1. Yo‘l-transport hodisasiga daxldor bo‘lgan haydovchilar birinchi navbatda bajarishlari shart:
Hodisa sodir bo‘lgan joyda to‘xtash, guvohlarning ism-sharifi va manzilini yozib olish, hodisa haqida IIOga xabar berish, shikastlanganlarga shifokor kelguncha tibbiy yordam berish uchun choralar ko‘rish
Darhol to‘xtash va hodisa sodir bo‘lgan joyda qolish, falokat majburiy to‘xtash yoritgichini yoqish va falokat sababli to‘xtash belgisini o‘rnatish
To‘xtash va hodisaga tegishli izlarni saqlash, ularning atrofini to‘sib, hodisa sodir bo‘lgan joyni aylanib o‘tishni tashkil etish uchun hamma mumkin bo‘lgan choralarni ko‘rish, IIOga xabar berish, tibbiy yordam berish
To'g'ri javob: Darhol to‘xtash va hodisa sodir bo‘lgan joyda qolish, falokat majburiy to‘xtash yoritgichini yoqish va falokat sababli to‘xtash belgisini o‘rnatish
YHQ 3 – bobi 13 – bandiga asosan, yo‘l – transport hodisasi sodir bo‘lganda unga daxldor haydovchilar quydagilarni bajarishlari shart: transport vositasini darhol to‘xtatishi, avariya ishoralarini yoqishi va avariya sababli to‘xtash belgisini o‘rnatishi, transport vositasini va hodisaga daxldor buyumlarni joyidan qo‘zg‘atmasligi.
2. Agar yo‘l-transport hodisasi natijasida hech kim jabrlanmasa, moddiy zarar esa ahamiyatsiz bo‘lsa, haydovchilarning o‘zlari hodisa ro‘y bergan joyni tark etib, eng yaqin DYHXX yoki Ichki ishlar organlari idorasiga hodisani qayd qilish uchun bora oladilarmi?
Bora olmaydilar
Bora oladilar
Hodisa chizmasini chizib va uni imzolab, bora oladilar
To'g'ri javob: Hodisa chizmasini chizib va uni imzolab, bora oladilar
YHQ 3-bobi 14-bandiga asosan: Agar yo‘l-transport hodisasida shikastlanganlar bo‘lmasa va haydovchilar hodisaga baho berishda o‘zaro kelisha olsalar, dastlabki hodisa chizmasini chizib, uni imzolab, yaqin oradagi DYHHX maskani yoki militsiyaga borishlari mumkin.
3. Yo‘l - transport hodisasiga daxldor haydovchilar birinchi navbatda nima qilishlari kerak?
Transport vositasini darhol to‘xtatishi, avariya ishoralarini yoqishi va avariya sababli to‘xtash belgisini o‘rnatishi
Sodir etilgan hodisa xaqida YHXXga xabar berishi kerak
Yo‘lning harakat qismini bo‘shatishlari kerak
To'g'ri javob: Transport vositasini darhol to‘xtatishi, avariya ishoralarini yoqishi va avariya sababli to‘xtash belgisini o‘rnatishi
YHQ 3-bobi 13-bandi 1-xatboshiga asosan, yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda unga daxldor haydovchilar quyidagilarni bajarishlari shart: transport vositasini darhol to'xtatishi, avariya ishoralarini yoqishi va avariya sababli to'xtash belgisini o'rnatishi, transport vositasini va hodisaga daxldor buyumlarni joyidan qo'zg'atmasligi.