Birinchi tibbiy yordam: test savollari

1. Tibbiyot qutichasi va o‘t o‘chirgichi bo‘lmagan qanday transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi?

  1. Faqat M1 toifali transport vostitasi
  2. Faqat M2; M3; N1 toifali transport vostitasi
  3. Faqat N2; N3 toifali transport vositasi
  4. Barcha yuqorida ko‘rsatilgan toifalar

To'g'ri javob: Barcha yuqorida ko‘rsatilgan toifalar

YHQ 3 – ilovasi 7.10 – bandiga asosan: Transport vositalari quydagilar bilan jihozlanmagan bo‘lsa ulardan foydalanish taqiqlanadi: M2, M3 toifadagi – favqulodda holatlarda oynani sindirish uchun foydalaniladigan bolg‘acha, tibbiyot qutichasi, 2 ta o‘t o‘chirgich (bittasi haydovchining kabinasida, ikkinchisi – yo‘lovchilar salonida), majburiy to‘xtaganini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet); M1, N1, N2, N3, toifadagi, mikroavtobus va g‘ildirakli traktorlarda tibbiyot qutuchasi, o‘t o‘chirgich, majburiy to‘xtaganligini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet); M3, N2, N3 toifadagi – o‘zi yurub ketishidan saqlovchi, g‘ildirak diаmetriga muvofiq (kamida ikkita) tirgak; O toifadagi, traktorlar, aravalar va boshqa o‘ziyurar mashinalarda – tashqi nur qaytargichlar; kajavali mototsikllarda – tibbiyot qutuchasi, majburiy to‘xtaganligini bildiruvchi belgi.

2. Umurtqa pog'onasining ko'krak sohasi shikastlangan jabrlanuvchini transportda qanday tashish kerak?

Umurtqa pog'onasining ko'krak sohasi shikastlangan jabrlanuvchini transportda qanday tashish kerak?
  1. Qattiq taxtada orqasi bilan yotgan holda.
  2. Yumshoq to'shamada orqasi bilan yotgan holda.
  3. Qattiq taxtada yoni bilan yotgan holda.

To'g'ri javob: Qattiq taxtada orqasi bilan yotgan holda.

Umurtqa pog'onasi shikastlanganda orqa (umurtqa) miyani jarohatlanishidan saqlab qolish uchun umurtqa pog'onalarining bir-biriga nisbatan siljishini oldini olish muhimdir. Umurtqaning minimal qo'zg'alishini ta'minlash uchun jarohatlangan kishini qattiq tekislikka joylashtirib, uning harakatini imkon darajada cheklash lozim.

3. Haydovchi yo‘lakay yo‘nalishda kimga transport vositasini taqdim etishi shart?

  1. Yo‘l xizmati xodimlariga
  2. Tibbiyot xodimlariga zudlik bilan tibbiy yordamga muxtoj bo‘lgan fuqarolarni davolash-profilaktika muassasasiga olib borish uchun

To'g'ri javob: Tibbiyot xodimlariga zudlik bilan tibbiy yordamga muxtoj bo‘lgan fuqarolarni davolash-profilaktika muassasasiga olib borish uchun

YHQ 2-bobi 11-bandi z - xatboshiga asosan, transport vositasining haydovchisi tegishli yo'nalishda tibbiy yordam ko'rsatishga ketayotgan tibbiyot xodimlariga hamda zudlik bilan tibbiy yordamga muhtoj bo'lgan fuqarolarni davolash-profilaktika muassasasiga olib borish uchun transport vositasini foydalanishga taqdim etishga majburdir.

4. Qo'l jarohatlanganda kiyim qanday tartibda kiydiriladi?

Qo'l jarohatlanganda kiyim qanday tartibda kiydiriladi?
  1. Kiyim avval jarohatlangan qo'lga, so'ngra sog'iga kiydiriladi.
  2. Kiyim ikkala qo'lga baravar kiydiriladi.
  3. Kiyim avval sog' qo'lga, so'ngra jarohatlangan qo'lga kiydiriladi.

To'g'ri javob: Kiyim avval jarohatlangan qo'lga, so'ngra sog'iga kiydiriladi.

Shikastlangan qo'l yoki oyoqni majburiy harakatga solmasdan kiyim kiydirish imkonini yaratish uchun avval kiyim shikastlangan, so'ngra shikastlanmagan qo'l yoki oyoqqa ehtiyotlik bilan kiydiriladi.

5. Suyak singanda qotirib bog'lash uchun nimadan shina sifatida foydalanish eng qulay?

Suyak singanda qotirib bog'lash uchun nimadan shina sifatida foydalanish eng qulay?
  1. Bint.
  2. Gazmol.
  3. Taxta bo'lagi.

To'g'ri javob: Taxta bo'lagi.

Suyaklar singanda shikastlangan qo'l yoki oyoqni har qanday qattiq vosita yordamida mustahkamlab, harakatsizlantirish (immobilizatsiya qilish) lozim.

6. M2, M3 toifali avtotransport vositalari shina protektorlari naqishlarining qoldiq balandligi kamida qancha bo‘lishi kerak?

  1. 0,8 mm
  2. 1,2 mm
  3. 1,6 mm
  4. 2 mm
  5. 2,5 mm

To'g'ri javob: 2 mm

YHQ 3 – ilovasi 153 – bandiga asosan: Shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, O3, O4 toifadagi avtotransport vositalari uchun - 1,0 mm dan kam bo‘lsa; M1, N1, O1, O2 toifadagi avtotransport vositalari uchun - 1,6 mm dan, kam bo‘lsa; M2, M3 toifadagi avtotransport vositalari uchun - 2,0 mm dan kam bo‘lsa; Mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar uchun - 0,8 mm dan kam bo‘lsa. Izoh: tirkamalar shinasi naqshlarining qoldiq balandligi shatakchi transport vositasi shinalari uchun belgilangan me’yor kabidir.

7. Qanday hollarda transport vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladi?

  1. Qo‘shaloq shinalar orasiga xavf-xatar tug‘diruvchi begona jismlar qisilib, tiqilib qolgan
  2. Shina o‘lchamlari yoki cheklangan og‘irlik transport vositalarining turiga mos kelmaydi
  3. M1, M2, M3 toifali 1 klassidagi avtotransport vositalarining oldingi o‘qiga birinchi tamirlash klassi bo‘yicha qayta tiklangan shinalar o‘rnatilgan
  4. Barcha sanab o‘tilgan hollarda ruxsat etiladi

To'g'ri javob: M1, M2, M3 toifali 1 klassidagi avtotransport vositalarining oldingi o‘qiga birinchi tamirlash klassi bo‘yicha qayta tiklangan shinalar o‘rnatilgan

YHQ 3-ilovasi 5-Bo‘limining 5.7-bandiga asosan: M1, M2, M3 toifalarni I klassidagi avtotransport vositalarini oldingi o‘qiga, M3 toifani II va III klassidagi avtotransport vositalarini o‘rta va orqa o‘qlariga ikkinchi ta’mirlash klassi bo‘yicha qayta tiklangan shinalar o‘rnatilgan bo‘lsa foydalanish taqiqlanadi.

8. Harakat tezligi ikki marta oshganda, tormozlanish yo‘li necha marta ortadi?

  1. Tormoz yo‘li harakat tezligiga bog‘liq emas
  2. Uch marta
  3. To‘rt marta
  4. Ikki marta

To'g'ri javob: To‘rt marta

Tormozili transport vositasi tezligining ortishi bilan tezlikning kvadratiga proportsional ravishda ortadi. Shunday qilib, tezlikni ikki baravar oshirganda, tormoz yo'li to'rt baravar oshadi va tezlikni uch baravar oshirganda, tormoz yo'li to'qqiz marta oshadi. Tormoz yo'li kattaligini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin: S = (Ke⋅ V 2)/(254⋅ Fs) bunda, S – tormoz yo'li; Ke – avtomobilning ushbu yo'lda mumkin qadar haqiqiy sekinlashishi nazariy sekinlashishidan necha baravar kamligini ko'rsatuvchi tormozlanish samaraliligi koeffisienti (1,0 ga teng deb olish mumkin); V – avtomobil harakatining boshlang'ich tezligi; FS – shinaning yo'l bilan ilashish koeffisienti. (quruq asfalt yo'lda – 0,7; xo'l asfalt yo'lda – 0,4; qorli yo'lda – 0,2; yaxmalak yo'lda – 0,1)

9. Shikastlangan kishining o'mrov suyagi singanda nima qilish kerak?

Shikastlangan kishining o'mrov suyagi singanda nima qilish kerak?
  1. Singan joyga sovuq kompress qo'yish, bint bilan tarangroq bog'lash.
  2. Qo'ltiq sohasiga taxtakach qo'yish va to'g'irlab qo'yilgan qo'lini gavdasiga qo'shib bint bilan bog'lash.
  3. Paxta yoki bint o'ramasini qo'ltiq sohasiga qo'yib tirsagidan bukilgan qo'lini gavdasiga qo'shib bint bilan bog'lash.

