Ogohlantiruvchi belgilar: test savollari

1. Mazkur yo'l belgisi bildiradi:

Mazkur yo'l belgisi bildiradi:
  1. Yo'lning trotuar yoki piyodalar yo'lkasi bo'lgan qismini.
  2. Yo'lning piyodalar o'tish joyi bo'lgan qismini.

To'g'ri javob: Yo'lning piyodalar o'tish joyi bo'lgan qismini.

YHQ 1-ilovasining 1-bo'limi 1.20. "Piyodalar o'tish joyi" belgisi 5.16.1, 5.16.2 belgilari va (yoki) 1.14.1-1.14.3 chiziqlari bilan belgilangan piyodalar o'tish joyini bildiradi.

2. Ushbu yo‘l belgisi nima haqida ogohlantiradi?

Ushbu yo‘l belgisi nima haqida ogohlantiradi?
  1. Bir izli temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashayotganligi haqida
  2. Shlagbaum bilan jihonzlanmagan bir izli temir yo‘l kesishmasi borligidan
  3. Shlagbaum bilan jihonzlanmagan ikki izli temir yo‘l kesishmasi borligidan

To'g'ri javob: Shlagbaum bilan jihonzlanmagan bir izli temir yo‘l kesishmasi borligidan

YHQ 1-ilovasining 1-bo'limidagi 1.3.1 belgi "Bir izli temir yo'l" – shlagbaum bilan jihozlanmagan bir izli temir yo'l kesishmasi haqida ogohlantiradi.

3. Ushbu belgilar aholi punktlarida xavfli yo'l qismi boshlanishdan qancha masofa oldin o'rnatiladi?

Ushbu belgilar aholi punktlarida xavfli yo'l qismi boshlanishdan qancha masofa oldin o'rnatiladi?
  1. 15-20 metr.
  2. 25-50 metr.
  3. 50-100 metr.
  4. 100-130 metr.
  5. 150-300 metr.

To'g'ri javob: 50-100 metr.

YHQ 1-ilovasining 1-bo'limi izohining 1-xatboshiga asosan, 1.1, 1.2, 1.6, 1.8 i 1.30 ogohlantiruvchi belgilar aholi punktlarida xavfli joydan 50-100 metr oldin o'rnatiladi.

4. Qaysi belgi "T" simon chorrahada harakatlanish yo'nalishini ko'rsatadi?

Qaysi belgi "T" simon chorrahada harakatlanish yo'nalishini ko'rsatadi?
  1. A.
  2. B.
  3. C.
  4. D.
  5. E.

To'g'ri javob: B.

YHQ 1-ilovasining 1-bo'limi 1.31.3. "Burilishning yo'nalishi" belgisi T-Simon chorrahada yoki yo'l ayrilishlarida harakatlanish yo'nalishini, ta'mirlanayotgan yo'l qismini aylanib o'tish yo'nalishini bildiradi.

5. Aholi punktlaridan tashqarida qaysi belgi takrorlanadi?

Aholi punktlaridan tashqarida qaysi belgi takrorlanadi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 3

YHQ 1-ilovasining 1-bo'limidagi 1.10 belgi "Sohilga chiqish" belgisi aholi punklaridan tashqari takrorlanadi. Ikkinchi belgi yo'lning xavfli qismi boshlanishiga kamida 50 metr qolganda o'rnatiladi.

6. Qaysi belgi “Velosiped yo‘lkasi bilan kesishuv”ni bildiradi?

Qaysi belgi “Velosiped yo‘lkasi bilan kesishuv”ni bildiradi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 2

YHQ 1-ilovasining 1-bo'limidagi 1.22 belgi "Velosiped yo'lkasi bilan kesishuv"ni bildiradi.

7. Qaysi belgi yo‘lning xavfli burilishiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi?

Qaysi belgi yo‘lning xavfli burilishiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 2

YHQ 1-ilovasining 1-bo'limidagi 1.11.2 “Xavfli burilish” belgisi yo'lning kichik radiusli yoki ko'rinish cheklangan burilish joyi haqida ogohlantiradi, 1.11.2-chapga.

8. Qaysi yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishga ruxsat etilgan?

Qaysi yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishga ruxsat etilgan?
  1. A
  2. B
  3. A va B

To'g'ri javob: A va B

YHQ 1-ilovasining 1-bo'limi 1.11.2 belgisi "Xavfli burilish" – chapga, yo'lning kichik radiusli yoki ko'rinishi cheklangan burilish joyini bildiradi va 1.31.2 yo'l belgisi "Burilishning yo'nalishi", kichik radiusli, ko'rinishi cheklangan yo'lda harakatlanish yo'nalishini va yo'lning ta'mirlanayotgan qismini aylanib o'tish yo'nalishini bildiradi. To'g'riga chapga yoki o'nga harakatlanish taqiqlanmagan.

9. Bu yo‘l belgisi oldinda nima borligidan ogohlantiradi?

Bu yo‘l belgisi oldinda nima borligidan ogohlantiradi?
  1. Ko‘prik yoki solda kechimi bo‘lmagan suv to‘siqli yo‘l qismi borligidan
  2. Suv to‘siqli yo‘l qismida ko‘tarma ko‘prik borligidan
  3. Yo‘l daryo yoqasiga yoki biror-bir suv havzasining qirg‘og‘iga chiqiladigan joyi borligidan

To'g'ri javob: Yo‘l daryo yoqasiga yoki biror-bir suv havzasining qirg‘og‘iga chiqiladigan joyi borligidan

YHQ 1-ilovasining 1-bo'limidagi 1.10 belgi "Sohilga chiqish" - daryo yoki suv havzasi qirg'og'iga chiqish haqida ogohlantiradi.

10. Bu yo'l belgisi bildiradi?

Bu yo'l belgisi bildiradi?
  1. Shlagbaum bilan jihozlanmangan ikki va undan ortiq ko'p izli temir yo'l kesishmasini.
  2. Shlagbaum bilan jihozlangan bir izli temir yo'l kesishmasini.
  3. Shlagbaum bilan jihozlanmagan bir izli temir yo'l kesishmasini.

To'g'ri javob: Shlagbaum bilan jihozlanmangan ikki va undan ortiq ko'p izli temir yo'l kesishmasini.

YHQ 1-ilovasining 1-bo'limidagi 1.3.2. "Ko'p izli temir yo'l" belgisi ikki va undan ortiq izli temir yo'l belgilari shlagbaum bilan jihozlanmagan temir yo'l kesishmasi oldida o'rnatiladi.

11. Qaysi belgi shlagbaumli temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashganlik haqida ogohlantiradi?

Qaysi belgi shlagbaumli temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashganlik haqida ogohlantiradi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 4

YHQ 1-ilovasining 1-bo'limidagi 1.1 "Shlagbaumli temir yo'l kesishmasi" belgisi shlagbaum bilan jihozlangan temir yo'l kesishmasiga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi.

12. Ushbu yo‘l belgisi chorrahaga yaqinlashayotganlik to‘g‘risida ogohlantiradi, bunda siz:

Ushbu yo‘l belgisi chorrahaga yaqinlashayotganlik to‘g‘risida ogohlantiradi, bunda siz:
  1. Birinchi bo‘lib o‘tish huquqiga egasiz
  2. Kesib o‘tayotgan yo‘ldagi transport vositalariga yo‘l berishingiz kerak
  3. Faqatgina o‘ng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yo‘l berishingiz kerak

To'g'ri javob: Faqatgina o‘ng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yo‘l berishingiz kerak

YHQ 1-ilovasining 1-bo'limi 1.6 belgisi, "Teng ahamiyatli yo'llar kesishuvi". Aholi punktlarida xavfli joydan 50 — 100 metr oldin o'rnatiladi. YHQ 16-bobi 105-bandiga muvofiq, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

13. Ko‘rsatilgan yo‘l belgilaridan qaysilari Siz yo‘lning tor qismida yo‘l berishingizni talab qiladi?

Ko‘rsatilgan yo‘l belgilaridan qaysilari Siz yo‘lning tor qismida yo‘l berishingizni talab qiladi?
  1. Faqat C
  2. B va C
  3. B va D
  4. A va C

To'g'ri javob: A va C

YHQ 21-bobi 128-bandiga muvofiq, yo'lning 1.13 belgisi bilan belgilangan qiyaliklarida, qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan biron-bir to'siq bo'lsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak va YHQ 1-ilovasining 1-bo'limi 2.6 belgisiga asosan, "ro'para harakatlanishning ustunligi", qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yo'lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yo'lning tor qismida bo'lgan yoki ro'paradan unga yaqin bo'lgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.

14. Ushbu belgi...

Ushbu belgi...
  1. Oldinda transport vositalarining tirbandligi haqida ogohlantiradi
  2. Oldinda transport vositalari orasida xavfsiz oraliqni ta'minlash haqida ogohlantiradi
  3. Transport vositalari qatnov qismining tasmalari bo‘yicha harakatlanishi qat'iyligi haqida ogohlantiradi

To'g'ri javob: Oldinda transport vositalarining tirbandligi haqida ogohlantiradi

YHQ 1-ilovasining 1-bo'limidagi 1.32 "Tirbandlik". Ushbu yo'l belgisi vaqtinchalik yoki tasviri o'zgaradigan holatda tirbandlik hosil bo'lgan yo'l yoki chorrahaga kirish oldidan yo'lni yoki chorrahani aylanib o'tish imkoniyati bo'lgan joyga o'rnatiladi.

15. Ko‘rsatilgan belgilardan qaysi biri haydovchilarni oldinda to‘suvchi qurilma borligi haqida ogohlantiradi?

Ko‘rsatilgan belgilardan qaysi biri haydovchilarni oldinda to‘suvchi qurilma borligi haqida ogohlantiradi?
  1. A
  2. B
  3. C

To'g'ri javob: C

YHQ 1-ilovasining 1-bo'limidagi 1.34. "Diqqat, boshqariladigan to'siq" yo'l belgisi boshqariladigan to'suvchi qurilmasiga yetmasdan o'rnatiladi va transport vositalari haydovchilarini oldinda to'suvchi qurilma borligi haqida ogohlantiradi.