6-bilet savollari va javoblari

1. Avtomobil qaysi yo'nalishlarda harakatlanishi mumkin?

Avtomobil qaysi yo'nalishlarda harakatlanishi mumkin?
  1. Faqat o'ngga.
  2. To'xtash va svetoforning yashil chirog'ini kutish.
  3. Faqat to'g'riga.
  4. Barcha yo'nalishlar bo'yicha.

To'g'ri javob: Barcha yo'nalishlar bo'yicha.

YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining o'ng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat etiladi. YHQ 8-bobi 8.14-bandiga muvofiq, haydovchilar va piyodalar tartibga soluvchining ishorasi va ko'rsatmalariga ular svetofor ishoralari, yo'l belgilari va chiziqlariga zid kelgan taqdirda ham amal qilishlari kerak.

2. Bu belgi nimani bildiradi?

Bu belgi nimani bildiradi?
  1. Ro‘paradan kelayotgan transport vositalariga nisbatan birinchi o‘tish huquqini beradi
  2. Haydovchi ro‘paradan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak
  3. Bir tomonlama harakatli yo‘l qatnov qismi tamom bo‘lganligini bildiradi

To'g'ri javob: Haydovchi ro‘paradan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak

YHQ 1-ilovasi 2-bo‘limining o‘ninchi xatboshisiga asosan: 2.6. “Ro‘para harakatlanishning ustunligi”. Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yo‘lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yo‘lning tor qismida bo‘lgan yoki ro‘paradan unga yaqin bo‘lgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.

3. Haydovchiga belgilangan traektoriya bo'yicha harakatlanib, manyovrlar bajarishga ruxsat berilganmi?

Haydovchiga belgilangan traektoriya bo'yicha harakatlanib, manyovrlar bajarishga ruxsat berilganmi?
  1. A bo'yicha ruxsat etilgan.
  2. B bo'yicha ruxsat etilgan.
  3. Ikkovi bo'yicha ham ruxsat etilgan.

To'g'ri javob: Ikkovi bo'yicha ham ruxsat etilgan.

YHQ 2-ilovasining 1-bo'limi 1.5, 1.6 yotiq chiziqlariga asosan, 1.5 – ikki yoki uch tasmali yo'llarda qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratadi; bir yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan ikki yoki undan ko'proq tasmali yo'llarda tasmalarning chegaralarini va bir yo'nalishdagi harakatlanish bo'lagi bilan velosiped bo'lagi chegarasini bildiradi. 1.6 (yaqinlashish chizig'i – har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta bo'lgan uzuq-uzuq chiziq) — qarama-qarshi yoki bir yo'nalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig'iga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi. 1.5 va 1.6 chiziqlarini istalgan tomondan bosib o'tish mumkin.

4. Ushbu svetofor qaysi yo'nalishda harakatlanishni taqiqlaydi?

Ushbu svetofor qaysi yo'nalishda harakatlanishni taqiqlaydi?
  1. Faqat chapga.
  2. To'g'riga va chapga.
  3. To'g'riga va o'ngga.
  4. Faqat o'ngga.

To'g'ri javob: Faqat chapga.

YHQ 7-bobi 36-bandiga asosan, tramvaylarning hamda maxsus ajratilgan tasma bo'ylab harakatlanayotgan boshqa yo'nalishli transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun "T" harfi ko'rinishida joylashgan to'rtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar qo'llanilishi mumkin. Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning o'zida yonganda, harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, o'ngdagisi o'ngga, o'rtadagisi to'g'riga yurishga ruxsat beradi. Pastdagi ishora o'chirilib, yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.