To'g'ri javob: Paxta yoki bint o'ramasini qo'ltiq sohasiga qo'yib tirsagidan bukilgan qo'lini gavdasiga qo'shib bint bilan bog'lash.

Qon tomirlari (o'mrov ostidagi arteriya (ko'ktomir) va nervlarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo'lgan singan o'mrov suyagining siljishiga yo'l qo'ymaslik uchun to'g'ri burchak ostida tirsakda bukilgan qo'lni uchburchak ro'molga osib qo'yib, bint bilan gavdaga bog'lab o'rash lozim.

10. Sonning yumshoq to'qimalari lat yeganda birinchi tibbiy yordam qanday ko'rsatiladi?

Sonning yumshoq to'qimalari lat yeganda birinchi tibbiy yordam qanday ko'rsatiladi?
  1. Lat yegan joyni qattiq bog'lash, 15-20 daqiqaga muz solingan xalta qo'yish, oyoqni yuqori ko'tarish, tinch qo'yish.
  2. Lat yegan oyoqni tarang qilib (pastdan yuqoriga) bog'lash, singandagi kabi shina qo'yish, bir stakan choyga yarim choy qoshig'ida ichimlik soda solib ichirish, kasalxonaga jo'natish.
  3. Oyoqqa yumshoq predmet qo'yish .

To'g'ri javob: Lat yegan joyni qattiq bog'lash, 15-20 daqiqaga muz solingan xalta qo'yish, oyoqni yuqori ko'tarish, tinch qo'yish.

Shikastlangan qo'l yoki oyoqni baland holatda saqlamoq va ichki qon quyilishini oldini olish uchun mumkin qadar tarang bog'ich bog'lash lozim. Shikastlangan joyga 15-20 daqiqa muz qo'yiladi (sovutish uchun sovuq kompress, muzli xalta, sovuq suv va boshqalar ishlatilishi mumkin). Og'riqni qoldirish uchun shikastlangan organga harakatsizlik sharoiti yaratiladi.

11. Transport vositasining bitta o‘qiga har xil naqshli shinalarni o‘rnatishga ruxsat etiladimi?

Transport vositasining bitta o‘qiga har xil naqshli shinalarni o‘rnatishga ruxsat etiladimi?
  1. Faqat oldingi o‘qiga ruxsat etiladi
  2. Oldingi yetakchi ko‘prikli avtomobilning faqat orqa o‘qiga ruxsat etiladi
  3. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQ 3-ilovasining 5.5-bandiga muvofiq, agar transport vositasining bitta o'qiga har xil o'lchamli va konstruktsiyali (dioganal va radial, kamerali va kamerasiz), har xil naqshli, sovuqqa chidamli va chidamsiz, yangi va qayta tiklangan, yangi va protektor naqshi chuqurlashtirilgan shinalar o'rnatilgan bo'lsa transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.

12. Son suyagi uchdan birining pastki qismi singanda, jarohatlangan odamni transportda tashish uchun taxtakach qanday qo'yiladi?

Son suyagi uchdan birining pastki qismi singanda, jarohatlangan odamni transportda tashish uchun taxtakach qanday qo'yi…
  1. Taxtakachni sonning butun uzunligicha tos-sondan tizza bo'g'inigacha qo'yib, singan joy bint bilan qattiq bog'lab qo'yiladi.
  2. Ikkita taxtakach oyoqning ichki va tashqi tomonidan qo'yiladi: bittasini oyoq to'pig'idan qo'ltiqosti chuqurigacha, ikkinchisini to'piqdan chovgacha.
  3. Ikkita taxtakach oyoqning ikki tomonidan to'piqdan sonning yuqorigi uchdan bir qismigacha (singan joydan 15-20 sm yuqorigacha) qo'yiladi.

