Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish: test savollari
1. Sutkaning qorong‘i vaqtida sun’iy yoritilmagan yo‘llarda yoki yetarli ko‘rinmaslik sharoitida yonmaydigan orqa gabarit chiroqlari bilan to‘xtab turish yoki ta’mirlash joyiga borishga ruxsat etiladimi?
Alohida ehtiyotkorlik bilan borishga ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
YHQ 2 – bobi 12 – bandining uchunchi xatboshisiga asosan: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi ( avtopoyezd tarkibida ) nosoz bo‘lgan, sutkaning qorong‘i vaqtida yoki ko‘rinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomg‘ir yoki qor yog‘ayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish taqiqlanadi.
2. Yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda yo‘lning yoritilmagan qismida to‘xtagan yoki to‘xtab turgan mexanik transport vositasining haydovchisi bajarishi kerak:
Tumanga qarshi fara chiroqlarni va yaqinni yorituvchi fara chiroqlarni yoqishi
Faralarning uzoqni yorituvchi fara chiroqlarini yoqishi
Gabarit fara chiroqlarini yoqishi
To'g'ri javob: Gabarit fara chiroqlarini yoqishi
YHQ 23-bobi 136-bandiga asosan: Qorong‘i vaqtda yo‘lning yoritilmagan qismida, shuningdek yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda to‘xtagan yoki to‘xtab turgan transport vositasida gabarit chiroqlari yoqilgan bo‘lishi kerak.
Etarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda gabarit chiroqlariga qo‘shimcha ravishda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari, tumanga qarshi fara chiroqlari va tumanga qarshi orqa fara chiroqlari yoqilishi mumkin.
3. Sutkaning qorong‘i vaqtida yo‘lning yoritilgan qismida harakatlanayotgan mexanik transport vositasida qaysi fara chiroqlar yoqilgan bo‘lishi kerak?
Faralarning yaqinni yorituvchi chiroqlari
Faralarning uzoqni yorituvchi chiroqlari yoki gabarit chiroqlar
Faralarning yaqinni yorituvchi chiroqlari (tumanga qarshi faralar) yoki gabarit chiroqlar
To'g'ri javob: Faralarning yaqinni yorituvchi chiroqlari
YHQ 23-bobi 135-bandiga asosan, quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi chiroqlar o‘rniga yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak: yo‘l yoritilgan bo‘lsa.
4. Sutkaning qorong‘i vaqtida yo‘lning yoritilmagan qismlarida harakatlanayotganda mexanik transport vositasining qaysi fara chiroqlari yoqilgan bo‘lishi kerak?
Yaqinni yoki uzoqni yorituvchi fara chiroqlari
Faqat yaqinni yorituvchi fara chiroqlari
Faqat uzoqni yorituvchi fara chiroqlari
To'g'ri javob: Yaqinni yoki uzoqni yorituvchi fara chiroqlari
YHQ 23 – bobi 134 – bandining birinchi va ikkinchi xatboshilariga asosan: Qorong‘i vaqtda va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda, shuningdek yo‘lning yoritilganligidan qat‘i nazar, tunnellarda harakatlanayotgan transport vositalarida quyidagi yoritish asboblari yoqilgan bo‘lishi kerak: barcha mexanik transport vositalari – uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar.
O‘ngroqqa olish va yaqinni yorituvchi farani yoqish zarur
Transport vositasini yo‘lning chetiga olib chiqish, agar buning iloji bo‘lmasa mazkur qoidalar talablariga binoan uni belgilash lozim
To'g'ri javob: Transport vositasini yo‘lning chetiga olib chiqish, agar buning iloji bo‘lmasa mazkur qoidalar talablariga binoan uni belgilash lozim
YHQ 23 – bobi 136 – bandi: Sutkaning qorong‘i vaqtida yo‘lning yoritilmagan qismida, shuningdek, yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda to‘xtagan yoki to‘xtab turgan transport vositasida gabarit fara chiroqlari yoqilgan bo‘lishi kerak.
6. Orqa tomondagi tumanga qarshi chiroqlar quyidagi hollarda qo‘llanishi mumkin:
Sutkaning qorong‘u vaqtida safda harakatlanishda
Tunellarda harakatlanishda
Faqat yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitlarda
Sutkaning qorong‘u vaqtida yuk tushirishda
Sanab o‘tilgan barcha hollarda
To'g'ri javob: Faqat yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitlarda
YHQ 23-bobi 140-bandiga muvofiq, tumanga qarshi orqa fara chiroqlarini faqat yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda qo'llash mumkin.
7. Transport vositalarida sun’iy yoritilgan tunnelda harakatlanayotganda qanday yoritish asboblari yoqilishi kerak?
Faqat uzoqni yorituvchi fara chiroqlar
Uzoqni yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari
Avariya yorug‘lik ishoralari
Yoritish chiroqlari yoqilmaydi
To'g'ri javob: Uzoqni yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari
YHQ 23 – bobi 134 – bandining birinchi va ikkinchi xatboshlariga asosan: Qorong‘i vaqtda va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda, shuningdek yo‘lning yoritilganligidan qat‘i nazar, tunnellarda harakatlanayotgan transport vositalarida quyidagi yoritish asboblari yoqilgan bo‘lishi kerak: barcha mexanik transport vositalari – uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar.
8. Tumanga qarshi fara chiroqlardan foydalanish mumkin?
Yetarli ko‘rinmaydigan sharoitlarda
Mexanik transport vositasini shatakka olganda
Sanab o‘tilgan barcha hollarda
To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha hollarda
YHQ 23 – bobi 137 – bandiga asosan, quyidagi hollarda tumanga qarshi chiroqlarni qo‘llash mumkin: yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda alohida, shuningdek, uzoqni yorituvchi yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan; shuningdek, ushbu Qoidalarning 138-bandida ko‘zda tutilgan holatlarda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari o‘rniga mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida).
9. Haydovchi boshqa haydovchilarning ko‘zini qamashtirishi mumkin bo‘lgan uzoqni yorituvchi fara chiroqlarini yaqinni yorituvchi fara chiroqlariga qachon almashtirishi kerak?
Ro‘paradagi transport vositasiga 100 m. qolganda
Ro‘paradagi transport vositasiga 150 m. qolganda, shuningdek, ko‘proq masofada ham, agar ro‘paradagi transport vositasining haydovchisi fara chiroqlarini o‘chirib yoqib shuni zarur deb ko‘rsatsa
Ro‘paradagi transport vositasiga 250 m. qolganda
Ro‘paradagi transport vositasiga 300 m. qolganda
To'g'ri javob: Ro‘paradagi transport vositasiga 150 m. qolganda, shuningdek, ko‘proq masofada ham, agar ro‘paradagi transport vositasining haydovchisi fara chiroqlarini o‘chirib yoqib shuni zarur deb ko‘rsatsa
YHQ 23-bobi 135-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshlariga asosan, quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi chiroqlar o'rniga yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak: qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositasiga kamida 150 metr masofa qolganda, shuningdek haydovchi transport vositasining chiroqlarini vaqt-vaqti bilan o'chirib bunga zaruriyat borligini bildirgan hollarda undan ham ko'proq masofada; qarama-qarshi va bir yo'nalishdagi transport vositalari haydovchilarining ko'zini qamashtirishi mumkin bo'lgan boshqa barcha holatlarda.
10. Projektor-fara chiroqdan foydalanishga ruxsat etiladi:
Aholi punktlaridan tashqarida, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bo‘lmaganda
Faqat yetarli ko‘rinmaydigan sharoitda
Agar bunga zaruriyat tug‘ilsa, barcha joylarda
Kunning qorong‘i vaqtida yo‘lning barcha qismlarida
To'g'ri javob: Aholi punktlaridan tashqarida, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bo‘lmaganda
YHQ 23-bobi 139 - bandiga muvofiq, projektor-fara chiroqlari va izlovchi-fara chiroqlaridan aholi punktlaridan tashqarida, qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bo'lmaganda foydalanish mumkin.
11. Rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositasini to‘xtab turish yoki ta’mirlash joyiga olib borishga ruxsat etiladimi?
Qattiq ulagichda shatakka olinganda ruxsat etiladi
Egiluvchan ulagich bilan shatakka olinganda, harakat xavfsizligini ta’minlovchi tezlikda ruxsat etiladi
Qisman ortish usuli bilan shatakka olinganda ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Qisman ortish usuli bilan shatakka olinganda ruxsat etiladi
YHQ 2-bobi 12-bandining uchinchi xatboshisiga asosan, haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz bo‘lgan, qorong‘i vaqtda yoki yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda - old chiroqlar va orqa gabarit chiroqlari bo‘lmagan yoki yonmayotgan, yomg‘ir, qor yog‘ayotgan vaqtda haydovchi tomonidagi oyna tozalagich ishlamayotgan transport vositalarini boshqarish.
12. Qanday nosozlik bo‘lganda, transport vositalarining harakatlanishini davom ettirishi taqiqlanadi?
Transport vositalarining tuzilishida ko‘zda tutilgan oyna yuvgichlari ishlamasa
Tashqi yoritish asboblari va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamasa yoki ifloslangan
Yomg‘ir yoki qor yog‘ayotgan vaqtda haydovchi tomonidagi oyna tozalagich ishlamasa
Sanab o‘tilgan barcha hollarda
To'g'ri javob: Yomg‘ir yoki qor yog‘ayotgan vaqtda haydovchi tomonidagi oyna tozalagich ishlamasa
YHQ 2-bob 12-bandi 3-xatboshiga asosan, haydovchiga transport vositasini tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz bo‘lgan, sutkaning qorong‘i vaqtida yoki ko‘rinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomg‘ir yoki qor yog‘ayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish taqiqlanadi.
13. Avtobuslarda bolalar guruhini tashkiliy ravishda tashishda qanday hollarda kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqib qo‘yilishi kerak?
Faqat ko‘rinish yetarli bo‘lmagan sharoitlarda
Faqat harakat serqatnov bo‘lganda
Haydovchining xohishiga ko‘ra
Tashish amalga oshirilayotgan barcha hollarda
To'g'ri javob: Tashish amalga oshirilayotgan barcha hollarda
YHQ 23-bobi 138-bandi 3-xatboshiga muvofiq, kunning yorug‘ vaqtida quidagi hollarda yaqinni yorituvchi faralar yoqilishi kerak: avtobusda bolalar guruhini tashkiliy tashishda.
14. Sun’iy yoritilgan tunellarda harakatlanayotganda qoidalar mexanik transport vositasining haydovchisiga qanday majburiyat yuklaydi:
Majburiy to‘xtash yoritgichini yoqishni
40 km/soatdan oshmaydigan tezlik bilan harakatlanishni
Tovushli xabar berishni
Uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqishni
To'g'ri javob: Uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqishni
YHQ 23-bobi 134-bandining birinchi xatboshisiga asosan, qorong‘i vaqtda va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda, shuningdek yo‘lining yoritilganligidan qat’i nazar, tunnellarda harakatlanayotgan transport vositalarida quyidagi yoritish asboblari yoqilgan bo‘lishi kerak: barcha mexanik transport vositalari - uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar.
15. Qanday hollarda Qoidalar bilan tumanga qarshi orqa chiroqlarni qo‘llashga ruxsat etilgan?
Transport vositasi bilan shatakka olganda
Saf tarkibida harakatlanganda
Kunning qorong‘i vaqtida
Yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda
Sanab o‘tilgan barcha hollarda
To'g'ri javob: Yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda
premium_required
16. Tumanga qarshi faralar va orqa tumanga qarshi chiroqlar birga yoqilishi mumkin:
Cheklangan ko‘rinish sharoitida
Yetarlicha ko‘rinmaslik sharoitida
To'g'ri javob: Yetarlicha ko‘rinmaslik sharoitida
Yo‘l harakati qoidalarining 140 bandiga asosan, tumanga qarshi orqa fara chiroqlarini faqat yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda qo‘llash mumkin. Tumanga qarshi orqa fara chiroqlarini to‘xtash fara chiroqlari (stop-signal)ga ulash taqiqlanadi.
