1. Chorraxadan uchinchi bo‘lib qaysi avtomobil kesib o‘tadi:
Ko‘k avtomobil
Yashil avtomobil
Qizil avtomobil
To'g'ri javob: Qizil avtomobil
Yo‘l harakati qoidalarining 106 bandiga asosan, Asosiy yo‘lning yo‘nalishi chorrahada o‘zgarganda, asosiy yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilar o‘zaro teng ahamiyatli yo‘llar chorrahasidan o‘tish qoidasiga amal qilishlari kerak.
Ikkinchi darajali yo‘llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o‘zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.
Yo‘l harakati qoidalarining 25 bandiga asosan, tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar yoqilgan transport vositalarining haydovchilari kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, harakatlanish xavfsizligini ta’minlash sharti bilan ushbu Qoidalarning 7-bobi (tartibga soluvchining ishoralaridan tashqari), 9 — 16, 19-20 va 22 boblari, 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin.
2. Ushbu “50” yozuvli yo‘l chizig‘i nimani bildiradi?
Yo‘l yoki marshrut raqamini
Yo‘lning ushbu qismida tavsiya etilgan tezlikni
Yo‘lning ushbu qismida ruxsat berilgan eng yuqori tezlikni
To'g'ri javob: Yo‘lning ushbu qismida ruxsat berilgan eng yuqori tezlikni
YHQ 2-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.28 yo‘l chizig‘iga asosan, taqiqlovchi yo‘l belgilarini takrorlovchi yo‘l chizig‘i.
3. Qaysi rasmdagi avtomobil haydovchisi yuk tashish qoidasini buzayapti?
A
B
A va B
To'g'ri javob: A va B
Yo‘l harakati qoidalari 163 bandi 8 xatboshiga asosan, yengil avtomobilning tom qismiga o‘rnatilgan yukxonasidagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmasa yuk tashishga yo‘l qo‘yiladi.
4. Qo‘l oyoq uchlari (tirsakdan past qismi, boldir) sinishida transport shinalari yoki ularni qo‘lda yasash uchun vositalar bo‘lmasa birinchi tibbiy yordam qanday ko‘rsatiladi?
Qo‘llarni tana bo‘ylab cho‘zgan holda tanaga bog‘lash, oyoqlarni orasiga yumshoq mato qo‘yib bir-biriga bog‘lash
Qo‘llarni tirsakdan bukib, ro‘molga osgan holda tanaga bog‘lash, oyoqlarni orasiga albatta yumshoq mato qo‘yib bir-biriga bog‘lash
Qo‘llarni tirsakdan bukib, ro‘molga osgan holda tanaga bog‘lash, oyoqlarni bir-biriga yaxshilab jipslab tekkazib bog‘lash
To'g'ri javob: Qo‘llarni tirsakdan bukib, ro‘molga osgan holda tanaga bog‘lash, oyoqlarni orasiga albatta yumshoq mato qo‘yib bir-biriga bog‘lash
Yo‘l - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, qo‘l oyoq uchlari (tirsakdan past qismi, boldir) sinishida transport shinalari yoki ularni qo‘lda yasash uchun vositalar bo‘lmasa birinchi tibbiy yordam, qo‘llarni tirsakdan bukib, ro‘molga osgan holda tanaga bog‘lash, oyoqlarni orasiga albatta yumshoq mato qo‘yib bir-biriga bog‘lash orqali ko‘rsatiladi.
5. Ko'rsatilgan belgilardan qaysi biri texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko'ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo'lgan transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi?
Faqat A.
Faqat C.
A va B.
To'g'ri javob: Faqat A.
YHQ 1-ilovasining 5-bo'limi 5.1 "Avtomagistral" belgisiga muvofiq, yo'l harakati qoidalarining avtomagistrallarda harakatlanish tartibi o'rnatilgan yo'lni bildiradi. Avtomagistrallarda texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko'ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
6. Qaysi holatlarda aholi punktlarida tovushli ishoralardan foydalanish mumkin?
Faqat zarur bo‘lgan hollarda yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun
Faqat boshqa haydovchilarni quvib o‘tish haqida ogohlantirish uchun
Barcha javoblarda ko‘rsatilgan holatlarda
To'g'ri javob: Faqat zarur bo‘lgan hollarda yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun
YHQ 8-bobi 48-bandi: Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o‘tish haqida ogohlantirish uchun; zarur bo‘lgan hollarda yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun. Yuqorida ko‘rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.
