).

19. Shatakka olingan avtomobilni falokat yorug‘lik ishoralari nosoz bo‘lganda transport vositasi qanday belgilanishi kerak?

  1. Gabarit chiroqlarini yoqish
  2. Orqa tumanga qarshi chiroqlarini yoqish
  3. Shatakka olingan transport vositasi orqa tomoniga falokat sababli to‘xtash belgisini o‘rnatish

To'g'ri javob: Shatakka olingan transport vositasi orqa tomoniga falokat sababli to‘xtash belgisini o‘rnatish

Yo‘l harakati qoidalarining 52 bandiga asosan, shatakka olingan mexanik transport vositasida avariya yorug‘lik ishoralari bo‘lmasa yoki ular ishlamasa, uning orqa qismiga avariya sababli to‘xtash belgisi o‘rnatilishi kerak.

20. Ko‘rsatilgan qaysi joyda siz avtomobilni qoidaga binoan to‘xtatishingiz mumkin?

Ko‘rsatilgan qaysi joyda siz avtomobilni qoidaga binoan to‘xtatishingiz mumkin?
  1. Faqat A
  2. Faqat B
  3. Faqat B va C
  4. Hech qaysisida

To'g'ri javob: Faqat B

Yo‘l harakati qoidalarining 88 bandi 2 xatboshiga asosan, aholi punktlarida o‘rtada tramvay yo‘li bo‘lmagan, har yo‘nalishda bittadan tasmasi bo‘lgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llarda yo‘lning chap tomonida to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi. Yo‘l harakati qoidalarining 91 bandiga asosan, quyidagilarda to‘xtash taqiqlanadi: piyodalar o‘tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda.