Mexanik transport vositalarini shatakka olish: test savollari
1. Qattiq ulagich transport vositalari orasida qanchadan ortiq bo‘lmagan masofani ta’minlashi kerak?
2 m
3 m
4 m
5 m
6 m
To'g'ri javob: 4 m
Yo‘l harakati qoidalarining 144 bandiga asosan, egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari o‘rtasidagi masofa 4 — 6 metr oralig‘ida bo‘lishi, qattiq ulagich bilan shatakka olishda esa 4 metrdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
2. Qanday hollarda haydovchisi bo‘lmagan transport vositalarini shatakka olish mumkin?
Barcha hollarda
Egiluvchan yoki qattiq ulagichda shatakka olishda
Qattiq ulagichning tuzilishi shatakka olingan transport vositalarini shatakka olgan transport vositalarining izidan harakatlanishini ta’minlaganda
Qattiq ulagichda shatakka olishda
To'g'ri javob: Qattiq ulagichning tuzilishi shatakka olingan transport vositalarini shatakka olgan transport vositalarining izidan harakatlanishini ta’minlaganda
YHQ 24-bobi 142-bandiga muvofiq, qattiq yoki egiluvchan ulagich bilan shatakka olish shatakka olingan transport vositasining rul boshqaruvida haydovchi bo'lgandagina amalga oshirilishi kerak. To'g'ri chiziq bo'ylab harakatlanganda qattiq ulagichning konstruktsiyasi shatakka olingan transport vositasini shatakka olgan transport vositasining izidan harakatlanishini ta'minlaydigan hollar bundan mustasno.
3. Qoidalarga ko‘ra shatakka olish vaqtida bir-biriga ulangan mexanik transport vositalari tarkibining qanday umumiy uzunligiga yo‘l qo‘yiladi?
20 m
21 m
22 m
23 m
24 m
To'g'ri javob: 20 m
YHQ 24 bobi 145-bandning 3-xatboshiga asosan, Shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno);
ikki va undan ko‘p transport vositalarini; shatakka olingan va shatakka olgan transport vositalarining ulagich bilan birga umumiy uzunligi 20 metrdan a ortiq bo‘lsa.
4. Shatakka olish taqiqlanadi:
Yaxmalakda, qattiq ulagich bilan
Ikki g‘ildirakli mototsikllarni
Ulagich bilan birga transport vositalarining umumiy uzunligi 20 metr bo‘lganda
To'g'ri javob: Ikki g‘ildirakli mototsikllarni
YHQ 24-bobi 145-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: kajavasiz mototsikllar bilan, shuningdek bunday mototsikllarni.
5. Boshqaruv qurilmasi nosoz mexanik transport vositasi shatakka olinishi kerak:
Qisman ortish usuli bilan
Qattiq ulagich bilan
Uni qisman ortish yoki qattiq ulagichda ulash usuli bilan
Agar shatakka oluvchining haqiqiy vazni shatakka olinayotganining haqiqiy vaznidan ikki marta ko‘p bo‘lsa qattiq ulagichda
To'g'ri javob: Qisman ortish usuli bilan
YHQ 24 – bobi 145 – bandining birinchi xatboshisiga asosan, shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish yo‘li bilan shatakka olish bundan mustasno).
6. Bu belgi o‘rnatilgan yo‘lda kajavali mototsiklni shatakka olishga ruxsat etiladimi?
Tirkamasi bittadan ortiq bo’lmagan mototsiklga ruxsat etiladi
Faqat qattiq ulagichda ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
Faqat egiluvchan ulagichda ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
premium_required
7. Qaysi belgi agar yuk avtomobilining tirkamasi bilan birga ruxsat etilgan to‘liq vazni 7 tonnaga teng bo‘lsa, tirkamali avtomobillarning harakatlanishini taqiqlaydi?
1
2
3
4
5
To'g'ri javob: 4
YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limining to‘qqizinchi xatboshisiga asosan: 3.7 “Tirkama bilan harakatlanish taqiqlanadi”. Yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek mexanik transport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanishini bildiradi.
8. Bu yo‘l belgisi bilan belgilangan yo‘l qismida yengil avtomobilni shatakka olishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limining to‘qqizinchi xatboshisiga asosan: 3.7. “Tirkama bilan harakatlanish taqiqlanadi”. Yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek mexanik transport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanishini bildiradi.
9. Egiluvchan ulagichda shatakka olganda transport vositalari orasidagi masofa qanday bo‘lishi kerak?
1-3 m
2-4 m
3-6 m
4-6 m
4-8 m
To'g'ri javob: 4-6 m
YHQ 24-bobi 144 - bandiga muvofiq, egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari o'rtasidagi masofa 4 — 6 metr oralig'ida bo'lishi kerak, qattiq ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari o'rtasidagi masofa 4 metrdan ko'p bo'lmasligi kerak.
10. Mototsikllarni shatakka olishga ruxsat etiladimi?
Yon kajavali mototsikllarni shatakka olishga ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
Tekis joylarda ruxsat etiladi
Yon kajavasi bo‘lmagan mototsikllarni shatakka olishga ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Yon kajavali mototsikllarni shatakka olishga ruxsat etiladi
YHQ 24-bobi 145-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: kajavasiz mototsikllar bilan, shuningdek bunday mototsikllarni.
11. Mexanik transport vositasi shatakka olinganda egiluvchan ulagich qanday belgilanishi kerak?
Diagonali bo‘yicha qizil va oq rangli chiziqlar tushirilgan, yorug‘lik qaytaradigan yuzali, bayroqchalar yoki taxtachalar bilan
Transport vositasi orqasiga mustahkamlangan avariya sababli to‘xtash belgisi bilan belgilanishi kerak
Transport vositasi oldi tomoni oq rangli, orqasi qizil rangli fonarlar bilan belgilanishi kerak
To'g'ri javob: Diagonali bo‘yicha qizil va oq rangli chiziqlar tushirilgan, yorug‘lik qaytaradigan yuzali, bayroqchalar yoki taxtachalar bilan
YHQ 24-bobi 144-bandiga asosan: Egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari o‘rtasidagi masofa 4-6 metr oralig‘ida bo‘lishi, qattiq ulagich bilan shatakka olishda esa 4 metrdan ko‘p bo‘lmasligi kerak. YHQning 177-bandida ko‘rsatilganidek, oq va qizil rangdagi chiziqli bayroqcha yoki taxtakach bilan belgilanadi.
12. Tormoz tizimi ishlamayotgan transport vositasini shatakka olish mumkinmi?
Agar shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olinayotgan transport vaznidan ikki barobar ortiq bo‘lsa, qattik ulagich yordamida yoki qisman ortish usuli bilan
Faqat qattik ulagichda
Agar shataka olingan transport vositasida haydovchi bo‘lsa har qanday usul bilan
Faqat unga qisman ortish usuli bilan
To'g'ri javob: Agar shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olinayotgan transport vaznidan ikki barobar ortiq bo‘lsa, qattik ulagich yordamida yoki qisman ortish usuli bilan
premium_required
13. Qattiq ulagich transport vositalari orasida qanchadan ortiq bo‘lmagan masofani ta’minlashi kerak?
2 m
3 m
4 m
5 m
6 m
To'g'ri javob: 4 m
Yo‘l harakati qoidalarining 144 bandiga asosan, egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari o‘rtasidagi masofa 4 — 6 metr oralig‘ida bo‘lishi, qattiq ulagich bilan shatakka olishda esa 4 metrdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
14. Shatakka olingan avtomobilni falokat yorug‘lik ishoralari nosoz bo‘lganda transport vositasi qanday belgilanishi kerak?
Gabarit chiroqlarini yoqish
Orqa tumanga qarshi chiroqlarini yoqish
Shatakka olingan transport vositasi orqa tomoniga falokat sababli to‘xtash belgisini o‘rnatish
To'g'ri javob: Shatakka olingan transport vositasi orqa tomoniga falokat sababli to‘xtash belgisini o‘rnatish
Yo‘l harakati qoidalarining 52 bandiga asosan, shatakka olingan mexanik transport vositasida avariya yorug‘lik ishoralari bo‘lmasa yoki ular ishlamasa, uning orqa qismiga avariya sababli to‘xtash belgisi o‘rnatilishi kerak.
15. Tormoz tizimi ishlamaydigan avtomobilning vazni sizning avtomobilingizni yarim vaznidan og‘ir bo‘lsa uni shatakka olishingizga ruxsat etiladimi?
Taqiqlanadi
Ruxsat etiladi
Faqat 30 km/soat tezlikda ruxsat etiladi
Faqat unga qisman ortish usuli bilan
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
YHQ 24-bobi 145 - bandiga muvofiq, ishchi tormoz tizimi ishlamayotgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vaznining yarmidan ortiq bo'lsa (haqiqiy vazni kam bo'lgan bunday transport vositasini faqat qattiq ulagich yordamida yoki qisman ortish usuli bilan shatakka olishga yo'l qo'yiladi) shatakka olish taqiqlanadi.
16. Qoidalarga ko‘ra shatakka olish vaqtida bir-biriga ulangan mexanik transport vositalari tarkibining qanday umumiy uzunligiga yo‘l qo‘yiladi?
20 m
21 m
22 m
23 m
24 m
To'g'ri javob: 20 m
YHQ 24 bobi 145-bandning 3-xatboshiga asosan, Shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno);
ikki va undan ko‘p transport vositalarini; shatakka olingan va shatakka olgan transport vositalarining ulagich bilan birga umumiy uzunligi 20 metrdan a ortiq bo‘lsa.