59-bilet savollari va javoblari

1. Qizil avtomobil qaysi yo‘nalishlarda qayrilib olishga ruxsat beriladi?

Qizil avtomobil qaysi yo‘nalishlarda qayrilib olishga ruxsat beriladi?
  1. Birinchi yo‘nalishda
  2. Ikkinchi yo‘nalishda
  3. Ikkala yo‘nalishlarda ham qayrilib olish taqiqlangan

To'g'ri javob: Ikkala yo‘nalishlarda ham qayrilib olish taqiqlangan

YHQga 1-ILOVA 3.19 bandiga asosan: 3.19. «Qayrilish taqiqlangan».

2. Miltillovchi qizil ishora?

  1. Harakatni taqiqlaydi
  2. Keskin tormoz bermasdan to‘xtashga ulgura olmaydigan haydovchilarga harakatlanishni davom ettirishga ruxsat etiladi
  3. Harakatlanishga ruxsat beradi

To'g'ri javob: Harakatni taqiqlaydi

YHQning 7-bob. 31-band 7-xatboshiga asosan: 31. Svetoforning doirasimon ishoralari quyidagi ma’noni bildiradi: qizil ishora, shuningdek, miltillovchi qizil ishora harakatlanishni taqiqlaydi.

3. Aholi yashash joylaridan tashqaridagi ikki tomonlama harakat tashkil etilgan ikki tasmali yo‘llarda tezligini soatiga 50 kilometrdan oshirishi mumkin bo‘lmagan, shuningdek, uzunligi 7 metrdan ortiq bo‘lgan transport vositalarining (transport vositalarining tarkibi) haydovchilari o‘zi va oldida harakatlanayotgan transport vositasi orasida qancha masofani saqlashlari kerak?

  1. 3 metr
  2. 5 metr
  3. Haydovchi o‘zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganda, to‘qnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani
  4. Ularni quvib o‘tayotgan transport vositalari oldin egallagan qatoriga bemalol qayta tizilishi uchun imkon beradigan masofani saqlashlari kerak

To'g'ri javob: Ularni quvib o‘tayotgan transport vositalari oldin egallagan qatoriga bemalol qayta tizilishi uchun imkon beradigan masofani saqlashlari kerak

YHQning 10-bob. 74-bandi 1-xatboshiga asosan: 74. Aholi yashash joylaridan tashqaridagi ikki tomonlama harakat tashkil etilgan ikki tasmali yo‘llarda tezligini soatiga 50 kilometrdan oshirishi mumkin bo‘lmagan, shuningdek, uzunligi 7 metrdan ortiq bo‘lgan transport vositalarining (transport vositalarining tarkibi) haydovchilari o‘zi va oldida harakatlanayotgan transport vositasi orasida, ularni quvib o‘tayotgan transport vositalari oldin egallagan qatoriga bemalol qayta tizilishi uchun imkon beradigan masofani saqlashlari kerak.

4. Vazirlar Mahkamasining 172-sonli qaroriga muvofiq, Yo‘l harakati qoidalari nechta banddan iborat?

  1. 184
  2. 186
  3. 216
  4. 220

To'g'ri javob: 186

YHQning 1-bob. 1-bandiga asosan: Yo‘l harakati qoidalari 186 ta banddan iborat.

5. Yo‘l chiziqlari nechta guruhdan iborat?

  1. 2 ta
  2. 3 ta
  3. 4 ta

To'g'ri javob: 2 ta

YHQga 2-ILOVAga asosan yo‘l chiziqlari 2 guruhga bo‘linadi: 1. Yotiq chiziqlar; 2. Tik chiziqlar.

6. Velosipedni boshqarishga necha yoshdan ruxsat etiladi?

  1. 12 yosh
  2. 14 yosh
  3. 16 yosh
  4. 18 yosh

To'g'ri javob: 14 yosh

YHQning 28-bob. 165-bandga asosan: 165. Yo‘lda velosiped, individual harakatlanish vositalarini va aravani boshqarish, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni haydab o‘tish 14 yoshdan kichik bo‘lmagan, moped va skuterni boshqarish esa 16 yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslarga ruxsat etiladi.

7. Miniladigan uy hayvonlarini boshqarishga necha yoshdan ruxsat etiladi?

  1. 12 yosh
  2. 14 yosh
  3. 16 yosh
  4. 18 yosh

To'g'ri javob: 14 yosh

YHQning 28-bob. 165-bandga asosan: 165. Yo‘lda velosiped, individual harakatlanish vositalarini va aravani boshqarish, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni haydab o‘tish 14 yoshdan kichik bo‘lmagan, moped va skuterni boshqarish esa 16 yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslarga ruxsat etiladi.

8. Qaysi avtomobil haydovchisi qoidani buzmasdan harakatlanmoqda?

Qaysi avtomobil haydovchisi qoidani buzmasdan harakatlanmoqda?
  1. Ko‘k avtomobil haydovchisi
  2. Qizil avtomobil haydovchisi
  3. Ikkala avtomobil haydovchilari
  4. Har ikkala avtomobil haydovchilari qoidani buzmoqda

To'g'ri javob: Ko‘k avtomobil haydovchisi

"YHQga 1-ILOVA 3.18.2 bandi va 3.Taqiqlovchi belgilarning 47-xatboshi hamda YHQga 1-ILOVA 5.8.2 bandi va 5. Axborot-ko‘rsatgich belgilarining 11-xatboshiga asosan: 3.18.2. «Chapga burilish taqiqlanadi». 3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o‘rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi. 5.8.2. «Tasma bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi». Tasma bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanish taqiqlanadi. Yo‘lning chetki chap bo‘lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi."

9. Yondosh hududlardan yo‘lga chiqish joylarida yoki yo‘lning dala, o‘rmon yo‘llari va boshqa doimiy harakatlanish, o‘tib ketish uchun mo‘ljallanmagan yo‘llar bilan kesishgan (tutashgan) joylarida, ularning oldida tegishli belgilar o‘rnatilmagan bo‘lsa, bu belgilarning ta’siri yo‘qoladimi?

Yondosh hududlardan yo‘lga chiqish joylarida yoki yo‘lning dala, o‘rmon yo‘llari va boshqa doimiy harakatlanish, o‘tib…
  1. Yo‘qoladi
  2. Yo‘qolmaydi

To'g'ri javob: Yo‘qolmaydi

"YHQga 1-ILOVA 3.Taqiqlovchi belgilarning 46 va 47-xatboshiga asosan: 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilarining ta’siri belgi o‘rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, ular bo‘lmaganda — aholi punktining oxirigacha ta’siri qiladi. Yondosh hududlardan yo‘lga chiqish joylarida yoki yo‘lning dala, o‘rmon yo‘llari va boshqa doimiy harakatlanish, o‘tib ketish uchun mo‘ljallanmagan yo‘llar bilan kesishgan (tutashgan) joylarida, ularning oldida tegishli belgilar o‘rnatilmagan bo‘lsa, bu belgilarning ta’siri yo‘qolmaydi."

10. Qizil avtomobil haydovchisi yaqinlashib kelayotgan poyezdni o‘tkazib yuborish uchun to‘g‘ri to‘xtadimi?

Qizil avtomobil haydovchisi yaqinlashib kelayotgan poyezdni o‘tkazib yuborish uchun to‘g‘ri to‘xtadimi?
  1. To‘g‘ri to‘xtadi
  2. Noto‘g‘ri to‘xtadi

To'g'ri javob: Noto‘g‘ri to‘xtadi

YHQning 8-bob. 119-bandiga asosan: 119. Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i, 2.5 yo‘l belgisi yoki svetofor oldida, ular bo‘lmaganda shlagbaumga kamida 5 metr, shlagbaum bo‘lmaganda esa birinchi temir yo‘l iziga kamida 10 metr qolganda to‘xtashi kerak.