17. Kunning yorug‘ vaqtida aholi punktlarida quvib o‘tilayotgan transport vositasi haydovchisining e’tiborini jalb qilish uchun mumkin:
Tovush signalidan foydalanish
Faqat yaqinni yorituvchi chiroqni uzoqni yorituvchi chiroqqa qisqa muddat orasida o‘tkazish bilan ishora berish
Faqat birgalikda yorug‘lik ishoralari bilan birga tovush signallarini qo‘llash
Sanab o‘tilganlarning barchasidan foydalanish
To'g'ri javob: Faqat yaqinni yorituvchi chiroqni uzoqni yorituvchi chiroqqa qisqa muddat orasida o‘tkazish bilan ishora berish
Yo‘l harakati qoidalarining 49 bandiga asosan, quvib o‘tish haqida tovushli ishora o‘rniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-o‘chirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.
Yo‘l harakati qoidalarining 48 bandiga asosan, tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o‘tish haqida ogohlantirish uchun; zarur bo‘lgan hollarda yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun.
Yuqorida ko‘rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.
18. Kunning yorug‘ vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak:
Mototsikl va mopedlarda
Xavfli, katta o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda
Yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobus va yo‘nalishli transport vositalarida
Barcha sanab o‘tilgan hollarda
To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan hollarda
Yo‘l harakati qoidalarining 138 bandiga asosan, sutkaning yorug‘ vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilishi kerak: transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda; yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobuslar va yo‘nalishli transport vositalarida; bolalar guruhini tashkiliy tashishda; xavfli, katta o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda;
mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida); kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) sharoitida; mototsikl va mopedlarda.
19. Kunning qorong‘i vaqtida aholi punktlarida yo‘lning yoritilgan qismida Siz qanday tashqi yoritish chiroqlaridan foydalanishingiz kerak?
Gabarit chiroqlardan
Yaqinni yorituvchi chiroqlardan
Yaqinni yoki uzoqni yorituvchi chiroqlardan
To'g'ri javob: Yaqinni yorituvchi chiroqlardan
Yo‘l harakati qoidalarining 135 bandiga asosan, quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi fara chiroqlari o‘rniga yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilishi kerak: yo‘l yoritilgan bo‘lsa.
20. Qaysi hollarda Sizga harakatni davom ettirish taqiqlanadi, hatto ta’mirlash ustaxonasiga ham, agarda faralar va orqa gabarit chiroqlar nosoz bo‘lsa?
Faqat yetarlicha ko‘rinmaslik sharoitida
Kunning qorong‘u vaqtida
Har ikki sanab o‘tilgan holda
To'g'ri javob: Har ikki sanab o‘tilgan holda
Yo‘l harakati qoidalarining 12 bandiga asosan, haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz bo‘lgan, sutkaning qorong‘i vaqtida yoki ko‘rinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomg‘ir yoki qor yog‘ayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish.
21. Kunning yorug‘ vaqtida aholi punktlaridan tashqarida quvib o‘tilayotgan transport vositasi haydovchisining e'tiborini qanday jalb qilasiz?
Faqat chiroqlarni yoqib-o‘chirish bilan
Sanab o‘tilgan barcha usul bilan va ularni birgalikda qo‘llash bilan
Faqat tovush ishoralarini qo‘llab
To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha usul bilan va ularni birgalikda qo‘llash bilan
Yo‘l harakati qoidalarining 49 bandiga asosan, quvib o‘tish haqida tovushli ishora o‘rniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-o‘chirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.
Yo‘l harakati qoidalarining 48 bandiga asosan, tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o‘tish haqida ogohlantirish uchun; zarur bo‘lgan hollarda yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun.
Yuqorida ko‘rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.
