1. Ushbu svetofor tramvayga qaysi yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat beradi?
Faqat to‘g‘riga
Barcha yo‘nalishlarga
Barcha yo‘nalishlarda harakatlanish taqiqlanadi
To'g'ri javob: Barcha yo‘nalishlarda harakatlanish taqiqlanadi
YHQ 7-bobi 36-bandi: Tramvaylarning hamda maxsus ajratilgan tasma bo‘ylab harakatlanayotgan boshqa yo‘nalishli transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun “T” harfi ko‘rinishida joylashgan to‘rtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar qo‘llanilishi mumkin. Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning o‘zida yonganda, harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, o‘ngdagisi o‘ngga, o‘rtadagisi to‘g‘riga yurishga ruxsat beradi. Pastdagi ishora o‘chirilib, yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.
2. Tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega bo‘lmagan holat:
Depodan chiqishda
Depoga kirishda
Har ikkisida imtiyozga ega
Har ikkisida imtiyozga ega emas
To'g'ri javob: Depodan chiqishda
YHQ 22-bobi 131-bandi: Tramvay yo‘llari chorrahadan tashqarida qatnov qismini kesib o‘tadigan joylarda tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega bo‘ladi (depodan chiqish joylari bundan mustasno).
3. Bunday vaziyatda siz:
Birinchi o‘tish huquqiga egaman
Ro‘paradan kelayotgan avtomobilga yo‘l beraman
To'g'ri javob: Ro‘paradan kelayotgan avtomobilga yo‘l beraman
YHQ 1-ilova 2.6. “Ro‘para harakatlanishning ustunligi”: Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yo‘lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yo‘lning tor qismida bo‘lgan yoki ro‘paradan unga yaqin bo‘lgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.
4. Chorrahadan qaysi yo‘nalishda harakatlanishingizga ruxsat berilgan?
Faqat to‘g‘riga
To‘g‘riga va o‘ngga
Faqat o‘ngga
To'g'ri javob: Faqat to‘g‘riga
YHQ 1 ilova: 4.1.1. “Harakatlanish to‘g‘riga”. Faqat belgilarda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar yo‘nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yo‘nalishiga tegishli ko‘rsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qo‘llash mumkin).
5. Ushbu belgi qanday nomlanadi?
Sun’iy notekislik
Majburiy sekinlanish
Baland piyodalar o‘tish joyi
To'g'ri javob: Baland piyodalar o‘tish joyi
YHQ 1 ilova: 5.48. “Baland piyodalar o‘tish joyi”. 5.16.1-5.16.2 yo‘l belgilari bilan birga qo‘llaniladi.
6. Qaysi yo‘l yotiq chizig‘i avtomobil yo‘llarida 3D ko‘rinishdagi piyodalar o‘tish joyini bildiradi?
YHQ 1 ilova: 2.1. “Asosiy yo‘l”. Harakat tartibga solinmagan chorrahalarda oldin o‘tish huquqini beradi. Belgi asosiy yo‘l boshiga va chorrahalarning bevosita oldiga o‘rnatiladi. YHQ 16-bobi 104-bandi: Teng ahamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo‘ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo‘nalishidan qat’iy nazar, yo‘l berishi kerak.
12. Siz chorrahadan chapga burilmoqchisiz, kimga yo‘l berishingiz kerak?
Mikroavtobusga
Traktorga
Ikkala transportga
Birinchi o‘tish huquqiga egaman
To'g'ri javob: Traktorga
YHQ 16-bobi 106-bandi: Asosiy yo‘lning yo‘nalishi chorrahada o‘zgarganda, asosiy yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilar o‘zaro teng ahamiyatli yo‘llar chorrahasidan o‘tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo‘llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o‘zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak. YHQ 16-bobi 107-bandi: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo‘ldan qarama-qarshi yo‘nalishdan to‘g‘riga yoki o‘ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak.
13. Ushbu joyda quvib o‘tishga ruxsat beriladimi?
Ruxsat beriladi
Oldindagi transport vositasi tezligi 40 km/s dan kam bo‘lsa
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
YHQ 2 ilova: 1.1 — qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo‘lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo‘lagi chegarasini va velosipedchilar uchun bo‘lagining chegarasini bildiradi; yo‘lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to‘xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo‘lning qatnov qismi chegarasini bildiradi. YHQ 12-bobi 86-bandi: Quvib o‘tish quyidagi hollarda taqiqlanadi: tartibga solingan chorrahalarda; tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo‘llarda harakatlanishda; ko‘priklarda, yo‘l o‘tkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida; piyodalar o‘tish joylarida; temir yo‘l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda; quvib yoki aylanib o‘tayotgan transport vositalarini; tepalikning oxirida va yo‘lning ko‘rinishi cheklangan joylarida; 3.20 va 3.22 yo‘l belgilari ta’sir oralig‘ida.
14. Qaysi yo‘nalish bo‘yicha burilish mumkin?
Faqat “A”
Faqat “B”
Ikkala sanab o‘tilgan hollarda
To'g'ri javob: Faqat “A”
YHQ 1 ilova: 5.37. “Reversiv harakatlanish yo‘liga chiqish”. YHQ 2 ilova: 1.9 — reversiv harakat tashkil etilgan bo‘laklarning chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yo‘llarda (reversiv svetofori o‘chirigan holatda) qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport oqimini ajratadi.тYHQ 10-bobi 71-bandi: Reversiv harakatlanishli yo‘lga burilishda haydovchi transport vositasini shunday boshqarishi kerakki, bunda transport vositasi qatnov qismlari kesishmasidan chiqishda chetki o‘ng qatorni egallashi kerak. Shu yo‘nalishdagi boshqa tasmalardan ham harakatlanish ruxsat etilganiga ishonch hosil qilingandan keyingina haydovchiga qayta tizilishga ruxsat etiladi.
15. Ushbu transport vositasi qaysi yo‘nalishda harakatlanishiga ruxsat etiladi?
Faqat chapga
To‘g‘riga va chapga
Faqat chapga va qayrilib olishga
Barcha yo‘nalishlarga
To'g'ri javob: Faqat chapga va qayrilib olishga
YHQ 2 ilova: Yo‘l belgilarining, shu jumladan, vaqtincha yo‘l belgilarining va yotiq yo‘l chiziqlarining ma’nolari bir-biriga zid kelgan hollarda yoki yo‘l chiziqlarini yetarlicha farqlab bo‘lmasa, haydovchilar yo‘l belgilariga amal qilishlari kerak. YHQ 1 ilova: 5.8.1. “Tasmalar bo‘yicha harakat yo‘nalishi” Tasmalar soni va har biri bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishlari. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanish taqiqlanadi. Yo‘lning chetki chap bo‘lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilar shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.
16. Ushbu belgi aholi punktlarida xavfli yo‘l qismi boshlanishidan qancha masofada oldin o‘rnatiladi?
150-300 m
50-100 m
Xavfli yo‘l qismi oldiga o‘rnatiladi
To'g'ri javob: 50-100 m
YHQ 1-ilovasining 1-bo'limi 1.15 belgisi, "Sirpanchiq yo'l". Yo'lning o'ta sirpanchiq bo'lgan qismini bildiradi.
17. Qaysi belgilarda oyning juft kunlarida to‘xtash mumkin?
Chapdagi rasmda
O‘ngdagi rasmda
Har ikkisida mumkin
To'g'ri javob: Har ikkisida mumkin
YHQ 1 ilova: 3.29. “Oyning toq kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan”
(xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno). YHQ 1 ilova: 3.30. “Oyning juft kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan”
(xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).
18. Doimiy va vaqtinchalik yo‘l belgilari ma’no jihatidan bir-birini inkor etganda qaysi biriga amal qilasiz?
Doimiy yo‘l belgisiga
Vaqtinchalik yo‘l belgisiga
To'g'ri javob: Vaqtinchalik yo‘l belgisiga
YHQ 1-ilova: Vaqtincha (ko‘chma tirgakdagi) va doimiy belgilar ma’no jihatidan bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha o‘rnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak.
19. Moped haydovchisi majbur:
16 yoshga to‘lgan bo‘lishi
Motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari
Kunduzgi vaqtda ham yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib yurishi
Barcha sanab o‘tilgan javoblar
To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan javoblar
YHQ 28-bobi 165-bandi: Yo‘lda velosiped, individual harakatlanish vositalarini va aravani boshqarish, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni haydab o‘tish 14 yoshdan kichik bo‘lmagan, moped va skuterni boshqarish esa 16 yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslarga ruxsat etiladi.
20. Yo‘naltirgichlar bilan ko‘rsatilgan qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etilgan?