5. Qizil avtomobil:

Qizil avtomobil:
  1. Ko‘k avtomobilga nisbatan ustunlikka ega, chunki asosiy yo‘ldan ketmoqda
  2. Ko‘k avtomobilga nisbatan ustunlikka ega, chunki aylanma harakatli yo‘ldan ketmoqda
  3. Chorrahaga o‘ng tomondan yaqinlashib kelgan ko‘k avtomobilga yo‘l berishi kerak

To'g'ri javob: Ko‘k avtomobilga nisbatan ustunlikka ega, chunki aylanma harakatli yo‘ldan ketmoqda

YHQ 16-bobi 104 bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak.

6. Yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda yo‘lning yoritilmagan qismida to‘xtagan yoki to‘xtab turgan mexanik transport vositasining haydovchisi bajarishi kerak:

  1. Tumanga qarshi fara chiroqlarni va yaqinni yorituvchi fara chiroqlarni yoqishi
  2. Faralarning uzoqni yorituvchi fara chiroqlarini yoqishi
  3. Gabarit fara chiroqlarini yoqishi

To'g'ri javob: Gabarit fara chiroqlarini yoqishi

YHQ 23-bobi 136-bandiga asosan: Qorong‘i vaqtda yo‘lning yoritilmagan qismida, shuningdek yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda to‘xtagan yoki to‘xtab turgan transport vositasida gabarit chiroqlari yoqilgan bo‘lishi kerak. Etarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda gabarit chiroqlariga qo‘shimcha ravishda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari, tumanga qarshi fara chiroqlari va tumanga qarshi orqa fara chiroqlari yoqilishi mumkin.

7. Transport vositasi qachon faqat o‘ng chetki tasmadan harakatlanishi kerak?

  1. Og‘ir vazinli va yirik o‘lchamli yuklarni tashishda
  2. Agar haydovchi o‘zini betob his qilsa
  3. Agar harakatlanish vaqtida mahkamlangan yuk bo‘shashib ketsa
  4. Transport vositasi texnik sabablarga ko‘ra 40 km/s dan ortiq tezlikda harakatlana olmasa

To'g'ri javob: Transport vositasi texnik sabablarga ko‘ra 40 km/s dan ortiq tezlikda harakatlana olmasa

YHQ 10-bobi 68-bandiga asosan: Tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin bo‘lmagan yoki texnik sabablarga ko‘ra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari aylanib o‘tish, quvib o‘tish, chapga burilish yoki qayrilib olish uchun qayta tizilishdan yoki ruxsat etilgan hollarda yo‘lning chap tomonida to‘xtashdan boshqa hollarda faqat chetki o‘ng qatorida harakatlanishlari kerak.

8. Ogohlantirish ishorasini berish haydovchiga birinchi harakatlanish huquqini beradimi?

  1. Bermaydi
  2. Manyovrni tugatish vaqtida beradi
  3. Manyovrni boshlash vaqtida beradi
  4. Hamma hollarda beradi

To'g'ri javob: Bermaydi

YHQ 8-bobi 46-bandiga muvofiq, burilish ko'rsatgichlari bilan berilayotgan ogohlantiruvchi ishora berish haydovchiga oldin o'tish huquqini bermaydi va uni zaruriy ehtiyot choralarini ko'rish mas'uliyatidan ozod etmaydi.

9. Qoidalarga ko‘ra shatakka olish vaqtida bir-biriga ulangan mexanik transport vositalari tarkibining qanday umumiy uzunligiga yo‘l qo‘yiladi?

  1. 20 m
  2. 21 m
  3. 22 m
  4. 23 m
  5. 24 m

To'g'ri javob: 20 m

YHQ 24 bobi 145-bandning 3-xatboshiga asosan, Shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno); ikki va undan ko‘p transport vositalarini; shatakka olingan va shatakka olgan transport vositalarining ulagich bilan birga umumiy uzunligi 20 metrdan a ortiq bo‘lsa.

10. Qoidalar bo‘yicha necha yoshdan boshlab yengil avtomobilni boshqarishga ruxsat etiladi?

  1. 14 yoshdan
  2. 16 yoshdan
  3. 18 yoshdan

To'g'ri javob: 18 yoshdan

YHQ 25-bobi 149-bandiga asosan: Transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lishi uchun o‘rganuvchi o‘quv muddati yakunida: “B” va “C” toifalari uchun — 18 yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak.

11. Qaysi hollarda bir yo‘nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmasi bo‘lgan yo‘lda to‘xtash va to‘xtab turish taqiqlanadi?

  1. Ko‘priklarda, estakadalarda va osma yo‘llar ustida
  2. Ko‘priklar, estakadalar va osma yo‘llar ostida
  3. Sanab o‘tilgan barcha hollarda

To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha hollarda

YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan, bir yo'nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmaga ega bo'lgan ko'prik, yo'l o'tkazgich va estakadalarning ustida, ko'prik, yo'l o'tkazgich va estkadalarning ostida (tegishli yo'l belgilari bilan to'xtab turish ruxsat berilgan yo'l qismlari bundan mustasno) to'xtash va to'xtab turish taqiqlanadi.

12. Avtomobil haydovchisi sirpanib ketishning xavfli oqibatlari oldini olish uchun quyidagi amalni bajarishga majbur:

  1. Tormoz pedalini qattiq bosishga
  2. Ulagich pedalini bosishga
  3. Boshlangan tormoz berishni to‘xtatishga
  4. Ulagichni ajratishga va to‘xtab turish tormozi bilan tormozlashga

To'g'ri javob: Boshlangan tormoz berishni to‘xtatishga

Avtomobilning sirpanchiq yo'lda surilishi orqa g'ildiraklarining blokirovkasi sababli tormozlanishda vujudga keladi. Bu holda birinchi navbatda surilish sababini bartaraf etish, ya'ni boshlangan tormozlanishni to'xtatish lozim. Keyinchalik rul chambaragini surilish tomon burib, harakat yo'nalishini to'g'irlab olish mumkin.

13. Haydovchiga transport vositalarining to'xtab turish joylari chegarasini bildiradigan uzluksiz chiziqni kesib o'tishga ruxsat etiladimi?

Haydovchiga transport vositalarining to'xtab turish joylari chegarasini bildiradigan uzluksiz chiziqni kesib o'tishga r…
  1. To'xtash uchun ruxsat etiladi.
  2. Taqiqlanadi.
  3. Kirish va chiqish uchun ruxsat etiladi.
  4. Hamma hollarda ruxsat etiladi, agar to'xtab turish joyida boshqa transport vositalari yo'q bo'lsa.

To'g'ri javob: Taqiqlanadi.

YHQ 2-ilovasining 1-bo'limi 1-xatboshiga asosan, 1.1 chizig'i qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo'lning xavfli joylaridagi harakatlanish tasmasi chegarasini va velosipedchilar uchun tasmaning chegarasini bildiradi; yo'lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to'xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo'lning qatnov qismi chegarasini bildiradi. 1.1 chizig'ini bosib o'tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qo'llanilgan 1.1 chizig'i bundan mustasno.

14. Temir yo‘l kesishmasi oldida turgan transport vositalarini qarama-qarshi harakatlanish tasmasiga chiqib aylanib o‘tishga ruxsat etiladimi?

  1. Ruxsat etiladi, agar ro‘paradan kelayotgan transport vositalari yo‘q bo‘lsa
  2. Faqat yon kajavasiz mototsikllarga ruxsat etiladi
  3. Agar aylanib o‘tayotgan transport vositasining tezligi 8 km/soatdan kam bo‘lsa taqiqlanadi
  4. Qarama-qarshi harakatlanish tasmasiga chiqib aylanib o‘tish taqiqlanadi

To'g'ri javob: Qarama-qarshi harakatlanish tasmasiga chiqib aylanib o‘tish taqiqlanadi

YHQ 18-bobi 118-bandi 6-xatboshiga asosan, kesishma oldida turgan transport vositalarini qarama-qarshi harakatlanish bo'lagiga chiqib aylanib o'tish taqiqlanadi.

15. Chorrahadan uchinchi bo‘lib o‘tadi:

Chorrahadan uchinchi bo‘lib o‘tadi:
  1. Yashil avtomobil.
  2. Qizil avtomobil.
  3. Ko‘k avtomobil.
  4. Sariq avtomobil.

To'g'ri javob: Ko‘k avtomobil.

YHQ 16-bobi 106-,105 - va 104 - bandlariga asosan, asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak.

16. Haydovchi piyodalarga qachon yo‘l berishi kerak?

  1. Hovlidan yo‘lga chiqishda
  2. Yo‘ldan hovliga kirishda
  3. Yonilg‘i shaxobchasidan yo‘lga chiqishda
  4. To‘xtab turish joyidan yo‘lga chiqishda
  5. Sanab o‘tilgan barcha hollarda

To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha hollarda

YHQ 9-bobi 54-bandiga muvofiq, yondosh hududlardan yo'lga chiqayotgan haydovchi unda harakatlanayotgan transport vositalari va piyodalarga, shuningdek yo'ldan chiqishda harakat yo'nalishini kesib o'tayotgan piyodalar va velosipedchilarga yo'l berishi kerak.

17. Ko'rsatilgan holatda yengil avtomobilga to'xtab turishga ruxsat etiladimi?

Ko'rsatilgan holatda yengil avtomobilga to'xtab turishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi.
  2. Taqiqlanadi.

To'g'ri javob: Taqiqlanadi.

YHQ 13-bobi 91-bandi 14-xatboshiga asosan, to'xtash taqiqlanadi: transport vositasi svetofor ishoralari, yo'l belgilarini boshqa haydovchilardan to'sib qo'yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda.

18. Yuk avtomobillarida yuk tashish taqiqlanadi, agar:

  1. Yuk yon tomonga gabaritning chetki qismidan 0,4 metrgacha chiqib tursa
  2. Yuk transport vositalarining gabaritlaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrgacha chiqib tursa
  3. Tashilayotgan yuk vazni shu transport vositasi uchun ishlab chiqargan korxona belgilagan miqdordan ortiq bo‘lsa
  4. Barcha sanab o‘tilgan hollarda

To'g'ri javob: Tashilayotgan yuk vazni shu transport vositasi uchun ishlab chiqargan korxona belgilagan miqdordan ortiq bo‘lsa

YHQ 27-bobi 160-bandiga asosan: Tashilayotgan yukning vazni va o‘qlarga tushadigan og‘irlik miqdorining taqsimlanishi ishlab chiqargan korxona tomonidan ushbu transport vositasi uchun belgilangan miqdordan oshmasligi kerak.

19. Avtomobilning yon tomonga sirpanib ketishi nima sababdan ro‘y berishi mumkin?

  1. Faqat birdaniga keskin burilish sababli
  2. Faqat birdaniga keskin tormozlash sababli
  3. Birdaniga keskin tezlik olish va keskin tormozlash sababli
  4. Barcha sanab o‘tilgan hollarda

To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan hollarda

Avtomobilning yon tomonga sirpanib ketishiga quydagi omillar sababli ro‘y beradi: avtomobil rulini birdaniga keskin burish, keskin tormozlash hamda avtomobil tezligini keskin oshirish.

20. N2; N3 toifadagi avtotransport vositalarining boshqaruv qurilmasida qanday eng katta umumiy lyuft yig‘indisiga yo‘l qo‘yiladi?

  1. 16 gradus
  2. 20 gradus
  3. 25 gradus
  4. 26 gradus
  5. 30 gradus

To'g'ri javob: 25 gradus

YHQ 3-ilovasining 2.1-bandiga muvofiq, N3 toifa avtotransport vositasining boshqaruv qurilmasidagi lyuft yig'indisi reglament (qat'iy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda 25 gradusdan katta bo'lmasligi kerak.