22. Tuman sharoitida, agar ko‘rinish masofasi 300 metrdan kam bo‘lsa kunduzgi chiroqlarni yoqish yetarlimi?
Yetarli
Yetarli emas
To'g'ri javob: Yetarli emas
o‘l harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, yetarlicha ko‘rinmaslik — yomg‘ir, qor yog‘ishi, tuman tushishi va shunga o‘xshash sharoitlarda, shuningdek, kunning g‘ira-shira vaqtida yo‘lning ko‘rinish masofasi 300 metrdan kam bo‘lishi.
Yo‘l harakati qoidalarining 137 bandiga asosan, quyidagi hollarda tumanga qarshi fara chiroqlaridan foydalanish mumkin: yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda alohida, shuningdek, uzoqni yorituvchi yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan.
23. Kunning yorug‘ vaqtida aholi punktlaridan tashqarida quvib o‘tilayotgan transport vositasi haydovchisining e'tiborini qanday jalb qilasiz?
Faqat chiroqlarni yoqib-o‘chirish bilan
Sanab o‘tilgan barcha usul bilan va ularni birgalikda qo‘llash bilan
Faqat tovush ishoralarini qo‘llab
To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha usul bilan va ularni birgalikda qo‘llash bilan
Yo‘l harakati qoidalarining 49 bandiga asosan, quvib o‘tish haqida tovushli ishora o‘rniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-o‘chirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.
Yo‘l harakati qoidalarining 48 bandiga asosan, tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o‘tish haqida ogohlantirish uchun; zarur bo‘lgan hollarda yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun.
Yuqorida ko‘rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.
24. Tumanga qarshi chiroqlarni qorong‘i vaqtda yo‘lning yoritilmagan qismlarida uzoqni yorituvchi chiroqlar bilan birga qo‘llash mumkinmi?
Ha
Yo‘q
To'g'ri javob: Ha
Yo‘l harakati qoidalarining 137 bandiga asosan, quyidagi hollarda tumanga qarshi fara chiroqlaridan foydalanish mumkin: sutkaning qorong‘i vaqtida yo‘lning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan birga.
25. Tumanga qarshi old chiroqlarni qorong‘i vaqtda, yo‘lning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar bilan birga qo‘llash mumkinmi?
Mumkin
Mumkin emas
To'g'ri javob: Mumkin
Yo‘l harakati qoidalarining 137 bandiga asosan, quyidagi hollarda tumanga qarshi fara chiroqlaridan foydalanish mumkin: sutkaning qorong‘i vaqtida yo‘lning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan birga.
26. Old chiroqlar va orqa gabarit chiroqlari ishlamayotgan transport vositasi harakatini davom ettirishi taqiqlanadi:
Faqat yetarli ko‘rinmaslikda
Faqat kunning qorong‘i vaqtida
Barcha javoblarda ko‘rsatilgan holatlarda
To'g'ri javob: Barcha javoblarda ko‘rsatilgan holatlarda
Yo‘l harakati qoidalarining 12 bandiga asosan, haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz bo‘lgan, sutkaning qorong‘i vaqtida yoki ko‘rinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomg‘ir yoki qor yog‘ayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish.
27. Qaysi rasmda piyodalarning tashkiliy jamlannmasi yo‘lning qatnov qismida qoidani buzmay harakatlanmoqda?
1
2
1, 2
To'g'ri javob: 1
YHQ 4-bobi 16-bandiga asosan: Piyodalarning tashkiliy jamlanmasiga yo‘lning qatnov qismida bir qatorda to‘rt kishidan ortiq bo‘lmasdan, faqat transport vositalarining harakat yo‘nalishi bo‘ylab o‘ng tomondan harakatlanishga ruxsat etiladi. Jamlanmaning oldi va orqasida chap tomondan qizil bayroqcha, sutkaning qorong‘i vaqtida yoki yetarlicha ko‘rinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroq ko‘targan kuzatuvchilar bo‘lishi shart. Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yo‘lkalaridangina, ular bo‘lmaganda esa yo‘l yoqasidan faqat sutkaning yorug‘ vaqtida va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi.