Harakatlanishni boshlash, manyovr qilish: test savollari

1. Avtomagistralda quyidagilar taqiqlanadi:

  1. Ajratuvchi bo‘lakning texnologik uzilish joylariga kirish va ularda qayrilib olish
  2. Orqaga xarakatlanish
  3. “To‘xtab turish joyi” yoki “Dam olish joyi” belgilari bo‘lgan maxsus maydonchalardan tashqari joyda to‘xtash
  4. Yuqoridagi barcha holatlar

To'g'ri javob: Yuqoridagi barcha holatlar

YHQ 19 – bobi 121 – bandi: Avtomagistrallarda quydagilar taqiqlanadi: - piyodalar, uy hayvonlari, ot – aravalar, velosepedlar, individual harakatlanish vositalari, skuterlar, mopedlar, traktorlar va o‘ziyurar uskunalar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko‘ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi; - yuk avtomobillariga yo‘lning chetki chap qatorida harakatlanishi; - 5.15 yoki 6.11 yo‘l belgilari bilan belgilangan maxsus to‘xtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda to‘xtash; - ajratuvchi mintaqaning texnologik uzulish joylariga kirish va ularda qayrilib olish orqaga harakatlanish; - transport vositasini o‘rganish uchun boshqarish. Ko‘rinib turibdiki, avtomagistralda barcha sanab o‘tilgan harakatlar taqiqlangan.

2. Transport vositasini orqaga harakatlantirish paytida haydovchi qanday talablarni bajarishi kerak?

Transport vositasini orqaga harakatlantirish paytida haydovchi qanday talablarni bajarishi kerak?
  1. Harakatning boshqa ishtirokchilariga xalaqit bermaslik. Harakat xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lsa boshqa shaxslar yordamidan foydalanish
  2. Boshqa shaxslar yordamidan foydalanish
  3. Transport vositasida tumanga qarshi orqa chiroqlar bo‘lsa, ularni yoqish
  4. Gabarit chiroqlarini yoqish

To'g'ri javob: Harakatning boshqa ishtirokchilariga xalaqit bermaslik. Harakat xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lsa boshqa shaxslar yordamidan foydalanish

YHQ 9-bobi 63-bandiga muvofiq, transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashi va boshqa yo'l harakati qatnashchilariga xalaqit bermasligi shart. Zarurat tug'ilganda haydovchi boshqa shaxslarning yordamidan foydalanishi kerak.

3. Qaysi yo‘nalishlarida xarakatlanishga ruxsat etilgan?

Qaysi yo‘nalishlarida xarakatlanishga ruxsat etilgan?
  1. Faqat “B”
  2. Faqat “A”
  3. “A” va “B”
  4. “A”, “B”, “C” va “D”
  5. “A”, “B”, va “C”

To'g'ri javob: “A” va “B”

YHQ 1- ilovasi 4- bo‘limining 4.1.1 belgisi talabiga asosan: 4.1.1 “Harakatlanish to‘g‘riga”. Yo‘lning qismi boshlanishida o‘rnatilgan 4.1.1 belgisining ta’siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o‘ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo‘lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi. Bu holatda harakat to‘g‘ri va o‘ng tomonga ruxsat etilgan, chunki yonilg‘i quyish shoxobchasi yo‘lga yondosh hudud hisoblanadi.

4. O‘ngga burilganda shu belgi bilan belgilangan tasmaga o‘tishga ruxsat etiladimi?

O‘ngga burilganda shu belgi bilan belgilangan tasmaga o‘tishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Agar tasma qolgan xarakati qismidan yotiq sidirg‘a chiziq bilan ajratilmagan bo‘lsa, ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Agar tasma qolgan xarakati qismidan yotiq sidirg‘a chiziq bilan ajratilmagan bo‘lsa, ruxsat etiladi

YHQ 22- bobi 132- bandining ikkinchi va uchinchi xatboshlariga asosan: Agar 5.9 yo‘l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo‘lsa, burilmoqchi bo‘layotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak. Shuningdek, bunday joylarda yo‘nalishli transport vositalarining xarakatiga halaqit bermaslik sharti bilan yo‘lga chiqish, qatnov qismining chetki o‘ng tomonida yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo‘lakka o‘tishga ruxsat etiladi. Bu holda, agar yo‘lning bu qismi boshqa qismidan uzluksiz chiziq bilan ajratilmagan bo‘lsa, transport vositalari burilish paytida ushbu yo‘l bo‘lagiga qayta joylashishi kerak.

5. Ko'rsatilgan vaziyatda qaysi bo'lakdan o'ngga burilish lozim?

Ko'rsatilgan vaziyatda qaysi bo'lakdan o'ngga burilish lozim?
  1. Faqat ikkinchi bo'lakdan.
  2. Faqat "A" chizig'i bilan belgilangan o'ng chekkadagi bo'lakdan.

To'g'ri javob: Faqat "A" chizig'i bilan belgilangan o'ng chekkadagi bo'lakdan.

YHQ 22-bobi 132-bandiga asosan, yo'nalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 — 5.10.3 yo'l belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va to'xtashi taqiqlanadi. Agar 5.9 yo'l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo'lsa, burilmoqchi bo'layotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak.

6. Agar transport vositasi o‘lchamlari kattaligidan yoki boshqa sabablarga ko‘ra (eng chekka tasmalardagi tirbandliklar bundan mustasno) chetki holatda burilishni bajara olmagan bo‘lsa, bu qoidadan chetga chiqqan holda burilishga yo‘l qo‘yiladimi?

Agar transport vositasi o‘lchamlari kattaligidan yoki boshqa sabablarga ko‘ra (eng chekka tasmalardagi tirbandliklar bu…
  1. Yo‘l qo‘yilmaydi
  2. Yo‘l qo‘yiladi, agar bu boshqa transport vositalariga xalaqit bermasa, harakat xavfsizligini ta’minlab, talablardan chetga chiqishi mumkin
  3. Aholi punktidan tashqaridagi yo‘llarda yo‘l qo‘yiladi
  4. Yo‘l qo‘yiladi, lekin faqat chorrahada emas

To'g'ri javob: Yo‘l qo‘yiladi, agar bu boshqa transport vositalariga xalaqit bermasa, harakat xavfsizligini ta’minlab, talablardan chetga chiqishi mumkin

YHQ 9-bobi 58-bandiga muvofiq, transport vositasi o'zining tashqi gabaritlari yoki boshqa sabablarga ko'ra shu yo'nalishda harakatlanishi mo'ljallangan qatnov qismining eng chetki holatini egallab burilishni bajara olmasa, harakat xavfsizligini ta'minlab, boshqa transport vositalariga xalaqit bermasdan, talablardan chetga chiqishiga yo'l qo'yiladi.

7. Ko‘rsatilgan avtosisternalardan qaysi biri burilishda ag‘darilib ketish xavfi kamroq, turg‘unroq?

Ko‘rsatilgan avtosisternalardan qaysi biri burilishda ag‘darilib ketish xavfi kamroq, turg‘unroq?
  1. Suyuqlik bilan 75 foizgacha to‘ldirilgani
  2. Suyuqlik bilan to‘liq to‘ldirilgani

To'g'ri javob: Suyuqlik bilan to‘liq to‘ldirilgani

Yuk avtomobilining muvozanati yo'qolishiga mahkamlanmagan yuk sabab bo'ladi. Burilishdagi harakat vaqtida mahkamlanmagan yuk yuk platformasida ko'chib, bortlariga urilishi va avtomobilning ag'darilishiga sabab bo'lishi mumkin. O'xshash holat suyuq yuk ortgan avtomobil sisternalari harakatlanishida ham yuzaga keladi. Suyuq yuk ortgan avtomobillarning burilishlarda harakatlanishi jarayonida yukning bir bortdan ikkinchi bortga ko'chishi yuzaga keladi. Suyuq yuk tebranib bortlarga urilishi natijasida avtomobilning muvozanati yo'qolishiga olib keladi.

8. Haydovchi piyodalarga qachon yo‘l berishi kerak?

  1. Hovlidan yo‘lga chiqishda
  2. Yo‘ldan hovliga kirishda
  3. Yonilg‘i shaxobchasidan yo‘lga chiqishda
  4. To‘xtab turish joyidan yo‘lga chiqishda
  5. Sanab o‘tilgan barcha hollarda

To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha hollarda

YHQ 9-bobi 54-bandiga muvofiq, yondosh hududlardan yo'lga chiqayotgan haydovchi unda harakatlanayotgan transport vositalari va piyodalarga, shuningdek yo'ldan chiqishda harakat yo'nalishini kesib o'tayotgan piyodalar va velosipedchilarga yo'l berishi kerak.

9. Quyidagi qaysi belgilar ogohlantiruvchi belgilar jumlasiga kiradi?

Quyidagi qaysi belgilar ogohlantiruvchi belgilar jumlasiga kiradi?
  1. Ikkinchidan boshqa barchasi
  2. Uchinchidan boshqa barchasi
  3. Hammasi
  4. Birinchidan boshqa barchasi
  5. Uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi belgilar

To'g'ri javob: Hammasi

YHQ 1-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.11.1 belgiga asosan, «Xavfli burilish». 1.11.1 — o‘ngga, yo‘lning kichik radiusli yoki ko‘rinishi cheklangan burilish joyini bildiradi.

10. Qaysi holda avtomobilning ag'anab ketishiga qarshi turg'unligi ortadi?

Qaysi holda avtomobilning ag'anab ketishiga qarshi turg'unligi ortadi?
  1. Og'irlik markazi o'ngga siljiganda.
  2. Og'irlik markazi balandda joylashganda.
  3. Og'irlik markazi pastda joylshganda.

To'g'ri javob: Og'irlik markazi pastda joylshganda.

Burilishlarda yo'lovchisi va yuki bo'lmagan avtomobillar ko'proq muvozanat saqlab qoladi, chunki bunday avtomobilda og'irlik markazi eng pastda joylashgan bo'lib, eng kam ag'darilish jihatiga ega bo'ladi.

11. Qayrilib olish taqiqlanadi:

  1. Piyodalar o‘tish joylarida
  2. Tunnellarda
  3. Ko‘priklarda, osma yo‘llarda, estakadalarda va ularning ostida
  4. Temir yo‘l kesishmalarida
  5. Hamma sanab o‘tilgan hollarda

To'g'ri javob: Hamma sanab o‘tilgan hollarda

YHQ 9-bobi 62-bandiga asosan, quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi: piyodalarning o‘tish joylarida; tunnellarda; ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, estakadalar va ularning ostida (tegishli yo‘l belgilari bilan bunday manyovrni bajarish ruxsat berilgan yo‘l qismlari bundan mustasno); temir yo‘l kesishmalarida; yo‘lning ko‘rinishi biror-bir yo‘nalishda 100 metrdan kam bo‘lgan joylarda.

12. Yashil avtomobil haydovchisi:

Yashil avtomobil haydovchisi:
  1. Bir xil yo‘nalishda to‘griga harakatlanayotgan ko‘k avtomobilga yo‘l berishi kerak
  2. Ko‘k avtomobilga nisbatan ustunlikka ega, chunki quvib o‘tish uchun mo‘ljallangan tasmadan ketmoqda
  3. Ustunlikka ega, chunki burilish ishorasini yoqdi

To'g'ri javob: Bir xil yo‘nalishda to‘griga harakatlanayotgan ko‘k avtomobilga yo‘l berishi kerak

YHQ 9-bobi 55-bandi 1-xatboshiga asosan, haydovchi qayta tizilishda harakatlanish yo'nalishini o'zgartirmasdan harakatlanayotgan yo'lakay transport vositalariga yo'l berishi kerak.

13. Qayrilish taqiqlanadi:

  1. Chorrahaga 15 metrdan yaqinroqda
  2. Tartibga solinmaydigan chorrahalarda, agar kesib o‘tilayotgan yo‘lda bir tomonlama harakatlanish tashkil etilgan bo‘lsa
  3. Piyodalar o‘tish joylarida
  4. Hamma sanab o‘tilgan hollarda

To'g'ri javob: Piyodalar o‘tish joylarida

YHQ 9 – bobi 62 – bandining birinchi xatboshisiga asosan, quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi: piyodalarning o‘tish joylarida.

14. Ko'rsatilgan avtomobillarning qaysi biri ag'darilishga qarshi turg'unroq?

Ko'rsatilgan avtomobillarning qaysi biri ag'darilishga qarshi turg'unroq?
  1. Ichida tik turgan yo'lovchilar bo'lgan avtobus.
  2. Avtokran.
  3. Bo'sh yuk avtomobili.

To'g'ri javob: Bo'sh yuk avtomobili.

Burilishlarda yo'lovchisi va yuki bo'lmagan avtomobillar ko'proq muvozanat saqlab qoladi, chunki bunday avtomobilda og'irlik markazi eng past joylashgan bo'lib, eng kam ag'darilish ehtimoliga ega bo'ladi.

15. Qaysi transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak?

Qaysi transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak?
  1. Yengil avtomobil haydovchisi.
  2. Yuk avtomobil haydovchisi.

To'g'ri javob: Yengil avtomobil haydovchisi.

YHQ 9-bobi 55 - bandiga muvofiq, haydovchi qayta tizilishda harakatlanish yo'nalishini o'zgartirmasdan harakatlanayotgan yo'lakay transport vositalariga yo'l berishi kerak. Chap bo'lakda harakatlanayotgan avtomobil haydovchisi imtiyozga ega, shuning uchun yo'l berishga majbur emas.

16. Harakatda imtiyozga ega bo‘ladi:

Harakatda imtiyozga ega bo‘ladi:
  1. Ko‘k avtomobil, chunki qizil harakatlanish tasmasini chapga o‘zgartiradi
  2. Qizil avtomobil, chunki o‘zaro qayta tizilishda u o‘ng tomonda bo‘lgani uchun
  3. Ko‘k avtomobil, chunki o‘zaro qayta tizilishda u chap tomonda bo‘ladi

To'g'ri javob: Qizil avtomobil, chunki o‘zaro qayta tizilishda u o‘ng tomonda bo‘lgani uchun

YHQ 9-bobi 55-bandiga asosan, bir yo'nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganda, haydovchi o'ng tomondagi transport vositasiga yo'l berishi kerak.

17. Haydovchi avtopoyezd harakatlanishida tasma kengligini aniqlashda nimalarni hisobga olishi kerak?

  1. Faqat kengligi bo‘yicha avtopoyezdning o‘lchamini
  2. Kengligi bo‘yicha transport vositasining o‘lchamlarini, shuningdek, tirkamaning chayqalishini hamda uning burilish markaziga siljishini

To'g'ri javob: Kengligi bo‘yicha transport vositasining o‘lchamlarini, shuningdek, tirkamaning chayqalishini hamda uning burilish markaziga siljishini

Yakka avtomobil boshqarishning barcha uslublari avtopoyezd uchun qo‘llanilishi mumkin, biroq uning katta vazni va gabaritlari (tashqi o‘lchami) bois bir qator xossalar bor. Avtopoyezd - bu bitta yarim tirkama yoxud bir yoki bir necha tirkamali shatakchi transport vositasidir. Harakat vaqtida tirkama doim shatakchi avtomobilning harakat yo‘lidan chetga siljib turadi va quvib o‘tish hamda qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakat uchun xavf-xatar tug‘diradi. Avtopoyezdning manyovr qilishi yakka avtomobilga nisbatan yomonroq. Burilish vaqtida avtopoyezd burilish markazi tomon siljiyda va avtopoez harakat bo‘lagi kengayishini haydovchi inobatga olishi lozim.

18. Ko'rsatilgan vaziyatda qizil avtomobil haydovchisi qanday yo'l tutishi kerak?

Ko'rsatilgan vaziyatda qizil avtomobil haydovchisi qanday yo'l tutishi kerak?
  1. Transport vositalariga to'sqinlik qilmasligi uchun burilishni tezroq tugallashi kerak.
  2. Hovlidan chiqishda piyodalarni va transport vositalarini o'tkazib yuborishi kerak.
  3. Transport vositalariga yo'l berish, qatnov qismi chetida to'xtashi kerak.

To'g'ri javob: Hovlidan chiqishda piyodalarni va transport vositalarini o'tkazib yuborishi kerak.

YHQ 9-bobi 54-bandiga asosan, haydovchi yondosh hudud(hovlilar, mahallalar, turar joy dahalari, transport vositasi to'xtab turish joylari, yonilg'i quyish shoxobchalari, korxona va shunga o'xshashlar)dan yo'lga chiqayotganda unda harakatlanayotgan piyodalar va transport vositalariga, shuningdek, yo'ldan chiqishda harakatlanish yo'nalishini kesib o'tayotgan piyodalar va velosipedchilarga yo'l berishi kerak.

19. Ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan kam bo‘lgan yuk avtomobili haydovchisiga avtomagistrallarda nima taqiqlangan?

  1. Yo‘lning chetki o‘ng tasmasida harakatlanish
  2. Orqa bilan harakatlanish
  3. Mexanik transport vositalarini shatakka olish
  4. Barcha sanab o‘tilgan harakatlar

To'g'ri javob: Orqa bilan harakatlanish

YHQ 19-bobi 121-bandi 5-xatboshiga asosan, avtomagistrallarda orqaga harakatlanish taqiqlanadi.

20. Qayta tizilishda haydovchi boshqa transport vositalariga yo‘l berishi kerakmi?

  1. Kerak, agar transport vositasi qo‘shni bo‘lak bo‘yicha yo‘lakay harakat qilsa
  2. Kerak emas
  3. O‘zaro qayta tizilishda barcha hollarda kerak

To'g'ri javob: Kerak, agar transport vositasi qo‘shni bo‘lak bo‘yicha yo‘lakay harakat qilsa

YHQ 9-bobi 55-bandiga asosan: Haydovchi qayta tizilishda harakatlanish yo‘nalishini o‘zgartirmasdan harakatlanayotgan yo‘lakay transport vositalariga yo‘l berishi kerak. Bir yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganlarida haydovchi o‘ng tomondagi transport vositasiga yo‘l berishi kerak.

21. Qaysi transport vositasining haydovchisi yo‘lda tezlashish tasmasi bo‘lganda unga chiqish qoidasini buzdi?

Qaysi transport vositasining haydovchisi yo‘lda tezlashish tasmasi bo‘lganda unga chiqish qoidasini buzdi?
  1. Har ikki haydovchi to‘g‘ri chiqdi
  2. Ko‘k avtomobil haydovchisi
  3. Yashil avtomobil haydovchisi
  4. Har ikki haydovchi

To'g'ri javob: Yashil avtomobil haydovchisi

YHQ 9-bobi 61-bandiga muvofiq, yo'lga chiqish joyida tezlashish bo'lagi bo'lsa, haydovchi unda harakatlanishi va qo'shni bo'lakda harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berib, transport oqimiga qo'shilishi kerak.

22. To‘xtash qoidasini buzgan haydovchilar qaysi javobda to‘liq ko‘rsatilgan?

To‘xtash qoidasini buzgan haydovchilar qaysi javobda to‘liq ko‘rsatilgan?
  1. Qizil avtomobil va mototsikl haydovchilari
  2. Ko‘k avtomobil haydovchisi
  3. Mototsikl haydovchisi
  4. Barcha transport vositalarining haydovchilari

To'g'ri javob: Barcha transport vositalarining haydovchilari

YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limining o‘ttiz birinchi xatboshisiga asosan: 3.27. “To‘xtash taqiqlangan”. Transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishi taqiqlanishini bildiradi. YHQ 1-ilovasi 7-bo‘limining to‘qqizinchi xatboshisiga asosan: 7.2.4 - haydovchilarga ularning 3.27 yo‘l belgisi ta'sir doirasida ekanliklari haqida axborot beradi. Harakat ikki tomonlama bo‘lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo‘l chizig‘i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo‘llarda, ikki yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan o‘rta qatorga faqat quvib o‘tish, aylanib o‘tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.

23. Burilish vaqtida qatnov qismining kesishmasidan chiqishda transport vositasi qayerda bo‘lmasligi kerak?

  1. Chap tasmada, agar o‘ng tasma bo‘sh bo‘lsa
  2. Qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakat tomonida
  3. Agar bir yo‘nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam bo‘lmagan tasma bo‘lganda, chap tasmada
  4. Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan faqat yuk avtomobillariga bir yo‘nalishda harakatlanishi uchun ikkita tasma bo‘lsa, chap tasmada

To'g'ri javob: Qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakat tomonida

YHQ 9-bobi 57-bandiga muvofiq, burilishni shunday amalga oshirish kerakki, bunda qatnov qismlarining kesishmasidan chiqayotgan transport vositasi qarama-qarshi yo'nalishdagi harakatlanish tomoniga o'tib ketmasligi kerak.

24. Qaysi belgi chapga burilishga ruxsat beradi?

Qaysi belgi chapga burilishga ruxsat beradi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 3

YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limining yigirma uchinchi xatboshisiga asosan: 3.19. “Qayrilish taqiqlangan”. Izoh. 3.19 - belgisi qaysi kesishmaga o‘rnatilsa faqat shu kesishmaga taalluqli bo‘lib, chapga burilishni taqiqlamaydi.

25. Qayrilib olish taqiqlanadi:

  1. Chorrahalarda va ularga 15 metrdan yaqinroqda
  2. Chorrahalar oldiga 15 metrdan yaqinroqda
  3. Yo‘lning loaqal bir yo‘nalishida 100 metrdan kamroq qismi ko‘rinadigan aholi punktlaridan tashqarida
  4. Loaqal bir yo‘nalishda yo‘lning 100 metrdan kamroq qismi ko‘ringanda

To'g'ri javob: Loaqal bir yo‘nalishda yo‘lning 100 metrdan kamroq qismi ko‘ringanda

premium_required

26. Bu belgi bilan belgilangan yo‘l qismlarida ajratuvchi mintaqaning uzilish joyida qayrilishga ruxsat etiladimi?

Bu belgi bilan belgilangan yo‘l qismlarida ajratuvchi mintaqaning uzilish joyida qayrilishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Faqat to‘la vazni 3,5 tonnagacha bo‘lgan transport vositalariga ruxsat etiladi
  4. Belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalariga ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQ 19-bobi 121-bandi 4-xatboshiga muvofiq, avtomagistrallarda ajratuvchi mintaqaning texnologik uzilish joylariga kirish va ularda qayrilib olish taqiqlanadi.

27. Mexanik transport vositalaridan foydalanish qanday shartlarda taqiqlanadi?

  1. Yurgizgich ishida nuqson bo‘lganda
  2. Uzatma qutisida shovqin bo‘lganda
  3. Davlat davriy texnik ko‘rigidan belgilangan tartibda o‘tmaganda

To'g'ri javob: Davlat davriy texnik ko‘rigidan belgilangan tartibda o‘tmaganda

YHQ 29-bobi 179-bandining uchinchi xatboshisiga asosan, quyidagi hollarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi: transport vositalari belgilangan tartibda davlat texnik ko‘rigidan o‘tmagan bo‘lsa.

28. Qaysi belgi qayrilishga ruxsat etadi?

Qaysi belgi qayrilishga ruxsat etadi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 2

YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limining yigirma ikkinchi xatboshisiga asosan: 3.18.2. “Chapga burilish taqiqlanadi”. Izoh: 3.18.2. “Chapga burilish taqiqlanadi” belgisi, qayrilib olishni taqiqlamaydi

29. Yo‘l burilishlarida avtomobilning markazdan qochirma kuchi qanday hollarda oshadi?

  1. Burilish radiusi ko‘payishi bilan
  2. Harakat tezligi ortishi bilan
  3. Harakat tezligi pasayishi bilan

To'g'ri javob: Harakat tezligi ortishi bilan

Inersiya (markazdan qochirma) kuchi avtomobilning burilish bo‘ylab harakatidavujudga keladi. Bu holda u burilish markazidan qarama-qarshi yo‘nalish tomon yo‘naltirilgan va harakat tezligi kattalashishi hamda burilish radiusi kamayishi bilan ko‘payadi.

30. N2; N3; O3; O4; M2; M3 toifadagi avtotransport vositalarining (mikroavtobuslardan tashqari)orqa devorida yozilishi kerak:

  1. Transport vositasining tegishliligi haqida taniqlik belgisi
  2. Yaxshi ko‘rinadigan raqam belgisi
  3. Taniqlik va raqam belgilari

To'g'ri javob: Yaxshi ko‘rinadigan raqam belgisi

YHQ 29-bobi 175-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: Yuk avtomobillari, tirkamalar (yengil avtomobillar tirkamalaridan tashqari) va avtobuslar (mikroavtobuslardan tashqari) kuzovining orqa devoriga uning davlat raqam belgisi va harflari yozilishi kerak. Raqamning balandligi 300 millimetr, kengligi 120 millimetr, chizig‘ining yo‘g‘onligi 30 millimetrdan kam bo‘lmasligi, harflar balandligi esa raqam o‘lchamlarining 2/3 qismiga teng bo‘lishi kerak.

31. Ko‘rsatilgan belgilardan qaysi biri orqaga harakatlanishni taqiqlaydi?

Ko‘rsatilgan belgilardan qaysi biri orqaga harakatlanishni taqiqlaydi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 1

YHQ 19-bobi 121-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, avtomagistrallarda quydagilar taqiqlanadi: orqaga harakatlanish.

