56-bilet savollari va javoblari

1. Ko‘k rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalari va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan maxsus transport vositasi chorrahani nechanchi bo‘lib kesib o‘tadi?

Ko‘k rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalari va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan maxsus transport vositasi chorrahani ne…
  1. Oxirgi
  2. Birinchi
  3. Ikkinchi

To'g'ri javob: Birinchi

YHQ 6-bobi 26-bandiga asosan: Haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga Shuningdek, ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo‘l berishlari shart. Mazkur turdagi transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanadi.

2. Qaysi rasmda haydovchilar to‘xtash qoidasini buzdilar?

Qaysi rasmda haydovchilar to‘xtash qoidasini buzdilar?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 1, 2
  5. 1, 3

To'g'ri javob: 1, 3

YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan: To‘xtagan transport vositasi bilan sidirg‘a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari) Ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo‘lgan joylarda.

3. Ushbu transport vositasiga chorraha orqali qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishga ruxsat etiladi?

Ushbu transport vositasiga chorraha orqali qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Faqat to‘g‘riga va o‘ngga
  2. Faqat chapga va qayrilib olishga
  3. Faqat o‘ngga
  4. Faqat to‘g‘riga
  5. Barcha yo‘nalishlarga

To'g'ri javob: Barcha yo‘nalishlarga

YHQ 1 ilova: 4.1.1. “Harakatlanish to‘g‘riga”. Yo‘lning qismi boshlanishida o‘rnatilgan 4.1.1 belgisining ta’siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o‘ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo‘lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

4. Qaysi avtomobil haydovchisiga burilishga ruxsat etilgan?

Qaysi avtomobil haydovchisiga burilishga ruxsat etilgan?
  1. Har ikkisiga ruxsat etilgan
  2. Oq avtomobil haydovchisiga
  3. Har ikkisiga taqiqlangan
  4. Qizil avtomobil haydovchisiga

To'g'ri javob: Har ikkisiga taqiqlangan

YHQ 1 ilova: 4.1.1. “Harakatlanish to‘g‘riga”. Faqat belgilarda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar yo‘nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yo‘nalishiga tegishli ko‘rsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qo‘llash mumkin). 4.1.1 — 4.1.6 belgilarining ta’siri yo‘nalishli transport vositalariga joriy qilinmaydi. 4.1.1 — 4.1.6 yo‘l belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin o‘rnatilsa, belgining ta’siri shu kesishmaga joriy qilinadi. Yo‘lning qismi boshlanishida o‘rnatilgan 4.1.1 belgisining ta’siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o‘ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo‘lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

5. Ushbu belgi qanday nomlanadi?

Ushbu belgi qanday nomlanadi?
  1. To‘xtab turish joyi
  2. Pullik to‘xtab turish joyi
  3. Yer usti avtomobil qo‘yish joyi
  4. Yer osti avtomobil qo‘yish joyi

To'g'ri javob: Pullik to‘xtab turish joyi

YHQ 1 ilova: 5.15.1. “Pullik to‘xtab turish joyi”.

6. Qaysi rsmda quvib o‘tish ko‘rsatilgan?

Qaysi rsmda quvib o‘tish ko‘rsatilgan?
  1. Faqat birinchi va ikkinchi rasmlarda
  2. Faqat birinchi va uchinchi rasmlarda
  3. Faqat birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi rasmlarda
  4. Faqat birinchi rasmda
  5. Barcha rasmlarda

To'g'ri javob: Faqat birinchi va ikkinchi rasmlarda

YHQ 1-ilova 1-bob. Umumiy qoidalar: Quvib o‘tish – bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan tasmaga chiqib, so‘ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zib ketish jarayoni.

7. Qaysi rasmda piyodalarning tashkiliy jamlannmasi yo‘lning qatnov qismida qoidani buzmay harakatlanmoqda?

Qaysi rasmda piyodalarning tashkiliy jamlannmasi yo‘lning qatnov qismida qoidani buzmay harakatlanmoqda?
  1. 1
  2. 2
  3. 1, 2

To'g'ri javob: 1

YHQ 4-bobi 16-bandiga asosan: Piyodalarning tashkiliy jamlanmasiga yo‘lning qatnov qismida bir qatorda to‘rt kishidan ortiq bo‘lmasdan, faqat transport vositalarining harakat yo‘nalishi bo‘ylab o‘ng tomondan harakatlanishga ruxsat etiladi. Jamlanmaning oldi va orqasida chap tomondan qizil bayroqcha, sutkaning qorong‘i vaqtida yoki yetarlicha ko‘rinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroq ko‘targan kuzatuvchilar bo‘lishi shart. Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yo‘lkalaridangina, ular bo‘lmaganda esa yo‘l yoqasidan faqat sutkaning yorug‘ vaqtida va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi.

