Transport vositalarining majburiy to'xtash joyiga yaqinlashayotganligi.
"To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan" belgisi bilan birga qo'llanilganda, haydovchini "To'xtash" chizig'iga yaqinlashayotganligi.
Transport vositasi piyodalarga yo'l berishi kerak bo'lgan joyga yaqinlashayotganligi.
To'g'ri javob: "To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan" belgisi bilan birga qo'llanilganda, haydovchini "To'xtash" chizig'iga yaqinlashayotganligi.
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limiga asosan, 1.21 yotiq chizig'i ("STOP" – to'xtang! yozuvi) – 2.5 belgisi bilan birga qo'llanilganda haydovchini 1.12 chizig'iga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi.
2. Yo‘lning qarama - qarshi harakat yo‘nalishi tomoniga chiqish qachon taqiqlanadi?
Ikki tomonlama harakatli, 4 ta yoki undan ko‘p tasmali yo‘llarda
Ikki tomonlama harakatli, qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositalari oqimlari ikkita uzluksiz chiziqlari bilan ajratilgan 4 ta tasmali yo‘llarda
Yuqoridagi barcha hollarda
To'g'ri javob: Yuqoridagi barcha hollarda
YHQ 10-bobi 65-bandiga muvofiq, to'rt va undan ortiq tasmali, harakat ikki tomonlama bo'lgan yo'llarda qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan tasmalarga chiqish taqiqlanadi. YHQ 2-ilovasining 1-bo'limiga muvofiq, 1.3 yotiq chizig'i to'rt va undan ortiq harakatlanish tasmasi bo'lgan yo'llarda qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi. 1.3 yotiq chizig'ini kesib o'tish taqiqlanadi.
3. Bu joyda hovliga burilishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi.
Taqiqlanadi.
To'g'ri javob: Ruxsat etiladi.
YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining 1.11 yotiq chizig'i faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yo'l qismlarida, bir yo'nalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi. Qayrilib olish, to'xtash maydonchalari va shunga o'xshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yo'nalishda ruxsat etilganligini ko'rsatadi. 1.11 chizig'ini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirg'a chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib o'tishni tugatayotganda bosib o'tishga ruxsat etiladi.
4. Ushbu holatda quvib o'tishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi.
Taqiqlanadi.
Agar quvib o'tilayotgan transport vositasi 40 km/soatdan kam tezlik bilan harakatlanayotgan bo'lsa, ruxsat etiladi.
To'g'ri javob: Taqiqlanadi.
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limi 1-xatboshiga asosan, 1.1 chizig'i qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo'lning xavfli joylaridagi harakatlanish tasmasi chegarasini va velosipedchilar uchun tasmaning chegarasini bildiradi; yo'lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to'xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo'lning qatnov qismi chegarasini bildiradi. 1.1 chizig'ini bosib o'tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qo'llanilgan 1.1 chizig'i bundan mustasno.
5. Haydovchiga belgilangan traektoriya bo'yicha harakatlanib, manyovrlar bajarishga ruxsat berilganmi?
A bo'yicha ruxsat etilgan.
B bo'yicha ruxsat etilgan.
Ikkovi bo'yicha ham ruxsat etilgan.
To'g'ri javob: Ikkovi bo'yicha ham ruxsat etilgan.
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limi 1.5, 1.6 yotiq chiziqlariga asosan, 1.5 – ikki yoki uch tasmali yo'llarda qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratadi; bir yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan ikki yoki undan ko'proq tasmali yo'llarda tasmalarning chegaralarini va bir yo'nalishdagi harakatlanish bo'lagi bilan velosiped bo'lagi chegarasini bildiradi. 1.6 (yaqinlashish chizig'i – har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta bo'lgan uzuq-uzuq chiziq) — qarama-qarshi yoki bir yo'nalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig'iga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi. 1.5 va 1.6 chiziqlarini istalgan tomondan bosib o'tish mumkin.
6. Haydovchiga transport vositalarining to'xtab turish joylari chegarasini bildiradigan uzluksiz chiziqni kesib o'tishga ruxsat etiladimi?
To'xtash uchun ruxsat etiladi.
Taqiqlanadi.
Kirish va chiqish uchun ruxsat etiladi.
Hamma hollarda ruxsat etiladi, agar to'xtab turish joyida boshqa transport vositalari yo'q bo'lsa.
To'g'ri javob: Taqiqlanadi.
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limi 1-xatboshiga asosan, 1.1 chizig'i qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo'lning xavfli joylaridagi harakatlanish tasmasi chegarasini va velosipedchilar uchun tasmaning chegarasini bildiradi; yo'lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to'xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo'lning qatnov qismi chegarasini bildiradi. 1.1 chizig'ini bosib o'tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qo'llanilgan 1.1 chizig'i bundan mustasno.
7. Qarama-qarshi yo‘nalishdagi transportlar oqimi ikkita sidirg‘a chiziqlar bilan ajratilgan yo‘l nechta harakatlanish tasmasiga ega?
Ikkita
Ikkita yoki uchta
Uchta
To‘rtta va undan ko‘p tasmaga
To'g'ri javob: To‘rtta va undan ko‘p tasmaga
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limi 1.3-bandiga asosan, ushbu chiziq to'rt va undan ortiq harakatlanish bo'lagi bo'lgan yo'llarda qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi, 1.3 chizig'ini bosib o'tish taqiqlanadi.
8. “To‘xtash taqiqlangan” belgisi bilan birga bordyurning usti bo‘ylab uzluksiz sariq chiziq chizilgan joyda yo‘lovchilarni tushirishga ruxsat etiladimi?
Barcha transport vositalariga ruxsat etiladi
Barcha transport vositalariga taqiqlanadi
Belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalari yo‘q bo‘lganda ruxsat etiladi
Belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalariga ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalariga ruxsat etiladi
YHQ 2 – ilovasi 1 – bo‘limining oltinchi xatboshisiga asosan: 1.4 – to‘xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi hamda yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq ustidan chiziladi.
YHQ 1 – ilovasi 3 – bo‘limining o‘ttiz sakkizinchi xatboshisiga asosan: 3.27 belgisiga amal qilish yo‘nalishli transport vositalariga ta‘sir qilmaydi.
Shunga ko‘ra, yo‘lovchilarni tushirishni to‘xtash taqiqlangan joyni bildiruvchi 3.27 belgisi bilan birgalikda sariq sidirg‘a chiziq chizilgan joyda faqatgina belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalari amalga oshirishi mumkin.
9. Oq-qizil rangli (1.14.4. zebra) yo‘l chizig‘i qanday joylarda piyodalar o‘tish joyini belgilash uchun chiziladi?
Piyodalar gavjum bo‘lgan joylarda
Savdo, madaniy – maishiy xizmat ko‘rsatish binolari oldida
Maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldida
Barcha javoblari to‘g‘ri
To'g'ri javob: Maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldida
YHQ 2 – ilovasi 1 – bo‘limiga asosan: 1.14.4 – oq-qizil rangli yo‘l chizig‘i maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldida piyodalarning o‘tish joyini belgilaydi;
10. Qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi?
A yo‘nalishda
B yo‘nalishda
C yo‘nalishda
A, B va C yo‘nalishlarida
B va C yo‘nalishlarida
To'g'ri javob: A, B va C yo‘nalishlarida
YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining 1.11 yotiq chizig'i faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yo'l qismlarida, bir yo'nalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi. Qayrilib olish, to'xtash maydonchalari va shunga o'xshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yo'nalishda ruxsat etilganligini ko'rsatadi. 1.11 chizig'ini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirg'a chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib o'tishni tugatayotganda bosib o'tishga ruxsat etiladi.
11. Bu yotiq chiziq quyidagi vazifani bajaradi:
Maxsus piyodalar yo‘lkasini bildiradi
Velosiped yo‘lkasini bildiradi, chiziq yo‘naltirgichlari bo‘laklar bo‘yicha harakat yo‘nalishini ko‘rsatadi
Piyodalar o‘tish joyini bildiradi, chiziq yo‘naltirgichlari piyodalar harakatlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi
To'g'ri javob: Piyodalar o‘tish joyini bildiradi, chiziq yo‘naltirgichlari piyodalar harakatlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi
YHQ 2 – ilovasi 1 – bo‘limining o‘n oltinchi va o‘n yettinchi xatboshlariga asosan: 1.14.2 (zebra) – tartibga solinmagan piyodalarning o‘tish joyini belgilaydi, 1.14.2 yotiq chiziqning yo‘naltirgichlari piyodalarning harakatlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi.
12. Yo'naltirgichlar bilan ko'rsatilgan yo'nalishlarning qaysi biridan harakat qilish mumkin?
Faqat to'g'riga.
Chapga va orqaga.
To'g'riga, chapga va orqaga.
To'g'ri javob: Faqat to'g'riga.
YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining 1.11 yotiq chizig'i faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yo'l qismlarida, bir yo'nalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi. Qayrilib olish, to'xtash maydonchalari va shunga o'xshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yo'nalishda ruxsat etilganligini ko'rsatadi. 1.11 chizig'ini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirg'a chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib o'tishni tugatayotganda bosib o'tishga ruxsat etiladi.
13. Qatnov qismidagi bunday yo‘naltirgichlar nimani bildiradi?
Haydovchini yo‘lning xavfli qismiga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi.
Qatnov qismining toraygan joyiga yaqinlashganlik haqida ogohlantiradi.
Yo‘lning xavfli burilishi yo'nalishini ko‘rsatadi.
To'g'ri javob: Qatnov qismining toraygan joyiga yaqinlashganlik haqida ogohlantiradi.
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limidagi 1.19 chizig‘iga asosan, qatnov qismining toraygan (shu yo‘nalishdagi harakatlanish tasmalarining soni kamaygan) joyiga yoki qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig‘iga yaqinlashganlik haqida ogohlantiruvchi chiziq. Birinchi holda 1.18.1 – 1.18.3 belgilari bilan qo‘llanilishi mumkin.
14. Bu yotiq chiziqlardan qaysi biri yo‘nalishli transport vositalarining bekati hamda taksilarning to‘xtab turish joyini bildiradi?
A
B
C
А va B
B va C
To'g'ri javob: B
YHQ 2 – ilovasi 1 – bo‘limining yigirma birinchi xatboshisiga asosan: 1.17 – yo‘nalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning to‘xtab turish joylarini bildiradi.
15. Reversiv harakatlanish amalga oshiriladigan harakat bo‘laklari chegaralarini belgilash uchun bu yotiq chiziqlarning qay biridan foydalaniladi?
1-chiziq
2-chiziq
3-chiziq
2- va 3-chiziq
3- va 4-chiziq
To'g'ri javob: 2-chiziq
YHQ 2 – ilovasi 1 – bo‘limining o‘n birinchi xatboshisiga asosan: 1.9 – reversiv harakat tashkil etilgan bo‘laklarning chegarasini belgilaydi;
reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yo‘llarda (reversiv svetafori o‘chirilgan holatda) qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport oqimini ajratadi.
16. Bu "To‘xtash chizig‘i" qaysi yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi?
"Yo‘l bering" belgisi bilan
"To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan" belgisi bilan
"Yo‘l bering" belgisi va "To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan" belgisi bilan
To'g'ri javob: "To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan" belgisi bilan
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limidagi 1.12 chizig'iga asosan, 1.12 (to'xtash chizig'i) – 2.5 "To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan" belgisi yoki svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida haydovchi to'xtash kerak bo'lgan joyni ko'rsatadi.
