1. M2 toifadagi avtotransport vositalarining boshqaruv qurilmasidagi qanday eng katta lyuft yig‘indisiga yo‘l quyiladi:
10 daraja
20 daraja
25 daraja
To'g'ri javob: 20 daraja
Yo‘l harakati qoidalariga 3-ilova 2.1 bandiga asosan, boshqaruv qurilmasining lyuft yig‘indisi reglament (qat’iy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda quyidagi ko‘rsatkichdan katta bo‘lmasligi kerak: M2 – 20 daraja.
2. Turar joy dahalarida qanday eng katta tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi?
30 km/s
20 km/s
40 km/s
5 km/s
To'g'ri javob: 20 km/s
YHQ 11 – bob 78 – bandiga asosan: Aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetmasdan va o‘tib ketib 300 metrdan kam masofada soatiga 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
3. Kunning qorong‘i vaqtida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi tezlikni tanlashda qanday eng asosiy hal qiluvchi omilni e'tiborga olishi kerak?
Yo‘l harakati qoidalarida o‘rnatilgan tezlik chegaralarini.
Transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘rsatilgan tezlik chegarasini.
Ko‘rinish sharoitini.
To'g'ri javob: Ko‘rinish sharoitini.
Kechasi harakatlanganda tezlikni tanlash juda muhim holat hisoblanadi. Bunday holda, asosiy shartni hisobga olish kerak – haydovchiga yetarli darajada yo'lning ko'rinish masofasi to'xtash yo'li masofasidan ortiq bo'lishi shart.
4. Qaysi rasmda ajratuvchi mintaqasi bor bo‘lgan yo‘l ko‘rsatilgan?
Har ikkisida
O‘ng tarafdagisida
Chap tarafdagisida
To'g'ri javob: O‘ng tarafdagisida
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, ajratuvchi mintaqa — yo‘lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l sathidan ko‘tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan baland qismi.
5. Ushbu chorrahada avtobus haydovchisi kimga yo‘l berishi kerak?
Hech kimga
Qizil avtomobil
Ko‘k avtomobilga
To'g'ri javob: Ko‘k avtomobilga
Yo‘l harakati qoidalarining 106 bandiga asosan, Asosiy yo‘lning yo‘nalishi chorrahada o‘zgarganda, asosiy yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilar o‘zaro teng ahamiyatli yo‘llar chorrahasidan o‘tish qoidasiga amal qilishlari kerak.
Ikkinchi darajali yo‘llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o‘zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.
6. Agar avtomobilning o‘ng g‘ildiraklari nam qoplamali yo‘l yoqasiga chiqib qolsa, tavsiya etiladi:
Avtomobilni tormozlash va to‘liq to‘xtatish
Avtomobilni tormozlamasdan yo‘lning qatnov qismiga ohista ravon burish
Avtomobilni tormozlab, yo‘lning qatnov qismiga ohista ravon burish
To'g'ri javob: Avtomobilni tormozlamasdan yo‘lning qatnov qismiga ohista ravon burish
Harakatlanishda avtomobil o'ng g'ildiraklarining yumshoq va nam yo'l yoqasida chiqishi o'ng va chap g'ildiraklar ilashish koeffisientlarining turlicha bo'lishiga va bu o'z navbatida avtomobilning sirpanib ketishiga olib keladi. Bunday vaziyatda tezlikni pasaytirmay, ya'ni tormoz tepkisini bosmay rul chambaragini asta burib qatnov qismiga yo'naltirish kerak. Ushbu holatda tormozlash ham avtomobilning sirpanishiga olib keladi.
7. Ushbu qo‘shimcha axborot yo‘l belgisi bildiradi:
Barcha turdagi transport vositalarining to‘xtab turish uchun yo‘lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo‘yish usulini
Mexanik transport vositalarining to‘xtab turish joyini
Yengil avtomobillarning to‘xtab turish joyini
To'g'ri javob: Barcha turdagi transport vositalarining to‘xtab turish uchun yo‘lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo‘yish usulini
YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.6.1 belgiga asosan, “Transport vositasini to‘xtab turish joyiga qo‘yish usuli”. 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini to‘xtab turishi uchun yo‘lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo‘yish usulini bildiradi.
8. Aylanma harakatlanish chorrahasida...
Harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega
Harakatlanayotgan transport vositalariga nisbatan aylanaga kirib kelayotgan transport vositalari ustunlikka (imtiyozga) ega
To'g'ri javob: Harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega
Yo‘l harakati qoidalarining 98 bandi 3 xatboshiga asosan, aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.
9. Muskul va paylarning ezilishi hamda cho‘zilishi alomatlari qanday?
Jarohatlangan joyda og‘riq seziladi.
Jarohatlangan joyda shish paydo bo‘ladi, og‘riq seziladi, ba’zan shu joyda mayda kapillyar qon tomirlari yorilib, qon quyilishi natijasida ko‘karish paydo bo‘ladi.
To'g'ri javob: Jarohatlangan joyda shish paydo bo‘ladi, og‘riq seziladi, ba’zan shu joyda mayda kapillyar qon tomirlari yorilib, qon quyilishi natijasida ko‘karish paydo bo‘ladi.
Yo‘l - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, muskul va paylarning ezilishi hamda cho‘zilishi alomatlari, jarohatlangan joyda shish paydo bo‘lishi, og‘riq sezilishi, ba’zan shu joyda mayda kapillyar qon tomirlari yorilib, qon quyilishi natijasida ko‘karish paydo bo‘lishi hisoblanadi.
10. Chapga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo‘lning qatnov qismidan o‘tayotgan piyodalarga yo‘l berishi kerakmi?
Ha, barcha hollarda o‘tkazishi kerak
Ha, agarda piyodalar o‘tish joyi bo‘lsa
To'g'ri javob: Ha, barcha hollarda o‘tkazishi kerak
Yo‘l harakati qoidalarining 96 bandiga asosan, chapga yoki o‘ngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo‘lning qatnov qismidan o‘tayotgan piyoda(lar)ga, shuningdek velosiped yo‘lkasidan yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchi(lar)ga yo‘l berishi kerak.
11. Tik nishabliklarda dvigatel bilan tormozlashda qiyalikka nisbatan qanday uzatma tanlanadi?
Nishablik qancha qiya bo‘lsa uzatma pog‘onasi shuncha past tanlanadi
Nishablik qancha qiya bo‘lsa uzatma pog‘onasi shuncha yuqori tanlanadi
Pog‘ona tanlashning nishablikka aloqasi yo‘q
To'g'ri javob: Nishablik qancha qiya bo‘lsa uzatma pog‘onasi shuncha past tanlanadi
Tik nishablikda harakatlanayotganida haydovchi qancha past uzatmani tanlasa, dvigatel yordamida tormozlash shunchalik samara beradi. Shuning uchun nishablik qanchalik tik bo'lsa, uzatmani ham shunchalik past tanlash kerak.
12. Tumanga qarshi old chiroqlarni qorong‘i vaqtda, yo‘lning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar bilan birga qo‘llash mumkinmi?
Mumkin
Mumkin emas
To'g'ri javob: Mumkin
Yo‘l harakati qoidalarining 137 bandiga asosan, quyidagi hollarda tumanga qarshi fara chiroqlaridan foydalanish mumkin: sutkaning qorong‘i vaqtida yo‘lning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan birga.
13. Ajratuvchi mintaqa - ...
Yo‘lning relssiz transport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan qismi
Avtomobillarning bir qator bo‘lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo‘lgan, yo‘l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo‘l qatnov qismining har qanday bo‘ylama bo‘lagi
Yo‘lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l sathidan ko‘tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan baland qismi
To'g'ri javob: Yo‘lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l sathidan ko‘tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan baland qismi
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, ajratuvchi mintaqa — yo‘lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l sathidan ko‘tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan baland qismi.
14. Qaysi belgi haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berish lozimligini bildiradi?
A
B
C
D
B va D
To'g'ri javob: B va D
YHQ 1-ilovasining 2-bo‘limidagi 2.4 belgiga asosan, «Yo‘l bering!». Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.
YHQ 1-ilovasining 2-bo‘limidagi 2.5 belgiga asosan, «To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan». To‘xtash chizig‘i oldida, agar u bo‘lmasa, kesib o‘tiladigan qatnov qismining chetida to‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak.
Bu belgi temir yo‘l kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin o‘rnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i oldida, u bo‘lmasa, belgi oldida to‘xtashi kerak.
15. “Aholi punkti” atamasi nimani bildiradi?
Kirish va chiqish yo‘llari 5.22 — 5.25 belgilari bilan belgilangan hududni
Aholi yashaydigan hududni
Shahar, qishloq joylari hududini
To'g'ri javob: Kirish va chiqish yo‘llari 5.22 — 5.25 belgilari bilan belgilangan hududni
Yo‘l harakati qoidalarining 6-bandiga asosan, aholi punkti — kirish va chiqish yo‘llari 5.22 — 5.25 yo‘l belgilari bilan belgilangan hudud.
16. Yo‘l harakati xavfsizligi – …
Yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo‘l harakati holati
Yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablarini oldini olishga, ularning og‘ir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat
To'g'ri javob: Yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo‘l harakati holati
YHQ 1-ilova Umumiy qoidalar: Yo‘l harakati xavfsizligi – yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo‘l harakati holati.
17. Ushbu ko‘rsatilgan holatda kim yo‘l berishi kerak?
Avtomobil haydovchisi
Mototsikl haydovchisi
To'g'ri javob: Mototsikl haydovchisi
Yo‘l harakati qoidalarining 61 bandi 2 xatboshiga asosan, yo‘lga chiqish joyida tezlashish bo‘lagi bo‘lsa, haydovchi unda harakatlanishi va qo‘shni tasmada harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berib, transport oqimiga qo‘shilishi kerak.
18. Balandlikda (nishablikda) trotuar yo'q yo'lda to'xtagan avtomobilni o'z-o'zidan harakatlanib ketishini oldini olish maqsadida oldingi g'ildiraklarni qanday burib qo'yish kerak?
A va D.
B va C.
A va C.
B va D.
To'g'ri javob: A va D.
Nishablikda (A va B holatlar) yoki balandlikda (C va D holatlar) yo'l yoqasida to'xtaganda haydovchi to'xtab turish tormozidan foydalanish bilan bir qatorda, qatnov qismi tomonga o'z-o'zidan harakatlanib ketishini oldini olish maqsadida avtomobil g'ildiraklarini burib qo'yish kerak. Old g'ildiraklarni A va D avtomobillarining haydovchilari to'g'ri burib qo'yganlar.
Yo‘l - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, shokning belgilari quyidagilar:
- Teri va shilliq qavatlarning oqarishi;
- Kuchli ter ajralishi;
- Og‘iz qurishi, chanqoqlik, nafas olishning tezlashuvi;
- Es - hushning noaniqligi, behush holat.
20. Ushbu belgilardan qaysi biri oldinda yo‘l qoplamasi ustida sun’iy notekislik borligi haqida ogohlantiradi?