7. Transport vositasining ruxsat etilgan to‘la vazni bu - ...
Aslahalangan transport vositasining ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan, yuk, haydovchi va yo‘lovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (o‘lchovi)
Transport vositasining yuki, haydovchi va yo‘lovchilari bilan birgalikdagi vazni
Aslahalangan transport vositasining ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan, yuksiz, haydovchisiz va yo‘lovchilarsiz eng yuqori vazni (o‘lchovi)
To'g'ri javob: Aslahalangan transport vositasining ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan, yuk, haydovchi va yo‘lovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (o‘lchovi)
YHQ umumiy qoidalar: Ruxsat etilgan to‘liq vazn jihozlangan transport vositasining ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan yuk, haydovchi va yo‘lovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (o‘lchovi).
8. Ko‘rsatilgan belgilardan qaysi biri ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga harakatlanishga ruxsat beradi?
A va B
Faqat B
A va C
To'g'ri javob: A va C
YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.3 belgiga asosan, «Avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘l». Faqat avtomobillar, avtobus va mototsikllarning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘lni bildiradi.
YHQ 1-ilovasining 3-bo‘limidagi 3.4 belgiga asosan, «Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan». Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan (agar vazni belgida ko‘rsatilmagan bo‘lsa) yoki ruxsat etilgan to‘liq vazni belgida ko‘rsatilgandan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari va transport vositalari tarkiblarining, shuningdek traktorlar, o‘ziyurar uskunalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
3.4. yo‘l belgisi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.
9. Turar joy dahalarida piyodalar yo‘lning qaysi qismida harakatlanishlari kerak?
Faqat trotuar bo‘yicha
Qatnov qismi chetida bir qator bo‘lib
Trotuardan yoki qatnov qismidan
To'g'ri javob: Trotuardan yoki qatnov qismidan
YHQ 20-bobi 123-bandi: Turar joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 yo‘l belgilari bilan belgilangan hududlar) da piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida harakatlanishga ruxsat etiladi. Bunda piyodalar imtiyozga ega bo‘ladilar, biroq ular transport vositalarining harakatlanishiga asossiz xalaqit bermasliklari kerak.
10. Chorraxadan birinchi bo‘lib qaysi transport vositasi kesib o‘tadi?
Yashil avtomobil
Qizil avtomobil
Ko‘k avtomobil
To'g'ri javob: Yashil avtomobil
Yo‘l harakati qoidalarining 105 bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o‘ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yo‘nalishidan qat’iy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o‘tish huquqiga ega bo‘ladi.
Yo‘l harakati qoidalarining 107 bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo‘ldan qarama-qarshi yo‘nalishdan to‘g‘riga yoki o‘ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak.
Ushbu chorrahada qizil avtomobil harakatni boshlaydi va ko‘kni o‘tkazib yuborish uchun chorrahada to‘xtaydi. Yashil avtomobil birinchi, ko‘k ikkinchi va qizil avtomobil oxirida harakatni yakunlaydi.
11. Tartibga solinmagan chorrahada qaysi belgi albatta to‘xtashni talab qiladi?
Faqat A
Faqat B
B va C
Hammasi
To'g'ri javob: Faqat B
YHQ 1-ilovasining 2-bo‘limidagi 2.5 belgiga asosan, «To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan». To‘xtash chizig‘i oldida, agar u bo‘lmasa, kesib o‘tiladigan qatnov qismining chetida to‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak.
Bu belgi temir yo‘l kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin o‘rnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i oldida, u bo‘lmasa, belgi oldida to‘xtashi kerak.
12. Qaysi transport vositalari yo‘nalishli transport vositalari hisoblanadi?
Belgilangan yo‘nalishi va bekatlari bo‘lgan, yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan umum foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yo‘nalishli taksi)
Yo‘lovchilarni tashuvchi istalgan transport vositalari
Avtobuslar
To'g'ri javob: Belgilangan yo‘nalishi va bekatlari bo‘lgan, yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan umum foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yo‘nalishli taksi)
YHQ umumiy qoidalar: Yo‘nalishli transport vositasi - belgilangan yo‘nalishi va bekatlari bo‘lgan, yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan umum foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yo‘nalishli taksi).
