1. Quyidagi joyda sariq avtomobilga quvib o‘tishga ruxsat beradimi?
Ruxsat beriladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Ruxsat beriladi
YHQga 1-ILOVA 3.20 bandiga asosan: 3.20. «Quvib o‘tish taqiqlangan». Soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanishini bildiradi.
2. Avtomobil haydovchisi qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat beradi?
Faqat A va B
Faqat B
Barchasi
Faqat A
To'g'ri javob: Faqat B
"YHQga 1-ILOVA 4.1.4 bandi va 9-bob. 56-band 1-xatboshiga asosan: 4.1.4. «Harakatlanish to‘g‘riga yoki o‘ngga».
56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o‘ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart."
3. Qaysi rasmda piyoda qoidani buzmay harakatlanmoqda?
O‘ngdagi rasmda
Chapdagi rasmda
Har ikkala rasmda
To'g'ri javob: O‘ngdagi rasmda
"YHQning 4-bob. 15-band 1 va 3-xatboshiga asosan: 15. Piyodalar trotuarlardan, piyodalar yo‘lkalaridan, piyoda va velosiped yo‘lkalaridan, ular bo‘lmaganda esa yo‘l yoqalaridan harakatlanishi kerak. Hajmi katta yuklarni olib ketayotgan piyodalar, shuningdek, nogironlarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan shaxslarning trotuarlar yoki piyodalar yo‘lkalaridan harakatlanishi boshqa piyodalarning harakatlanishiga xalaqit berayotgan bo‘lsa, ular qatnov qismining chetidan harakatlanishi mumkin.
Qatnov qismi chetida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatlanishiga qarama-qarshi yo‘nalishda yurishlari kerak. Nogironlarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan, mototsikl, elektromototsikl, moped, skuter, velosiped va individual harakatlanish vositalarini yetaklab ketayotgan shaxslar esa bunday hollarda transport vositalarining harakatlanish yo‘nalishi bo‘ylab yurishlari kerak."
4. Chorrahadan o‘tish navbatini ko‘rsating:
Velosiped, qizil avtomobil, oq avtomobil
Qizil avtomobil, oq avtomobil, velosiped
Velosiped, oq avtomobil, qizil avtomobil
To'g'ri javob: Velosiped, oq avtomobil, qizil avtomobil
"YHQning 16-bob. 104-band 1-xatboshi va 107-bandga asosan: 104. Teng ahamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo‘ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo‘nalishidan qat’iy nazar, yo‘l berishi kerak.
107. Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo‘ldan qarama-qarshi yo‘nalishdan to‘g‘riga yoki o‘ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak."
5. Qaysi avtomobil chorrahada burilish qoidasini buzdi?
Qizil avtomobil
Ko‘k avtomobil
Har ikkisi ham buzdi
Har ikkisi ham buzmagan
To'g'ri javob: Qizil avtomobil
"YHQning 9-bob. 61-band va 11-bob. 77-band 3-xatboshi hamda 1-bob. 6-band 35 va 62-xatboshiga asosan: 61. Sekinlashish bo‘lagi bor bo‘lgan yo‘lda burilmoqchi bo‘lgan haydovchi o‘z vaqtida ushbu tasmaga qayta tizilishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak.
Yo‘lga chiqish joyida tezlashish bo‘lagi bo‘lsa, haydovchi unda harakatlanishi va qo‘shni tasmada harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berib, transport oqimiga qo‘shilishi kerak.
Haydovchi transport vositasini boshqarish paytida aniqlay olishi mumkin bo‘lgan xavf yuzaga kelsa, u transport vositasining tezligini to‘liq to‘xtashni ta’minlaydigan darajada kamaytirishi yoki to‘siqni boshqa harakat ishtirokchilari uchun xavf tug‘dirmagan holda aylanib o‘tish choralarini ko‘rishi kerak.
Majburiy to‘xtash — texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi va yo‘lovchining holati, yo‘ldagi biror to‘siq tufayli xavf yuzaga kelganda yoxud ob-havo sharoitiga bog‘liq holda transport vositasi harakatini to‘xtatish. Haydovchining ushbu xatti-harakati oxirgi zarur chora bo‘lib, qoidabuzarlik deb e’tirof etilmaydi.
To‘siq — yo‘lning qatnov qismida harakatsiz holda bo‘lgan jism (buzilib qolgan transport vositasi, tushib qolgan yuk, yiqilgan daraxt va boshqalar)."
6. Quyidagi joyda to‘xtashga ruxsat beradimi?
Ruxsat beriladi
Taqiqlanadi
To‘xtagan transport vositasi bilan sidirg‘a chiziq orasidagi masofa 3 metrdan ko‘p bo‘lsa ruxsat beriladi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
YHQning 13-bob. 88-band 1-xatboshiga asosan: 88. Transport vositalariga yo‘lning o‘ng tomonida yo‘l yoqasida, u bo‘lmaganda esa qatnov qismining chetida va Qoidalarning 89-bandida ko‘rsatilgan hollarda trotuarda to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi.
7. Rasmda ko‘rsatilgan vaziyatda qizil avtomobil haydovchisi harakatni davom ettirish kerakmi?
Ha
Yo‘q
To'g'ri javob: Ha
YHQning 17-bob. 109-bandga asosan: 109. Tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyiga yaqinlashayotgan transport vositasining haydovchisi qatnov qismining shu yo‘nalishini kesib o‘tayotgan piyoda(lar)ni o‘tkazib yuborish uchun tezligini kamaytirishi yoki to‘xtashi shart.
8. Qaysi transport vositasi qoidani buzmoqda?
Har ikkalasi buzmadi
Yashil buzdi
Har ikkalasi buzdi
Oq buzdi
To'g'ri javob: Har ikkalasi buzdi
"YHQga 2-ILOVA 1.11 bandi va 49-xatboshi hamda YHQga 1-ILOVA 5.11.1 bandiga asosan: 1.11 — faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yo‘l qismlarida, bir yo‘nalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, to‘xtash maydonchalari va shunga o‘xshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yo‘nalishda ruxsat etilganligini ko‘rsatadi;
1.11 chizig‘ini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirg‘a chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib o‘tishni tugatayotganda bosib o‘tishga ruxsat etiladi.
5.11.1. «Qayrilib olish joyi». Chapga burilish taqiqlanadi."
9. Qaysi yo‘nalishda qayrilib olishga ruxsat beradi?
Faqat A va C
Faqat C
Barchasi
To'g'ri javob: Faqat C
YHQning 9-bob. 56-band 1-xatboshiga asosan: 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o‘ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
10. To‘xtab turish deb nimaga aytiladi?
Transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha bo‘lgan muddatga to‘xtatish (harakatsiz holatga keltirish)
Transport vositasiga yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda harakatini 10 daqiqadan ko‘proq vaqtga atayin to‘xtatish
To'g'ri javob: Transport vositasiga yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda harakatini 10 daqiqadan ko‘proq vaqtga atayin to‘xtatish
YHQning 1-bob. 6-band 64-xatboshiga asosan: to‘xtab turish — transport vositasiga yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda harakatni 10 daqiqadan ko‘proq vaqtga atayin to‘xtatish.
11. To‘xtash deb nimaga aytiladi?
Transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha bo‘lgan muddatga to‘xtatish (harakatsiz holatga keltirish)
Transport vositasiga yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda harakatini 10 daqiqadan ko‘proq vaqtga atayin to‘xtatish
To'g'ri javob: Transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha bo‘lgan muddatga to‘xtatish (harakatsiz holatga keltirish)
YHQning 1-bob. 6-band 65-xatboshiga asosan: to‘xtash — transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha bo‘lgan muddatga to‘xtatish (harakatsiz holatga keltirish).
12. O‘quv muddati yakunida “A” toifadagi mototransport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun necha yoshga to‘lgan shaxslarga imtihonlar topshirishga ruxsat etiladi?
17 yoshga
16 yoshga
14 yoshga
18 yoshga
15 yoshga
To'g'ri javob: 16 yoshga
"YHQning 25-bob. 149-band 2-xatboshiga asosan: 149. Transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lishi uchun o‘rganuvchi o‘quv muddati yakunida:
«A» toifasi uchun — 16 yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak."
13. Avtomobillar harakatlanayotgan qatnov qismida necha harakatlanish tasmasi bor?
Bitta tasma
Ikkita tasma
Uchta tasma
To'g'ri javob: Ikkita tasma
YHQning 10-bob. 64-band 1-xatboshiga asosan: 64. Relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yo‘l belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yo‘l belgilari bo‘lmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit o‘lchamlarini hisobga olgan holda o‘zlari aniqlaydilar. Bunda harakatlanish ikki tomonlama bo‘lgan yo‘l qatnov qismining chap tomondagi yarmi, qatnov qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish tasmalari, balandlikka ko‘tarilishdagi qo‘shimcha tasmalar, yo‘nalishli transport vositalarining to‘xtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga olmagan holda, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan deb hisoblanadi.