11. Qaysi yo'nalish bo‘yicha chapga burilishga ruxsat etiladi?

Qaysi yo'nalish bo‘yicha chapga burilishga ruxsat etiladi?
  1. Faqat 1-yo‘nalish
  2. Faqat 2-yo‘nalish
  3. Har ikki yo‘nalishlarga taqiqlanadi
  4. Barcha yo‘nalishlarga

To'g'ri javob: Faqat 2-yo‘nalish

YHQning 9-bob. 56-band 2-xatboshiga asosan: Agar 5.8.1 yoki 5.8.2 yo‘l belgilari yoxud 1.18 yo‘l chizig‘i bilan boshqa harakatlanish tartibi o‘rnatilmagan bo‘lsa, qatnov qismining o‘rtasida u bilan bir sathda joylashgan bir yo‘nalishdagi tramvay izidan chapga burilish va qayrilib olishga ruxsat etiladi. Biroq, bu tramvay harakatiga xalaqit bermasligi kerak.

12. Yuk avtomobiliga qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishga ruxsat etiladi?

Yuk avtomobiliga qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Faqat chapga
  2. Chapga va qayrilib olishga
  3. To‘g‘riga va chapga

To'g'ri javob: Faqat chapga

"YHQning 10-bob. 67-band 3, 4 va 5-xatboshilariga asosan: Aholi punktlarida ushbu bandning birinchi xatboshi va ushbu Qoidalarning 69, 123 va 161-bandlaridagi talablarni hisobga olgan holda, haydovchilar o‘zlariga qulay bo‘lgan harakatlanish bo‘lagidan foydalanishlari mumkin. Harakatlanish serqatnovligi sababli boshqa tasmalar band bo‘lganda harakatlanish qatorini faqat o‘ngga yoki chapga burilish, qayrilib olish, to‘xtash yoki to‘siqni aylanib o‘tish uchun o‘zgartirishga ruxsat etiladi. Biroq, bir yo‘nalishdagi uch va undan ortiq tasmali har qanday yo‘lda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa bo‘laklar band bo‘lgan hollarda, shuningdek, quvib o‘tish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi. Boshqa hollarda yuk avtomobillariga yo‘lning chetki chap qatorida harakatlanish taqiqlanadi."

13. Ushbu belgi o‘rnatiladi:

Ushbu belgi o‘rnatiladi:
  1. “Bolalar uyi” yoki oromgohlari oldidan o‘tgan yo‘l qismlarida o‘rnatiladi
  2. Maktab yoki maktabgacha ta’lim muassasalari oldida
  3. Ko‘zi ojiz piyodalar harakatlanish ehtimoli ko‘p bo‘lgan yo‘l qismlarida o‘rnatiladi

To'g'ri javob: Maktab yoki maktabgacha ta’lim muassasalari oldida

YHQga 1-ILOVA 5.46 bandiga asosan: 5.46 «Maktab». Maktab yoki maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida o‘rnatiladi.

14. Ushbu belgi nimani bildiradi?

Ushbu belgi nimani bildiradi?
  1. Tik balandlik
  2. Tik nishablik

To'g'ri javob: Tik balandlik

YHQga 1-ILOVA 1.14 bandiga asosan: 1.14. «Tik balandlik».

15. Velosipedchilarga velosiped yo‘lkasi bo‘lganda qatnov qismidan harakatlanishga ruxsat etiladimi?

  1. Ruxsat etiladi
  2. Boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasa ruxsat etiladi
  3. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQning 28-bob. 168-band 5-xatboshiga asosan: 168. Velosipedchilar va individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: velosiped yo‘lkasi bo‘lgan holda yo‘lning qatnov qismida harakatlanish.

16. Qaysi belgida qayrilishga ruxsat etiladi?

Qaysi belgida qayrilishga ruxsat etiladi?
  1. B
  2. C
  3. A
  4. A, B, C

To'g'ri javob: A, B, C

YHQga 1-ILOVA 3.18.2 va 5.7.2 hamda 5.10.2 bandiga asosan: 3.18.2. «Chapga burilish taqiqlanadi». 5.7.2. «Bir tomonlama harakatli yo‘lga chiqish». Harakatlanish bir tomonlama bo‘lgan yo‘lga yoki qatnov qismiga chiqish. 5.10.2. «Yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘lga chiqish».

17. Qaysi transport vositasi o‘ngga to‘g‘ri burilmoqda?

Qaysi transport vositasi o‘ngga to‘g‘ri burilmoqda?
  1. Oq va sariq avtomobil
  2. Qizil va oq avtomobil
  3. Sariq va yashil avtomobil
  4. Oq avtomobil
  5. Barcha avtomobillar

To'g'ri javob: Oq avtomobil

"YHQning 9-bob. 56-bandiga asosan: 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o‘ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart. Agar 5.8.1 yoki 5.8.2 yo‘l belgilari yoxud 1.18 yo‘l chizig‘i bilan boshqa harakatlanish tartibi o‘rnatilmagan bo‘lsa, qatnov qismining o‘rtasida u bilan bir sathda joylashgan bir yo‘nalishdagi tramvay izidan chapga burilish va qayrilib olishga ruxsat etiladi. Biroq, bu tramvay harakatiga xalaqit bermasligi kerak."

18. Qaysi transport vositasi o‘ngga to‘g‘ri burilmoqda?

Qaysi transport vositasi o‘ngga to‘g‘ri burilmoqda?
  1. Mototsikl
  2. Sariq va yashil avtomobil
  3. Oq avtomobil
  4. Barchasi to‘g‘ri burilmoqda

To'g'ri javob: Oq avtomobil

"YHQning 9-bob. 56-bandiga asosan: 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o‘ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart. Agar 5.8.1 yoki 5.8.2 yo‘l belgilari yoxud 1.18 yo‘l chizig‘i bilan boshqa harakatlanish tartibi o‘rnatilmagan bo‘lsa, qatnov qismining o‘rtasida u bilan bir sathda joylashgan bir yo‘nalishdagi tramvay izidan chapga burilish va qayrilib olishga ruxsat etiladi. Biroq, bu tramvay harakatiga xalaqit bermasligi kerak."

19. Qaysi avtomobil haydovchisi qoidani buzmay harakatlanmoqda?

Qaysi avtomobil haydovchisi qoidani buzmay harakatlanmoqda?
  1. Chapdagi rasmda
  2. O‘ngdagi rasmda
  3. Ikkala rasmda

To'g'ri javob: Chapdagi rasmda

"YHQning 22-bob. 132-band 2 va 3-xatboshi, 17 prim 1-bob. 115 prim 2-band 1-xatboshi hamda YHQga 2-ILOVA 1.23 bandga asosan: Agar 5.9 yo‘l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo‘lsa, burilmoqchi bo‘layotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak. Shuningdek, bunday joylarda yo‘nalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo‘lga chiqish, qatnov qismining chetki o‘ng tomonida yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo‘lakka o‘tishga ruxsat etiladi. 115 prim 2. Yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘lda harakatlanishi taqiqlangan transport vositalari ushbu yo‘ldan faqat yondosh hududga kirish yoki chiqish maqsadida yondosh hududning kirish yoki chiqish joyidan 50 metr masofada uzuq-uzuq chiziqli joygacha yoxud yaqin masofadagi uzuq-uzuq chiziqli joygacha harakatlanishi mumkin.​ 1.23 — yo‘lning faqat yo‘nalishli transport vositalari uchun mo‘ljallangan bo‘lagini bildiradi."

20. Qaysi rasmda to‘rt tasmali yo‘l ko‘rsatilgan?

Qaysi rasmda to‘rt tasmali yo‘l ko‘rsatilgan?
  1. Birinchi
  2. Birinchi va ikkinchi
  3. Ikkinchi va uchinchi
  4. Barchasida

To'g'ri javob: Barchasida

"YHQning 1-bob. 6-band 84-xatboshi va 10-bob. 64-band 1-xatboshiga asosan: harakatlanish tasmasi — avtomobillarning bir qator bo‘lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo‘lgan, yo‘l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo‘l qatnov qismining har qanday bo‘ylama tasmasi; 64. Relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yo‘l belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yo‘l belgilari bo‘lmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit o‘lchamlarini hisobga olgan holda o‘zlari aniqlaydilar. Bunda harakatlanish ikki tomonlama bo‘lgan yo‘l qatnov qismining chap tomondagi yarmi, qatnov qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish tasmalari, balandlikka ko‘tarilishdagi qo‘shimcha tasmalar, yo‘nalishli transport vositalarining to‘xtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga olmagan holda, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan deb hisoblanadi."