8. Asosiy yo‘l:

Asosiy yo‘l:
  1. Faqat yuqori chapdagi rasmda
  2. Faqat yuqori o‘ngdagi rasmda
  3. Yuqoridagi ikkala rasmda
  4. Barcha rasmlarda

To'g'ri javob: Yuqoridagi ikkala rasmda

YHQ 1-ilova 1-bob. Umumiy qoidalar: asosiy yo‘l — tuproqli yoki shag‘alli yo‘lga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt, sement-betonli va shunga o‘xshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yo‘lga nisbatan 2.1, 2.3.1 — 2.3.3 yoki 5.1 yo‘l belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh hududdan chiqadigan yo‘lga nisbatan har qanday yo‘l. Ikkinchi darajali yo‘lning bevosita chorrahaga tutash qismning qoplamali bo‘lishi uni asosiy yo‘l bilan teng huquqli qilmaydi.

9. Ushbu qo‘shimcha axborot belgisi qaysi yo‘l belgisi bilan qo‘llanailadi?

Ushbu qo‘shimcha axborot belgisi qaysi yo‘l belgisi bilan qo‘llanailadi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4

To'g'ri javob: 4

YHQ 1 ilova: 5.15.4 “Elektr quvvatlashli avtomobil qo‘yish joyi”.

10. Ushbu transport vositasi qaysi toifaga kiradi?

Ushbu transport vositasi qaysi toifaga kiradi?
  1. M1
  2. M2
  3. N1
  4. O1

To'g'ri javob: M1

7.22. M1 toifasi – yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalari.

11. Odamlarni quyidagi hollarda tashishga ruxsat etiladi:

  1. Tirkama-uychada
  2. Yuk tashiladigan tirkamalarda
  3. Taraktorlarda
  4. Bolalarni yuk avtomobilining yukxonasida
  5. Barcha hollarda tashish taqiqlanadi

To'g'ri javob: Barcha hollarda tashish taqiqlanadi

"YHQning 26-bob. 159-band 2 va 4-xatboshiga asosan: 159. Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: bolalarni yuk avtomobillarining yukxonasida; Traktorlar va boshqa o‘ziyurar uskunalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlar yukxonasida."

12. Imtiyoz belgilari qaysi joylarda harakatlanish navbatini belgilaydi?

  1. Faqat chorrahalarda
  2. Faqat yo‘lning tor qismlarida
  3. Har ikkala javob ham to‘g‘ri

To'g'ri javob: Har ikkala javob ham to‘g‘ri

YHQga 1-ILOVA 2. Imtiyoz belgilarining 1-xatboshiga asosan: Imtiyoz belgilari — chorrahalarda, qatnov qismlari kesishgan joylarda, yo‘lning tor qismlarida harakatlanish navbatini belgilaydi.

13. Agar yo‘l belgilari va chiziqlari boshqa yo‘nalishni ko‘rsatmagan bo‘lsa, haydovchilar ajratuvchi bo‘lagi bo‘lmagan ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llardagi xavfsizlik orolchalari, ustunchalar va yo‘l inshooti qismlari (ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich ustunlari va shunga o‘xshashlar)ni qaysi tomondan aylanib o‘tishlari kerak?

  1. Faqat o‘ng tomondan aylanib o‘tishlari kerak
  2. Faqat chap tomondan aylanib o‘tishlari kerak
  3. Har ikkala tomondan aylanib o‘tishlari kerak

To'g'ri javob: Faqat o‘ng tomondan aylanib o‘tishlari kerak

YHQning 10-bob. 76-bandga asosan: 76. Agar yo‘l belgilari va chiziqlari boshqa yo‘nalishni ko‘rsatmagan bo‘lsa, haydovchilar ajratuvchi bo‘lagi bo‘lmagan ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llardagi xavfsizlik orolchalari, ustunchalar va yo‘l inshooti qismlari (ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich ustunlari va shunga o‘xshashlar)ni o‘ng tomondan aylanib o‘tishlari kerak.

14. Transport vositalarini boshqarishni dastlabki o‘rgatish (boshlang‘ich mashg‘ulot) qayerda amalga oshiriladi?

  1. Avtomagistralda
  2. Aholi punktlarida
  3. Yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda
  4. Turar joy dahalarida

To'g'ri javob: Yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda

YHQning 25-bob. 146-bandga asosan: 146. Transport vositalarini boshqarishni dastlabki o‘rgatishga yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda o‘tkazilishi kerak.

15. Qaysi yo‘l belgisi qayrilib olishga ruxsat beradi?

Qaysi yo‘l belgisi qayrilib olishga ruxsat beradi?
  1. Faqat 1 va 2
  2. Faqat 2 va 3
  3. Barchasi

To'g'ri javob: Faqat 1 va 2

"YHQga 1-ILOVA 3.18.1 va 3.18.2 bandlariga asosan: 3.18.1. «O‘ngga burilish taqiqlangan». 3.18.2. «Chapga burilish taqiqlanadi»."

16. Quyidagi 3.24. “Yuqori tezlik cheklangan” yo‘l belgisining ta’siri qaysi belgilar bekor qiladi?

Quyidagi 3.24. “Yuqori tezlik cheklangan” yo‘l belgisining ta’siri qaysi belgilar bekor qiladi?
  1. Faqat birinchi
  2. Faqat ikkinchi
  3. Faqat uchinchi
  4. Faqat to‘rtinchi
  5. Barcha javoblar to‘g‘ri

To'g'ri javob: Barcha javoblar to‘g‘ri

"YHQga 1-ILOVA 3.24 va 3.31 band va 3.Taqiqlovchi belgilarning 46, 48, 51 va 52-xatboshiga asosan: 3.24. «Yuqori tezlik cheklangan». Belgida ko‘rsatilganidan ortiq tezlikda (km/s) harakatlanish taqiqlanishini bildiradi. 3.31. «Barcha cheklovlarning oxiri». 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan hududlarning oxiri. 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilarining ta’siri belgi o‘rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, ular bo‘lmaganda — aholi punktining oxirigacha ta’siri qiladi. Aholi punktlariga yetmasdan o‘rnatilgan 3.24 belgisining ta’siri 5.22 belgisigacha kuchini saqlaydi. Belgilarning ta’sir doirasi aniqlashtirilishi mumkin: 3.20, 3.22, 3.24 belgilari 3.21, 3.23, 3.25 belgilari va 7.2.1 qo‘shimcha axborot belgisi orqali; 3.24 belgisining ta’sir oralig‘i undan keyin boshqa eng yuqori harakatlanish tezligi ko‘rsatilgan 3.24 belgisini o‘rnatish bilan."

17. Quyidagi yo‘l belgilaridan qaysilari qo‘shimcha axborot belgilari hisoblanadi?

Quyidagi yo‘l belgilaridan qaysilari qo‘shimcha axborot belgilari hisoblanadi?
  1. 1 va 2 belgilar
  2. 2 va 3 belgilar
  3. Barcha belgilar

To'g'ri javob: 2 va 3 belgilar

"YHQga 1-ILOVA 7.2.1 va 7.5.4 bandlariga asosan: 7.2.1. «Ta’sir oralig‘i». Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-ko‘rsatkich belgilarining ta’sir oralig‘ini ko‘rsatadi. 7.5.4. «Amal qilish vaqti». Belgiga kunning qaysi vaqtida amal qilishni ko‘rsatadi."

18. Bu xavflilik belgisi qanday nomlanadi?

Bu xavflilik belgisi qanday nomlanadi?
  1. Oksidlovchi moddalar
  2. Organik peroksidlar
  3. Tez alangalanadigan gazlar va suyuqliklar

To'g'ri javob: Organik peroksidlar

YHQga 4-ILOVA 5.2 bandiga asosan: 5.2 Organik peroksidlar.

19. Qaysi avtomobil haydovchisi svetaforning taqiqlovchi ishorasida to‘g‘ri to‘xtadi?

Qaysi avtomobil haydovchisi svetaforning taqiqlovchi ishorasida to‘g‘ri to‘xtadi?
  1. 1-rasmda
  2. 2-rasmda
  3. Har ikkala rasmda

To'g'ri javob: 2-rasmda

YHQning 7-bob. 41-band 1-xatboshiga asosan: 41. Svetofor (reversivdan tashqari)ning yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida haydovchilar transport vositalarini to‘xtash chizig‘i (5.33 yo‘l belgisi) oldida (bunda transport vositasining eng oldingi nuqtasi to‘xtash chizig‘i ustiga chiqib ketmasligi kerak), to‘xtashi kerak.

20. Qaysi avtomobilga qayrilib olishga ruxsat beriladi?

Qaysi avtomobilga qayrilib olishga ruxsat beriladi?
  1. Har ikkisiga
  2. Sariq avtomobilga
  3. Ko‘k avtomobilga
  4. Har ikki avtomobilga taqiqlanadi

To'g'ri javob: Har ikki avtomobilga taqiqlanadi

"YHQga 2-ILOVA 1.11 bandi va 49-xatboshi hamda 9-bob. 56-band 1-xatboshiga asosan: 1.11 — faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yo‘l qismlarida, bir yo‘nalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, to‘xtash maydonchalari va shunga o‘xshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yo‘nalishda ruxsat etilganligini ko‘rsatadi; 1.11 chizig‘ini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirg‘a chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib o‘tishni tugatayotganda bosib o‘tishga ruxsat etiladi. 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o‘ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart."