1. Ko‘rsatilgan joyda qizil avtomobilga to‘xtashga ruxsat etiladimi?
Taqiqlanadi
Ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Ruxsat etiladi
YHQga 1-ILOVA 5.22 bandi va YHQning 13-bob. 88-band 1-xatboshiga asosan: 5.22. «Aholi punktining boshlanishi». Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinadigan joylarning nomi hamda uning boshlanishini bildiradi.
Aholi punktlarida o‘rtada tramvay yo‘li bo‘lmagan, har yo‘nalishda bittadan tasmasi bo‘lgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llarda yo‘lning chap tomonida to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi.
2. Qayrilib olish taqiqlangan?
Faqat 2-yo‘nalish bo‘yicha
Har ikki yo‘nalish bo‘yicha
Faqat 1-yo‘nalish bo‘yicha
To'g'ri javob: Har ikki yo‘nalish bo‘yicha
YHQga 1-ILOVA 3.19-bandi va 49-xatboshiga asosan: 3.19. «Qayrilish taqiqlangan».
3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o‘rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.
3.19 belgisi 3.18.1 va 3.18.2 belgilari kabi faqat qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o‘rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etilmasdan, butun chorrahaga ta’sir qiladi.
3. Ko‘rsatilgan vaziyatda ko‘k avtomobilni qaysi tomonidan aylanib o‘tish kerak?
Har ikki tomonidan ruxsat etiladi
O‘ng tomonidan
Chap tomonidan
Har ikki tomonidan taqiqlanadi
To'g'ri javob: O‘ng tomonidan
YHQga 2-ILOVA 1.3 bandi va 44-xatboshi hamda YHQning 11-bob. 77-band 3-xatboshiga asosan: 1.3 — to‘rt va undan ortiq harakatlanish bo‘lagi bo‘lgan yo‘llarda qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi.
1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib o‘tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qo‘llanilgan 1.1 chizig‘i bundan mustasno.
Haydovchi transport vositasini boshqarish paytida aniqlay olishi mumkin bo‘lgan xavf yuzaga kelsa, u transport vositasining tezligini to‘liq to‘xtashni ta’minlaydigan darajada kamaytirishi yoki to‘siqni boshqa harakat ishtirokchilari uchun xavf tug‘dirmagan holda aylanib o‘tish choralarini ko‘rishi kerak.
4. Qaysi rasmdagi avtomobil haydovchisi qoidani buzmay buriladi?
2-rasmda
Har ikki haydovchi buzadi
Har ikki haydovchi buzmaydi
1-rasmda
To'g'ri javob: 1-rasmda
YHQning 22-bob. 132-bandi 2 va 3 - xatboshiga asosan: Agar 5.9 yo‘l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo‘lsa, burilmoqchi bo‘layotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak.
Shuningdek, bunday joylarda yo‘nalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo‘lga chiqish, qatnov qismining chetki o‘ng tomonida yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo‘lakka o‘tishga ruxsat etiladi.
5. Qizil avtomobil chorrahani kesib o‘tadi:
Birinchi bo‘lib
Uchinchi bo‘lib
Ikkinchi bo‘lib
To'g'ri javob: Ikkinchi bo‘lib
YHQning 16-bob. 104-band, 105-band 1-xatboshi va 106-bandiga asosan: 104. Teng ahamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo‘ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo‘nalishidan qat’i nazar, yo‘l berishi kerak.
Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yo‘nalishidan qat’i nazar, teng ahamiyatli yo‘lda bir yo‘nalishda yoki qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.
105. Teng ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o‘ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak.
106. Asosiy yo‘lning yo‘nalishi chorrahada o‘zgarganda, asosiy yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilar o‘zaro teng ahamiyatli yo‘llar chorrahasidan o‘tish qoidalariga amal qilishlari kerak.
Ikkinchi darajali yo‘llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o‘zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.
6. Qaysi transport vositasiga ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda qayrilib olishga ruxsat etilgan?
Oq avtomobilga
Har ikkisiga taqiqlangan
Har ikkisiga ruxsat etilgan
Qizil avtomobilga
To'g'ri javob: Qizil avtomobilga
YHQga 1-ILOVA 5.8.2 bandi va 5. Axborot-ko‘rsatgich belgilarining 11-xatboshiga asosan: 5.8.2. «Tasma bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi». Tasma bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanish taqiqlanadi.
Yo‘lning chetki chap bo‘lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.
7. Qaysi rasmdagi piyoda qatnov qismini qoidani buzgan holda kesib o‘tadi?
Uchinchi rasmda
Ikkinchi rasmda
Ikkinchi va uchinchi rasmlarda
Uchinchi va to‘rtinchi rasmlarda
Ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi rasmlarda
To'g'ri javob: Uchinchi rasmda
YHQning 4-bob. 17-bandiga asosan: 17. Piyodalar yo‘lning qatnov qismini piyodalar o‘tish joylaridan, shuningdek, yer osti va yer usti o‘tish joylaridan, ular bo‘lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yo‘l yoqasi bo‘ylab kesib o‘tishlari kerak.
Piyodalarga ko‘rinadigan oraliqda o‘tish joyi yoki chorraha bo‘lmasa, ajratuvchi mintaqasiz va to‘siqsiz yo‘llardan yo‘lning ikki tomoni yaxshi ko‘rinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida kesib o‘tish ruxsat etiladi.
8. Bu joyda to‘xtashga ruxsat etilganmi?
Taqiqlangan
Ruxsat etilgan
To'g'ri javob: Taqiqlangan
YHQga 2-ILOVA 1.4 bandiga asosan: 1.4 — to‘xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 «To‘xtash taqiqlangan» yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi hamda yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq ustidan chiziladi (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).
9. Qaysi rasmda haydovchi belgi talabini buzmay to‘xtadi?
Ikkala rasmda
Faqat 2-rasmda
Faqat 1-rasmda
To'g'ri javob: Ikkala rasmda
YHQga 1-ILOVA 2.5 bandiga asosan: 2.5. «To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan». To‘xtash chizig‘i oldida, agar u bo‘lmasa, kesib o‘tiladigan qatnov qismining chetida to‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak.
Bu belgi temir yo‘l kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin o‘rnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i oldida, u bo‘lmasa, belgi oldida to‘xtashi kerak.
10. Qaysi transport vositasining haydovchisi yo‘naltirgich bo‘yicha burilayotib qoidani buzadi?
Sariq avtomobil haydovchisi
Ko‘k avtomobil haydovchisi
Har ikki haydovchi buzadi
Har ikki haydovchi buzmaydi
To'g'ri javob: Ko‘k avtomobil haydovchisi
YHQning 9-bob. 56-band 1-xatboshi va 57-band 2-xatboshi hamda YHQning 11-bob. 77-band 3-xatboshiga asosan: 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o‘ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
O‘ngga burilishda transport vositasi iloji boricha qatnov qismining o‘ng chetiga yaqinroqda harakatlanishi kerak.
Haydovchi transport vositasini boshqarish paytida aniqlay olishi mumkin bo‘lgan xavf yuzaga kelsa, u transport vositasining tezligini to‘liq to‘xtashni ta’minlaydigan darajada kamaytirishi yoki to‘siqni boshqa harakat ishtirokchilari uchun xavf tug‘dirmagan holda aylanib o‘tish choralarini ko‘rishi kerak.
11. Ushbu taniqlik belgilaridan qaysi biri haydovchining xohishiga ko‘ra o‘rnatiladi?
Faqat 3
Faqat 2
2 va 3
Barchasi
To'g'ri javob: Barchasi
YHQning 29-bob. 176-band 13, 14, 15 va 16-xatboshlariga asosan: Haydovchining xohishiga koʻra taniqlik belgilari oʻrnatilgan boʻlishi mumkin:
“Shifokor” — shifokor-haydovchilar boshqarayotgan transport vositalarining old va orqa tomonlarida — tomonlari 140 millimetr boʻlgan, koʻk rangli, ichida diametri 125 millimetrli oq doiraga balandligi 90 millimetr, chizigʻining kengligi 25 millimetr boʻlgan qizil xoch tushirilgan kvadrat koʻrinishidagi belgi;
“Nogironligi boʻlgan shaxs” — birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxs boshqarayotgan, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslarni yoki nogironligi boʻlgan bolalarni tashiyotgan transport vositalarining old va orqa tomonlarida — barcha tomonlari 150 millimetrdan boʻlgan va ichiga 7.17 yoʻl belgisining qora rangli timsoli tushirilgan sariq rangli kvadrat koʻrinishidagi belgi;
“Haydovchilikni endi boshlagan” — “Haydovchilik malakasi yetarli boʻlmagan” haydovchilik staji 2 yildan kam boʻlgan haydovchilar boshqarayotgan mexanik transport vositalarining (traktorlar, oʻziyurar mashinalar mototsikl, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlardan, shuningdek, kichik hajmdagi mototransport vositalaridan tashqari) orqasida — ichiga qora rangli 110 millimetr balandlikdagi “!” belgisining tasviri tushirilgan, sariq rangli, tomonlari 150 millimetr boʻlgan kvadrat koʻrinishidagi belgi.
12. Ushbu transport vositasiga sidirg‘a chiziqni bosib o‘tib, yo‘l yoqasida to‘xtashga ruxsat beriladimi?
Faqat aholi punktlarida ruxsat beriladi
Ruxsat etiladi
Faqat majburiy to‘xtash holatida ruxsat beriladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Ruxsat etiladi
YHQga 2-ILOVA 1.1 bandi va 44-xatboshiga asosan: 1.1 — qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo‘lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo‘lagi chegarasini va velosipedchilar uchun bo‘lagining chegarasini bildiradi; yo‘lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to‘xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo‘lning qatnov qismi chegarasini bildiradi. 1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib o‘tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qo‘llanilgan 1.1 chiziq bundan mustasno.
13. O‘zbekiston Respublikasi «Yo‘l harakati to‘g‘risida»gi Qonunining asosiy maqsadi nimadan iborat?
Yo‘l harakati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat
Avtotransport vositasi oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berishdan iborat
Transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishdan iborat
To'g'ri javob: Yo‘l harakati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat
O‘zbekiston Respublikasi «Yo‘l harakati to‘g‘risida»gi Qonunining 1-moddasiga asosan: Ushbu Qonunning maqsadi yo‘l harakati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
14. Haydovchiga ko'prikda turgan yo'lovchini chiqarish uchun orqaga harakatlanishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi.
Agar boshqa yo'l harakati qatnashchilariga xalaqit bermasa, ruxsat etiladi.
Taqiqlanadi.
To'g'ri javob: Taqiqlanadi.
YHQ 9-bobi 62 - va 63 - bandlariga muvofiq, orqaga harakatlanish chorrahalarda va ushbu Qoidalarning 62-bandiga muvofiq qayrilib olish mumkin bo'lmagan joylarda taqiqlanadi. Ko'priklar, yo'l o'tkazgichlar, estakadalar va ularning ostida – qayrilib olish taqiqlanadi.
15. Yo'lning ushbu qismida yo'lovchini chiqarish uchun haydovchining orqa bilan harakatlanishiga ruxsat etiladimi?
Agar haydovchi yo'nalishsiz yengil taksi boshqarayotgan bo'lsa, ruxsat etiladi.
Taqiqlanadi.
Ruxsat etiladi.
To'g'ri javob: Ruxsat etiladi.
YHQ 1-ilovasining 4-bo'limi 4.1.1 "Harakatlanish to'g'riga" belgisiga muvofiq, ushbu belgining ta'sir oralig'ida faqat yo'naltirgich buyurgan tomonga harakatlanishga ruxsat etiladi. 4.1.1 belgisi yo'lning qismi boshlanishiga o'rnatilsa, unga yaqin chorrahagacha amal qilinadi. Agar chorraha chegarasi ichida bo'lmasa, bu belgi orqa bilan harakatlanishni taqiqlamaydi. Bu joyda yo'lovchini oldiga orqa bilan harakatlanib kelish mumkin.
16. Qizil avtomobil haydovchisi qoidani buzib harakatlanmoqdami?
Buzmadi
Buzdi
To'g'ri javob: Buzdi
YHQning 10-bob. 70-bandiga asosan: 70. Agar qatnov qismi yoʻl chiziqlari bilan tasmalarga ajratilgan boʻlsa, transport vositalarining harakatlanishi qatʼiy ravishda belgilangan tasmalarda amalga oshirilishi kerak. Faqat qayta tizilishda uzuq-uzuq chiziqlarni bosib oʻtishga ruxsat etiladi.
17. Svetoforlarda qanday rangli ishoralar qo‘llaniladi?
Yashil, sariq, qizil va oq
Yashil, sariq, qizil va qora
Yashil, sariq, qizil
To'g'ri javob: Yashil, sariq, qizil va oq
YHQning 7-bob. 30-bandi 1-xatboshiga asosan: 30. Svetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorugʻlik ishoralari qoʻllaniladi.
18. Qattiq ulagichda shatakka olishda transport vositalari orasidagi masofa qancha bo‘lganda harakatlanishi mumkin?
3 m
5 m
6 m
7 m
To'g'ri javob: 3 m
YHQning 24-bob. 144-bandi 1-xatboshiga asosan: 144. Egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari oʻrtasidagi masofa 4 — 6 metr oraligʻida boʻlishi, qattiq ulagich bilan shatakka olishda esa 4 metrdan koʻp boʻlmasligi kerak.
19. Qaysi transport vositasi qayta tizilishda imtiyozga ega?
Har ikki avtomobilga harakat taqiqlangan
Oq
Qizil
O'zaro kelishgan holda harakat qiladilar
To'g'ri javob: Qizil
YHQning 9-bob. 55-bandi 2-xatboshiga asosan: Bir yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganda, haydovchi oʻng tomondagi transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
20. Qaysi belgi velosipedchilar va individual harakatlanish vositalari uchun tasmani bildiradi?
C
B
A
To'g'ri javob: B
5.44 yo'l belgisi “Velosipedchilar uchun yo‘lak”. Yo‘l belgisi qaysi harakat bo‘lagi ustiga o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘sha harakat bo‘lagiga ta’sir qiladi. Yo‘lning o‘ng tomoniga o‘rnatilgan yo‘l belgisi o‘ng tasmaga ta’sir qiladi