13. Chorraxadan birinchi bo‘lib kesib o‘tadi:
Yashil avtomobil
Qizil avtomobil
Ko‘k avtomobil
To'g'ri javob: Yashil avtomobil
Yo‘l harakati qoidalarining 105 bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o‘ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yo‘nalishidan qat’iy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o‘tish huquqiga ega bo‘ladi.
14. Qatnov qismi yo‘l chiziqlari bilan ajratilgan bo‘lsa haydovchilar qanday holatlarda qat’iy tasmalar bo‘yicha harakatlanishlari kerak?
Faqat harakatlanish tasmalari uzliksiz sidirg‘a chiziqlar bilan ajratilgan bo‘lsa
Faqat harakatlanish serqatnov bo‘lganda
Barcha holatlarda
To'g'ri javob: Barcha holatlarda
15. Ko‘rsatilgan belgilardan qaysilarining talabi bevosita o‘rnatilgan joyidan kuchga kiradi?
Faqat B
А va B
Hammasi
To'g'ri javob: А va B
YHQ 1-ilovasining 3-bo‘limidagi 3.24 belgiga asosan, «Yuqori tezlik cheklangan». Belgida ko‘rsatilganidan ortiq tezlikda (km/s) harakatlanish taqiqlanishini bildiradi.
YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.2.1 belgiga asosan, «Ta’sir oralig‘i». Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-ko‘rsatkich belgilarining ta’sir oralig‘ini ko‘rsatadi.
16. Chorrahadan ikkinchi bo‘lib qaysi transport vositasi kesib o‘tadi?
Yashil avtomobil tramvay bilan bir vaqtda
Qizil avtomobil
Yashil avtomobil
To'g'ri javob: Yashil avtomobil tramvay bilan bir vaqtda
Yo‘l harakati qoidalarining 100 bandiga asosan, svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha tarmoqning ko‘rsatkichli yashil ishorasi yo‘nalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yo‘nalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak.
Yo‘l harakati qoidalarining 101 bandiga asosan, agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yo‘nalishidan qat’i nazar, tramvay oldin o‘tish huquqiga ega bo‘ladi.
Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha tarmog‘ining yo‘naltirgichli yashil ishorasi yo‘nalishida harakatlanayotgan tramvay boshqa yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak.
17. Asosiy yo‘l -
Ikki tasmali yo‘lga nisbatan uch yoki undan ko‘p tasmali yo‘l
Tuproqli yoki shag‘alli yo‘lga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt va sement-betonli va shunga o‘xshashlar yotqizilgan) yo‘l
Toshli yo‘lga nisbatan asfalt qoplamali yo‘l
Barcha javoblar to‘g‘ri
To'g'ri javob: Tuproqli yoki shag‘alli yo‘lga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt va sement-betonli va shunga o‘xshashlar yotqizilgan) yo‘l
18. Old chiroqlar va orqa gabarit chiroqlari ishlamayotgan transport vositasi harakatini davom ettirishi taqiqlanadi:
Faqat yetarli ko‘rinmaslikda
Faqat kunning qorong‘i vaqtida
Barcha javoblarda ko‘rsatilgan holatlarda
To'g'ri javob: Barcha javoblarda ko‘rsatilgan holatlarda
Yo‘l harakati qoidalarining 12 bandiga asosan, haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz bo‘lgan, sutkaning qorong‘i vaqtida yoki ko‘rinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomg‘ir yoki qor yog‘ayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish.
19. Qaysi belgi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi?
Faqat A
A va B
Hammasi
To'g'ri javob: Faqat A
YHQ 1-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.20 belgiga asosan, «Piyodalar o‘tish joyi». 5.16.1, 5.16.2 belgilari va (yoki) 1.14.1 — 1.14.4 chiziqlari bilan belgilangan piyodalar o‘tish joyini bildiradi.
20. Yengil avtomobilning tormoz yo‘li tormoz tizimiga ega bo‘lmagan tirkama bilan harakatlanayotganda qanday o‘zgaradi?
Ortadi
Kamayadi, chunki tirkama harakatlanishga qo‘shimcha qarshilik ko‘rsatadi
O‘zgarmaydi
To'g'ri javob: Ortadi
Avtomobilni tirkama bilan haydash ma‘lum bir ko‘nikma talab qiladi. Tormoz yo‘li ortadi.