1. Qanday hollarda yo‘lning burilish qismlarida yengil avtomobil ag‘darilishga qarshi turg‘unroq?
Yuksiz va yo‘lovchilarsiz
Yo‘lovchilar bilan yuksiz
Yo‘lovchilarsiz, yuqori yukxonasida yuki bilan
To'g'ri javob: Yuksiz va yo‘lovchilarsiz
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, yo‘lning burilish qismlarida og‘irlik markazi pastroq bo‘lganligi sababli, yuksiz va yo‘lovchilarsiz yengil avtomobil ag‘darilishga qarshi turg‘unroq hisoblanadi.
2. Qaysi javobda orqaga harakatlanish taqiqlangan joylar ko‘rsatilgan?
Piyodalarning o‘tish joylarida
Tunnellarda
Chorrahalarda
Barcha javoblar to‘g‘ri
To'g'ri javob: Barcha javoblar to‘g‘ri
Yo‘l harakati qoidalarining 63 bandiga asosan, transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashi va yo‘l harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit bermasligi shart. Zarurat tug‘ilganda haydovchi boshqa shaxslarning yordamidan foydalanishi kerak.
Orqaga harakatlanish chorrahalarda va ushbu Qoidalarning 62-bandiga muvofiq qayrilib olish mumkin bo‘lmagan joylarda taqiqlanadi.
Yo‘l harakati qoidalarining 62 bandiga asosan, quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi: piyodalarning o‘tish joylarida; tunnellarda; ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, estakadalar va ularning ostida (tegishli yo‘l belgilari bilan bunday manyovrni bajarish ruxsat berilgan yo‘l qismlari bundan mustasno); temir yo‘l kesishmalarida; yo‘lning ko‘rinishi biror-bir yo‘nalishda 100 metrdan kam bo‘lgan joylarda.
3. 108 km/s tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi 1 soniyada qancha masofani bosib o‘tadi?
15 m
25 m
30 m
To'g'ri javob: 30 m
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, 108 km/s tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi 1 sekundda 30 m masofani bosib o‘tadi.
4. Qaysi transport vositasiga harakatlanish taqiqlangan?
Mototsiklga
Xech kimga taqiqlanmagan
Yuk avtomobiliga
To'g'ri javob: Yuk avtomobiliga
Yo‘l harakati qoidalarining 38 bandiga asosan, Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma’noni bildiradi: O‘ng qo‘li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo‘nalishlarda;
oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o‘ngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o‘ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib o‘tishga ruxsat etiladi.
Ushbu vaziyatda yuk avtomobiliga harakatlanish taqiqlangan.
5. Haydovchi o‘zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi bilan qancha oraliq masofa saqlab harakatlanishi kerak?
20 m
50 m
Haydovchi o‘zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganida to‘qnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani saqlashi kerak
To'g'ri javob: Haydovchi o‘zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganida to‘qnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani saqlashi kerak
Yo‘l harakati qoidalarining 73 bandiga asosan, haydovchi o‘zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganda, to‘qnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.
6. Ushbu yo‘l belgisi:
Qatnov qismida to‘suvchi qurilma borligini bildiradi
Chorraha oldida to‘suvchi qurilma borligini bildiradi
Oldinda boshqariladigan to‘suvchi qurilma borligini bildiradi
To'g'ri javob: Oldinda boshqariladigan to‘suvchi qurilma borligini bildiradi
Znak 1.34 razdela 1 prilojeniya № 1 k PDD, «Vnimaniye, zagraditelnoye ustroystvo». Znak ustanavlivayetsya v mestax, oborudovannim zagraditelnim ustroystvom, i preduprejdayet voditeley transportnix sredstv o nalichii zagraditelnogo ustroystva.
7. Chorrahani oxirgi bo‘lib kesib o‘tadi:
Qizil avtomobil
Oq avtomobil, sariq bilan bir vaqtda
Sariq avtomobil
To'g'ri javob: Oq avtomobil, sariq bilan bir vaqtda
Yo‘l harakati qoidalarining 104 bandi 1 xatboshiga asosan, teng ahamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo‘ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo‘nalishidan qat’iy nazar, yo‘l berishi kerak.
Yo‘l harakati qoidalarining 107 bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo‘ldan qarama-qarshi yo‘nalishdan to‘g‘riga yoki o‘ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak.
Ushbu chorrahani yashil avtomobil birinchi, qizil avtomobil ikkinchi oq avtomobil, sariq bilan bir vaqtda oxirgi bo‘lib kesib o‘tadi.
8. Chap tomondagi yondosh hududdan foydalanib qayrilib olishning ko‘rsatilgan qaysi usuli harakat xavfsizligini ta'minlaydi?
Faqat o‘ng tomondagi rasmda
Ikkisida ham
Faqat chap tomondagi rasmda
To'g'ri javob: Faqat o‘ng tomondagi rasmda
Tor yo'llarda chap tomondagi yondosh xududdan foydalanib qayrilib olishning xavfsiz usuli o'ngdagi suratda aks ettirilgan. Bunda haydovchi nafaqat o'z harakatlanish trayektoriyasini, balki o'zi chiqayotgan bo'lakdagi vaziyatni ham to'liq nazorat qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.
9. Shatakka olingan avtobusda odam tashishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat beriladi
Taqiqlanadi
Faqat o‘tirgan holda tashishga ruxsat beriladi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
Yo‘l harakati qoidalarining 143 bandiga asosan, qattiq yoki egiluvchan ulagich bilan shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish qisman ortish yo‘li bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar bo‘lishi taqiqlanadi.
10. Piyodalar to‘xtab turgan avtobus va trolleybusning qaysi tomonidan yo‘lni kesib o‘tishlari kerak?
Oldi tomonidan
Orqa tomonidan
Istalgan tomonidan
To'g'ri javob: Orqa tomonidan
Yo‘l harakati qoidalarining 19 bandi 4 xatboshiga asosan, piyodalar to‘xtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tramvayning esa oldi tomonidan yo‘lni kesib o‘tishlari shart.
11. Chapga burilayotgan sariq avtomobil haydovchisi qaysi tasmani egallashi kerak?
Chap tasmani
O‘rta tasmani
Istalgan tasmani
O‘ng tasmani
To'g'ri javob: Istalgan tasmani
YHQ 9-bobi 57-bandi: Burilishni shunday amalga oshirish kerakki, bunda qatnov qismlarining kesishmasidan chiqayotgan transport vositasi qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakat tomoniga o‘tib ketmasligi kerak. O‘ngga burilayotgan transport vositasi iloji boricha qatnov qismining o‘ng tomoniga yaqinroqda harakatlanishi kerak.
12. O‘ng tomondagi yondosh hududdan foydalanib qayrilib olishning ko‘rsatilgan qaysi usuli harakat xavfsizligini ta'minlaydi?
Faqat chap tomondagi suratda
Faqat o‘ng tomondagi suratda
Har ikki suratda
To'g'ri javob: Faqat chap tomondagi suratda
Tor yo'llarda o'ng tomondagi yondosh xududdan foydalanib qayrilib olishning xavfsiz usuli chapdagi suratda aks ettirilgan. Bunda haydovchi nafaqat o'z harakatlanish trayektoriyasini, balki o'zi chiqayotgan bo'lakdagi vaziyatni ham to'liq nazorat qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.
13. M toifadagi avtotransport vositalari bu:
Kamida to‘rt g‘ildirakka ega bo‘lgan va yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan mexanik transport vositalari
Yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 3,5 t dan oshmaydigan avtotransport vositalari
Tirkamalar (yarim tirkamalar ham)
To'g'ri javob: Kamida to‘rt g‘ildirakka ega bo‘lgan va yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan mexanik transport vositalari
Yo‘l harakati qoidalariga 3-ilova 7.22 bandiga asosan, M toifasi — kamida to‘rt g‘ildirakka ega bo‘lgan va yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan mexanik transport vositalari.
14. Ushbu yo‘l belgisi qanday nomlanadi?
Yuk avtomobillari bilan quvib o‘tish taqiqlangan
Katta o‘lchamli yuklarni tashish taqiqlangan
Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan
To'g'ri javob: Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan
YHQ, 1 ilova 3.32: “Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan”.
15. Yo‘lning qatnov qismi:
Yo‘lning relssiz transport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan qismi
Yo‘lning transport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan qismi
Yo‘lning avtomobillar harakati uchun mo‘ljallangan qismi
To'g'ri javob: Yo‘lning relssiz transport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan qismi
Yo‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, qatnov qismi — yo‘lning relssiz transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qismi.
16. Qaysi rasmdagi avtomobil haydovchisi yuk tashish qoidasini buzayapti?
A
B
A va B
To'g'ri javob: A
Yo‘l harakati qoidalari 163 bandiga asosan, transport vositasining gabaritlaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan, yon tomonga gabaritning chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk «Katta o‘lchamli yuk» taniqlik belgisi bilan belgilanishi kerak.
17. Chorraxani oxirgi bo‘lib qaysi transport vositasi kesib o‘tadi?
Ko‘k avtomobil
Qizil avtomobil
Yashil avtomobil
To'g'ri javob: Qizil avtomobil
Yo‘l harakati qoidalarining 105 bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o‘ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yo‘nalishidan qat’iy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o‘tish huquqiga ega bo‘ladi.
Yo‘l harakati qoidalarining 107 bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo‘ldan qarama-qarshi yo‘nalishdan to‘g‘riga yoki o‘ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak.
Ushbu chorrahada qizil avtomobil harakatni boshlaydi va ko‘kni o‘tkazib yuborish uchun chorrahada to‘xtaydi. Yashil avtomobil birinchi, ko‘k ikkinchi va qizil avtomobil oxirida harakatni yakunlaydi.
18. Haydovchi yo‘lning relssiz transport vositalari harakatlanayotgan tasmalar sonini belgilaydigan chiziqlar yoki yo‘l belgilar bo‘lmasa, tasmalar sonini qanday aniqlash kerak?
Qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit o‘lchamlarini hisobga olgan holda, o‘zi aniqlaydi
Bunday yo‘lni ikki tasmali qarama-qarshi harakat tashkil qilingan yo‘l deb qabul qilish kerak
To'g'ri javob: Qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit o‘lchamlarini hisobga olgan holda, o‘zi aniqlaydi
19. Balandlikda yo‘l chetida to‘siq mavjud bo‘lganda to‘xtagan avtomobilni joyidan g‘ildirab ketishining oldini olish uchun oldingi g‘ildiraklarni burib qo‘yish usuli qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
B va C
B va D
A va D
A va C
To'g'ri javob: A va C
G'ildiraklarni shunday burib qo'yish kerakki, bunda avtomobillar tasodifan yurib ketganda qatnov qismiga chiqib ketmasdan trotuar bordyuriga qadalib qolsin. Belgiga ko'ra pastdan yuqoriga qarab yo'lning ko'tarilishi ko'rsatilgan. A avtomobilining oldingi g'ildiraklari bordyurga qadaladi. C avtomobili ham oldingi g'ildiraklari bilan bordyurga qadalib, yurib keta olmaydi. B avtomobili to'g'ridan-to'g'ri qatnov qismiga chiqib ketadi. Orqa g'ildiraklari bordyurga qadalgungacha D avtomobili ham yo'lga chiqib ketadi, natijada avtomobil yo'lga ko'ndalang bo'lib qolib, harakatlanish bo'lagining bir qismini yopib qo'yadi. Old g'ildiraklarni A va C avtomobillarining haydovchilari to'g'ri burib qo'yganlar.
20. Qaysi yo‘l belgilari yo‘nalishsiz transport vositalariga chapga burilishni taqiqlaydi?
Faqat “A”
“A” va “B”
Hammasi
“A” va “C”
To'g'ri javob: “A” va “C”
YHQ 1-ilovaning quyidagi bandlar: 5.10.2, 5.10.3. “Yunalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘lga chiqishi”. 5.11.1. “Qayrilib olish joyi”. Chapga burilish taqiqlanadi.