Tezlik oshganda yonlama oraliq masofani oshirish kerak
To'g'ri javob: Tezlik oshganda yonlama oraliq masofani oshirish kerak
Harakatlanish tezligi ortishi bilan avtomobilning tanlangan harakat trayektoriyasidan yon tomonga chetlashi ham ortib boradi. Bu g'ildiraklarning yon elastikligi, qoplamaning notekisligi, shamolning qarshiligi va rul boshqarmasidagi lyuft hisobiga vujudga keladi. Shuning uchun, haydovchilar tezlikni oshirgan sayin yon oraliq masofani ham oshirishlari kerak.
2. Ushbu vaziyatda quvib o‘tishdan so‘ng Siz o‘rta bo‘lakda qolishingiz mumkinmi?
Ha
Yo‘q
To'g'ri javob: Yo‘q
Yo‘l harakati qoidalarining 66 bandiga asosan, harakat ikki tomonlama bo‘lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo‘l chizig‘i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo‘llarda, ikki yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan o‘rta qatorga faqat quvib o‘tish, aylanib o‘tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.
3. Cheklangan ko‘rinish sharoitida orqaga harakatlanishda harakat xavfsizligini ta’minlash uchun:
Tovushli signal berish
Avariya (xavf-xatar) ishoralarini yoqish
Boshqa shaxslar yordamidan foydalanish
To'g'ri javob: Boshqa shaxslar yordamidan foydalanish
Yo‘l harakati qoidalarining 63 bandiga asosan, transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashi va yo‘l harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit bermasligi shart. Zarurat tug‘ilganda haydovchi boshqa shaxslarning yordamidan foydalanishi kerak.
4. Uzoq davom etadigan keng ravon yo‘lda avtomobilni yuqori tezlikda boshqarganda haydovchiga tezlik qanday qabul qilinadi?
Aslidagidan sekin harakatlanayotganga o‘xshaydi
Tezlikni qabul qilish o‘zgarmaydi
Aslidagidan tez harakatlanayotganga o‘xshaydi
To'g'ri javob: Aslidagidan sekin harakatlanayotganga o‘xshaydi
Haydovchi harakat tezligini uning ko'rish maydoniga tushgan narsalarning harakat tezligi bilan aniqlaydi. Uzoq vaqt mobaynida monoton harakatlanganda tezlik haqiqiysidan pastroq seziladi. Bunday holatlarda tezlikni nazorat qilish uchun odatdagidan ko'proq tezlikni o'lchash moslamasi (spidometr)dan foydalaning.
5. Piyodalar to‘xtab turgan avtobus va trolleybusning qaysi tomonidan yo‘lni kesib o‘tishlari kerak?
Oldi tomonidan
Orqa tomonidan
Istalgan tomonidan
To'g'ri javob: Orqa tomonidan
Yo‘l harakati qoidalarining 19 bandi 4 xatboshiga asosan, piyodalar to‘xtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tramvayning esa oldi tomonidan yo‘lni kesib o‘tishlari shart.
6. Nosoz transport vositasini shatakka olgan yengil avtomobil salonida odam tashishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Ruxsat etiladi
Yo‘l harakati qoidalarining 143 bandiga asosan, qattiq yoki egiluvchan ulagich bilan shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish qisman ortish yo‘li bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar bo‘lishi taqiqlanadi.
7. Sizga ko‘satilgan joyda yengil avtomobilda to‘xtashga ruxsat etiladimi?
Ha
Yo‘q
To'g'ri javob: Yo‘q
Yo‘l harakati qoidalarining 91 bandiga asosan, quyidagilarda to‘xtash taqiqlanadi: to‘xtagan transport vositasi bilan bo‘ylama sidirg‘a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo‘lgan joylarda.
8. Ushbu holatda siz bajarishingiz lozim:
Boshqa transport vositalari bo‘lmasa to‘xtamasdan o‘tib ketish
Belgi oldida to‘xtash
To‘xtash chizig‘i oldida to‘xtash
To'g'ri javob: To‘xtash chizig‘i oldida to‘xtash
YHQ 16-bobi 104 bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak.
9. Yo‘lning qanday qismida harakatlanganda kuchli yonlama shamol xavfi ortadi?
Ochiq joyda harakatlanganda
Yo‘lning yopiq qismida harakatlanganda
Yo‘lning yopiq qismidan ochik qismiga chiqishda
To'g'ri javob: Yo‘lning yopiq qismidan ochik qismiga chiqishda
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, yo‘lning yopiq qismidan ochik qismiga chiqishda kuchli yonlama shamol xavfi ortadi.
10. Kunning yorug‘ vaqtida aholi punktlaridan tashqarida quvib o‘tilayotgan transport vositasi haydovchisining e'tiborini qanday jalb qilasiz?
Faqat chiroqlarni yoqib-o‘chirish bilan
Sanab o‘tilgan barcha usul bilan va ularni birgalikda qo‘llash bilan
Faqat tovush ishoralarini qo‘llab
To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha usul bilan va ularni birgalikda qo‘llash bilan
Yo‘l harakati qoidalarining 49 bandiga asosan, quvib o‘tish haqida tovushli ishora o‘rniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-o‘chirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.
Yo‘l harakati qoidalarining 48 bandiga asosan, tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o‘tish haqida ogohlantirish uchun; zarur bo‘lgan hollarda yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun.
Yuqorida ko‘rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.
11. To‘xtab turish qoidasini kim buzdi?
Faqat A
Faqat B
A ва B
To'g'ri javob: Faqat B
YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.6.1 belgiga asosan, «Transport vositasini to‘xtab turish joyiga qo‘yish usuli». 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini to‘xtab turishi uchun yo‘lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo‘yish usulini bildiradi.
12. Tormoz tizimi ishlamaydigan avtomobilning vazni sizning avtomobilingizni yarim vaznidan og‘ir bo‘lsa uni shatakka olishingizga ruxsat etiladimi?
Taqiqlanadi
Ruxsat etiladi
Faqat 30 km/soat tezlikda ruxsat etiladi
Faqat unga qisman ortish usuli bilan
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
YHQ 24-bobi 145 - bandiga muvofiq, ishchi tormoz tizimi ishlamayotgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vaznining yarmidan ortiq bo'lsa (haqiqiy vazni kam bo'lgan bunday transport vositasini faqat qattiq ulagich yordamida yoki qisman ortish usuli bilan shatakka olishga yo'l qo'yiladi) shatakka olish taqiqlanadi.
13. Yoqilg‘i bilan ta'minlash tepkisini keskin tezlikni oshirish uchun bosayotganda, avtomobil sirpanishni boshlasa haydovchi qanday harakat qilishi kerak?
Tepkiga ta'sir etuvchi kuchni kamaytirish
Tepkini yana kuchliroq bosish
Tepkiga ta'sir yetuvchi kuchni o‘zgartirmaslik
To'g'ri javob: Tepkiga ta'sir etuvchi kuchni kamaytirish
Sirpanchiq yo‘lda avtomobilning toyib ketishi, harakatning keskin tezlashuvidan yetaklovchi g‘ildiraklarning joyida turib aylanishi hisobiga vujudga kelishi mumkin. Bunday holda, sirpanish(toyib ketish)ni yo'q qilish kerak, ya'ni yonilg'i uzatish tepkisiga bosish kuchini bo'shashtirish kerak.
14. Yengil avtomobilga qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi?
Faqat to‘g‘riga
Faqat o‘ngga va chapga
Istalgan yo‘nalishda
To'g'ri javob: Istalgan yo‘nalishda
YHQ 1-ilovasining 4-bo‘limidagi 4.1.1 belgiga asosan, «Harakatlanish to‘g‘riga». Faqat belgilarda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar yo‘nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi.
YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.4.1 belgiga asosan, «Transport vositasining turi». Belgining ta’siri joriy etilgan transport vositalari turini ko‘rsatadi. 7.4.1 belgi bilan o‘rnatilgan yo‘l belgisining ta’siri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan transport vositalariga tatbiq etiladi.
Yengil avtomobilga istalgan yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi.
15. Qaysi yo‘l belgilari qayrilib olishga ruxsat beradi?
Faqat B
Faqat B va D
Faqat A, B va C
Barchasi
To'g'ri javob: Barchasi
YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.7.1 belgiga asosan, «Bir tomonlama harakatli yo‘lga chiqish». Harakatlanish bir tomonlama bo‘lgan yo‘lga yoki qatnov qismiga chiqish. Chapga burilishni taqiqlaydi.
YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.10.2 belgiga asosan, «Yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘lga chiqish». Chapga burilishni taqiqlaydi. Ko‘rsatilgan barcha belgilar ta’sir oralig‘ida qayrilib olishga ruxsat etiladi.
16. Yo‘nalishli transport vositasi bekatidan tashqarida yo‘l chetidan qo‘zg‘alayotgan yo‘nalishli transport vositasiga yo‘l berishingiz kerakmi?
Ha
Yo‘q
To'g'ri javob: Yo‘q
YHQ 22-bobi 133-bandi: Haydovchilar aholi yashash joylarida bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga yo‘l berishlari kerak. O‘z navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari o‘zlariga yo‘l berilganligiga ishonch hosil qilganliklaridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin.
17. Quruq ob-havo sharoitida asfalt-beton qoplamali yo‘lda harakatlanayotgan haydovchi yomg‘ir tomchilab qolganda nima qilishi kerak?
Tezlikni o‘zgartirmasdan harakatni davom ettirishi
Yomg‘ir tezlashib ketmasdan tezroq harakat qilishi
Tezlikni kamaytirishi va ehtiyot bo‘lishi kerak
To'g'ri javob: Tezlikni kamaytirishi va ehtiyot bo‘lishi kerak
Yomg'ir tomchilay boshlaganda, haydovchilar ayniqsa ehtiyotkor bo'lishlari kerak, chunki yo'ldagi chang, moy, rezina qurumi va shunga o'xshashlar yomg'ir suvi bilan aralashib, sirpanchiq qatlamni hosil qiladi, keyinchalik esa bu qatlam yomg'ir bilan yuvilib ketadi.
18. Aholi punktlariga tegishli yo‘l harakati qoidalari qayerdan boshlanadi?
Aholi punkti nomini ko‘rsatuvchi oq rangli 5.22 yo‘l belgisidan boshlab
Aholi punkti nomini ko‘rsatuvchi oq 5.22 yoki 5.24 havorang rangli belgidan boshlab
Yo‘l yuzidagi qurilma va inshootlardan boshlab
To'g'ri javob: Aholi punkti nomini ko‘rsatuvchi oq rangli 5.22 yo‘l belgisidan boshlab
YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.22 belgiga asosan, «Aholi punktining boshlanishi». Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinadigan joylarning nomi hamda uning boshlanishini bildiradi.
19. Ushbu yo‘l belgisi ta'sir oralig‘ida sizga odam tushirish (chiqarish)ga yoki yuk ortish (tushirish)ga ruxsat etiladimi?
Ha
Yo‘q
To'g'ri javob: Ha
YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.28 "To'xtab turish taqiqlangan" belgisiga muvofiq, transport vositalarining to'xtab turishi taqiqlanishini bildiradi. To'xtash taqiqlanmagan. To'xtab turish — transport vositasiga yo'lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bog'liq bo'lmagan hollarda harakatini 10 daqiqadan ko'proq vaqtga atayin to'xtatish.
20. Burilish ko‘rsatkichi bilan berilayotgan ogohlantiruvchi ishora qachon to‘xtatilishi kerak?
Manevr bajarishdan oldin
Manevr bajargandan so‘ng darhol
Manevr bajarayotganda
To'g'ri javob: Manevr bajargandan so‘ng darhol
Yo‘l harakati qoidalarining 46 bandiga asosan, burilish ko‘rsatkichi yoki qo‘l bilan berilayotgan ishora manyovrni bajarishdan oldinroq berilishi va uni tugallagach, darhol to‘xtatilishi kerak (qo‘l bilan berilayotgan ishorani manyovrni bevosita bajarishdan oldin tugallash mumkin).