53-bilet savollari va javoblari

1. Ushbu yo‘l belgisi qanday nomlanadi?

Ushbu yo‘l belgisi qanday nomlanadi?
  1. Tik nishablik
  2. Tik balandlik

To'g'ri javob: Tik nishablik

2. Bu yo‘l belgisi qanday nomlanadi?

Bu yo‘l belgisi qanday nomlanadi?
  1. Piyodalarning yo‘l yoqasidan yurishi mumkin bo‘lgan hudud
  2. Piyodalarning qatnov qismidan yurishi mumkin bo‘lgan hudud
  3. Piyodalarning trotuardan yurishi mumkin bo‘lgan hudud

To'g'ri javob: Piyodalarning yo‘l yoqasidan yurishi mumkin bo‘lgan hudud

YHQ 1 ilova: 1.35 “Piyodalarning yo‘l yoqasidan yurishi mumkin bo‘lgan hudud”.

3. Belgilardan qaysi biri er usti avtomobil qo‘yish joyini bildiradi?

Belgilardan qaysi biri er usti avtomobil qo‘yish joyini bildiradi?
  1. A
  2. B
  3. C

To'g'ri javob: A

YHQ 1 ilova: 5.15.2 “Yer usti avtomobil qo‘yish joyi”.

4. Quyidagi belgilardan qaysi biri yengil avtomobillar harakati deb nomlanadi?

Quyidagi belgilardan qaysi biri yengil avtomobillar harakati deb nomlanadi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4

To'g'ri javob: 2

YHQ 1 ilova: 4.4. “Yengil avtomobillar harakati”. Yengil avtomobillar, avtobus, mototsikllar, mopedlar, skuterlar, belgilangan yo‘nalishli transport vositalari va ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakatlanishiga ruxsat etilishini bildiradi. Belgining ta’sir oralig‘ida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli, ularga va korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalariga bu belgi tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga eng yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.

5. Ko‘satilgan belgilardan qaysi biri bolalar deb nomlanadi?

Ko‘satilgan belgilardan qaysi biri bolalar deb nomlanadi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3

To'g'ri javob: 2

YHQ 1 ilova: 1.21. “Bolalar”. Bolalar muassasasi (maktablar, bolalarning dam olish maskanlari va shunga o‘xshashlar)ga yaqin yo‘lning qatnov qismidan bolalarning chiqib qolish ehtimolini bildiradi.

6. Qaysi yo‘nalishda harakatlanish taqiqlanadi?

Qaysi yo‘nalishda harakatlanish taqiqlanadi?
  1. Faqat chapga
  2. O‘ngga, chapga va orqaga qayrilib olishga
  3. Chapga va orqaga qayrilib olishga
  4. Faqat to‘g‘riga

To'g'ri javob: Faqat to‘g‘riga

YHQ 1 ilova: 4.1.6.“Harakatlanish o‘ngga yoki chapga”. Faqat belgilarada ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar yo‘nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yo‘nalishiga tegishli ko‘rsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 - 4.1.6 belgilarini qo‘llash mumkin). 4.1.1 - 4.1.6 belgilarining ta’siri yo’nalishli transport vositalariga joriy qilinmaydi. 4.1.1 - 4.1.6 yo‘l belgiları qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin o‘rnatilsa, belgining ta’siri shu kesishmaga joriy qilinadi. Yo‘ning qismi boshlanishida o‘rnatilgan 4.1.1 belgisi ta’siri yangi chorrahalarda joriy qilinadi. Belgi o‘ng tomonida joylashgan hovillarga va chap tomondan boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

7. Yovvoyi hayvonlar belgisini ko‘rsatng:

Yovvoyi hayvonlar belgisini ko‘rsatng:
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 2 va 4

To'g'ri javob: 2

YHQ 1-ilova: 1.25.1. “Yovvoyi hayvonlar”.

8. Qaysi rasmda piyoda(lar) yo‘lni qoidani buzgan holda kesib o‘tmoqda?

Qaysi rasmda piyoda(lar) yo‘lni qoidani buzgan holda kesib o‘tmoqda?
  1. Uchinchi va to‘rtinchi rasmlarda
  2. Ikkinchi va uchinchi rasmlarda
  3. Ikkinchi rasmda
  4. Uchinchi rasmda
  5. Ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi rasmlarda

To'g'ri javob: Uchinchi rasmda

YHQ 4-bobi 17-bandi: Piyodalar yo‘ning qatnov qismini piyodalar o‘tish joylaridan, shuningdek, yer osti va yer usti o‘tish joylaridan, ular bo‘lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yo‘l yoqasi bo‘ylab kesib o‘tishlari kerak. Piyodalarga ko‘rinadigan oraliqda o‘tish joyi yoki chorraha bo‘lmasa, ajratuvchi mintaqasiz va to‘siqsiz yo‘llardan yo‘lning ikki tomoni yaxshi ko‘rinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida kesib o‘tish ruxsat etiladi.

9. Quyidagi ta’rif “transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha bo‘lgan muddatga to‘xtatish (harakatsiz holatga keltirish)” qaysi atamaga tegishli?

  1. To‘xtash
  2. Majburiy to‘xtash
  3. Yo‘l berish
  4. To‘xtab turish

To'g'ri javob: To‘xtash

YHQ umumiy qoidalar 6-bandi: to‘xtash — transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha bo‘lgan muddatga to‘xtatish (harakatsiz holatga keltirish).

10. Qaysi avtomobil haydovchisi yo‘l berishi kerak?

Qaysi avtomobil haydovchisi yo‘l berishi kerak?
  1. Ko‘k avtomobil haydovchisi
  2. Yashil avtomobil haydovchisi

To'g'ri javob: Ko‘k avtomobil haydovchisi

YHQ 1 ilova: 5.38. “Turar joy dahasi”. Yo‘l harakati qoidalarining turar joy dahalarida harakatlanish tartibi o‘rnatilgan yo‘l. YHQ 9-bobi 60-bandi: Transport vositalarining harakatlanish yo‘nalishlari kesishganda va o‘tish navbati Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda, haydovchi o‘ng tomondan yaqinlashayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.

11. Qatnov qismi chetida harakatlanayotgan piyodalar qanday yurishlari kerak?

Qatnov qismi chetida harakatlanayotgan piyodalar qanday yurishlari kerak?
  1. Transport vositalarining harakatlanishiga qarama-qarshi yo'nalishda.
  2. Transport vositalarining harakati bo'ylab.
  3. Har qanday yo'nalishda.

To'g'ri javob: Transport vositalarining harakatlanishiga qarama-qarshi yo'nalishda.

YHQ 4-bobi 15-bandi 3-xatboshiga muvofiq, qatnov qismi chetida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatlanishiga qarama-qarshi yo'nalishda yurishlari kerak.

12. Bu belgi nimani bildiradi?

Bu belgi nimani bildiradi?
  1. Oldinda tirbandlik borligini
  2. Navbat bilan o‘tishni
  3. To‘xtab turish joyiga borishni

To'g'ri javob: Navbat bilan o‘tishni

YHQ 1 ilova: 7.23. “Navbat bilan o‘tish”.

13. Agar haydovchi o‘zi harakatlanayotgan yo‘lning qoplamasini bor-yo‘qligini aniqlay olmasa (qorong‘i vaqt, loy, qor) va imtiyoz belgilari bo‘lmasa?

Agar haydovchi o‘zi harakatlanayotgan yo‘lning qoplamasini bor-yo‘qligini aniqlay olmasa (qorong‘i vaqt, loy, qor) va i…
  1. O‘zini asosiy yo‘lda deb hisoblashi kerak
  2. O‘zini ikkinchi darajali yo‘lda deb hisoblashi kerak
  3. Teng ahamiyatli yo‘llar kesishgan chorrahada deb hisoblashi kerak

To'g'ri javob: O‘zini ikkinchi darajali yo‘lda deb hisoblashi kerak

YHQ 16-bobi 108-bandi: Agar haydovchi o‘zi harakatlanayotgan yo‘lning qoplamasi bor-yo‘qligini aniqlay olmasa (qorong‘i vaqt, loy, qor va boshqalar) va imtiyoz belgilari bo‘lmasa, unda u o‘zini ikkinchi darajali yo‘lda deb hisoblashi kerak.

14. Qaysi haydovchi belgi talabini buzmay to‘xtadi?

Qaysi haydovchi belgi talabini buzmay to‘xtadi?
  1. Yengil avtomobil
  2. Yuk avtomobil
  3. Har ikkisi ham buzmadi
  4. Har ikkisi buzdi

To'g'ri javob: Har ikkisi buzdi

YHQ 1 ilova: 2.5. “To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan”. To‘xtash chizig‘i oldida, agar u bo‘lmasa, kesib o‘tiladigan qatnov qismining chetida to‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak. Bu belgi temir yo‘l kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin o‘rnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i oldida, agar u bo‘lmasa, belgi oldida to‘xtashi kerak.

15. Ogohlantiruvchi belgilarni toping:

Ogohlantiruvchi belgilarni toping:
  1. Hammasi
  2. 1, 2, 4, 5
  3. 4, 5

To'g'ri javob: 4, 5

YHQ 1 ilova: 1.19. “Ikki tomonlama harakatlanish” – Yo‘lning (qatnov qismining) qarama-qarshi harakatlanish qismi boshlanishini bildiradi. YHQ 1 ilova: 1.6. “Teng ahamiyatli yo‘llar kesishuvi”.

16. Harakatlanish qaysi yo‘nalishga ruxsat etilgan?

Harakatlanish qaysi yo‘nalishga ruxsat etilgan?
  1. Harakatlanish taqiqlanadi
  2. Faqat to‘g‘riga
  3. Faqat to‘g‘riga va o‘ngga
  4. Barcha yo‘nalishda ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Harakatlanish taqiqlanadi

YHQ 7-bobi 36-bandi: Tramvaylarning hamda maxsus ajratilgan tasma bo‘ylab harakatlanayotgan boshqa yo‘nalishli transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun “T” harfi ko‘rinishida joylashgan to‘rtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar qo‘llanilishi mumkin. Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning o‘zida yonganda, harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, o‘ngdagisi o‘ngga, o‘rtadagisi to‘g‘riga yurishga ruxsat beradi. Pastdagi ishora o‘chirilib, yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.

17. Bu taniqlik belgisi o‘rnatiladi:

Bu taniqlik belgisi o‘rnatiladi:
  1. Vaqtinchalik ta’mirlash ishlari olib borilayotgan yo‘l qismlariga
  2. Haydovchilik staji 2 yildan kam bo‘lgan haydovchilar boshqarayotgan mexanik transport vositalariga
  3. Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositalariga

To'g'ri javob: Haydovchilik staji 2 yildan kam bo‘lgan haydovchilar boshqarayotgan mexanik transport vositalariga

18. Qoidalarda nechta asosiy tushuncha va atamalardan foydalaniladi?

  1. 65 ta
  2. 56 ta
  3. 77 ta

To'g'ri javob: 77 ta

YHQ umumiy qoidalar 6-bandi: avariya holatini yuzaga keltirish, avtomagistral, avtopoyezd va boshqalar (umumiy 77 ta).

19. Ushbu vaziyatda qaysi transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak?

Ushbu vaziyatda qaysi transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak?
  1. Oq avtomobil haydovchisi
  2. Qizil avtomobil haydovchisi

To'g'ri javob: Qizil avtomobil haydovchisi

YHQ 9-bobi 60-bandi: Transport vositalarining harakatlanish yo‘nalishlari kesishganda va o‘tish navbati Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda, haydovchi o‘ng tomondan yaqinlashayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.

20. Ushbu vaziyatda kim yo‘l berishi kerak?

Ushbu vaziyatda kim yo‘l berishi kerak?
  1. Mikroavtobus haydovchisi
  2. Yengil avtomobil haydovchisi

To'g'ri javob: Yengil avtomobil haydovchisi

YHQ 9-bobi 60-bandi: Transport vositalarining harakatlanish yo‘nalishlari kesishganda va o‘tish navbati Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda, haydovchi o‘ng tomondan yaqinlashayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.