17. Qizil avtomobil chorrahani kesib o‘tadi:
Uchinchi bo‘lib
Ikkinchi bo‘lib
Birinchi bo‘lib
Oxirgi bo‘lib
To'g'ri javob: Birinchi bo‘lib
YHQ 6-bobi 25-bandiga asosan, ko'k yoki ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq- mayoqchasi va (yoki) maxsus tovushli ishorasi yoqilgan tezkor va maxsus xizmat transport vositalarining haydovchilari kechiktirib bo'lmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash sharti bilan Qoidalarning 7-bob (38-bandidan tashqari), 9-16, 19-20 boblari, Qoidalarning 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. YHQ 16-bobi 104, 106-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, asosiy yo'ldan kelayotgan transport vositasiga ikkinchi darajali yo'ldan kelayotgan transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak. Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar kesishgan chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari lozim.
18. Bu chiziq qaysi yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi?
"Yo‘l bering" belgisi bilan
"To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan" belgisi bilan
Ogohlantiruvchi "Teng ahamiyatli yo‘llar kesishuvi" belgisi bilan
Barcha sanab o‘tilgan belgilar bilan
To'g'ri javob: "Yo‘l bering" belgisi bilan
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limidagi 1.13 chizig'i kesishayotgan yo'lda harakatlanayotgan transport vositasiga yo'l berish uchun to'xtash zarur bo'lganda, haydovchiga transport vositasini to'xtatish joyini ko'rsatadi. 2.4. "Yo'l bering!"belgisida haydovchi kesib o'tilayotgan yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.
19. To‘xtashni taqiqlovchi sidirg‘a sariq chiziq qayerda chiziladi?
Harakatlanish qismida
Faqat harakatlanish qatnov qismi chetida
Yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq (bordyur) ustidan chiziladi
Faqat to‘siq (bordyur) ustida
To'g'ri javob: Yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq (bordyur) ustidan chiziladi
YHQ 2 – ilovasi 1 – bo‘limining oltinchi xatboshisiga asosan: 1.4 – to‘xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “To‘хtash taqiqlangan” yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi hamda yo‘lning qatnov qismi chitiga yoki yo’l chetidagi to‘siq ustidan chiziladi.
20. Bu yo‘l chizig‘i bildiradi:
Yakka 40 km/soatdan kam tezlik bilan harakat qiluvchi ikki g‘ildirakli mototsikllar, velosipedchilardan tashqari barcha transport vositalarini quvib o‘tishni taqiqlovchi hududni
Qatnov qismining toraygan joyiga yoki qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan transport oqimini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig‘iga yaqinlashayotganlikni
Faqat belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan qatnov qismining bo‘lagini
To'g'ri javob: Qatnov qismining toraygan joyiga yoki qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan transport oqimini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig‘iga yaqinlashayotganlikni
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limidagi 1.19 chizig'iga asosan, qatnov qismining toraygan (shu yo'nalishdagi harakatlanish tasmalarining soni kamaygan) joyiga yoki qarama-qarshi yo'nalishdan kelayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig'iga yaqinlashganlik haqida ogohlantiruvchi chiziq. Birinchi holda 1.18.1 – 1.18.3 belgilari bilan qo'llanilishi mumkin.
21. Haydovchilardan qaysi biri yo‘lovchilarni tushirish uchun to‘g‘ri to‘xtadi?
Ko‘k va qizil avtomobillarning haydovchilari
Mototsikl va ko‘k avtomobil haydovchilari
Faqat ko‘k avtomobil haydovchisi
Barcha haydovchilar
To'g'ri javob: Mototsikl va ko‘k avtomobil haydovchilari
YHQ 2-ilovasi 1-bo‘limining oltinchi, o‘n ikkinchi va yigirma birinchi xatboshlariga asosan: 1.4 – to‘xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “To‘xtash taqiqlangan” yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi hamda yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq ustidan chiziladi;
22. Enli uzuq-uzuq chiziq ko'rinishidagi yotiq chiziq nimani bildiradi?
Qatnov qismi bilan yo'l yoqasi o'rtasidagi chegarani.
Tezlashish yoki sekinlashish tasmasi bilan yo'lning qatnov qismidagi asosiy tasmasi o'rtasidagi chegarani.
Transport vositalarining to'xtashi va to'xtab turishi uchun belgilangan maydonchalarni.
To'g'ri javob: Tezlashish yoki sekinlashish tasmasi bilan yo'lning qatnov qismidagi asosiy tasmasi o'rtasidagi chegarani.
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limi 1.8 chizig'i (enli uzuq-uzuq chiziq) – tezlashish yoki sekinlashish tasmasi bilan yo'lning qatnov qismidagi asosiy tasmasi o'rtasidagi chegarani bildiradi (chorrahalarda, yo'lning turli sathda kesishgan qismlarida, avtobuslar to'xtaydigan joylarda va boshqalar). 1.8 chizig'ini istalgan tomondan bosib o'tish mumkin.
23. Bu yotiq chiziq nimani anglatadi?
Transport vositalari oqimi qo'shiladigan joylardagi yo'naltiruvchi orolchani.
Qatnov qismidagi xavfli joylarda piyodalar uchun orolchani.
Transport vositalari to'xtab turish qatnov chegarasini.
Transport vositalari oqimi ajraladigan joydagi yo'naltiruvchi orolchani.
To'g'ri javob: Transport vositalari oqimi qo'shiladigan joylardagi yo'naltiruvchi orolchani.
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limidagi 16.3 chizig'i transport oqimlarini qo'shiladigan joylarida yo'naltiruvchi orolchalarni bildiradi.
24. Qatnov qismi o‘ng tasmasi bo‘ylab harakatlanishga qaysi transport vositasiga ruxsat etilgan?
Barcha mexanik transport vositalariga
Belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalariga va yo‘nalishsiz yengil taksilarga
Faqat velosipedlar va mopedlarga
Faqat belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalariga
To'g'ri javob: Faqat belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalariga
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limiga asosan, 1.23 yotiq chizig'i – yo'lning faqat yo'nalishli transport vositalari uchun mo'ljallangan tasmasini bildiradi. Yo'nalishli transport vositasi — belgilangan yo'nalishi va bekatlari bo'lgan, yo'lovchi tashish uchun mo'ljallangan umumiy foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yo'nalishli taksi).
25. Har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta bo‘lgan uzuq-uzuq chiziq nimani bildiradi?
Tezlashish yoki sekinlashish tasmasi bilan qatnov qismidagi asosiy tasma ortasidagi chegarani
Avtomagistrallarda qatnov qismi chetlarini
Qarama-qarshi yoki bir yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig‘iga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi
To'g'ri javob: Qarama-qarshi yoki bir yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig‘iga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limi 1.6 yotiq chiziqlariga asosan, 1.6 (yaqinlashish chizig'i – har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta bo'lgan uzuq-uzuq chiziq) — qarama-qarshi yoki bir yo'nalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig'iga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi. 1.6 chizig'ini istalgan tomondan bosib o'tish mumkin.
26. Bu yo‘l chizig‘i:
Trotuar yaqinidagi to‘xtab turish joyida mexanik transport vositalarining qo‘yish usullari ko‘rsatilgan to‘xtab turish joyini bildiradi
Mexanik transport vositalarining to‘xtashi taqiqlangan joyni bildiradi
Yo‘nalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning to‘xtab turish joylarini bildiradi
To'g'ri javob: Yo‘nalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning to‘xtab turish joylarini bildiradi
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limidagi 1.17 chizig'i sariq rangdagi, arrasimon chiziq yo'nalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning to'xtab turish joylarini bildiradi.
27. Bu yotiq chiziq nimani bildiradi?
Mazkur yo‘nalishda harakatlanish tasmasi soni kamayib, qatnov qismining torayishini
Kesib o‘tiladigan yo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan transport vositasiga yo‘l berar ekan, haydovchi zarur holda qayerda to‘xtashi kerak bo‘lgan joyni
To‘xtash taqiqlangan joyga yaqinlashganlikni
To'g'ri javob: Kesib o‘tiladigan yo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan transport vositasiga yo‘l berar ekan, haydovchi zarur holda qayerda to‘xtashi kerak bo‘lgan joyni
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limidagi 1.13 chizig'i kesishayotgan yo'lda harakatlanayotgan transport vositasiga yo'l berish uchun to'xtash zarur bo'lganda, haydovchiga transport vositasini to'xtatish joyini ko'rsatadi.
28. Bu yotiq chiziq bildiradi:
Ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda harakatlanishni taqiqlaydi
Chorrahada tasmalar bo‘yicha ruxsat etilgan harakat yo‘nalishlarini ko‘rsatadi
Harakat barcha yo‘nalishlarda ruxsat etilgan yo‘llarning kesishmasiga yaqinlashganlikni
To'g'ri javob: Chorrahada tasmalar bo‘yicha ruxsat etilgan harakat yo‘nalishlarini ko‘rsatadi
YHQ 2-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.18 chizig‘i, chorrahada tasmalar bo‘laklar bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishlarini ko‘rsatadi. Mustaqil yoki 5.8.1, 5.8.2 “Bo‘laklar bo‘yicha harakatlanishning yo‘nalishi” belgilari bilan birgalikda qo‘llanilishi mumkin; oxiri berk yo‘l tasvirlangan chiziq shu yo‘nalishdagi yon tomonda joylashgan qatnov qismiga burilish taqiqlanganligini ko‘rsatish uchun chiziladi; chetki chap tasmadan chapga burilishga ruxsat beruvchi yo‘naltirgich shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.
29. Yotiq chiziqlarning sidirg‘a chizig‘ini bosib o‘tishga ruxsat etiladimi?
Agar u haydovchilarning o‘ng tomonida bo‘lsa barcha hollarda ruxsat etiladi
Faqat shunday holda ruxsat etiladiki, agar chiziq yo‘l qatnov qismining chetlarni bildirsa
Chiziq bir yo‘nalishdagi harakat tasmalarining chegarasini bildirganda faqat manyovr qilishda ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Faqat shunday holda ruxsat etiladiki, agar chiziq yo‘l qatnov qismining chetlarni bildirsa
YHQ 2-ilovasi 1-bo‘limining uchinchi va o‘ttiz to‘rtinchi xatboshlariga asosan: 1.1 qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo‘lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo‘lagi chegarasini va velosipedchilar uchun bo‘lagining chegarasini bildiradi; yo‘lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to‘xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo‘lning qatnov qismi chegarasini bildiradi; 1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib o‘tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qo‘llanilgan 1.1 chizig‘i bundan mustasno.
30. Oq chiziq bilan belgilangan orolchaga kirishga ruxsat etiladimi?
Faqat to‘xtash uchun ruxsat etiladi.
Orqa bilan harakat qilganda ruxsat etiladi.
Taqiqlanadi.
To'g'ri javob: Taqiqlanadi.
YHQ 2-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.16.2 chizig‘i transport oqimlari ajraladigan yoki qo‘shiladigan xavfsizlik orolchasini bildiradi. YHQ 2-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.1 chizig‘i chegaraning kirish taqiqlangan o‘tish qismini bildiradi.
31. Bu yotiq chiziq nimani bildiradi?
Piyodalar o‘tish joyini
Velosiped yo‘lkasi qatnov qismini kesib o‘tadigan joyni
Mol haydaladigan joyni
To'g'ri javob: Velosiped yo‘lkasi qatnov qismini kesib o‘tadigan joyni
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limidagi 1.15 chizig'i yo'lning velosiped yo'lkasi kesib o'tgan joyini bildiradi.
32. Bu yo‘l chizig‘i nimani bildiradi?
Faqat avtobus harakatlanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lakni bildiradi
Faqat belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lakni bildiradi
Avtobus va trolleybuslar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lakni bildiradi
Avtobus va marshrutli taksi (alohida kichik avtobuslar)larning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lakni bildiradi
To'g'ri javob: Faqat belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lakni bildiradi
YHQ 2-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.23 chizig‘i faqat yo‘nalishli transport vositalari uchun mo‘ljallangan bo‘lagini bildiradi.
33. Qaysi transport vositalari yo‘lovchilarni tushirish uchun noto‘g‘ri to‘xtagan?
Qizil avtomobil
Ko‘k avtomobil
Mototsikl
Har ikki avtomobil
Hamma transport vositalari
To'g'ri javob: Qizil avtomobil
YHQ 2-ilovasi 1-bo‘limining oltinchi xatboshisiga asosan: 1.4 - to‘xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi hamda yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq ustidan chiziladi. YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan, Quyidagilarda to‘xtash taqiqlanadi: bekat maydonchalarida, yo‘nalishli transport vositalari to‘xtash joylarida, jumladan, 1.17 chizig‘i bilan belgilangan, ular bo‘lmaganda esa yo‘nalishli transport vositalari to‘xtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yo‘nalishi bo‘ylab (etmasdan va o‘tib ketib) 15 metrdan kam masofada (yo‘nalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermasa yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish uchun to‘xtash bundan mustasno).
34. Yo'l chizig'i bilan ajratilgan bekat maydonchasidan harakatlanish uchun foydalanishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi.
Taqiqlanadi.
To'xtash joyida tramvay bo'lmaganda ruxsat etiladi.
To'g'ri javob: Taqiqlanadi.
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limi 1-xatboshiga asosan, 1.1 chizig'i qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo'lning xavfli joylaridagi harakatlanish tasmasi chegarasini va velosipedchilar uchun tasmaning chegarasini bildiradi; yo'lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to'xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo'lning qatnov qismi chegarasini bildiradi. 1.1 chizig'ini bosib o'tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qo'llanilgan 1.1 chizig'i bundan mustasno.
35. Avtomagistralda qatnov qismining chetini bildiruvchi sidirg'a oq chiziqni bosib o'tishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi.
Taqiqlanadi.
Agar avtomagistralda harakatlanish serqatnov bo'lsa, taqiqlanadi.
To'g'ri javob: Ruxsat etiladi.
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limidagi 1.2 (enli sidirg'a chiziq) – avtomagistrallarda qatnov qismi chetini bildiradi. 1.2 chizig'ini istalgan tomondan bosib o'tish mumkin.
36. Ushbu yotiq chiziqlardan qaysi biri belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalari uchun to‘xtashga ruxsat beradi?
“A”
“B”
“C”
“A”, “B”, “C”
To'g'ri javob: “A”, “B”, “C”
YHQ 2-ilovasi 1-bo‘limining oltinchi, o‘n ikkinchi va yigirma birinchi xatboshlariga asosan: 1.4 - to‘xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi hamda yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq ustidan chiziladi. 1.10 - to‘xtab turish taqiqlangan joyni bildiradi. yakka holda yoki 3.28 yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi va yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq ustidan chiziladi. 1.17- yo‘nalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning to‘xtab turish joylarini bildiradi. YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limining o‘ttiz sakkizinchi xatboshisiga asosan: 3.27 belgisiga amal qilish yo‘nalishli transport vositalariga ta'sir qilmaydi.
37. Yotiq uzluksiz sariq chiziq “To‘xtash taqiqlangan” belgisi bilan birga to‘xtashga ruxsat etadi:
Yo‘lovchilarni tushiradigan barcha transport vositalariga
Avtobuslarga va trolleybuslarga
Avtobuslarga, trolleybuslarga va taksi avtomobillariga
Faqat belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalariga
To'g'ri javob: Faqat belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalariga
YHQ 2-ilovasi 1-bo‘limining oltinchi xatboshisiga asosan: 1.4 - to‘xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi hamda yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq ustidan chiziladi. YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limining o‘ttiz sakkizinchi xatboshisiga asosan: 3.27 belgisiga amal qilish yo‘nalishli transport vositalariga ta'sir qilmaydi.
38. Mazkur yotiq chiziq nimani anglatadi?
Belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalari harakatlanadigan bo‘lakni
Maxsus avtomobillar harakatlanadigan bo‘lakni
Reversiv harakatlanish bo‘lagining chegarasini
To'g'ri javob: Reversiv harakatlanish bo‘lagining chegarasini
YHQ 2-ilovasi 1-Bo‘limining o‘n birinchi xatboshisiga asosan: 1.9 - reversiv harakat tashkil etilgan bo‘laklarning chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yo‘llarda (reversiv svetofori o‘chirilgan holatda) qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport oqimini ajratadi.
39. Sariq uzuq-uzuq yotiq chiziq qaysi yo'l belgisi bilan qo'llanilishi mumkin?
"To'xtash taqiqlangan".
"To'xtab turish taqiqlangan".
"Oyning toq sonli kunlarida to'xtab turish taqiqlangan".
To'g'ri javob: "To'xtab turish taqiqlangan".
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limidagi 1.10 chizig'i to'xtab turish taqiqlangan joyni bildiradi; yakka holda yoki 3.28 "To'xtab turish taqiqlangan" yo'l belgisi bilan qo'llaniladi va yo'lning qatnov qismi chetiga yoki yo'l chetidagi to'siq ustidan chiziladi.
