Yo‘l harakati qoidalarining 38 bandiga asosan, Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma’noni bildiradi: Qo‘llari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va o‘ng yon tomonidan tramvayga to‘g‘riga, relssiz transport vositalariga to‘g‘riga va o‘ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o‘tishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
Ushbu vaziyatda qizil va sariq avtomobillarga harakatlanishga ruxsat etiladi.
2. Ushbu belgi...
Oldinda transport vositalarining tirbandligi haqida ogohlantiradi
Oldinda transport vositalari orasida xavfsiz oraliqni ta'minlash haqida ogohlantiradi
Transport vositalari qatnov qismining tasmalari bo‘yicha harakatlanishi qat'iyligi haqida ogohlantiradi
To'g'ri javob: Oldinda transport vositalarining tirbandligi haqida ogohlantiradi
YHQ 1-ilovasining 1-bo'limidagi 1.32 "Tirbandlik". Ushbu yo'l belgisi vaqtinchalik yoki tasviri o'zgaradigan holatda tirbandlik hosil bo'lgan yo'l yoki chorrahaga kirish oldidan yo'lni yoki chorrahani aylanib o'tish imkoniyati bo'lgan joyga o'rnatiladi.
3. Quyidagi belgilardan qaysi biri haydovchini boshqa xavf-xatarlar to‘g‘risida ogohlantiradi?
A
B
C
To'g'ri javob: C
YHQ 1-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.30 belgiga asosan, «Boshqa xavf-xatarlar».
4. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha tarmoqning yo‘naltirgichli yashil ishorasi yo‘nalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi kimga yo‘l berishi kerak?
Boshqa yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga
O‘ngdan kelayotgan transport vositalariga
Qarama-qarshi yo‘nalishda to‘g‘riga yoki o‘ngga harakatlanayotgan transport vositalariga
To'g'ri javob: Boshqa yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga
Yo‘l harakati qoidalarining 100 bandiga asosan, Svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha tarmoqning ko‘rsatkichli yashil ishorasi yo‘nalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yo‘nalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak.
5. Yo‘l-transport hodisasi - ....
Transport vositasining yo‘lda harakatlanishi jarayonida ro‘y bergan, fuqarolarning halok bo‘lishiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishi yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab bo‘lgan hodisa.
Yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo‘l harakati holati.
To'g'ri javob: Transport vositasining yo‘lda harakatlanishi jarayonida ro‘y bergan, fuqarolarning halok bo‘lishiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishi yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab bo‘lgan hodisa.
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, yo‘l-transport hodisasi — transport vositasining yo‘lda harakatlanish jarayonida ro‘y bergan, fuqarolarning halok bo‘lishiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishi yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab bo‘lgan hodisa.
6. Avtomobilni qanday boshqarish usuli yonilg‘i sarfini tejaydi?
Shiddat bilan tezlanish va va ohista (ravon) sekinlashish bilan
Ohista (ravon) tezlanish va shiddat bilan sekinlashish bilan
Ohista (ravon) tezlanish va ohista sekinlashish bilan
To'g'ri javob: Ohista (ravon) tezlanish va ohista sekinlashish bilan
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, avtomobilni ohista (ravon ) tezlanish va ohista sekinlashish bilan boshqarish usuli yonilg‘i sarfini tejaydi.
7. Piyodalar o‘tish joyi – bu ...
Yo‘l qatnov qismining piyodalar kesib o‘tishi uchun mo‘ljallangan, 5.16.1, 5.16.2 yo‘l belgilari va 1.14.1-1.14.4 yo‘l chiziqlari bilan ajratilgan bo‘lagi.
Yo‘lning piyodalar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan va transport vositalari harakati taqiqlangan qismi.
Qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan va piyodalarning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘l qismi.
To'g'ri javob: Yo‘l qatnov qismining piyodalar kesib o‘tishi uchun mo‘ljallangan, 5.16.1, 5.16.2 yo‘l belgilari va 1.14.1-1.14.4 yo‘l chiziqlari bilan ajratilgan bo‘lagi.
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, piyodalar o‘tish joyi — qatnov qismidagi 5.16.1, 5.16.2 yo‘l belgilari va 1.14.1 — 1.14.4 yo‘l chiziqlari bilan belgilangan va piyodalar yo‘lni kesib o‘tishda harakatlanishlari uchun ajratilgan joy.
Yo‘l chiziqlari bo‘lmasa, piyodalar o‘tish joyining kengligi 5.16.1 va 5.16.2 yo‘l belgilari orasidagi masofa bilan aniqlanadi.
8. Moped haydovchilariga ruxsat beriladi:
Faqat yo‘lning chetki o‘ng bo‘lagida o‘ng tomonidan bir qator bo‘lib harakatlanishiga
Faqat yo‘l yoqasidan harakatlanishga, agar piyodalarga xalaqit bermasa
Barcha sanab o‘tilgan holatlarga
To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan holatlarga
Yo‘l harakati qoidalarining 166 bandiga asosan, velosipedlar, mopedlar, aravalar, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarning yo‘lning chetki o‘ng bo‘lagida imkoni boricha o‘ng tomonidan bir qator bo‘lib harakatlanishiga yo‘l qo‘yiladi. Agar piyodalarga xalaqit bermasa, yo‘l yoqasidan harakatlanishga ham ruxsat etiladi.
9. Ushbu yotiq chiziq nimani bildiradi?
Velosiped yo‘lkasini
Sun’iy yo‘l notekisligini
Yo‘nalishli taksilar to‘xtaydigan joyni
To'g'ri javob: Sun’iy yo‘l notekisligini
YHQ 2-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.29 yo‘l chizig‘iga asosan, sun’iy yo‘l notekisligini bildiradi.
10. Siz chorrahada chapga burilishda qaysi transport vositasiga yo‘l berishingiz kerak?
Hech kimga
Engil avtomobilga
Avtobusga
To'g'ri javob: Hech kimga
11. Bosh miya jarohatlanishining asosiy alomatlari:
Hushdan ketish bir necha soniyadan bir necha soatgacha bo‘lishi mumkin
Qayt qilish bir - ikki marta, og‘ir holatlarda ko‘proq bo‘lishi mumkin
Amneziya - xotiraning yo‘qolishi, sodir bo‘lgan jarohatlanish bilan bog‘liq va hayotidagi ba’zi voqealar xotirasidan o‘chadi
Sanab o‘tilgan barcha holatlar
To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha holatlar
Yo‘l - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, bosh miya jarohatlanishining asosiy alomatlari quyidagilar:
-Hushdan ketish bir necha soniyadan bir necha soatgacha bo‘lishi mumkin;
-Qayt qilish bir - ikki marta, og‘ir holatlarda ko‘proq bo‘lishi mumkin;
-Amneziya - xotiraning yo‘qolishi, sodir bo‘lgan jarohatlanish bilan bog‘liq va hayotidagi ba’zi voqealar xotirasidan o‘chadi.
12. G‘ildiraklarning yo‘l bilan ilashishi yo‘qolganda (kuchli yomg‘ir, sel yoki suv toshgan yo‘l qismlari) haydovchi:
Dvigatel bilan tormozlash orqali tezlikni kamaytirishi lozim
Tezlikni oshirishi lozim
Tormoz tepkisini keskin bosish bilan tezlikni kamaytirishi lozim
To'g'ri javob: Dvigatel bilan tormozlash orqali tezlikni kamaytirishi lozim
Yomg'ir yog'ayotganida g'ildiraklar bilan qoplama orasida albatta suv qoladi (ayniqsa yedirilgan shina protektorida) va bu o'z navbatida "Suv ponasi"ni hosil qiladi. Oqibatda g'ildiraklar sirpana boshlaydi. Bunda haydovchi tezlikni dvigatel yordamida pasaytirishi kerak, aks holda tezlikning keskin pasayishi avtomobilning sirpanib ketishiga olib keladi.
13. Ushbu ko‘rsatilgan yo‘llar nechta qatnov qismiga ega?
Chapda bittadan, o‘ngda ikkitadan
Bittadan
To‘rttadan
To'g'ri javob: Chapda bittadan, o‘ngda ikkitadan
YHQ 1-ilova Umumiy qoidalar: Ajratuvchi mintaqa – yo‘lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l sathidan ko‘tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan baland qismi.
14. Yo‘lning qiyaliklarida qisqa muddatga to‘xtagan mexanik uzatmali avtomobilni joyidan to‘satdan harakatlanib ketishini oldini olish uchun:
Uzatmalar qutisi richagini neytral holatga o‘tkazish lozim
Birinchi uzatmani yoki orqa uzatmani ulash lozim
To‘xtab turish tormozidan foydalanish lozim
To'g'ri javob: To‘xtab turish tormozidan foydalanish lozim
Mexanik uzatmali avtomobilni balandlikda qisqa muddatga to'xtatib, joyida ushlab turish uchun, to'xtab turish tormozini ishlatish kerak.
15. To‘xtab turish tormoz tizimi N toifadagi avtotransport vositalarini aslahalangan holatda qanday qiyalikda harakatsiz holatda ushlab tura olmasa foydalanish taqiqlanadi?
25 % dan kam bo‘lmagan
16 % dan kam bo‘lmagan
31 % dan kam bo‘lmagan
20 % dan kam bo‘lmagan
To'g'ri javob: 31 % dan kam bo‘lmagan
Yo‘l harakati qoidalariga 3-ilova 1.6 bandiga asosan, to‘xtab turish tormoz tizimi transport vositalarini quyidagi joylarda harakatsiz holatda ushlab tura olmasa: N toifa transport vositalari uchun— 31 foizdan kam bo‘lmagan qiyalikda.
16. Qaysi belgi yo‘lning tor qismida ro‘paradan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishni talab qiladi?
"B" va "C"
"D"
"A" va "D"
"B"
"A"
To'g'ri javob: "A"
YHQ 1-ilovasining 2-bo‘limidagi 2.6 belgiga asosan, «Ro‘para harakatlanishning ustunligi». Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yo‘lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yo‘lning tor qismida bo‘lgan yoki ro‘paradan unga yaqin bo‘lgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.
17. Ko‘rsatilgan yo‘l belgilaridan qaysi biri taqiqlovchi belgilar ilgari kiritgan barcha cheklovlarni bekor qiladi?
"C" va "D"
"A" va "B"
Faqat "C"
Barchasi
Faqat "A"
To'g'ri javob: Faqat "C"
YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.31 “Barcha cheklovlarning oxiri” belgisiga muvofiq, 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 taqiqlovchi belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan oraliqlarning oxirini bildiradi.
18. Piyodalar yo‘lkasi – bu ...
Yo‘l qatnov qismining piyodalar kesib o‘tishi uchun mo‘ljallangan, 5.16.1, 5.16.2 yo‘l belgilari va 1.14.1-1.14.4 yo‘l chiziqlari bilan ajratilgan bo‘lagi
Piyodalar harakatlanishi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan, tegishli yo‘l belgisi bilan belgilangan alohida yo‘l yoki sun’iy inshoot yuzasi. Transport vositalari harakati taqiqlangan qismi
Qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan va piyodalarning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘l qismi
To'g'ri javob: Piyodalar harakatlanishi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan, tegishli yo‘l belgisi bilan belgilangan alohida yo‘l yoki sun’iy inshoot yuzasi. Transport vositalari harakati taqiqlangan qismi
Йўл ҳаракати қоидаларининг 6 бандига асосан, пиёдалар йўлкаси — пиёдалар ҳаракатланиши учун қурилган ёки мослаштирилган, тегишли йўл белгиси билан белгиланган алоҳида йўл ёки сунъий иншоот юзаси. Транспорт воситалари ҳаракати тақиқланган қисми.
19. Ushbu belgilardan qaysi biri haydovchining shu joydagi yashash yoki ishlash joyiga yetib borishiga monelik qilmaydi?
“A”
“C”
“B” va “C”
“B”
To'g'ri javob: “C”
YHQ 1-ilovasi 3.2. “Harakatlanish taqiqlangan”.
20. Qaysi rasmda ajratuvchi mintaqasi bor bo‘lgan yo‘l ko‘rsatilgan?
Har ikkisida
O‘ng tarafdagisida
Chap tarafdagisida
To'g'ri javob: O‘ng tarafdagisida
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, ajratuvchi mintaqa — yo‘lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l sathidan ko‘tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan baland qismi.