32. Qayrilib olish quyidagi hollarda taqiqlanadi:

Qayrilib olish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
  1. Piyodalar o‘tish joylarida va tunnellarda
  2. Ko‘priklarda, yo‘l o‘tkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida
  3. Temir yo‘l kesishmalarida
  4. Loaqal bir yo‘nalishda yo‘l 100 metrdan kamroq ko‘ringanda
  5. Hamma sanab o‘tilgan hollarda

To'g'ri javob: Hamma sanab o‘tilgan hollarda

YHQ 9-bobi 62-bandiga muvofiq, quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi – piyodalarning o'tish joylarida, tunnellarda, ko'priklar, yo'l o'tkazgichlar, estakadalar va ularning ostida (tegishli yo'l belgilari bilan bunday manyovrni bajarish ruxsat berilgan yo'l qismlari bundan mustasno), temir yo'l kesishmalarida, yo'lning ko'rinishi biror-bir yo'nalishda 100 metrdan kam bo'lgan joylarda.

33. Qishloq xo‘jalik ishlari olib boriladigan dalada yuk avtomobili va traktorning harakat trayektoriyasi kesishadi. Kim yo‘l berishi kerak?

  1. Yuk avtomobili haydovchisi traktor haydovchisiga
  2. Traktor haydovchisi yuk avtomobili haydovchisiga
  3. O‘ng tomonidan yaqinlashayotgan transport vositasi haydovchisiga
  4. O‘ng tomondagi haydovchi

To'g'ri javob: O‘ng tomonidan yaqinlashayotgan transport vositasi haydovchisiga

YHQ 9-bobi 60-bandiga asosan: Transport vositalarining harakat yo‘nalishlari kesishadigan va o‘tish navbati Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda haydovchi o‘ng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.

34. Ushbu ko‘rsatilgan vaziyatda sizga hovliga orqa bilan kirib qayrilib olishga ruxsat beriladimi?

Ushbu ko‘rsatilgan vaziyatda sizga hovliga orqa bilan kirib qayrilib olishga ruxsat beriladimi?
  1. Ruxsat beriladi
  2. Ruxsat beriladi agarda bunda harakatning boshqa ishtirokchilariga xalaqit berilmasa
  3. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Ruxsat beriladi agarda bunda harakatning boshqa ishtirokchilariga xalaqit berilmasa

YHQ 9-bobi 63 - bandiga muvofiq, transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashi va boshqa yo'l harakati qatnashchilariga xalaqit bermasligi shart. Zarurat tug'ilganda haydovchi boshqa shaxslarning yordamidan foydalanishi kerak. Bir tomonlama harakatli yo'llarda orqaga harakatlanish taqiqlanmagan.

35. Qaysi yo‘nalishda harakatlanishni davom ettirishingiz mumkin?

Qaysi yo‘nalishda harakatlanishni davom ettirishingiz mumkin?
  1. Faqat chapga
  2. Chapga va orqaga qayrilib olishga
  3. O‘ngga, chapga va orqaga qayrilib olishga

To'g'ri javob: O‘ngga, chapga va orqaga qayrilib olishga

YHQ 1-ilovasining 4-bo‘limidagi 4.1.6 belgiga asosan, «Harakatlanish o‘ngga yoki chapga». Faqat belgilarda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar yo‘nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yo‘nalishiga tegishli ko‘rsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qo‘llash mumkin). YHQning 56 bandiga asosan, aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o‘ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart. Ushbu holatda belgi talabi bo‘yicha, o‘ng va chap yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi, lekin, transport vositasi shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining chap chetki holatni egallaganligi uchun chapga va orqaga qayrilib olishga ruxsat etiladi.

36. Qaysi yo‘l belgilari chapga burilishni taqiqlaydi?

Qaysi yo‘l belgilari chapga burilishni taqiqlaydi?
  1. Faqat A
  2. Faqat A va B
  3. Faqat A va D
  4. Barchasi

To'g'ri javob: Faqat A va D

YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.7.1 belgiga asosan, «Bir tomonlama harakatli yo‘lga chiqish». Harakatlanish bir tomonlama bo‘lgan yo‘lga yoki qatnov qismiga chiqish. Chapga burilishni taqiqlaydi. YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.10.2 belgiga asosan, «Yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘lga chiqish».Chapga burilishni taqiqlaydi.

37. Qaysi transport vositasining haydovchisi qoidani buzib burilmoqda?

Qaysi transport vositasining haydovchisi qoidani buzib burilmoqda?
  1. Faqat yengil avtomobil haydovchisi
  2. Faqat mototsikl haydovchisi
  3. Ikkisi ham buzayapti

To'g'ri javob: Ikkisi ham buzayapti

YHQ 1-ilovasining 4-bo‘limidagi 4.1.1 belgiga asosan, «Harakatlanish to‘g‘riga». Faqat belgilarda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar yo‘nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yo‘nalishiga tegishli ko‘rsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qo‘llash mumkin).

38. Qanday hollarda yo‘lning burilish qismlarida yengil avtomobil ag‘darilishga qarshi turg‘unroq?

  1. Yuksiz va yo‘lovchilarsiz
  2. Yo‘lovchilar bilan yuksiz
  3. Yo‘lovchilarsiz, yuqori yukxonasida yuki bilan

To'g'ri javob: Yuksiz va yo‘lovchilarsiz

Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, yo‘lning burilish qismlarida og‘irlik markazi pastroq bo‘lganligi sababli, yuksiz va yo‘lovchilarsiz yengil avtomobil ag‘darilishga qarshi turg‘unroq hisoblanadi.

39. Ushbu vaziyatda quvib o‘tishdan so‘ng Siz o‘rta bo‘lakda qolishingiz mumkinmi?

Ushbu vaziyatda quvib o‘tishdan so‘ng Siz o‘rta bo‘lakda qolishingiz mumkinmi?
  1. Ha
  2. Yo‘q

To'g'ri javob: Yo‘q

Yo‘l harakati qoidalarining 66 bandiga asosan, harakat ikki tomonlama bo‘lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo‘l chizig‘i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo‘llarda, ikki yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan o‘rta qatorga faqat quvib o‘tish, aylanib o‘tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.

40. Qaysi yo‘l belgilari qayrilib olishga ruxsat beradi?

Qaysi yo‘l belgilari qayrilib olishga ruxsat beradi?
  1. Faqat B
  2. Faqat B va D
  3. Faqat A, B va C
  4. Barchasi

To'g'ri javob: Barchasi

YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.7.1 belgiga asosan, «Bir tomonlama harakatli yo‘lga chiqish». Harakatlanish bir tomonlama bo‘lgan yo‘lga yoki qatnov qismiga chiqish. Chapga burilishni taqiqlaydi. YHQ 1-ilovasining 5-bo‘limidagi 5.10.2 belgiga asosan, «Yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘lga chiqish». Chapga burilishni taqiqlaydi. Ko‘rsatilgan barcha belgilar ta’sir oralig‘ida qayrilib olishga ruxsat etiladi.

41. Chap qo‘lni yonga cho‘zish yoki o‘ng qo‘lni tirsakdan to‘g‘ri burchak ostida bukib, yuqoriga ko‘tarish ishorasi nimani bildiradi?

Chap qo‘lni yonga cho‘zish yoki o‘ng qo‘lni tirsakdan to‘g‘ri burchak ostida bukib, yuqoriga ko‘tarish ishorasi nimani…
  1. Chapga burilishni yoki qayrilib olishni
  2. O‘ngga burilish yoki qayrilib olishni
  3. To‘xtashni

To'g'ri javob: Chapga burilishni yoki qayrilib olishni

Yo‘l harakati qoidalarining 45 bandiga asosan, haydovchi harakatlanishni boshlashdan, qayta tizilishdan, burilish (qayrilib olish)dan va to‘xtashdan oldin tegishli yo‘nalishni ko‘rsatuvchi yorug‘lik ishoralarini yoqishi, ular bo‘lmaganda yoki ishlamaganda qo‘l bilan ishoralar berishi shart. Chapga burilish (qayrilib olish)ni bildiruvchi ishoraga chap qo‘lni yonga uzatish yoki o‘ng qo‘lni tirsakdan to‘g‘ri burchak ostida bukib, yuqoriga ko‘tarish mos keladi.

42. Yengil avtomobil tirkamasi burilishda qanday trayektoriya bo‘yicha harakatlanadi?

  1. Burilish markaziga nisbatan avtomobil trayektoriyasidan tashqarida
  2. Avtomobil burilish trayektoriyasi bo‘yicha
  3. Burilish markaziga nisbatan avtomobil trayektoriyasidan ichkarida

To'g'ri javob: Burilish markaziga nisbatan avtomobil trayektoriyasidan ichkarida

Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, yengil avtomobil tirkamasi burilishda burilish markaziga nisbatan avtomobil trayektoriyasidan ichkarida harakatlanadi.