40. Yo‘l belgilari va chiziqlarning ma’nolari bir-birini inkor etganda haydovchi qaysi biriga rioya etishi kerak?
Yo‘l chiziqlariga
Yo‘l belgilariga
To'g'ri javob: Yo‘l belgilariga
YHQ 2-ilovasi 1-bo‘limining o ttiz to‘qgizinchi xatboshisiga asosan: Ko‘chma tirgakka o‘rnatilgan vagtinchalik yo‘l belgilari va chiziglar ma’no jihatidan bir-biriga zid kelsa, haydovchilar vaqtinchalik yo‘l belgilariga amal qilishlari kerak.
41. Bu joyda qayrilishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi.
Taqiqlanadi.
To'g'ri javob: Taqiqlanadi.
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limi 1.3-bandiga asosan, ushbu chiziq to'rt va undan ortiq harakatlanish bo'lagi bo'lgan yo'llarda qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi, 1.3 chizig'ini bosib o'tish taqiqlanadi.
42. Quyidagi chiziq nimani bildiradi?
Yo‘lni kesib o‘tuvchi piyodalarni o‘tkazib yuborish uchun to‘xtash majburiy bo‘lgan joy
Velosiped yo‘lkasi yo‘lni kesib o‘tuvchi joyi
Boshqarilmaydigan piyodalar o‘tish joyi
To'g'ri javob: Velosiped yo‘lkasi yo‘lni kesib o‘tuvchi joyi
YHQ 2-ilovasi 1-bo‘limining o‘n to‘qqizinchi xatboshisiga asosan: 1.15 – yo‘lining velosiped yo‘lkasi kesib o‘tgan joyini bildiradi.
43. Mazkur chiziq nimani bildiradi?
Harakat svetofor bilan tartibga solinadigan piyodalar o‘tish joyini
Velosiped yo‘lkasining qatnov qismini kesib o‘tadigan joyni
Piyodalar yo‘lkasining qatnov qismini kesib o‘tadigan joyni
To'g'ri javob: Velosiped yo‘lkasining qatnov qismini kesib o‘tadigan joyni
YHQ 2-ilovasi 1-bo‘limining o‘n to‘qqizinchi xatboshisiga asosan: 1.15-yo‘lning velosiped yo‘lkasi kesib o‘tgan joyini bildiradi.
44. Yo'lning bu qismida quvib o'tishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi.
Taqiqlanadi.
To'g'ri javob: Taqiqlanadi.
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limidagi 1.9 chizig'i – reversiv harakat tashkil etilgan tasmalarning chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yo'llarda (reversiv svetofori o'chirilgan holatda) qarama-qarshi yo'nalishdagi transport oqimini ajratadi. Reversiv svetoforlar bo'lmaganda yoki ular o'chirib qo'yilganda, 1.9 chizig'ini faqat u haydovchining o'ng tomonida bo'lsa, bosib o'tishga ruxsat etiladi.
45. Yo‘lda, “STOP” yozuvi ko‘rinishdagi yo‘l chizig‘i nimani bildiradi?
Tartibga solingan chorrahada to‘xtash chizig‘iga yaqinlashayotganligi xaqida ogohlantiradi
To‘xtash chizig‘i va “To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi” yo‘l belgisi o‘rnatilgan chorrahaga yaqinlashayotganligini bildiradi
“Yo‘l bering” yo‘l belgisiga yaqinlashilayotganligini bildiradi
To'g'ri javob: To‘xtash chizig‘i va “To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi” yo‘l belgisi o‘rnatilgan chorrahaga yaqinlashayotganligini bildiradi
YHQ 2-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.21 yo‘l chizig‘iga asosan, («STOP» — To‘xtang! yozuvi) — 2.5 belgisi bilan birga qo‘llanilganda haydovchini 1.12 chizig‘iga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi.
46. Haydovchi chapga burilishda qaysi yo‘nalish bo‘yicha qoidani buzmoqda?
Faqat A yo‘nalishi bo‘yicha
Faqat B yo‘nalishi bo‘yicha
Ko‘rsatilgan barcha yo‘nalish bo‘yicha
To'g'ri javob: Ko‘rsatilgan barcha yo‘nalish bo‘yicha
YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.8.1 belgiga asosan, «Tasmalar bo‘yicha harakat yo‘nalishi». Tasmalar soni va har biri bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishlari. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanish taqiqlanadi.
YHQ 2-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.1 chizig‘iga asosan, 1.1 — qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo‘lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo‘lagi chegarasini va velosipedchilar uchun bo‘lagining chegarasini bildiradi; yo‘lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to‘xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo‘lning qatnov qismi chegarasini bildiradi. 1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib o‘tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qo‘llanilgan 1.1 chizig‘i bundan mustasno.
47. Ushbu yo‘l chizig‘i sizga qanday manyovrni bajarishni taqiqlaydi?
Quvib o‘tishni
Aylanib o‘tishni
Sanab o‘tilgan barcha manyovrlarga ruxsat beradi
Qayrilib olishni
To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha manyovrlarga ruxsat beradi
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limiga asosan, 1.5 yotiq chizig'i — ikki yoki uch bo'lakli yo'llarda qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratadi; bir yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan ikki yoki undan ko'proq bo'lakli yo'llarda bo'laklarning chegaralarini bildiradi. 1.5 chizig'ini istalgan tomondan bosib o'tish mumkin.
To'g'ri javob: Chorrahada harakatlanish tasmasi chegarasini
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limiga asosan, 1.7 yotiq chizig'i – (har bir chizig'i qisqa va oralari shu chiziqlar bo'yiga teng bo'lgan uzuq-uzuq chiziq) – chorrahadagi harakatlanish tasmalarini bildiradi. 1.7 chizig'ini istalgan tomondan bosib o'tish mumkin.
49. Ushbu yotiq chiziq nimani bildiradi?
Velosiped yo‘lkasini
Sun’iy yo‘l notekisligini
Yo‘nalishli taksilar to‘xtaydigan joyni
To'g'ri javob: Sun’iy yo‘l notekisligini
YHQ 2-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.29 yo‘l chizig‘iga asosan, sun’iy yo‘l notekisligini bildiradi.
50. Yo‘l to‘sig‘iga chizilgan tik chiziq nimani bildiradi?
Yo‘lning kichik radiusli burilish, tik nishablik va boshqa xavfli joylarda yo‘l to‘siqlarining yon yuzalarini bildiradi
Xavfli chorrahaga yaqinlashayotganlik haqida
Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashayotganlik haqida
To'g'ri javob: Yo‘lning kichik radiusli burilish, tik nishablik va boshqa xavfli joylarda yo‘l to‘siqlarining yon yuzalarini bildiradi
YHQ 2-ilovasining 2-bo‘limidagi 2.5 yo‘l chizig‘iga asosan, yo‘lning kichik radiusli burilish, tik nishablik va boshqa xavfli joylarda yo‘l to‘siqlarining yon yuzalarini bildiradi.
51. Harakatlanish tasmasidagi uchburchak shaklidagi chiziq:
Yo‘lning xavfli qismini bildiradi
Yo‘l berishingiz kerak bo‘lgan joy yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi
To‘xtashingiz zarur bo‘lgan joyni bildiradi
To'g'ri javob: Yo‘l berishingiz kerak bo‘lgan joy yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi
YHQ 2-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.20 yo‘l chizig‘iga asosan, haydovchini 1.13 chizig‘iga yaqinlashayotgani haqida ogohlantiradi.
YHQ 2-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.13 yo‘l chizig‘iga asosan, kesishayotgan yo‘lda harakatlanayotgan transport vositasiga yo‘l berish uchun to‘xtash zarur bo‘lganda, haydovchiga transport vositasini to‘xtatish joyini ko‘rsatadi.
52. Chorraxadan uchinchi bo‘lib qaysi avtomobil kesib o‘tadi:
Ko‘k avtomobil
Yashil avtomobil
Qizil avtomobil
To'g'ri javob: Qizil avtomobil
Yo‘l harakati qoidalarining 106 bandiga asosan, Asosiy yo‘lning yo‘nalishi chorrahada o‘zgarganda, asosiy yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilar o‘zaro teng ahamiyatli yo‘llar chorrahasidan o‘tish qoidasiga amal qilishlari kerak.
Ikkinchi darajali yo‘llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o‘zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.
Yo‘l harakati qoidalarining 25 bandiga asosan, tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar yoqilgan transport vositalarining haydovchilari kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, harakatlanish xavfsizligini ta’minlash sharti bilan ushbu Qoidalarning 7-bobi (tartibga soluvchining ishoralaridan tashqari), 9 — 16, 19-20 va 22 boblari, 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin.
53. Ushbu “50” yozuvli yo‘l chizig‘i nimani bildiradi?
Yo‘l yoki marshrut raqamini
Yo‘lning ushbu qismida tavsiya etilgan tezlikni
Yo‘lning ushbu qismida ruxsat berilgan eng yuqori tezlikni
To'g'ri javob: Yo‘lning ushbu qismida ruxsat berilgan eng yuqori tezlikni
YHQ 2-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.28 yo‘l chizig‘iga asosan, taqiqlovchi yo‘l belgilarini takrorlovchi yo‘l chizig‘i.
54. Oq-qizil rangli (1.14.4. zebra) yo‘l chizig‘i qanday joylarda piyodalar o‘tish joyini belgilash uchun chiziladi?
Piyodalar gavjum bo‘lgan joylarda
Savdo, madaniy – maishiy xizmat ko‘rsatish binolari oldida
Maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldida
Barcha javoblari to‘g‘ri
To'g'ri javob: Maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldida
YHQ 2 – ilovasi 1 – bo‘limiga asosan: 1.14.4 – oq-qizil rangli yo‘l chizig‘i maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldida piyodalarning o‘tish joyini belgilaydi;
55. Bu yotiq chiziq bildiradi:
Ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda harakatlanishni taqiqlaydi
Chorrahada tasmalar bo‘yicha ruxsat etilgan harakat yo‘nalishlarini ko‘rsatadi
Harakat barcha yo‘nalishlarda ruxsat etilgan yo‘llarning kesishmasiga yaqinlashganlikni
To'g'ri javob: Chorrahada tasmalar bo‘yicha ruxsat etilgan harakat yo‘nalishlarini ko‘rsatadi
YHQ 2-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.18 chizig‘i, chorrahada tasmalar bo‘laklar bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishlarini ko‘rsatadi. Mustaqil yoki 5.8.1, 5.8.2 “Bo‘laklar bo‘yicha harakatlanishning yo‘nalishi” belgilari bilan birgalikda qo‘llanilishi mumkin; oxiri berk yo‘l tasvirlangan chiziq shu yo‘nalishdagi yon tomonda joylashgan qatnov qismiga burilish taqiqlanganligini ko‘rsatish uchun chiziladi; chetki chap tasmadan chapga burilishga ruxsat beruvchi yo‘naltirgich shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.
56. Mayoqchasi yoqilgan transport vositasiga harakatni to‘g‘riga davom ettirishga ruxsat beriladimi?
Ruxsat beriladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
25. Tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar yoqilgan transport vositalarining haydovchilari kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, harakatlanish xavfsizligini ta’minlash sharti bilan ushbu Qoidalarning 7-bobi (tartibga soluvchining ishoralaridan tashqari), 9 — 16, 19-20 va 22 boblari, 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin.
57. Qaysi avtomobilga qayrilib olishga ruxsat beriladi?
Har ikkisiga
Sariq avtomobilga
Ko‘k avtomobilga
Har ikki avtomobilga taqiqlanadi
To'g'ri javob: Har ikki avtomobilga taqiqlanadi
"YHQga 2-ILOVA 1.11 bandi va 49-xatboshi hamda 9-bob. 56-band 1-xatboshiga asosan: 1.11 — faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yo‘l qismlarida, bir yo‘nalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, to‘xtash maydonchalari va shunga o‘xshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yo‘nalishda ruxsat etilganligini ko‘rsatadi;
1.11 chizig‘ini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirg‘a chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib o‘tishni tugatayotganda bosib o‘tishga ruxsat etiladi.
56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o‘ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart."
58. Qaysi transport vositasi qoidani buzmoqda?
Har ikkalasi buzmadi
Yashil buzdi
Har ikkalasi buzdi
Oq buzdi
To'g'ri javob: Har ikkalasi buzdi
"YHQga 2-ILOVA 1.11 bandi va 49-xatboshi hamda YHQga 1-ILOVA 5.11.1 bandiga asosan: 1.11 — faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yo‘l qismlarida, bir yo‘nalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, to‘xtash maydonchalari va shunga o‘xshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yo‘nalishda ruxsat etilganligini ko‘rsatadi;
1.11 chizig‘ini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirg‘a chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib o‘tishni tugatayotganda bosib o‘tishga ruxsat etiladi.
5.11.1. «Qayrilib olish joyi». Chapga burilish taqiqlanadi."
59. Qaysi yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishga ruxsat berilgan?
A va B
B va C
Hamma yo‘nalishlarga
To'g'ri javob: B va C
"YHQga 2-ILOVA 1.11 bandi va 49-xatboshiga asosan: 1.11 — faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yo‘l qismlarida, bir yo‘nalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, to‘xtash maydonchalari va shunga o‘xshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yo‘nalishda ruxsat etilganligini ko‘rsatadi;
1.11 chizig‘ini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirg‘a chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib o‘tishni tugatayotganda bosib o‘tishga ruxsat etiladi."
60. Avtomobil haydovchisi qaysi yo‘nalish bo‘yicha qoidani buzib burilmoqda?
A
B
Har ikki yo‘nalish bo‘yicha qoidani buzmoqda
Har ikki yo‘nalish bo‘yicha qoidani buzmayapti
To'g'ri javob: Har ikki yo‘nalish bo‘yicha qoidani buzmoqda
"YHQning 9-bob. 56-band 1-xatboshi hamda YHQga 2-ILOVA 1.1 bandi va 44-xatboshiga asosan: 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o‘ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
1.1 — qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo‘lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo‘lagi chegarasini va velosipedchilar uchun bo‘lagining chegarasini bildiradi; yo‘lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to‘xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo‘lning qatnov qismi chegarasini bildiradi; 1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib o‘tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qo‘llanilgan 1.1 chizig‘i bundan mustasno."
61. Yo‘l chiziqlari nechta guruhdan iborat?
2 ta
3 ta
4 ta
To'g'ri javob: 2 ta
YHQga 2-ILOVAga asosan yo‘l chiziqlari 2 guruhga bo‘linadi: 1. Yotiq chiziqlar; 2. Tik chiziqlar.
62. Qaysi avtomobil haydovchisi qoidani buzmay harakatlanmoqda?
Chapdagi rasmda
O‘ngdagi rasmda
Ikkala rasmda
To'g'ri javob: Chapdagi rasmda
"YHQning 22-bob. 132-band 2 va 3-xatboshi, 17 prim 1-bob. 115 prim 2-band 1-xatboshi hamda YHQga 2-ILOVA 1.23 bandga asosan: Agar 5.9 yo‘l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo‘lsa, burilmoqchi bo‘layotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak.
Shuningdek, bunday joylarda yo‘nalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo‘lga chiqish, qatnov qismining chetki o‘ng tomonida yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo‘lakka o‘tishga ruxsat etiladi.
115 prim 2. Yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘lda harakatlanishi taqiqlangan transport vositalari ushbu yo‘ldan faqat yondosh hududga kirish yoki chiqish maqsadida yondosh hududning kirish yoki chiqish joyidan 50 metr masofada uzuq-uzuq chiziqli joygacha yoxud yaqin masofadagi uzuq-uzuq chiziqli joygacha harakatlanishi mumkin. 1.23 — yo‘lning faqat yo‘nalishli transport vositalari uchun mo‘ljallangan bo‘lagini bildiradi."
63. Qaysi yo‘l chizig‘i haydovchining hushyorligini oshiradi?
A
B
C
D
To'g'ri javob: A
YHQga 2-ILOVA 1.31 bandiga asosan: 1.31 — Aholi punktlaridan tashqarida yo‘llarning transport vositalari tez harakatlanadigan xavfli burilishlarida hamda aholi punktlarining piyodalar o‘tish joylariga yaqinlashuvda haydovchilar hushyorligini oshirish maqsadida termoplast yordamida chiziladigan «Shovqin chiziqlari»dan foydalanilishi mumkin.
64. Qaysi rasmda quvib o‘tishning to‘g‘ri holati ko‘rsatilgan?
1
3
2 va 3
3 va 4
To'g'ri javob: 2 va 3
YHQga 2-ILOVA 1.1 bandi va 44-xatboshi, 1.11 bandi va 49-xatboshi hamda YHQning 12-bob. 86-band 2-xatboshiga asosan: 1.1 — qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi. 1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib o‘tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qo‘llanilgan 1.1 chizig‘i bundan mustasno.
1.11 — faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yo‘l qismlarida, bir yo‘nalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, to‘xtash maydonchalari va shunga o‘xshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yo‘nalishda ruxsat etilganligini ko‘rsatadi. 1.11 chizig‘ini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirg‘a chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib o‘tishni tugatayotganda bosib o‘tishga ruxsat etiladi.
86. Quvib o‘tish quyidagi hollarda taqiqlanadi: tartibga solingan chorrahalarda.