61-bilet savollari va javoblari

1. Ushbu yo‘l belgisi chorrahalarda o‘ngga burilayotgan relssiz transport vositalariga svetaforning qaysi ishorasida harakatlanishga ruxsat etiladi?

Ushbu yo‘l belgisi chorrahalarda o‘ngga burilayotgan relssiz transport vositalariga svetaforning qaysi ishorasida harak…
  1. Qizil ishorasida
  2. Sariq ishorasida
  3. Yashil ishorasida
  4. Ko‘rsatilgan barchasida

To'g'ri javob: Ko‘rsatilgan barchasida

YHQga 1-ILOVA 5.42 bandiga asosan: 5.42. «Qizil chiroqda o‘ngga harakatlanish». Transport svetofori qizil chirog‘ining o‘ng yoniga 5.42 yo‘l belgisi o‘rnatilgan bo‘lsa, transport vositalarining haydovchilari svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonib turganda, barcha xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda o‘ngga burilishlari mumkin. Bunda ular harakat yo‘nalishi bo‘yicha va burilayotgan ko‘chani kesib o‘tayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositalariga yo‘l berishlari shart.

2. Yoʻl-patrul xizmati xodimlari “Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ko‘ra qanday huquqlarga ega?

Yoʻl-patrul xizmati xodimlari “Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlar…
  1. Yo‘l transport hodisasining oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash
  2. Maxsus tadbirlar o‘tkazish
  3. Ta’qib qilish
  4. Kuzatish
  5. Ko‘rsatilgan barcha javoblar

To'g'ri javob: Ko‘rsatilgan barcha javoblar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan, “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi NIZOMga asosan: YPX xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarishda quyidagi huquq va majburiyatlarga ega: maxsus tadbirlar o‘tkazish, transport vositasini ta’qib qilish yoki kuzatish, yo‘l-transport hodisasining oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash.

3. Ko‘rsatilgan yo‘l belgilarining qaysi birida eng kam tezlikda harakatlanish kerak?

Ko‘rsatilgan yo‘l belgilarining qaysi birida eng kam tezlikda harakatlanish kerak?
  1. Chapdagi belgida
  2. O‘ngdagi belgida
  3. Har ikkisida

To'g'ri javob: O‘ngdagi belgida

YHQga 1-ILOVA 4.7 bandiga asosan: 4.7. «Eng kam tezlik». Faqat belgida ko‘rsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi.

4. Ushbu qora transport vositasining haydovchisining yo‘nalishni o‘zgartirishi qanday nomlanadi?

Ushbu qora transport vositasining haydovchisining yo‘nalishni o‘zgartirishi qanday nomlanadi?
  1. Manyovr qilish
  2. Tasmani o‘zgartirish
  3. Xavfli harakatlanish
  4. Avariya holatini yuzaga keltirish
  5. Barcha javoblar to‘g‘ri

To'g'ri javob: Avariya holatini yuzaga keltirish

YHQning 1-bob. 6-band 2-xatboshiga asosan: avariya holatini yuzaga keltirish — yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilarini harakat yo‘nalishi yoki tezligini keskin o‘zgartirishga, shuningdek, o‘z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qilish.

5. Piyodalarga qatnov qismini kesib o‘tishga ruxsat etiladimi?

Piyodalarga qatnov qismini kesib o‘tishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Barcha holatda ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQning 4-bob. 19-band 1-xatboshiga asosan: 19. Tartibga solinmaydigan piyodalar o‘tish joylarida, piyodalar yaqinlashayotgan transport vositalarigacha bo‘lgan masofani va ularning tezligini chamalab ko‘rib, o‘tish o‘zlari uchun xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilganlaridan so‘ng qatnov qismi (tramvay bekati)ga chiqishlari ruxsat etiladi.

6. Transport vositasi haydovchisi tomonidan chiqarilgan havodagi etanol bugʻlari kontsentratsiyasi qancha miqdorni koʻrsatgan hollarda DYHXX xodimi haydovchiga nisbatan alkogolli ichimlik isteʼmol qilganligi fakti yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtiradi?

Transport vositasi haydovchisi tomonidan chiqarilgan havodagi etanol bugʻlari kontsentratsiyasi qancha miqdorni koʻrsat…
  1. Puflangan havoning bir litrida 0,105 milligramm va undan yuqori boʻlgan hallorda
  2. Puflangan havoning bir litrida 0,135 milligramm va undan yuqori boʻlgan hallorda
  3. Puflangan havoning bir litrida 0,255 milligramm va undan yuqori boʻlgan hallorda

To'g'ri javob: Puflangan havoning bir litrida 0,135 milligramm va undan yuqori boʻlgan hallorda

O‘z. R. SSV, O‘z. R. IIV, O‘z. R. Oliy sudi, O‘z. R. Bosh prokuraturasining 2018 yil 20 noyabrdagi 52, 74, 11-192-18, 68-qq-son qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan, “Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi NIZOMning 10 - bandiga asosan: 10. Transport vositasi haydovchisi tomonidan chiqarilgan havodagi etanol bug‘lari kontsentratsiyasi ko‘rsatkichi 0,135 milligramm va undan yuqori bo‘lgan hollarda DYHXX xodimi haydovchiga nisbatan alkogolli ichimlik iste’mol qilganligi fakti yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 131-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiradi.

7. Avtomobilda bolalarni himoya qilish tizimini joylashtirish uchun qaysi joy eng xavfsiz hisoblanadi?

Avtomobilda bolalarni himoya qilish tizimini joylashtirish uchun qaysi joy eng xavfsiz hisoblanadi?
  1. Orqa o'rta o'rindiq.
  2. Oldi o'rindiq.
  3. Haydovchi orqasidagi o'rindiq.

To'g'ri javob: Orqa o'rta o'rindiq.

AVXB va HXA (Avtotransport vositalarini xavfsiz boshqarish va harakat xavfsizligi asoslari) faniga asosan: tadqiqotlarga ko‘ra, orqa o‘rta o‘rindiqda bo‘lgan bolaning YTHda jarohat olish xavfi minimaldir. Avtomobil salonidagi boshqa barcha joylar bilan solishtirganda bu yerda himoya darajasi kamida 15-20% yuqori.

8. Ushbu xavflilik belgisi qaysi turdagi moddalarni bildiradi?

Ushbu xavflilik belgisi qaysi turdagi moddalarni bildiradi?
  1. Toksik moddalar
  2. Organik peroksidlar
  3. Oksidlovchi moddalar

To'g'ri javob: Oksidlovchi moddalar

YHQga 4-ILOVA 5.1 bandiga asosan: 5.1 Oksidlovchi moddalar.

9. Bunday holatda qaysi haydovchi yo‘l berishi kerak?

Bunday holatda qaysi haydovchi yo‘l berishi kerak?
  1. Tramvay haydovchisi
  2. Avtomobil haydovchisi

To'g'ri javob: Avtomobil haydovchisi

YHQning 22-bob. 131-bandiga asosan: 131. Tramvay yo‘llari chorrahadan tashqarida qatnov qismini kesib o‘tadigan joylarda tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega bo‘ladi (depodan chiqish joylari bundan mustasno).

10. Ushbu belgi o‘rnatilgan hududda qaysi toifalarga ega avtotransport vositalari harakatlanishi mumkin?

Ushbu belgi o‘rnatilgan hududda qaysi toifalarga ega avtotransport vositalari harakatlanishi mumkin?
  1. Toza
  2. O‘rta
  3. Zararli

To'g'ri javob: Toza

YHQga 1-ILOVA 3.35 bandiga asosan: 3.35. Ekologik zona hududida «o‘rta» va «zararli» ekologik toifalarga ega avtotransport vositalari harakatlanishi taqiqlangan. 3.35 belgisi ekologik zona hududiga kirishdan 150 — 300 metr oldin o‘rnatiladi.

11. Ikki tomonlama yo‘lda harakatsiz holda bo‘lgan jism bor (bo‘chka, meshok, ...). Siz bu narsalarni qaysi tomonidan aylanib o‘tasiz?

Ikki tomonlama yo‘lda harakatsiz holda bo‘lgan jism bor (bo‘chka, meshok, ...). Siz bu narsalarni qaysi tomonidan aylan…
  1. O‘ng va chap tomonidan
  2. O‘ng tomonidan
  3. Chap tomonidan

To'g'ri javob: O‘ng tomonidan

YHQning 10-bob. 76-bandiga asosan: 76. Agar yo‘l belgilari va chiziqlari boshqa yo‘nalishni ko‘rsatmagan bo‘lsa, haydovchilar ajratuvchi bo‘lagi bo‘lmagan ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llardagi xavfsizlik orolchalari, ustunchalar va yo‘l inshooti qismlari (ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich ustunlari va shunga o‘xshashlar)ni o‘ng tomondan aylanib o‘tishlari kerak.

12. L- toifasi bu?

  1. Yuk avtomobillari
  2. Mototransport vositalari
  3. Yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari

To'g'ri javob: Mototransport vositalari

YHQga 3-ILOVA 7.22 bandi 25-xatboshiga asosan: L toifasi — mototransport vositalari.

13. Yo‘lovchilarga taqiqlanadi:

Yo‘lovchilarga taqiqlanadi:
  1. Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalg‘itish va unga xalaqit berish
  2. Harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida o‘tirish
  3. Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish
  4. Barcha ko‘rsatilgan javoblar to‘g‘ri

To'g'ri javob: Barcha ko‘rsatilgan javoblar to‘g‘ri

YHQning 5-bob. 24-bandga asosan: 24. Yo‘lovchilarga: - transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalg‘itish (unga xalaqit berish); - harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida o‘tirish; - transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish; - transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda salondan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) chiqarish taqiqlanadi. Bu talablarning bajarilishini haydovchi nazorat qilishi kerak.

14. Ushbu yo‘l nechta harakatlanish tasmasiga ega?

Ushbu yo‘l nechta harakatlanish tasmasiga ega?
  1. Bitta harakatlanish tasmasiga
  2. Uchta harakatlanish tasmasiga
  3. Ikkita harakatlanish tasmasiga

To'g'ri javob: Ikkita harakatlanish tasmasiga

YHQning 1-bob. 6-band 84-xatboshiga asosan: harakatlanish tasmasi — avtomobillarning bir qator bo‘lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo‘lgan, yo‘l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo‘l qatnov qismining har qanday bo‘ylama tasmasi.

15. Bu joyda avtomobilning to‘xtab turishiga ruxsat etiladimi?

Bu joyda avtomobilning to‘xtab turishiga ruxsat etiladimi?
  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi

YHQning 13-bob. 88-band 2-xatboshi va 91-band 13-xatboshiga asosan: Aholi punktlarida o‘rtada tramvay yo‘li bo‘lmagan, har yo‘nalishda bittadan tasmasi bo‘lgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llarda yo‘lning chap tomonida to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi. 91. Quyidagilarda to‘xtash taqiqlanadi: qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).

16. Qaysi rasmda quvib o‘tishning to‘g‘ri holati ko‘rsatilgan?

Qaysi rasmda quvib o‘tishning to‘g‘ri holati ko‘rsatilgan?
  1. 1
  2. 3
  3. 2 va 3
  4. 3 va 4

To'g'ri javob: 2 va 3

YHQga 2-ILOVA 1.1 bandi va 44-xatboshi, 1.11 bandi va 49-xatboshi hamda YHQning 12-bob. 86-band 2-xatboshiga asosan: 1.1 — qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi. 1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib o‘tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qo‘llanilgan 1.1 chizig‘i bundan mustasno. 1.11 — faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yo‘l qismlarida, bir yo‘nalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, to‘xtash maydonchalari va shunga o‘xshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yo‘nalishda ruxsat etilganligini ko‘rsatadi. 1.11 chizig‘ini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirg‘a chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib o‘tishni tugatayotganda bosib o‘tishga ruxsat etiladi. 86. Quvib o‘tish quyidagi hollarda taqiqlanadi: tartibga solingan chorrahalarda.

17. Qaysi transport vositasi yo‘l berishi kerak?

Qaysi transport vositasi yo‘l berishi kerak?
  1. Oq avtomobil
  2. Ko‘k avtomobil

To'g'ri javob: Oq avtomobil

YHQning 10-bob. 75-bandiga asosan: 75. Agar biror to‘siq sababli qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanish qiyin bo‘lsa, to‘siq o‘z tomonida bo‘lgan haydovchi yo‘l berishi kerak.

18. Ushbu ko‘rsatilgan holatda qaysi transport vositasi yo‘l berishi kerak?

Ushbu ko‘rsatilgan holatda qaysi transport vositasi yo‘l berishi kerak?
  1. Yashil avtomobil
  2. Qizil avtomobil

To'g'ri javob: Yashil avtomobil

YHQning 10-bob. 75-bandiga asosan: 75. Agar biror to‘siq sababli qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanish qiyin bo‘lsa, to‘siq o‘z tomonida bo‘lgan haydovchi yo‘l berishi kerak.

19. Ushbu ko‘rsatilgan joyda to‘xtashga ruxsat etiladimi?

Ushbu ko‘rsatilgan joyda to‘xtashga ruxsat etiladimi?
  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi

YHQning 13-bob. 91-band 8-xatboshiga asosan: 91. Quyidagilarda to‘xtash taqiqlanadi: to‘xtagan transport vositasi bilan bo‘ylama sidirg‘a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo‘lgan joylarda.

20. Mexanik transport vositasi egasining yonida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmaganida qanday hujjat bilan boshqarishga ruxsat etiladi?

Mexanik transport vositasi egasining yonida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmaganida qanday hujjat bilan boshqarishga ruxs…
  1. ID karta
  2. Biometrik passport
  3. Egalik huquqi
  4. Biometrik passport va ID karta bilan

To'g'ri javob: Biometrik passport va ID karta bilan

YHQning 2-bob. 7-band 17-xatboshiga asosan: Mexanik transport vositasi haydovchisining yonida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud bo‘lgan taqdirda, uning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjati, transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (yuridik shaxs tomonidan berilgan transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma yoki yo‘l varaqasi, tashilayotgan yukning hujjatlar bundan mustasno), transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi haydovchidan talab etilmaydi.