1. Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasi bortining balandligi:
0,7 metrdan kam bo‘lmasligi kerak
1,0 metrdan kam bo‘lmasligi kerak
1,3 metrdan kam bo‘lmasligi kerak
1,5 metrdan kam bo‘lmasligi kerak
To'g'ri javob: 1,3 metrdan kam bo‘lmasligi kerak
YHQ 26 – bobi 153 – bandiga asosan: Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasining borti 1,3 metrdan kam bo‘lmasligi shart. Bunda yukxonaning pastki qismidan 0,3 — 0,5 metr balandlikda mahkamlangan o‘rindiqlar jihozlangan bo‘lishi kerak.
2. Zarg‘aldoq yoki sariq rangli yalt - yalt etuvchi mayoqchasi yoqilgan transport vasitalariga harakatlanishda imtiyoz beradimi?
Beradi
Bermaydi
To'g'ri javob: Bermaydi
YHQ 6-bobi 28-bandiga asosan, yoqilgan zarg'aldoq va (yoki) sariq rangli mayoqcha harakatlanishda imtiyoz bermaydi va yo'l harakatining boshqa qatnashchilarini faqat xavf haqida ogohlantiradi.
3. Siz qiyalikda svetoforning ruxsat beruvchi ishorasini kutib to‘xtadingiz. Bunda avtomobilni joyida tutib turishning eng yaxshi usuli:
To‘xtab turish tormozi bilan
Birinchi uzatma ulangan holda ulovchi joydan jilmay aylantirish hisobiga
Yurgizgich o‘chirilib, past uzatma ulangan holda
Ishchi tormoz bilan
To'g'ri javob: To‘xtab turish tormozi bilan
Ishchi (asosiy) tormoz avtomobil harakatlanishi vaqtida doimiy foydalanishga mo‘ljallangan va haydovchiga avtomobil harakatini har xil intensivlikda sekinlashtirish yoki uni to‘xtatish uchun xizmat qiladi. To‘xtab turish tormozi avtomobilni uzoq muddatli to‘xtash yoki to‘xtab turish vaqtida o‘z – o‘zidan harakatlanib ketishidan saqlab qolish uchun mo‘ljallangan.
Balandlikda svetoforning ruxsat etuvchi ishorasini kutib to‘xtaganda, avtomobilni joyidan jilmay ushlab turishning eng yaxshi usuli, to‘xtab turish tormozi (“qo‘l tormozi”) hisoblanadi. Chunki, bu avtomobilning orqaga harakatlanib ketishining xavfini kamaytiradi.
4. Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasiga o‘rnatilgan o‘rindiqlar, yukxona pastki qismidan qancha balandlikda mahkamlangan bo‘lishi kerak?
0,3-0,5 metr
0,6-0,7 metr
0,8-0,9 metr
To'g'ri javob: 0,3-0,5 metr
YHQ 26 – bobi 153 – bandiga asosan: Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasining borti 1,3 metrdan kam bo‘lmasligi shart. Bunda yukxonaning pastki qismidan 0,3 — 0,5 metr balandlikda mahkamlangan o‘rindiqlar jihozlangan bo‘lishi kerak.
5. Qizil avtomobilning haydovchisi yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqchali va maxsus tovushli ishora yoqilgan transport vositasi yaqinlashib kelayotganda nima qilishi kerak?
Harakat yo‘nalishini o‘zgartirmasdan to‘xtashi va majburiy to‘xtash chiroqlarini yoqishi kerak
Tezlikni pasaytirishi va boshqa qatorga o‘tish bilan bog‘lik keskin manyovrlarga yo‘l qo‘ymasdan harakatni davom ettirishi
Yo‘l berishi
To'g'ri javob: Yo‘l berishi
YHQ 6-bobi 26-bandiga asosan, haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo'l berishlari shart. Mazkur turdagi transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanadi.
6. Svetoforning taqiqlovchi ishorasida va shlagbaum ochiq bo'lganda haydovchi nima qilishi kerak?
Yaqinlashib kelayotgan poyezd yo'qligiga shaxsan ishonch hosil qilishi va kesishmadan o'tishi kerak.
Shlagbaumning holatiga asoslangan holda kesishmadan o'tishi kerak.
Shlagbaumgacha 10 metrdan yaqin bo'lmagan masofada to'xtash.
To'xtash chizig'i, 2.5 "To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan" yo'l belgisi yoki svetofor oldida, ular bo'lmaganda shlagbaumga kamida 5 metr qolganda to'xtashi kerak.
To'g'ri javob: To'xtash chizig'i, 2.5 "To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan" yo'l belgisi yoki svetofor oldida, ular bo'lmaganda shlagbaumga kamida 5 metr qolganda to'xtashi kerak.
YHQ 18-bobi 119-bandiga asosan, kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to'xtash chizig'i, 2.5 "To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan" yo'l belgisi yoki svetofor oldida, ular bo'lmaganda shlagbaumga kamida 5 metr qolganda to'xtashi kerak.
7. Ko'rsatilgan holatda yengil avtomobilga to'xtab turishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi.
Taqiqlanadi.
To'g'ri javob: Taqiqlanadi.
YHQ 13-bobi 91-bandi 14-xatboshiga asosan, to'xtash taqiqlanadi: transport vositasi svetofor ishoralari, yo'l belgilarini boshqa haydovchilardan to'sib qo'yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda.
8. Quyidagi hollarning qaysi birida temir yo‘l kesishmasiga kirish taqiqlanadi?
Svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonganda shlagbaum ochiq turgan holatda
Qishloq xo‘jaligi mashinasini mexanik transport vositasiga yuklab olib o‘tish holatida
Tezligi 8 km/soat dan ko‘p bo‘lgan transport vositalari
To'g'ri javob: Svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonganda shlagbaum ochiq turgan holatda
YHQ 18 – bobi 118 – bandining ikkinchi xatboshisiga asosan, temir yo‘l kesishmasiga quydagi hollarda kirish taqiqlanadi: shlagbaum holatidan qat’i nazar, svetoforning taqiqlovchi ishorasida.
9. Ko‘k yalt-yalt etuvchi mayoqcha va unga qo‘shimcha maxsus tovushli ishorasi yoqilgan transport vositasi sizga yaqinlashib kelmoqda. Siz shunday transport vositasiga qarshi harakatlanayotgan bo‘lsangiz, nima qilishingiz lozim?
Yo‘l yoqasida yoki qatnov qismining chetida to‘xtash
Mayoqcha ishorasi yoqilgan transport vositasiga halaqit bermasdan harakatni davom ettirish
To'g'ri javob: Mayoqcha ishorasi yoqilgan transport vositasiga halaqit bermasdan harakatni davom ettirish
YHQ 6 – bobi 26 – bandiga asosan: Haydovchilar ko‘k yoki ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va maxsus tovushli ishoralarini yoqqan holda yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi chiroqlari yoqilgan transport vositalariga to‘siqsiz o‘tib ketishlari uchun yo‘l berishlari shart.
10. 12 yoshga yetmagan bolalarni transport vositasining old o‘rindig‘ida tashishga ruxsat etiladimi?
Bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilgan bo‘lsa ruxsat etiladi
Faqat katta yoshdagi yo‘lovchi hamrohligida ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilgan bo‘lsa ruxsat etiladi
YHQ 26-bobi 159-bandi 5-xatboshiga asosan: Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: 12 yoshga to‘lmagan bolalarni mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterning orqa o‘rindig‘ida, shuningdek, bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan transport vositasining old o‘rindig‘ida.
11. Yuk avtomobili haydovchisiga bu joyda to‘xtashga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
YHQ 13-bobi 91-bandi 14-xatboshiga asosan, quyidagi joylarda to'xtash taqiqlanadi: transport vositasi svetofor ishoralari, yo'l belgilarini boshqa haydovchilardan to'sib qo'yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda.
12. Qaysi transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak?
Mayoqchalari va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan tez yordam avtomobilining haydovchisi
Yengil avtomobilning haydovchisi
To'g'ri javob: Yengil avtomobilning haydovchisi
YHQ 6-bobi 26-bandiga muvofiq, haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo'l berishlari shart.
13. Yengil avtomobillarning oldingi o‘rindig‘ida bolalarni tashishga ruxsat etiladimi?
Aholi punktlarida barcha hollarda ruxsat etiladi
12 yosh va undan katta bo‘lgan bolalarni tashishga ruxsat etiladi
Katta yoshli yo‘lovchi bo‘lganda yoshidan qat’iy nazaq ruxsat etiladi
To'g'ri javob: 12 yosh va undan katta bo‘lgan bolalarni tashishga ruxsat etiladi
YHQ 26-bobi 159-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: 12 yoshga to'lmagan bolalarni mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterning orqa o‘rindig‘ida, shuningdek, bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma oʻrnatilmagan transport vositasining old o‘rindig‘ida;
14. Mototsiklning orqa o‘rindig‘ida bolalarni tashishga ruxsat etiladimi?
12 yoshga to‘lmagan bolalarga katta yoshdagi yo‘lovchi kuzatuvida ruxsat etiladi
12 yoshga to‘lgan va undan katta bolalarga ruxsat etiladi
Har ikki holatda taqiqlanadi
To'g'ri javob: 12 yoshga to‘lgan va undan katta bolalarga ruxsat etiladi
YHQ 26-bobi 159-bandining to‘rtinchi va beshinchi xatboshilariga asosan, odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: Mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlarning konstruksiyasida ko‘zda tutilgan joylardan tashqarida; 12 yoshga to‘lmagan bolalarni mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterning orqa o‘rindig‘ida, shuningdek, bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan transport vositasining old o‘rindig‘ida.
15. Rasmda ko‘rsatilgan holatda qizil avtomobilning haydovchisi qanday yo‘l tutishi kerak?
Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasini kutishi va to‘g‘riga harakatlanishi
O‘ngga burilish ishorasini yoqishi va o‘ngga burilish
Chapga burilish ishorasini yoqishi va o‘ng tasmani bo‘shatishi
To'g'ri javob: O‘ngga burilish ishorasini yoqishi va o‘ngga burilish
Yo‘naltirgich ko‘rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma'noga ega bo‘ladi. Ular faqat ko‘rsatilgan yo‘nalishga ta'sir etadi. Agar tegishli yo‘l belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan bo‘lsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yo‘naltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qo‘shimcha tarmoqdagi yashil yo‘naltirgich ham xuddi shu ma'noni bildiradi. Svetoforning qo‘shimcha tarmoqdagi ishora o‘chirilgan bo‘lsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yo‘nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.
16. Temir yo‘l kesishmasi oldida to‘xtagandan keyin harakatni boshlashdan oldin haydovchi:
Bitta uzun va uchta qisqa tovushli ishora berib harakatni boshlashi kerak
Yaqinlashib kelayotgan poyezdning yo‘qligiga ishonch hosil qilishi kerak
Har ikki javob to ‘g‘ri
To'g'ri javob: Yaqinlashib kelayotgan poyezdning yo‘qligiga ishonch hosil qilishi kerak
YHQ 18-bobining 117-bandiga asosan, temir yo'l kesishmasiga yaqinlashib uni kesib o'tmoqchi bo'lgan haydovchi kesishma navbatchisining ko'rsatmalariga, svetoforlar ishoralariga, yo'l belgilariga, yo'l chiziqlariga, shlagbaum holatiga amal qilishi va yaqinlashayotgan poyezd (lokomotiv, drezina) yo'qligiga ishonch hosil qilish shart.
17. Ro‘paradan kelayotgan avtomobil haydovchisi qanday yo‘l tutishi kerak?
Yo‘l yoqasida to‘xtashi
Yalt-yalt etuvchi chiroq mayoqchasi yoqilgan avtomobilga xalaqit bermasdan harakatni davom ettirishi
To'g'ri javob: Yalt-yalt etuvchi chiroq mayoqchasi yoqilgan avtomobilga xalaqit bermasdan harakatni davom ettirishi
YHQ 6-bobi 26-bandiga muvofiq, haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo'l berish(to'sqinlik qilmaslik)lari shart.
18. Furgon yukxonasida odamlarni tashishga ruxsat etiladimi?
Taqiqlanadi
Ruxsat etiladi
Agar ularning tuzilishi odamlarni tashishga moslashtirilgan bo‘lsa, ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Agar ularning tuzilishi odamlarni tashishga moslashtirilgan bo‘lsa, ruxsat etiladi
YHQ 26-bobi 159-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan, odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: transport vositasining kabinasidan tashqarida (odam tashish uchun mo‘ljallangan bortli yuk yoki furgon-yuk xonali avtomobillar bundan mustasno).
19. Temir yo‘l kesishmasidan o‘tishda haydovchi nimaga amal qilishi kerak?
Shlagbaumning holatiga va yorug‘lik ishorasiga
Yo‘l belgilari va chiziqlariga
Temir yo‘l kesishmasi navbatchisining ko‘rsatmalari va ishoralariga
Barcha sanab o‘tilgan talablarga
To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan talablarga
YHQ 18-bobining 117-bandiga asosan, temir yo'l kesishmasiga yaqinlashib uni kesib o'tmoqchi bo'lgan haydovchi kesishma navbatchisining ko'rsatmalariga, svetoforlar ishoralariga, yo'l belgilariga, yo'l chiziqlariga, shlagbaum holatiga amal qilishi va yaqinlashayotgan poyezd (lokomotiv, drezina) yo'qligiga ishonch hosil qilish shart.
20. Yuk avtomobilining yukxonasida 8 nafardan ko‘p odamlarni tashish qaysi haydovchilarga ruxsat beriladi?
“C” toifadagi transport vositasini boshqarish huquqi guvohnomasi bo‘lib, shu avtomobilda uch yillik ish davriga ega bo‘lgan haydovchilarga
“D” va “C” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan va shu toifadagi transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilarga
To'g'ri javob: “D” va “C” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan va shu toifadagi transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilarga
YHQ 26-bobi 152-bandiga asosan: Yuk avtomobilining yukxonasida odam tashish “C” toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan, odamlar soni kabinadagi yo‘lovchilarni ham qo‘shib hisoblaganda 8 nafardan ortiq bo‘lganda esa, “C” va “D” toifalaridagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan va shu toifaga taalluqli transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak. Harbiy haydovchilarga yuk avtomobillarida odam tashishga ruxsat berish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
21. Kesishma orqali harakatlanish hollarida haydovchi “To‘xtash chizig‘i”, 2.5 “To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan” yo‘l belgisi yoki svetofor bo‘lmaganda, o‘tib ketayotgan poyezdni o‘tkazib yuborishga qoida bo‘yicha shlagbaumgacha kamida qancha masofa qolganda to‘xtash kerak?
1 m
5 m
10 m
15 m
20 m
To'g'ri javob: 5 m
YHQ 18-bobi 119-bandiga asosan: Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i, 2.5 yo‘l belgisi yoki svetofor oldida, ular bo‘lmaganda shlagbaumga kamida 5 metr, shlagbaum bo‘lmaganda esa birinchi temir yo‘l iziga kamida 10 metr qolganda to‘xtashi kerak.
22. Yuk avtomobili kuzovida yo‘lovchilar tashishda ularning soni qanday belgilanadi?
Ma’muriyatning ko‘rsatmasi bilan
Tashishning zarurligi bilan
Jihozlangan o‘rindiqlarning soni bilan
Haydovchining qarori bilan
To'g'ri javob: Jihozlangan o‘rindiqlarning soni bilan
YHQ 26-bobi 154-bandiga asosan: Yuk avtomobilining yukxonasida, shuningdek
shaharlararo, sayyohlik, ekskursiya yoki tog‘li yo‘nalishlarda va bolalar guruhini tashkiliy tashishda tashilayotgan odamlar soni o‘ tirish uchun jihozlangan o‘rindig‘lar sonidan oshmasligi kerak.
23. Yuk avtomobili haydovchisi rasmda ko‘rsatilgan holatda maxsus tovushli ishorani eshitib va yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqchani ko‘rib nima qilishi kerak?
Qatnov qismidagi o'z harakatlanish tasmasi bo'ylab harakatni davom ettirishi kerak
Haydovchi maxsus tovushli ishoralarini yoqqan holda yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yo‘l berishlari, zarur bo‘lgan hollarda ularning to‘siqsiz o‘tib ketishlari uchun o‘zlarini yo‘lning o‘ng tomoniga olib to‘xtashlari shart
To'g'ri javob: Haydovchi maxsus tovushli ishoralarini yoqqan holda yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yo‘l berishlari, zarur bo‘lgan hollarda ularning to‘siqsiz o‘tib ketishlari uchun o‘zlarini yo‘lning o‘ng tomoniga olib to‘xtashlari shart
YHQ 6-bobi 26-bandiga asosan, haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo'l berishlari shart. Mazkur turdagi transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanadi.
24. Yengil avtomobilning oldingi o‘rindig‘ida bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan bo‘lsa, ularni tashish qaysi yoshdan ruxsat etiladi?
5 yosh
6 yosh
8 yosh
10 yosh
12 yosh
To'g'ri javob: 12 yosh
YHQ 26-bobi 159-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: 12 yoshga to‘lmagan bolalarni mototsiklning orqa o‘rindig‘ida, shuningdek bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan transport vositasining old o‘rindig‘ida.
25. Sanab o‘tilgan qaysi joylarda transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishi taqiqlanadi?
Darvozadan chiqish joylarida
Tramvay yo‘llarida
Tramvay yo‘llariga bevosita yaqinroqda, agar bu tramvaylarning harakatiga to‘sqinlik qilsa
Barcha ko‘rsatilgan joylarda
To'g'ri javob: Barcha ko‘rsatilgan joylarda
YHQ 13-bobi 91-bandining birinchi va o‘ninchi xatboshlariga asosan, quyidagi joy va holatlarda to‘xtash taqiqlanadi: tramvay yo‘llarida, shuningdek bevosita ularga yaqinroqda tramvaylar harakatlanishiga xalaqit beradigan bo‘lsa. transport vositasi svetofor ishoralari, yo‘l belgilarini boshqa haydovchilardan to‘sib qo‘yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda.
26. To‘xtash va to‘xtab turish quyidagi joylarda taqiqlanadi:
Temir yo‘l kesishmalarida
Piyodalarning o‘tish joylarida va ularga 5 metrdan kam qolganda
Transport vositalari piyodalarning harakatiga halaqit beradigan joylarda
Hovlidan chiqadigan joylarda
Sanab o‘tilgan barcha joylarda
To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha joylarda
YHQ 13-bobi 91-bandining ikkinchi, beshinchi va o‘ninchi xatboshlariga asosan, quyidagi joy va holatlarda to‘xtash taqiqlanadi: tunnellarda, temir yo‘l kesishmalarida; piyodalar o‘tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda; transport vositasi svetofor ishoralari, yo‘l belgilarini boshqa haydovchilardan to‘sib qo‘yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda.
27. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha tarmoqning yo‘naltirgichli yashil ishorasi yo‘nalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi kimga yo‘l berishi kerak?
Boshqa yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga
O‘ngdan kelayotgan transport vositalariga
Qarama-qarshi yo‘nalishda to‘g‘riga yoki o‘ngga harakatlanayotgan transport vositalariga
To'g'ri javob: Boshqa yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga
Yo‘l harakati qoidalarining 100 bandiga asosan, Svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha tarmoqning ko‘rsatkichli yashil ishorasi yo‘nalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yo‘nalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak.
28. Ushbu svetafor qaysi yo‘nalishida harakatlanishga ruxsat beradi?
To‘g‘riga va chapga
Faqat o‘ngga
To‘g‘riga va o‘nga
Faqat chapga
To'g'ri javob: To‘g‘riga va o‘nga
Yo‘l harakati qoidalarining 36 bandiga asosan, Tramvaylarning hamda maxsus ajratilgan tasma bo‘ylab harakatlanayotgan boshqa yo‘nalishli transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun «T» harfi ko‘rinishida joylashgan to‘rtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar qo‘llanilishi mumkin. Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning o‘zida yonganda, harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, o‘ngdagisi o‘ngga, o‘rtadagisi to‘g‘riga yurishga ruxsat beradi. Pastdagi ishora o‘chirilib, yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.
29. Bu vaziyatda o‘ngga burilayotib, siz:
Faqat transport vositalarga yo‘l berasiz
Barcha qatnov qismidagi piyodalarga yo‘l berasiz
Harakat yo‘nalishi bo‘yicha va burilayotgan ko‘chani kesib o‘tayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositlariga yo‘l berasiz
To'g'ri javob: Harakat yo‘nalishi bo‘yicha va burilayotgan ko‘chani kesib o‘tayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositlariga yo‘l berasiz
YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.42 belgiga asosan, «Qizil chiroqda o‘ngga harakatlanish». Transport svetofori qizil chirog‘ining o‘ng yoniga 5.42 yo‘l belgisi o‘rnatilgan bo‘lsa, transport vositalarining haydovchilari svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonib turganda, barcha xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda o‘ngga burilishlari mumkin. Bunda ular harakat yo‘nalishi bo‘yicha va burilayotgan ko‘chani kesib o‘tayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositalariga yo‘l berishlari shart.
30. Ko‘rsatilgan qaysi belgilar faqat shu o‘rnatilgan tasmani o‘ziga ta’sir qiladi?
B va C
Faqat B
Faqat A
To'g'ri javob: Faqat A
YHQ 1-ilovasining 7-bo‘limidagi 7.14 belgiga asosan, «Harakatlanish tasmasi». Belgi yoki svetofor ta’siridagi harakatlanish tasmasini ko‘rsatadi.
31. Svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid kelgan hollarda:
Haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak
Haydovchilar imtiyoz belgilari talablariga amal qilishlari kerak
To'g'ri javob: Haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak
Yo‘l harakati qoidalarining 33 bandi 2 xatboshiga asosan, svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid bo‘lgan hollarda haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak.
32. Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasiga o‘rnatilgan o‘rindiqlar, yukxona pastki qismidan qancha balandlikda mahkamlangan bo‘lishi kerak?
0,3-0,5 metr
0,6-0,7 metr
0,8-0,9 metr
To'g'ri javob: 0,3-0,5 metr
YHQ 26 – bobi 153 – bandiga asosan: Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasining borti 1,3 metrdan kam bo‘lmasligi shart. Bunda yukxonaning pastki qismidan 0,3 — 0,5 metr balandlikda mahkamlangan o‘rindiqlar jihozlangan bo‘lishi kerak.
33. Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasi bortining balandligi:
0,7 metrdan kam bo‘lmasligi kerak
1,0 metrdan kam bo‘lmasligi kerak
1,3 metrdan kam bo‘lmasligi kerak
1,5 metrdan kam bo‘lmasligi kerak
To'g'ri javob: 1,3 metrdan kam bo‘lmasligi kerak
YHQ 26 – bobi 153 – bandiga asosan: Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasining borti 1,3 metrdan kam bo‘lmasligi shart. Bunda yukxonaning pastki qismidan 0,3 — 0,5 metr balandlikda mahkamlangan o‘rindiqlar jihozlangan bo‘lishi kerak.
34. Qaysi yo‘nalish bo‘yicha burilish mumkin?
Faqat “A”
Faqat “B”
Ikkala sanab o‘tilgan hollarda
To'g'ri javob: Faqat “A”
YHQ 1 ilova: 5.37. “Reversiv harakatlanish yo‘liga chiqish”. YHQ 2 ilova: 1.9 — reversiv harakat tashkil etilgan bo‘laklarning chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yo‘llarda (reversiv svetofori o‘chirigan holatda) qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport oqimini ajratadi.тYHQ 10-bobi 71-bandi: Reversiv harakatlanishli yo‘lga burilishda haydovchi transport vositasini shunday boshqarishi kerakki, bunda transport vositasi qatnov qismlari kesishmasidan chiqishda chetki o‘ng qatorni egallashi kerak. Shu yo‘nalishdagi boshqa tasmalardan ham harakatlanish ruxsat etilganiga ishonch hosil qilingandan keyingina haydovchiga qayta tizilishga ruxsat etiladi.
35. Haydovchi poyezdni o‘tkazib yuborishi uchun to‘g‘ri to‘xtaganmi?
Ha
Yo‘q
To'g'ri javob: Yo‘q
YHQ 18-bobi 119-bandi: Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i, 2.5 yo‘l belgisi yoki svetofor oldida to‘xtashi kerak. Agar ular bo‘lmasa, shlagbaumga kamida 5 metr, Shlagbaum bo‘lmaganda esa birinchi temir yo‘l iziga kamida 10 metr qolganda to‘xtashi kerak.
36. Tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari yo‘l harakatining boshqa qatnashchilariga nisbatan imtiyozga ega bo‘lishi uchun:
Ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar yoqilgan bo‘lishi shart
Maxsus tovushli ishora yoqilgan bo‘lishi shart
Har ikkalasi yoqilgan bo‘lishi shart
To'g'ri javob: Har ikkalasi yoqilgan bo‘lishi shart
YHQ 6-bobi 25-bandi: Yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan imtiyozga ega bo‘lishi uchun tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalarida Tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishora yoqilgan bo‘lishi shart. Ular o‘zlariga yo‘l berilayotganligiga ishonch hosil qilganlaridan so‘nggina imtiyozdan foydalanishlari mumkin.
37. Ushbu vaziyatda haydovchilar birinchi temir yo‘l iziga eng kamida necha metr qolganda to‘xtashlari kerak?
3 metr
5 metr
10 metr
To'g'ri javob: 10 metr
YHQ 18-bobi 119-bandi: Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i, 2.5 yo‘l belgisi yoki svetofor oldida to‘xtashi kerak. Agar ular bo‘lmasa, shlagbaumga kamida 5 metr, Shlagbaum bo‘lmaganda esa birinchi temir yo‘l iziga kamida 10 metr qolganda to‘xtashi kerak.
38. Odamlarni quyidagi hollarda tashishga ruxsat etiladi:
Tirkama-uychada
Yuk tashiladigan tirkamalarda
Taraktorlarda
Bolalarni yuk avtomobilining yukxonasida
Barcha hollarda tashish taqiqlanadi
To'g'ri javob: Barcha hollarda tashish taqiqlanadi
"YHQning 26-bob. 159-band 2 va 4-xatboshiga asosan: 159. Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
bolalarni yuk avtomobillarining yukxonasida;
Traktorlar va boshqa o‘ziyurar uskunalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlar yukxonasida."
39. Qizil avtomobil haydovchisi yaqinlashib kelayotgan poyezdni o‘tkazib yuborish uchun to‘g‘ri to‘xtadimi?
To‘g‘ri to‘xtadi
Noto‘g‘ri to‘xtadi
To'g'ri javob: Noto‘g‘ri to‘xtadi
YHQning 8-bob. 119-bandiga asosan: 119. Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i, 2.5 yo‘l belgisi yoki svetofor oldida, ular bo‘lmaganda shlagbaumga kamida 5 metr, shlagbaum bo‘lmaganda esa birinchi temir yo‘l iziga kamida 10 metr qolganda to‘xtashi kerak.
40. Ushbu holatda siz qanday yo‘l tutishingiz kerak?
Ovozli ishora berib, tezlikni oshiring
Zarur bo‘lganda darhol toʻxtash imkoniyatini beradigan darajada tezlikni kamaytiring
Chapga burilib, to‘siqni aylanib o‘ting
To‘xtovsiz harakatni davom ettiring
To'g'ri javob: Zarur bo‘lganda darhol toʻxtash imkoniyatini beradigan darajada tezlikni kamaytiring
YHQning 6-bob. 27-bandiga asosan: 27. Tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchasini yoqib to‘xtab turgan transport vositasiga yaqinlashayotgan haydovchilar zarur bo‘lgan hollarda harakatlanish tezligini darhol to‘xtash imkoniyatini beradigan darajada kamaytirishlari shart.