55-bilet savollari va javoblari

1. Ushbu vaziyatda avtomobil haydovchisiga qaysi yo‘nalishda harakatlanish taqiqlanadi?

Ushbu vaziyatda avtomobil haydovchisiga qaysi yo‘nalishda harakatlanish taqiqlanadi?
  1. To‘g‘riga va chapga
  2. Chapga va qayrilib olishga
  3. Qayrilib olishga
  4. Barcha yo‘nalishga

To'g'ri javob: Qayrilib olishga

YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.33 belgiga asosan, «To‘xtash chizig‘i». Svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida transport vositalari to‘xtaydigan yo‘nalishini bildiradi.

2. Ushbu vaziyatda qaysi yo‘nalishda harakatlanishingiz mumkin?

Ushbu vaziyatda qaysi yo‘nalishda harakatlanishingiz mumkin?
  1. 1, 3 va 4 yo‘nalishlarda
  2. 1, 2 va 3 yo‘nalishlarda
  3. 1 va 4 yo‘nalishlarda
  4. Barcha yo‘nalishlarda

To'g'ri javob: Barcha yo‘nalishlarda

YHQ 1 ilova: 4.1.1. “Harakatlanish to‘g‘riga”. Yo‘lning qismi boshlanishida o‘rnatilgan 4.1.1 belgisining ta’siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o‘ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo‘lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

3. Ushbu chorrahada chapga burilishga ruxsat etiladimi?

Ushbu chorrahada chapga burilishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi

YHQ 1-ilovasi 4-bo‘limining birinchi va sakkizinchi xatboshlariga asosan: 4.1.1. “Harakatlanish to‘g‘riga”. 4.1.1 yo‘l belgisi qatnov qismining qaysi kesishmasi oldiga o‘rnatilsa, shu kesishmaga joriy qilinadi. Yo‘lning qismi boshlanishida o‘rnatilgan 4.1.1 belgisining ta’siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o‘ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo‘lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

4. Harakatlanish vaqtida velosipedchi bilan avtomobil yo‘llari kesishganda kim yo‘l berishi kerak?

Harakatlanish vaqtida velosipedchi bilan avtomobil yo‘llari kesishganda kim yo‘l berishi kerak?
  1. Avtomobil
  2. Velosipedchilar
  3. O‘zaro kelishib o‘tishadi

To'g'ri javob: Velosipedchilar

YHQ 28-bobi 169-bandi: Chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan velosiped yo‘lkasi bilan yo‘l kesishmasida velosiped va individual harakatlanish vositalari yo‘lda harakatlanayotgan boshqa transport vositalariga yo‘l berishlari kerak. Velosiped yo‘lkasi va piyodalar yo‘lkasi (trotuar) o‘zaro kesishgan holatlarda velosiped va individual harakatlanish vositasi piyodaga yo‘l berishi kerak.

5. Qaysi haydovchi to‘xtab turish qoidalarini buzmagan?

Qaysi haydovchi to‘xtab turish qoidalarini buzmagan?
  1. Mototsikl haydovchisi
  2. Trotuarda to‘xtab turgan avtomobil haydovchisi
  3. Hech kim buzmadi

To'g'ri javob: Mototsikl haydovchisi

YHQ 28-bobi 169-bandi: Chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan velosiped yo‘lkasi bilan yo‘l kesishmasida velosiped va individual harakatlanish vositalari yo‘lda harakatlanayotgan boshqa transport vositalariga yo‘l berishlari kerak. Velosiped yo‘lkasi va piyodalar yo‘lkasi (trotuar) o‘zaro kesishgan holatlarda velosiped va individual harakatlanish vositasi piyodaga yo‘l berishi kerak.

6. Haydovchi poyezdni o‘tkazib yuborishi uchun to‘g‘ri to‘xtaganmi?

Haydovchi poyezdni o‘tkazib yuborishi uchun to‘g‘ri to‘xtaganmi?
  1. Ha
  2. Yo‘q

To'g'ri javob: Yo‘q

YHQ 18-bobi 119-bandi: Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i, 2.5 yo‘l belgisi yoki svetofor oldida to‘xtashi kerak. Agar ular bo‘lmasa, shlagbaumga kamida 5 metr, Shlagbaum bo‘lmaganda esa birinchi temir yo‘l iziga kamida 10 metr qolganda to‘xtashi kerak.

7. Tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari yo‘l harakatining boshqa qatnashchilariga nisbatan imtiyozga ega bo‘lishi uchun:

  1. Ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar yoqilgan bo‘lishi shart
  2. Maxsus tovushli ishora yoqilgan bo‘lishi shart
  3. Har ikkalasi yoqilgan bo‘lishi shart

To'g'ri javob: Har ikkalasi yoqilgan bo‘lishi shart

YHQ 6-bobi 25-bandi: Yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan imtiyozga ega bo‘lishi uchun tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalarida Tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishora yoqilgan bo‘lishi shart. Ular o‘zlariga yo‘l berilayotganligiga ishonch hosil qilganlaridan so‘nggina imtiyozdan foydalanishlari mumkin.