43. Yo‘lning xavfli burilishlarida oldingi uzatmali avtomobilning orqa o‘qi yon tomonga sirpanayotganda siz qanday harakat qilasiz?

  1. Gaz pedalini ko‘proq bosib, avtomobilning rul chambaragini o‘zgartirmasdan sirpanishdan olib chiqasiz
  2. Gaz pedalini ohista bosib, avtomobilning rul chambaragini to‘g‘irlab, avtomobilni sirpanishdan olib chiqib ketasiz
  3. Tormozlab turib rul chambaragini sirpangan tomonga burasiz
  4. Gaz berishni kamaytirib rul chambaragi bilan boshqaruvni barqarorlashtirasiz

To'g'ri javob: Gaz pedalini ohista bosib, avtomobilning rul chambaragini to‘g‘irlab, avtomobilni sirpanishdan olib chiqib ketasiz

Oldi g'ildiraklari etaklovchi avtomobilda burilishda tormozlaganda old g'ildiraklardan orqa g'ildiraklarning ilgarilab ketishidan orqa g'ildiraklarning yon tomonga sirpanishi hosil bo'ladi. Bu holda, rul chambaragi yordamida harakat yo'nalishini to'g'rilash va yoqilg'i uzatishni biroz oshirish (g'ildiraklarni jilmay aylantirmagan holda) maqsadga muvofiq bo'ladi.

44. Ushbu vaziyatda siz o‘ng tasmada harakatlanmoqdasiz, sizning tasmangizga qayta tizilayotgan transport vositasiga yo‘l berishingiz kerakmi?

Ushbu vaziyatda siz o‘ng tasmada harakatlanmoqdasiz, sizning tasmangizga qayta tizilayotgan transport vositasiga yo‘l b…
  1. Kerak emas
  2. Kerak

To'g'ri javob: Kerak emas

YHQ 9-bobi 55-bandi: Haydovchi qayta tizilishda harakatlanish yo‘nalishini o‘zgartirmasdan harakatlanayotgan yo‘lakay transport vositalariga yo‘l berishi kerak. Bir yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganlarida haydovchi o‘ng tomondagi transport vositasiga yo‘l berishi kerak.

45. Yuk avtomobili haydovchisiga qaysi yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat beriladi?

Yuk avtomobili haydovchisiga qaysi yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat beriladi?
  1. To‘g‘riga va o‘ngga
  2. O‘ngga, chapga va orqaga
  3. Faqat o‘ngga
  4. Barcha yo‘nalishlarga

To'g'ri javob: To‘g‘riga va o‘ngga

YHQ 1-ilovasining 3-bo‘limidagi 3.4 belgiga asosan, «Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan». Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan (agar vazni belgida ko‘rsatilmagan bo‘lsa) yoki ruxsat etilgan to‘liq vazni belgida ko‘rsatilgandan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari va transport vositalari tarkiblarining, shuningdek traktorlar, o‘ziyurar uskunalarning harakatlanishi taqiqlanadi. 3.4. yo‘l belgisi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi. YHQning 56 bandiga asosan, aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o‘ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart. Ushbu holatda belgi talabi bo‘yicha, yuk avtomobiliga to‘g‘riga harakatlanish taqiqlanmaydi, shuningdek, yuk avtomobili shu yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan qatnov qismining o‘ng chetki holatini egallaganligi uchun o‘ngga harakatlanishga ham ruxsat etiladi.

46. Qaysi belgi yo‘lning kichik radiusli xavfli burilish joyiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi?

Qaysi belgi yo‘lning kichik radiusli xavfli burilish joyiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi?
  1. 2
  2. 3
  3. 1
  4. 4

To'g'ri javob: 4

YHQ 1 ilova: 1.11.1, 1.11.2. “Xavfli burilishi”. 1.11.1 o‘ngga, 1.11.2 - chapga yo‘l belgilari yo‘lning kichik radiusli yoki ko‘rinishi cheklangan burilish joyini bildiradi.

47. Yo‘lning xavfli burilishlarida oldingi uzatmali avtomobilning orqa o‘qi yon tomonga sirpanayotganda siz qanday harakat qilasiz?

  1. Gaz pedalini ko‘proq bosib, avtomobilning rul chambaragini o‘zgartirmasdan sirpanishdan olib chiqasiz
  2. Gaz pedalini ohista bosib, avtomobilning rul chambaragini to‘g‘irlab, avtomobilni sirpanishdan olib chiqib ketasiz
  3. Tormozlab turib rul chambaragini sirpangan tomonga burasiz
  4. Gaz berishni kamaytirib rul chambaragi bilan boshqaruvni barqarorlashtirasiz

To'g'ri javob: Gaz pedalini ohista bosib, avtomobilning rul chambaragini to‘g‘irlab, avtomobilni sirpanishdan olib chiqib ketasiz

Oldi g'ildiraklari etaklovchi avtomobilda burilishda tormozlaganda old g'ildiraklardan orqa g'ildiraklarning ilgarilab ketishidan orqa g'ildiraklarning yon tomonga sirpanishi hosil bo'ladi. Bu holda, rul chambaragi yordamida harakat yo'nalishini to'g'rilash va yoqilg'i uzatishni biroz oshirish (g'ildiraklarni jilmay aylantirmagan holda) maqsadga muvofiq bo'ladi.

48. Mototsikl haydovchisi qo‘lini yuqoriga ko‘tarib nima haqida axborot berayapti?

Mototsikl haydovchisi qo‘lini yuqoriga ko‘tarib nima haqida axborot berayapti?
  1. O‘nga burilmoqchi ekanligi haqida
  2. To‘xtash haqida
  3. Harakatni davom ettirish haqida

To'g'ri javob: To‘xtash haqida

Yo‘l harakati qoidalarining 45 bandiga asosan, haydovchi harakatlanishni boshlashdan, qayta tizilishdan, burilish (qayrilib olish)dan va to‘xtashdan oldin tegishli yo‘nalishni ko‘rsatuvchi yorug‘lik ishoralarini yoqishi, ular bo‘lmaganda yoki ishlamaganda qo‘l bilan ishoralar berishi shart. To‘xtash ishorasi chap yoki o‘ng qo‘lni yuqoriga ko‘tarib beriladi.

49. Qanday hollarda yo‘lning burilish qismlarida yengil avtomobil ag‘darilishga qarshi turg‘unroq?

  1. Yuksiz va yo‘lovchilarsiz
  2. Yo‘lovchilar bilan yuksiz
  3. Yo‘lovchilarsiz, yuqori yukxonasida yuki bilan

To'g'ri javob: Yuksiz va yo‘lovchilarsiz

Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, yo‘lning burilish qismlarida og‘irlik markazi pastroq bo‘lganligi sababli, yuksiz va yo‘lovchilarsiz yengil avtomobil ag‘darilishga qarshi turg‘unroq hisoblanadi.

50. Qaysi javobda orqaga harakatlanish taqiqlangan joylar ko‘rsatilgan?

Qaysi javobda orqaga harakatlanish taqiqlangan joylar ko‘rsatilgan?
  1. Piyodalarning o‘tish joylarida
  2. Tunnellarda
  3. Chorrahalarda
  4. Barcha javoblar to‘g‘ri

To'g'ri javob: Barcha javoblar to‘g‘ri

Yo‘l harakati qoidalarining 63 bandiga asosan, transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashi va yo‘l harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit bermasligi shart. Zarurat tug‘ilganda haydovchi boshqa shaxslarning yordamidan foydalanishi kerak. Orqaga harakatlanish chorrahalarda va ushbu Qoidalarning 62-bandiga muvofiq qayrilib olish mumkin bo‘lmagan joylarda taqiqlanadi. Yo‘l harakati qoidalarining 62 bandiga asosan, quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi: piyodalarning o‘tish joylarida; tunnellarda; ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, estakadalar va ularning ostida (tegishli yo‘l belgilari bilan bunday manyovrni bajarish ruxsat berilgan yo‘l qismlari bundan mustasno); temir yo‘l kesishmalarida; yo‘lning ko‘rinishi biror-bir yo‘nalishda 100 metrdan kam bo‘lgan joylarda.

51. Chap tomondagi yondosh hududdan foydalanib qayrilib olishning ko‘rsatilgan qaysi usuli harakat xavfsizligini ta'minlaydi?

Chap tomondagi yondosh hududdan foydalanib qayrilib olishning ko‘rsatilgan qaysi usuli harakat xavfsizligini ta'minlayd…
  1. Faqat o‘ng tomondagi rasmda
  2. Ikkisida ham
  3. Faqat chap tomondagi rasmda

To'g'ri javob: Faqat o‘ng tomondagi rasmda

Tor yo'llarda chap tomondagi yondosh xududdan foydalanib qayrilib olishning xavfsiz usuli o'ngdagi suratda aks ettirilgan. Bunda haydovchi nafaqat o'z harakatlanish trayektoriyasini, balki o'zi chiqayotgan bo'lakdagi vaziyatni ham to'liq nazorat qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.

52. Chapga burilayotgan sariq avtomobil haydovchisi qaysi tasmani egallashi kerak?

Chapga burilayotgan sariq avtomobil haydovchisi qaysi tasmani egallashi kerak?
  1. Chap tasmani
  2. O‘rta tasmani
  3. Istalgan tasmani
  4. O‘ng tasmani

To'g'ri javob: Istalgan tasmani

YHQ 9-bobi 57-bandi: Burilishni shunday amalga oshirish kerakki, bunda qatnov qismlarining kesishmasidan chiqayotgan transport vositasi qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakat tomoniga o‘tib ketmasligi kerak. O‘ngga burilayotgan transport vositasi iloji boricha qatnov qismining o‘ng tomoniga yaqinroqda harakatlanishi kerak.

53. O‘ng tomondagi yondosh hududdan foydalanib qayrilib olishning ko‘rsatilgan qaysi usuli harakat xavfsizligini ta'minlaydi?

O‘ng tomondagi yondosh hududdan foydalanib qayrilib olishning ko‘rsatilgan qaysi usuli harakat xavfsizligini ta'minlayd…
  1. Faqat chap tomondagi suratda
  2. Faqat o‘ng tomondagi suratda
  3. Har ikki suratda

To'g'ri javob: Faqat chap tomondagi suratda

Tor yo'llarda o'ng tomondagi yondosh xududdan foydalanib qayrilib olishning xavfsiz usuli chapdagi suratda aks ettirilgan. Bunda haydovchi nafaqat o'z harakatlanish trayektoriyasini, balki o'zi chiqayotgan bo'lakdagi vaziyatni ham to'liq nazorat qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.

54. Qaysi yo‘l belgilari yo‘nalishsiz transport vositalariga chapga burilishni taqiqlaydi?

Qaysi yo‘l belgilari yo‘nalishsiz transport vositalariga chapga burilishni taqiqlaydi?
  1. Faqat “A”
  2. “A” va “B”
  3. Hammasi
  4. “A” va “C”

To'g'ri javob: “A” va “C”

YHQ 1-ilovaning quyidagi bandlar: 5.10.2, 5.10.3. “Yunalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘lga chiqishi”. 5.11.1. “Qayrilib olish joyi”. Chapga burilish taqiqlanadi.

55. Bir vaqtda qayrilib olishda kim yo'l berishi kerak?

Bir vaqtda qayrilib olishda kim yo'l berishi kerak?
  1. Avtobus haydovchisi.
  2. Yengil avtomobil haydovchisi.
  3. Ushbu holatda haydovchilar o'zaro kelishib harakat qilishlari kerak.

To'g'ri javob: Avtobus haydovchisi.

YHQ 9-bobi 60 - bandiga muvofiq, transport vositalarining harakat yo'nalishlari kesishadigan va o'tish navbati qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda haydovchi o'ng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.

56. To'xtab turish joyida boshqa avtomobil bilan harakatni bir vaqtda boshlayotganda, Siz qanday harakat qilishingiz kerak?

To'xtab turish joyida boshqa avtomobil bilan harakatni bir vaqtda boshlayotganda, Siz qanday harakat qilishingiz kerak?
  1. Yo'l berishingiz kerak
  2. Birinchi bo'lib o'tishingiz kerak
  3. Ushbu avtomobil haydovchisi bilan o'zaro kelishib, harakat qilishingiz kerak

To'g'ri javob: Yo'l berishingiz kerak

YHQ 9-bobi 60 - bandiga muvofiq, transport vositalarining harakat yo'nalishlari kesishadigan va o'tish navbati qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda haydovchi o'ng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.

57. Qaysi yo‘nalishda harakatlanish taqiqlanadi?

Qaysi yo‘nalishda harakatlanish taqiqlanadi?
  1. Faqat chapga
  2. O‘ngga, chapga va orqaga qayrilib olishga
  3. Chapga va orqaga qayrilib olishga
  4. Faqat to‘g‘riga

To'g'ri javob: Faqat to‘g‘riga

YHQ 1 ilova: 4.1.6.“Harakatlanish o‘ngga yoki chapga”. Faqat belgilarada ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar yo‘nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yo‘nalishiga tegishli ko‘rsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 - 4.1.6 belgilarini qo‘llash mumkin). 4.1.1 - 4.1.6 belgilarining ta’siri yo’nalishli transport vositalariga joriy qilinmaydi. 4.1.1 - 4.1.6 yo‘l belgiları qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin o‘rnatilsa, belgining ta’siri shu kesishmaga joriy qilinadi. Yo‘ning qismi boshlanishida o‘rnatilgan 4.1.1 belgisi ta’siri yangi chorrahalarda joriy qilinadi. Belgi o‘ng tomonida joylashgan hovillarga va chap tomondan boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

58. Qaysi avtomobil haydovchisi yo‘l berishi kerak?

Qaysi avtomobil haydovchisi yo‘l berishi kerak?
  1. Ko‘k avtomobil haydovchisi
  2. Yashil avtomobil haydovchisi

To'g'ri javob: Ko‘k avtomobil haydovchisi

YHQ 1 ilova: 5.38. “Turar joy dahasi”. Yo‘l harakati qoidalarining turar joy dahalarida harakatlanish tartibi o‘rnatilgan yo‘l. YHQ 9-bobi 60-bandi: Transport vositalarining harakatlanish yo‘nalishlari kesishganda va o‘tish navbati Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda, haydovchi o‘ng tomondan yaqinlashayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.

59. Ushbu vaziyatda qaysi transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak?

Ushbu vaziyatda qaysi transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak?
  1. Oq avtomobil haydovchisi
  2. Qizil avtomobil haydovchisi

To'g'ri javob: Qizil avtomobil haydovchisi

YHQ 9-bobi 60-bandi: Transport vositalarining harakatlanish yo‘nalishlari kesishganda va o‘tish navbati Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda, haydovchi o‘ng tomondan yaqinlashayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.

60. Ushbu vaziyatda kim yo‘l berishi kerak?

Ushbu vaziyatda kim yo‘l berishi kerak?
  1. Mikroavtobus haydovchisi
  2. Yengil avtomobil haydovchisi

To'g'ri javob: Yengil avtomobil haydovchisi

YHQ 9-bobi 60-bandi: Transport vositalarining harakatlanish yo‘nalishlari kesishganda va o‘tish navbati Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda, haydovchi o‘ng tomondan yaqinlashayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.

61. Chorrahadan qaysi yo‘nalishda harakatlanishingizga ruxsat berilgan?

Chorrahadan qaysi yo‘nalishda harakatlanishingizga ruxsat berilgan?
  1. Faqat to‘g‘riga
  2. To‘g‘riga va o‘ngga
  3. Faqat o‘ngga

To'g'ri javob: Faqat to‘g‘riga

YHQ 1 ilova: 4.1.1. “Harakatlanish to‘g‘riga”. Faqat belgilarda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar yo‘nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yo‘nalishiga tegishli ko‘rsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qo‘llash mumkin).

62. Ko'rsatilgan holatda qayrilib olishga ruxsat etiladimi?

Ko'rsatilgan holatda qayrilib olishga ruxsat etiladimi?
  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat beriladi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQ I ilova: 4.3. “Aylanma harakatlanish”. Ko‘rsatkichlar yo‘nalishlarida harakatlanish ruxsat etiladi.

63. Ushbu kesishmadan o‘ngga burilishga ruxsat beriladimi?

Ushbu kesishmadan o‘ngga burilishga ruxsat beriladimi?
  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat beriladi

To'g'ri javob: Ruxsat beriladi

YHQ 1-ilova: 5.19.1 – 5.19.4. “Oxiri berk yo‘l” belgisi yo‘lda ko‘rsatilgan yo‘nalishda oxiri berk ekanligini bildiradi.

64. Ushbu transport vositasi qaysi yo‘nalishda harakatlanishiga ruxsat etiladi?

Ushbu transport vositasi qaysi yo‘nalishda harakatlanishiga ruxsat etiladi?
  1. Faqat chapga
  2. To‘g‘riga va chapga
  3. Faqat chapga va qayrilib olishga
  4. Barcha yo‘nalishlarga

To'g'ri javob: Faqat chapga va qayrilib olishga

YHQ 2 ilova: Yo‘l belgilarining, shu jumladan, vaqtincha yo‘l belgilarining va yotiq yo‘l chiziqlarining ma’nolari bir-biriga zid kelgan hollarda yoki yo‘l chiziqlarini yetarlicha farqlab bo‘lmasa, haydovchilar yo‘l belgilariga amal qilishlari kerak. YHQ 1 ilova: 5.8.1. “Tasmalar bo‘yicha harakat yo‘nalishi” Tasmalar soni va har biri bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishlari. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanish taqiqlanadi. Yo‘lning chetki chap bo‘lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilar shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.

65. Ushbu vaziyatda qaysi yo‘nalishda harakatlanishingiz mumkin?

Ushbu vaziyatda qaysi yo‘nalishda harakatlanishingiz mumkin?
  1. 1, 3 va 4 yo‘nalishlarda
  2. 1, 2 va 3 yo‘nalishlarda
  3. 1 va 4 yo‘nalishlarda
  4. Barcha yo‘nalishlarda

To'g'ri javob: Barcha yo‘nalishlarda

YHQ 1 ilova: 4.1.1. “Harakatlanish to‘g‘riga”. Yo‘lning qismi boshlanishida o‘rnatilgan 4.1.1 belgisining ta’siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o‘ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo‘lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

66. Ushbu chorrahada chapga burilishga ruxsat etiladimi?

Ushbu chorrahada chapga burilishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi

YHQ 1-ilovasi 4-bo‘limining birinchi va sakkizinchi xatboshlariga asosan: 4.1.1. “Harakatlanish to‘g‘riga”. 4.1.1 yo‘l belgisi qatnov qismining qaysi kesishmasi oldiga o‘rnatilsa, shu kesishmaga joriy qilinadi. Yo‘lning qismi boshlanishida o‘rnatilgan 4.1.1 belgisining ta’siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o‘ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo‘lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

67. Qaysi avtomobil haydovchisi qoidani buzib hovliga burildi?

Qaysi avtomobil haydovchisi qoidani buzib hovliga burildi?
  1. Faqat oq avtomobil haydovchisi
  2. Faqat sariq avtomobil haydovchisi
  3. Hech qaysi buzmadi
  4. Ikkisi ham buzdi

To'g'ri javob: Faqat sariq avtomobil haydovchisi

YHQ 1 ilova: 4.1.1. “Harakatlanish to‘g‘riga”. Yo‘lning qismi boshlanishida o‘rnatilgan 4.1.1 belgisining ta’siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o‘ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo‘lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

68. Qizil avtomobil haydovchisi qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishiga ruxsat berilgan?

Qizil avtomobil haydovchisi qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishiga ruxsat berilgan?
  1. Faqat chapga
  2. Chapga va qayrilib olishga
  3. To‘g‘riga va chapga

To'g'ri javob: Chapga va qayrilib olishga

YHQ 2 ilova: Yo‘l belgilarining, shu jumladan, vaqtincha yo‘l belgilarining va yotiq yo‘l chiziqlarining ma’nolari bir-biriga zid kelgan hollarda yoki yo‘l chiziqlarini yetarlicha farqlab bo‘lmasa, haydovchilar yo‘l belgilariga amal qilishlari kerak. YHQ 1 ilova: 5.8.1. “Tasmalar bo‘yicha harakat yo‘nalishi”. Tasmalar soni va har biri bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishlari. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanish taqiqlanadi. Yo‘lning chetki chap bo‘lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.

69. Ushbu transport vositasi qaysi yo‘nalishda harakatlanishiga ruxsat etiladi?

Ushbu transport vositasi qaysi yo‘nalishda harakatlanishiga ruxsat etiladi?
  1. Faqat to‘g‘riga
  2. To‘g‘riga va o‘ngga
  3. Faqat to‘g‘riga va qayrilib olishga
  4. Barcha yo‘nalishlarga

To'g'ri javob: Faqat to‘g‘riga va qayrilib olishga

YHQ 1-ilova: 3.18.2. “Chapga burilish taqiqlanadi”.

70. Ushbu transport vositasiga chorraha orqali qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishga ruxsat etiladi?

Ushbu transport vositasiga chorraha orqali qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Faqat to‘g‘riga va o‘ngga
  2. Faqat chapga va qayrilib olishga
  3. Faqat o‘ngga
  4. Faqat to‘g‘riga
  5. Barcha yo‘nalishlarga

To'g'ri javob: Barcha yo‘nalishlarga

YHQ 1 ilova: 4.1.1. “Harakatlanish to‘g‘riga”. Yo‘lning qismi boshlanishida o‘rnatilgan 4.1.1 belgisining ta’siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o‘ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo‘lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

71. Qaysi avtomobil haydovchisiga burilishga ruxsat etilgan?

Qaysi avtomobil haydovchisiga burilishga ruxsat etilgan?
  1. Har ikkisiga ruxsat etilgan
  2. Oq avtomobil haydovchisiga
  3. Har ikkisiga taqiqlangan
  4. Qizil avtomobil haydovchisiga

To'g'ri javob: Har ikkisiga taqiqlangan

YHQ 1 ilova: 4.1.1. “Harakatlanish to‘g‘riga”. Faqat belgilarda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar yo‘nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yo‘nalishiga tegishli ko‘rsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qo‘llash mumkin). 4.1.1 — 4.1.6 belgilarining ta’siri yo‘nalishli transport vositalariga joriy qilinmaydi. 4.1.1 — 4.1.6 yo‘l belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin o‘rnatilsa, belgining ta’siri shu kesishmaga joriy qilinadi. Yo‘lning qismi boshlanishida o‘rnatilgan 4.1.1 belgisining ta’siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o‘ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo‘lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

72. Qaysi yo‘l belgisi qayrilib olishga ruxsat beradi?

Qaysi yo‘l belgisi qayrilib olishga ruxsat beradi?
  1. Faqat 1 va 2
  2. Faqat 2 va 3
  3. Barchasi

To'g'ri javob: Faqat 1 va 2

"YHQga 1-ILOVA 3.18.1 va 3.18.2 bandlariga asosan: 3.18.1. «O‘ngga burilish taqiqlangan». 3.18.2. «Chapga burilish taqiqlanadi»."

73. Avtomobil qaysi yo‘nalishda qayrilib olishiga ruxsat beriladi?

Avtomobil qaysi yo‘nalishda qayrilib olishiga ruxsat beriladi?
  1. A yo‘nalishga
  2. B yo‘nalishda
  3. Har ikki yo‘nalishda

To'g'ri javob: A yo‘nalishga

"YHQga 1-ILOVA 5.8.1 bandi va 5. Axborot-ko‘rsatgich belgilarining 11-xatboshiga asosan: 5.8.1. «Tasmalar bo‘yicha harakat yo‘nalishi». Tasmalar soni va har biri bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishlari. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanish taqiqlanadi. Yo‘lning chetki chap bo‘lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi."

74. Ushbu avtomobilga ko‘rsatilgan yo‘nalishlardan qaysi biriga harakatlanishga ruxsat etiladi?

Ushbu avtomobilga ko‘rsatilgan yo‘nalishlardan qaysi biriga harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Faqat qayrilib olishga
  2. Faqat chapga
  3. Ikkala yo‘nalishga ham harakatlanish taqiqlanadi
  4. Ikkala yo‘nalishga ham harakatlanishga ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Ikkala yo‘nalishga ham harakatlanishga ruxsat etiladi

YHQga 1-ILOVA 3.18.2 bandi va 3.Taqiqlovchi belgilarning 47-xatboshiga asosan: 3.18.2. «Chapga burilish taqiqlanadi». 3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o‘rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.

75. Avtomobilga qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi?

Avtomobilga qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. 1-yo‘nalishda
  2. 2-yo‘nalishda
  3. Har ikkisiga ham ruxsat beriladi

To'g'ri javob: 1-yo‘nalishda

"YHQga 1-ILOVA 5.8.2 bandi va 5. Axborot-ko‘rsatgich belgilarining 11-xatboshi hamda YHQga 1-ILOVA 3.18.2 bandi va 3.Taqiqlovchi belgilarning 47-xatboshiga asosan: 5.8.2. «Tasma bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi». Tasma bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanish taqiqlanadi. Yo‘lning chetki chap bo‘lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi. 3.18.2. «Chapga burilish taqiqlanadi». 3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o‘rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi."

76. Qizil avtomobil qaysi yo‘nalishlarda qayrilib olishga ruxsat beriladi?

Qizil avtomobil qaysi yo‘nalishlarda qayrilib olishga ruxsat beriladi?
  1. Birinchi yo‘nalishda
  2. Ikkinchi yo‘nalishda
  3. Ikkala yo‘nalishlarda ham qayrilib olish taqiqlangan

To'g'ri javob: Ikkala yo‘nalishlarda ham qayrilib olish taqiqlangan

YHQga 1-ILOVA 3.19 bandiga asosan: 3.19. «Qayrilish taqiqlangan».

77. Qaysi avtomobil haydovchisi qoidani buzmasdan harakatlanmoqda?

Qaysi avtomobil haydovchisi qoidani buzmasdan harakatlanmoqda?
  1. Ko‘k avtomobil haydovchisi
  2. Qizil avtomobil haydovchisi
  3. Ikkala avtomobil haydovchilari
  4. Har ikkala avtomobil haydovchilari qoidani buzmoqda

To'g'ri javob: Ko‘k avtomobil haydovchisi

"YHQga 1-ILOVA 3.18.2 bandi va 3.Taqiqlovchi belgilarning 47-xatboshi hamda YHQga 1-ILOVA 5.8.2 bandi va 5. Axborot-ko‘rsatgich belgilarining 11-xatboshiga asosan: 3.18.2. «Chapga burilish taqiqlanadi». 3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o‘rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi. 5.8.2. «Tasma bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi». Tasma bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanish taqiqlanadi. Yo‘lning chetki chap bo‘lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi."

78. Qaysi yo'nalish bo‘yicha chapga burilishga ruxsat etiladi?

Qaysi yo'nalish bo‘yicha chapga burilishga ruxsat etiladi?
  1. Faqat 1-yo‘nalish
  2. Faqat 2-yo‘nalish
  3. Har ikki yo‘nalishlarga taqiqlanadi
  4. Barcha yo‘nalishlarga

To'g'ri javob: Faqat 2-yo‘nalish

YHQning 9-bob. 56-band 2-xatboshiga asosan: Agar 5.8.1 yoki 5.8.2 yo‘l belgilari yoxud 1.18 yo‘l chizig‘i bilan boshqa harakatlanish tartibi o‘rnatilmagan bo‘lsa, qatnov qismining o‘rtasida u bilan bir sathda joylashgan bir yo‘nalishdagi tramvay izidan chapga burilish va qayrilib olishga ruxsat etiladi. Biroq, bu tramvay harakatiga xalaqit bermasligi kerak.

79. Qaysi belgida qayrilishga ruxsat etiladi?

Qaysi belgida qayrilishga ruxsat etiladi?
  1. B
  2. C
  3. A
  4. A, B, C

To'g'ri javob: A, B, C

YHQga 1-ILOVA 3.18.2 va 5.7.2 hamda 5.10.2 bandiga asosan: 3.18.2. «Chapga burilish taqiqlanadi». 5.7.2. «Bir tomonlama harakatli yo‘lga chiqish». Harakatlanish bir tomonlama bo‘lgan yo‘lga yoki qatnov qismiga chiqish. 5.10.2. «Yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘lga chiqish».

80. Qaysi transport vositasi o‘ngga to‘g‘ri burilmoqda?

Qaysi transport vositasi o‘ngga to‘g‘ri burilmoqda?
  1. Oq va sariq avtomobil
  2. Qizil va oq avtomobil
  3. Sariq va yashil avtomobil
  4. Oq avtomobil
  5. Barcha avtomobillar

To'g'ri javob: Oq avtomobil

"YHQning 9-bob. 56-bandiga asosan: 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o‘ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart. Agar 5.8.1 yoki 5.8.2 yo‘l belgilari yoxud 1.18 yo‘l chizig‘i bilan boshqa harakatlanish tartibi o‘rnatilmagan bo‘lsa, qatnov qismining o‘rtasida u bilan bir sathda joylashgan bir yo‘nalishdagi tramvay izidan chapga burilish va qayrilib olishga ruxsat etiladi. Biroq, bu tramvay harakatiga xalaqit bermasligi kerak."

81. Qaysi transport vositasi o‘ngga to‘g‘ri burilmoqda?

Qaysi transport vositasi o‘ngga to‘g‘ri burilmoqda?
  1. Mototsikl
  2. Sariq va yashil avtomobil
  3. Oq avtomobil
  4. Barchasi to‘g‘ri burilmoqda

To'g'ri javob: Oq avtomobil

"YHQning 9-bob. 56-bandiga asosan: 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o‘ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo‘nalishda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart. Agar 5.8.1 yoki 5.8.2 yo‘l belgilari yoxud 1.18 yo‘l chizig‘i bilan boshqa harakatlanish tartibi o‘rnatilmagan bo‘lsa, qatnov qismining o‘rtasida u bilan bir sathda joylashgan bir yo‘nalishdagi tramvay izidan chapga burilish va qayrilib olishga ruxsat etiladi. Biroq, bu tramvay harakatiga xalaqit bermasligi kerak."

82. Belgilangan yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladimi?

Belgilangan yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladimi?
  1. Faqat o‘ngga ruxsat etiladi
  2. Faqat chapga ruxsat etiladi
  3. Har ikkisiga ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Har ikkisiga ruxsat etiladi

"YHQning 9-bob. 57-bandiga asosan: 57. Burilishni shunday amalga oshirish kerakki, bunda qatnov qismlarining kesishmasidan chiqayotgan transport vositasi qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakatlanish tomoniga o‘tib ketmasligi kerak. O‘ngga burilishda transport vositasi iloji boricha qatnov qismining o‘ng chetiga yaqinroqda harakatlanishi kerak."

83. Ko‘k avtomobil haydovchisi qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etilmaydi?

Ko‘k avtomobil haydovchisi qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etilmaydi?
  1. Faqat 1
  2. Faqat 2
  3. Faqat 1, 3, 4 yo‘nalishlarda
  4. Barcha yo‘nalishlarda

To'g'ri javob: Faqat 1, 3, 4 yo‘nalishlarda

YHQga 1-ILOVA 3.18.1 bandi va 3.Taqiqlovchi belgilarning 47-xatboshiga asosan: 3.18.1. “Oʻngga burilish taqiqlangan”. 3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o‘rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.

84. Sariq avtomobil haydovchisiga avtoturargohga kirishga ruxsat etiladimi?

Sariq avtomobil haydovchisiga avtoturargohga kirishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQga 1-ILOVA 5.11.1 bandiga asosan: 5.11.1. «Qayrilib olish joyi». Chapga burilish taqiqlanadi.

85. Qaysi yo‘nalishlarda sizga harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi?

Qaysi yo‘nalishlarda sizga harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi?
  1. Faqat chapga
  2. To‘g‘riga va chapga
  3. Chapga va orqaga qayrilib olishga

To'g'ri javob: Faqat chapga

YHQga 1-ILOVA 5.8.1 bandi va 5. Axborot-ko‘rsatgich belgilarining 11-xatboshiga asosan: 5.8.1. «Tasmalar bo‘yicha harakat yo‘nalishi». Tasmalar soni va har biri bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishlari. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanish taqiqlanadi. Yo‘lning chetki chap bo‘lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.

86. Qizil va yashil avtomobillar haydovchilariga o‘ngga burilishni amalga oshirishga ruxsat etilganmi?

Qizil va yashil avtomobillar haydovchilariga o‘ngga burilishni amalga oshirishga ruxsat etilganmi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQga 1-ILOVA 4.1.1 bandi va 4.Buyuruvchi belgilarning 10-xatboshiga asosan: 4.1.1. «Harakatlanish to‘g‘riga». 4.1.1 — 4.1.6 yo‘l belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin o‘rnatilsa, belgining ta'siri shu kesishmaga joriy qilinadi.

87. Qaysi rasmdagi haydovchilarga qayrilib olish taqiqlangan?

Qaysi rasmdagi haydovchilarga qayrilib olish taqiqlangan?
  1. Barcha rasmlarda
  2. Faqat 3-rasmda
  3. Faqat 2-rasmda
  4. Faqat 1- va 2-rasmlarda
  5. Faqat 1-rasmda

To'g'ri javob: Faqat 1- va 2-rasmlarda

YHQga 1-ILOVA 3.19 bandi, 5.8.1 bandi va 5. Axborot-ko‘rsatgich belgilarining 11-xatboshi hamda 3.18.2 bandi va 3.Taqiqlovchi belgilarning 47-xatboshiga asosan: 3.19. «Qayrilish taqiqlangan». 5.8.1. «Tasmalar bo‘yicha harakat yo‘nalishi». Tasmalar soni va har biri bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishlari. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanish taqiqlanadi. Yo‘lning chetki chap bo‘lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi. 3.18.2. «Chapga burilish taqiqlanadi». 3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o‘rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.