43-bilet savollari va javoblari

1. Quyidagi izoh qaysi atamaga tegishli? Texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi va yo‘lovchining holati, yo‘ldagi biror to‘siq tufayli xavf yuzaga kelganda yoxud ob-havo sharoitiga bog‘liq holda transport vositasi harakatini to‘xtatish

  1. Yo‘l-transport hodisasi
  2. Yo‘l xarakati xavfsizligini ta’minlash
  3. Majburiy to‘xtash

To'g'ri javob: Majburiy to‘xtash

Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, majburiy to‘xtash — texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi va yo‘lovchining holati, yo‘ldagi biror to‘siq tufayli xavf yuzaga kelganda yoxud ob-havo sharoitiga bog‘liq holda transport vositasi harakatini to‘xtatish. Haydovchining ushbu xatti-harakati oxirgi zarur chora bo‘lib, qoidabuzarlik deb e’tirof etilmaydi.

2. Avtomobilni qanday boshqarish usuli yonilg‘i sarfini tejaydi?

  1. Shiddat bilan tezlanish va va ohista (ravon) sekinlashish bilan
  2. Ohista (ravon) tezlanish va shiddat bilan sekinlashish bilan
  3. Ohista (ravon) tezlanish va ohista sekinlashish bilan

To'g'ri javob: Ohista (ravon) tezlanish va ohista sekinlashish bilan

Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, avtomobilni ohista (ravon ) tezlanish va ohista sekinlashish bilan boshqarish usuli yonilg‘i sarfini tejaydi.

3. Ko‘rsatilgan qaysi belgi yo‘lning o‘ta sirpanchiq bo‘lgan qismini bildiradi?

Ko‘rsatilgan qaysi belgi yo‘lning o‘ta sirpanchiq bo‘lgan qismini bildiradi?
  1. Faqat A
  2. A va C
  3. Faqat C

To'g'ri javob: Faqat C

YHQ 1-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.15 belgiga asosan, «Sirpanchiq yo‘l». Qatnov qismi o‘ta sirpanchiq bo‘lgan yo‘l qismi.

4. Qaysi belgi falokatli holatlar uchun kirish yo‘lini bildiradi?

Qaysi belgi falokatli holatlar uchun kirish yo‘lini bildiradi?
  1. A va D
  2. B
  3. C

To'g'ri javob: B

YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.40 belgiga asosan, «Falokatli holatlar uchun kirish yo‘li». Yo‘l harakati ushbu Qoidalaridagi 128-bandda ko‘rsatilgan holatlarda foydalaniladigan yo‘l.

5. Qaysi belgi svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida transport vositalari to‘xtaydigan joyni bildiradi?

Qaysi belgi svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida transport vositalari to‘xtaydigan joyni bildira…
  1. A
  2. B
  3. C
  4. D

To'g'ri javob: C

YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.33 belgiga asosan, «To‘xtash chizig‘i». Svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida transport vositalari to‘xtaydigan yo‘nalishini bildiradi.

6. Chap qo‘lni yonga cho‘zish yoki o‘ng qo‘lni tirsakdan to‘g‘ri burchak ostida bukib, yuqoriga ko‘tarish ishorasi nimani bildiradi?

Chap qo‘lni yonga cho‘zish yoki o‘ng qo‘lni tirsakdan to‘g‘ri burchak ostida bukib, yuqoriga ko‘tarish ishorasi nimani…
  1. Chapga burilishni yoki qayrilib olishni
  2. O‘ngga burilish yoki qayrilib olishni
  3. To‘xtashni

To'g'ri javob: Chapga burilishni yoki qayrilib olishni

Yo‘l harakati qoidalarining 45 bandiga asosan, haydovchi harakatlanishni boshlashdan, qayta tizilishdan, burilish (qayrilib olish)dan va to‘xtashdan oldin tegishli yo‘nalishni ko‘rsatuvchi yorug‘lik ishoralarini yoqishi, ular bo‘lmaganda yoki ishlamaganda qo‘l bilan ishoralar berishi shart. Chapga burilish (qayrilib olish)ni bildiruvchi ishoraga chap qo‘lni yonga uzatish yoki o‘ng qo‘lni tirsakdan to‘g‘ri burchak ostida bukib, yuqoriga ko‘tarish mos keladi.

7. Arterial qon ketish alomatlarini ko‘rsating:

  1. Qon tomirlaridan pushti rangli qon kuchli pulsatsiya bilan otilib chiqadi
  2. Qon tomirlaridan to‘q qizil rangdagi qon sizib oqib chiqadi
  3. Mayda qon tomirlaridan ichki a’zolarga qonning oqib chiqishi kuzatiladi

To'g'ri javob: Qon tomirlaridan pushti rangli qon kuchli pulsatsiya bilan otilib chiqadi

Yo‘l - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, arterial qon ketish alomatlari, qon tomirlaridan pushti rangli qon kuchli pulsatsiya bilan otilib chiqishi hisoblanadi.

8. Ushbu holatda qaysi transport vositasi yo‘l berishi kerak?

Ushbu holatda qaysi transport vositasi yo‘l berishi kerak?
  1. Yengil avtomobil
  2. Yuk avtomobili

To'g'ri javob: Yuk avtomobili

YHQ 10-bobi 75-bandi: Agar biror to‘siq sababli qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanish qiyin bo‘lsa, to‘siq o‘z tomonida bo‘lgan haydovchi yo‘l berishi kerak

9. Sekinlashish bo‘lagi bo‘lgan yo‘llarda burilmoqchi bo‘lgan haydovchi qachon tezlikni kamaytirishi lozim?

Sekinlashish bo‘lagi bo‘lgan yo‘llarda burilmoqchi bo‘lgan haydovchi qachon tezlikni kamaytirishi lozim?
  1. Sekinlashish bo‘lagiga o‘tguncha
  2. Sekinlashish bo‘lagiga o‘tgach

To'g'ri javob: Sekinlashish bo‘lagiga o‘tgach

Yo‘l harakati qoidalarining 61 bandiga asosan, sekinlashish bo‘lagi bor bo‘lgan yo‘lda burilmoqchi bo‘lgan haydovchi o‘z vaqtida ushbu tasmaga qayta tizilishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak.

10. Qattiq ulagichda shatakka olingan avtobusda yoki trolleybusda odam tashishga ruxsat etiladimi?

Qattiq ulagichda shatakka olingan avtobusda yoki trolleybusda odam tashishga ruxsat etiladimi?
  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

Yo‘l harakati qoidalarining 143 bandiga asosan, qattiq yoki egiluvchan ulagich bilan shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish qisman ortish yo‘li bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar bo‘lishi taqiqlanadi.

11. G‘ildiraklarning yo‘l bilan ilashishi yo‘qolganda (kuchli yomg‘ir, sel yoki suv toshgan yo‘l qismlari) haydovchi:

  1. Dvigatel bilan tormozlash orqali tezlikni kamaytirishi lozim
  2. Tezlikni oshirishi lozim
  3. Tormoz tepkisini keskin bosish bilan tezlikni kamaytirishi lozim

To'g'ri javob: Dvigatel bilan tormozlash orqali tezlikni kamaytirishi lozim

Yomg'ir yog'ayotganida g'ildiraklar bilan qoplama orasida albatta suv qoladi (ayniqsa yedirilgan shina protektorida) va bu o'z navbatida "Suv ponasi"ni hosil qiladi. Oqibatda g'ildiraklar sirpana boshlaydi. Bunda haydovchi tezlikni dvigatel yordamida pasaytirishi kerak, aks holda tezlikning keskin pasayishi avtomobilning sirpanib ketishiga olib keladi.

12. Venoz qon ketish alomatlarini ko‘rsating:

  1. Qon tomirlaridan pushti rangli qon kuchli pulsatsiya bilan otilib chiqadi
  2. Qon tomirlaridan to‘q qizil rangdagi qon sizib oqib chiqadi
  3. Mayda qon tomirlaridan ichki a’zolarga qonning oqib chiqishi kuzatiladi

To'g'ri javob: Qon tomirlaridan to‘q qizil rangdagi qon sizib oqib chiqadi

Yo‘l - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, venoz qon ketish alomatlari, qon tomirlaridan to‘q qizil rangdagi qon sizib oqib chiqishi hisoblanadi.

13. Yengil avtomobil tirkamasi burilishda qanday trayektoriya bo‘yicha harakatlanadi?

  1. Burilish markaziga nisbatan avtomobil trayektoriyasidan tashqarida
  2. Avtomobil burilish trayektoriyasi bo‘yicha
  3. Burilish markaziga nisbatan avtomobil trayektoriyasidan ichkarida

To'g'ri javob: Burilish markaziga nisbatan avtomobil trayektoriyasidan ichkarida

Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, yengil avtomobil tirkamasi burilishda burilish markaziga nisbatan avtomobil trayektoriyasidan ichkarida harakatlanadi.