8. Qaysi rasmda haydovchi belgi talabini buzmay to‘xtadi?

Qaysi rasmda haydovchi belgi talabini buzmay to‘xtadi?
  1. Faqat 1-rasmda
  2. Faqat 2-rasmda
  3. Ikkala rasmda

To'g'ri javob: Ikkala rasmda

YHQ 1 ilova: 2.5. “To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan”. To‘xtash chizig‘i oldida, agar u bo‘lmasa, kesib o‘tiladigan qatnov qismining chetida to‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak. Bu belgi temir yo‘l kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin o‘rnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i oldida, u bo‘lmasa, belgi oldida to‘xtashi kerak.

9. Ushbu belgi qanday nomlanadi?

Ushbu belgi qanday nomlanadi?
  1. Piyodalarning harakati taqiqlangan
  2. Individual harakatlanish vositalarini boshqarish taqiqlangan
  3. Bolalar uchishi taqiqlangan
  4. Ko‘rsatilgan barcha javoblar to‘g‘ri

To'g'ri javob: Individual harakatlanish vositalarini boshqarish taqiqlangan

YHQ 1 ilova: 3.34. “Individual harakatlanish vositalarini boshqarish taqiqlangan”.

10. Qaysi avtomobil haydovchisi qoidani buzib hovliga burildi?

Qaysi avtomobil haydovchisi qoidani buzib hovliga burildi?
  1. Faqat oq avtomobil haydovchisi
  2. Faqat sariq avtomobil haydovchisi
  3. Hech qaysi buzmadi
  4. Ikkisi ham buzdi

To'g'ri javob: Faqat sariq avtomobil haydovchisi

YHQ 1 ilova: 4.1.1. “Harakatlanish to‘g‘riga”. Yo‘lning qismi boshlanishida o‘rnatilgan 4.1.1 belgisining ta’siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o‘ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo‘lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

11. Qaysi transport vositasining haydovchisi aholi punktlarida to‘xtash qoidasini buzmoqda?

Qaysi transport vositasining haydovchisi aholi punktlarida to‘xtash qoidasini buzmoqda?
  1. Sariq avtomobil haydovchisi
  2. Ko‘k avtomobil haydovchisi
  3. Har ikkisi buzmadi
  4. Har ikkisi buzdi

To'g'ri javob: Har ikkisi buzmadi

YHQ 13-bobi 88-bandi: Aholi punktlarida o‘rtada tramvay yo‘li bo‘lmagan, har yo‘nalishda bittadan tasmasi bo‘lgan, Shuningdek, bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llarda yo‘lning chap tomonida to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi. YHQ 1 ilova: 7.18. “Nogironlar mustasno”. Belgilarning ta’siri ushbu Qoidalarning 175-bandiga muvofiq “Nogiron” taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositalariga joriy etilmaydi.

12. Yo‘naltirgichlar bilan ko‘rsatilgan qaysi yo‘nalishlarda harakat ruxsat etilgan?

Yo‘naltirgichlar bilan ko‘rsatilgan qaysi yo‘nalishlarda harakat ruxsat etilgan?
  1. Faqat to‘g‘riga
  2. Faqat o‘ngga
  3. Faqat chapga
  4. Faqat to‘g‘riga va chapga
  5. Barcha yo‘nalishlarga

To'g'ri javob: Faqat to‘g‘riga va chapga

YHQ 1-ilovasining 4-bo'limi 4.1.1 "Harakatlanish to'g'riga" belgisiga muvofiq, ushbu belgining ta'sir oralig'ida faqat yo'naltirgich buyurgan tomonga harakatlanishga ruxsat etiladi. 4.1.1 belgisi yo'l qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o'rnatilsa, shu kesishmaga ta'sir etadi.

13. Qaysi transport vositalariga yo‘lovchilarni tushirishga ruxsat etiladi?

Qaysi transport vositalariga yo‘lovchilarni tushirishga ruxsat etiladi?
  1. “A”
  2. “B”
  3. “C”
  4. Hech qaysi biriga

To'g'ri javob: “A”

YHQ 13-bobi 88-bandi: Aholi punktlarida o‘rtada tramvay yo‘li bo‘lmagan, har yo‘nalishda bittadan tasmasi bo‘lgan, Shuningdek, bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llarda yo‘lning chap tomonida to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi. YHQ 17.1-bobi 115.1-bandi: Yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan yo‘nalishli jamoat transporti vositalari harakatlanishi mumkin. Boshqa transport vositalari ushbu yo‘lakda harakatlanishi taqiqlanadi, bundan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari mustasno.

14. Ushbu yotiq yo‘l chizig‘i qaysi guruh yo‘l belgilarini takrorlaydi?

Ushbu yotiq yo‘l chizig‘i qaysi guruh yo‘l belgilarini takrorlaydi?
  1. Imtiyoz belgilarni
  2. Ogohlantiruvchi belgilarni
  3. Taqiqlovchi belgilarni
  4. Axborot-ko‘rsatgich belgilarni

To'g'ri javob: Ogohlantiruvchi belgilarni

YHQ 2 ilova: 1.27 — ogohlantiruvchi yo‘l belgilarini takrorlovchi yo‘l chizig‘i. YHQ 1 ilova: 1.18.1 — 1.18.3. “Yo‘lning torayishi”. 1.18.1 — ikki tomonlama torayish 1.18.2 — o‘ngga torayish 1.18.3 — chapga torayishni bildiradi.

15. Velosiped yo‘lkasi bilan kesishuvga qanchadan kam masofa qolganda to‘xtash taqiqlanadi?

  1. 10 metr
  2. 15 metr
  3. 30 metr

To'g'ri javob: 10 metr

YHQ 13-bobi 91-bandi: Velosiped yo‘lkasi bilan kesishuvda va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda to‘xtash taqiqlanadi.

16. Qizil avtomobil haydovchisi qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishiga ruxsat berilgan?

Qizil avtomobil haydovchisi qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishiga ruxsat berilgan?
  1. Faqat chapga
  2. Chapga va qayrilib olishga
  3. To‘g‘riga va chapga

To'g'ri javob: Chapga va qayrilib olishga

YHQ 2 ilova: Yo‘l belgilarining, shu jumladan, vaqtincha yo‘l belgilarining va yotiq yo‘l chiziqlarining ma’nolari bir-biriga zid kelgan hollarda yoki yo‘l chiziqlarini yetarlicha farqlab bo‘lmasa, haydovchilar yo‘l belgilariga amal qilishlari kerak. YHQ 1 ilova: 5.8.1. “Tasmalar bo‘yicha harakat yo‘nalishi”. Tasmalar soni va har biri bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishlari. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanish taqiqlanadi. Yo‘lning chetki chap bo‘lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.

17. Ushbu transport vositasi qaysi yo‘nalishda harakatlanishiga ruxsat etiladi?

Ushbu transport vositasi qaysi yo‘nalishda harakatlanishiga ruxsat etiladi?
  1. Faqat to‘g‘riga
  2. To‘g‘riga va o‘ngga
  3. Faqat to‘g‘riga va qayrilib olishga
  4. Barcha yo‘nalishlarga

To'g'ri javob: Faqat to‘g‘riga va qayrilib olishga

YHQ 1-ilova: 3.18.2. “Chapga burilish taqiqlanadi”.

18. Ushbu vaziyatda haydovchilar birinchi temir yo‘l iziga eng kamida necha metr qolganda to‘xtashlari kerak?

Ushbu vaziyatda haydovchilar birinchi temir yo‘l iziga eng kamida necha metr qolganda to‘xtashlari kerak?
  1. 3 metr
  2. 5 metr
  3. 10 metr

To'g'ri javob: 10 metr

YHQ 18-bobi 119-bandi: Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i, 2.5 yo‘l belgisi yoki svetofor oldida to‘xtashi kerak. Agar ular bo‘lmasa, shlagbaumga kamida 5 metr, Shlagbaum bo‘lmaganda esa birinchi temir yo‘l iziga kamida 10 metr qolganda to‘xtashi kerak.

19. Kemiruvchi va sudralib yuruvchi hayvonlar qaysi javobda ko‘rsatilgan?

Kemiruvchi va sudralib yuruvchi hayvonlar qaysi javobda ko‘rsatilgan?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 2 va 3

To'g'ri javob: 4

YHQ 1 ilova: 1.25.3. “Kemiruvchi va sudralib yuruvchi hayvonlar”.

20. Qaysi belgi piyodalar o‘tish joyini bildiradi?

Qaysi belgi piyodalar o‘tish joyini bildiradi?
  1. “A”
  2. “B”
  3. “C”

To'g'ri javob: “B”

YHQ 1 ilova: 5.16.1, 5.16.2. “Piyodalar o'tish joyi”. O‘tish joyi oldida 1.14.1-1.14.2 yotiq chizig‘i bo‘lmaganda 5.16.2 belgisi yo‘ldan o‘ng tomonga o‘tish joyining old chegarasiga, 5.16.1 belgisi esa chap tomonga o‘tish joyining orqa chegarasiga o‘rnatiladi.