14. Qaysi yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishga ruxsat berilgan?
A va B
B va C
Hamma yo‘nalishlarga
To'g'ri javob: B va C
"YHQga 2-ILOVA 1.11 bandi va 49-xatboshiga asosan: 1.11 — faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yo‘l qismlarida, bir yo‘nalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, to‘xtash maydonchalari va shunga o‘xshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yo‘nalishda ruxsat etilganligini ko‘rsatadi;
1.11 chizig‘ini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirg‘a chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib o‘tishni tugatayotganda bosib o‘tishga ruxsat etiladi."
15. Avtomobil haydovchisiga qaysi yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishga ruxsat etiladi?
O‘ngga va chapga
Faqat chapga
Barcha yo‘nalishlarga
To'g'ri javob: Faqat chapga
"YHQning 9-bob. 56-band 1-xatboshi hamda YHQga 1-ILOVA 5.6 bandiga asosan: 5.6. «Bir tomonlama harakatli yo‘lning oxiri».
56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o‘ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart."
16. Sariq mashina haydovchisi o‘tib ketayotgan mashina orqasida to‘xtagan bo‘lsa, "STOP" belgisida ham to‘xtashi kerakmi?
Ha
Yo‘q
To'g'ri javob: Ha
YHQga 1-ILOVA 2.5 bandiga asosan: 2.5. «To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan». To‘xtash chizig‘i oldida, agar u bo‘lmasa, kesib o‘tiladigan qatnov qismining chetida to‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak.
17. Avtomobil qaysi yo‘nalishda qayrilib olishiga ruxsat beriladi?
A yo‘nalishga
B yo‘nalishda
Har ikki yo‘nalishda
To'g'ri javob: A yo‘nalishga
"YHQga 1-ILOVA 5.8.1 bandi va 5. Axborot-ko‘rsatgich belgilarining 11-xatboshiga asosan: 5.8.1. «Tasmalar bo‘yicha harakat yo‘nalishi». Tasmalar soni va har biri bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishlari. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanish taqiqlanadi.
Yo‘lning chetki chap bo‘lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi."
18. Qaysi belgida haydovchiga quvib o‘tish taqiqlangan?
1 va 3
1 va 2
2 va 3
Hamma rasmda
To'g'ri javob: 2 va 3
"YHQga 1-ILOVA 3.20 va 3.21 bandi hamda 7.1.1 va 7.2.1 bandiga asosan: 3.20. «Quvib o‘tish taqiqlangan». Soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanishini bildiradi.
3.21. «Quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri».
7.1.1. «Obyektgacha bo‘lgan masofa». Belgidan yo‘lning xavfli joyi, yo‘l harakatiga tegishli cheklovlar kiritiladigan joyi yoki harakat yo‘nalishi bo‘yicha oldindagi muayyan joygacha bo‘lgan masofani ko‘rsatadi.
7.2.1. «Ta’sir oralig‘i». Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-ko‘rsatkich belgilarining ta’sir oralig‘ini ko‘rsatadi."
19. To‘xtagan transport vositasi bilan yotiq sidirg‘a chiziq orasidagi masofa qancha bo‘lganida to‘xtash taqiqlanadi?
6 m
5,5 m
4 m
3,5 m
2,5 m
To'g'ri javob: 2,5 m
"YHQning 13-bob. 91-band 8-xatboshiga asosan: 91. Quyidagilarda to‘xtash taqiqlanadi:
to‘xtagan transport vositasi bilan bo‘ylama sidirg‘a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo‘lgan joylarda."
20. Svetoforning asosiy yashil ishorasiga yo‘naltirgich (yo‘naltirgichlar)ning shakli tushirilgan bo‘lsa, haydovchilarga nima haqida axborot beradi?
Yaqin orada yashil ishorasi yonishi haqida axborot beradi
Svetoforning qo‘shimcha tarmog‘i borligi haqida axborot beradi
Svetofor ishlamayotganligi to‘g‘risida axborot beradi
To'g'ri javob: Svetoforning qo‘shimcha tarmog‘i borligi haqida axborot beradi
YHQning 7-bob. 33-bandga asosan: 33. Svetoforning asosiy yashil ishorasiga yo‘naltirgich (yo‘naltirgichlar)ning shakli tushirilgan bo‘lsa, u haydovchilarga svetoforning qo‘shimcha tarmog‘i borligi haqida axborot beradi va asosiy yashil ishora yonganda harakatlanishga ruxsat berilgan yo‘nalishlarni ko‘rsatadi.