14. Chorrahada qaysi avtomobil yo‘l berishi kerak?

Chorrahada qaysi avtomobil yo‘l berishi kerak?
  1. Ko‘k avtomobil
  2. Qizil avtomobil

To'g'ri javob: Qizil avtomobil

YHQ 16-bobi 107-bandi: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo‘ldan qarama-qarshi yo‘nalishdan to‘g‘riga yoki o‘ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak.

15. Agar biror-bir to‘siq sababli qarama–qarshi yo‘nalishlarda harakatlanish qiyin bo‘lsa kim yo‘l berishi kerak?

Agar biror-bir to‘siq sababli qarama–qarshi yo‘nalishlarda harakatlanish qiyin bo‘lsa kim yo‘l berishi kerak?
  1. To‘siq bo‘lmagan tomondagi haydovchi
  2. To‘siq o‘z tomonida bo‘lgan haydovchi

To'g'ri javob: To‘siq o‘z tomonida bo‘lgan haydovchi

Yo‘l harakati qoidalarining 75 bandiga asosan, agar biror to‘siq sababli qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanish qiyin bo‘lsa, to‘siq o‘z tomonida bo‘lgan haydovchi yo‘l berishi kerak.

16. Ko‘rsatilgan belgilardan qaysi biri haydovchilarni oldinda to‘suvchi qurilma borligi haqida ogohlantiradi?

Ko‘rsatilgan belgilardan qaysi biri haydovchilarni oldinda to‘suvchi qurilma borligi haqida ogohlantiradi?
  1. A
  2. B
  3. C

To'g'ri javob: C

YHQ 1-ilovasining 1-bo'limidagi 1.34. "Diqqat, boshqariladigan to'siq" yo'l belgisi boshqariladigan to'suvchi qurilmasiga yetmasdan o'rnatiladi va transport vositalari haydovchilarini oldinda to'suvchi qurilma borligi haqida ogohlantiradi.

17. Ushbu belgilardan qaysi biri bir yoki bir necha tasmalarda harakatlanish yo‘nalishi qarama-qarshi tomonga o‘zgarishi mumkin bo‘lgan yo‘l qismining boshlanishini bildiradi?

Ushbu belgilardan qaysi biri bir yoki bir necha tasmalarda harakatlanish yo‘nalishi qarama-qarshi tomonga o‘zgarishi mu…
  1. A
  2. B
  3. C

To'g'ri javob: C

YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.35 belgiga asosan, «Reversiv harakatlanish». Bir yoki bir necha tasmalarda harakatlanish yo‘nalishi qarama-qarshi tomonga o‘zgarishi mumkin bo‘lgan yo‘l qismining boshlanishini bildiradi.

18. Turar joy dahalaridan chiqishda haydovchilar:

Turar joy dahalaridan chiqishda haydovchilar:
  1. Boshqa harakat qatnashchilariga yo‘l berishi kerak.
  2. Boshqa harakat qatnashchilariga nisbatan imtiyozga ega.

To'g'ri javob: Boshqa harakat qatnashchilariga yo‘l berishi kerak.

Yo‘l harakati qoidalarining 126 bandiga asosan, turar joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga yo‘l berishlari ker

19. “Imtiyoz” atamasiga tegishli tarifni ko‘rsating

  1. Yo‘l harakati qatnashchilariga nisbatan imtiyozi bo‘lgan boshqa yo‘l harakati qatnashchisining harakat yo‘nalishi yoki tezligini o‘zgartirishga majbur etishi mumkin bo‘lgan hollarda harakatni davom ettirmasligini yoki boshlamasligini, biror-bir manyovr bajarishi mumkin emasligini bildiruvchi talab.
  2. Mo‘ljallangan yo‘nalishda boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi.

To'g'ri javob: Mo‘ljallangan yo‘nalishda boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi.

Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, imtiyoz — mo‘ljallangan yo‘nalishda boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi.

20. Tumanga qarshi chiroqlarni qorong‘i vaqtda yo‘lning yoritilmagan qismlarida uzoqni yorituvchi chiroqlar bilan birga qo‘llash mumkinmi?

Tumanga qarshi chiroqlarni qorong‘i vaqtda yo‘lning yoritilmagan qismlarida uzoqni yorituvchi chiroqlar bilan birga qo‘…
  1. Ha
  2. Yo‘q

To'g'ri javob: Ha

Yo‘l harakati qoidalarining 137 bandiga asosan, quyidagi hollarda tumanga qarshi fara chiroqlaridan foydalanish mumkin: sutkaning qorong‘i vaqtida yo‘lning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan birga.