To'g'ri javob: Ikkita taxtakach oyoqning ichki va tashqi tomonidan qo'yiladi: bittasini oyoq to'pig'idan qo'ltiqosti chuqurigacha, ikkinchisini to'piqdan chovgacha.

Son suyagi singan holda ikkita taxtakach: biri – tashqari tarafda oyoq kaftidan to qo'ltiqosti chuqurigacha, boshqasi – ichki tarafda oyoq kaftidan to chovgacha qo'yiladi. Son suyagi singan holda immobilizasiya vositasi bo'lmasa, shikastlangan oyoq sog'oyoqqa mahkamlanib qo'yiladi. Mahkamlovchi bog'ich singan suyakni siljitmasligi va jabrlanuvchiga qo'shimcha og'riq yetkazmasligi lozim. Mahkamlovchi bog'ich oyoqning sog' qismiga bog'lanadi.

13. M1 toifadagi transport vositalari shinalari protektori naqshining qoldiq balandligi necha mm.dan kam bo‘lmasligi kerak?

M1 toifadagi transport vositalari shinalari protektori naqshining qoldiq balandligi necha mm.dan kam bo‘lmasligi kerak?
  1. 0,8 mm
  2. 1,0 mm
  3. 1,6 mm
  4. 2,0 mm
  5. 2,5 mm

To'g'ri javob: 1,6 mm

YHQ 3-ilovasining 5.1-bandiga muvofiq, agar shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, O3, o4 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,0 mm dan kam bo'lsa; M1, N1, O1, O2 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,6 mm dan, kam bo'lsa; M2, M3 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 2,0 mm dan kam bo'lsa; motosikl va mopedlar (skuterlar, Kvadrosikllar) uchun — 0,8 mm dan kam bo'lsa transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.

14. Transport vositalaridan qanday shartlarda foydalanishga ruxsat etiladi?

  1. Shinalarning ayrim joylarida kord ko‘rinib qoladigan nuqsonlari bor
  2. M1 toifadagi avtotransport vositalarining oldingi o‘qiga ikkinchi klassdagi ta’mirlangan shinalar o‘rnatilgan
  3. N2, N3 toifadagi transport vositalari shinalari protektori naqshning qoldiq balandligi 1,6 mm.ni tashkil qiladi

To'g'ri javob: N2, N3 toifadagi transport vositalari shinalari protektori naqshning qoldiq balandligi 1,6 mm.ni tashkil qiladi

YHQ 3-ilovasi “Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar”, 5-bo‘limining 5.1-bandiga asosan: Shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, O3, O4 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,0 mm dan kam bo‘lsa transport vositalaridan foydalanishni taqiqlanadi. Shunga ko‘ra N2, N3 toifadagi transport vositalari shinalari protektori naqshning qoldiq balandligi 1,6 mm ni tashkil qilsa, bunday transport vositasidan foydalanish mumkin.

15. Qon oqishini to'xtatuvchi jgut qo'l - oyoqlarning qayeriga bog'lanadi?

Qon oqishini to'xtatuvchi jgut qo'l - oyoqlarning qayeriga bog'lanadi?
  1. Yaradan 10-15 sm pastga.
  2. Yaradan 10-15 sm yuqoriga.
  3. Bevosita yaraning o'ziga.

To'g'ri javob: Yaradan 10-15 sm yuqoriga.

Jgut qo'yilishi deyarli barcha hollarda arterial qon ketishini to'xtatadi. Arterial qon ketishini to'xtatish uchun jgut avtomobilning tibbiy qutichasida ham mavjud. Jgut bo'lmagan hollarda kamar, belbog', podtyajkalar va boshqa shunga o'xshash vositalar qo'llanilishi mumkin. Jgut qo'l yoki oyoqqa qon ketish joyidan yuqoriroq joyga ikki-uch marta aylantirilib, faqat kiyim ustidan qo'yiladi yoki uning tagiga bir necha qatlamdan iborat (dast)ro'mol, sochiq yoxud boshqa gazlamadan astar qo'yiladi. Jgutni cho'zib mahkamlash qon ketishi to'xtagan vaqtda to'xtatiladi. Jgutga u qo'yilgan vaqtni ko'rsatuvchi kichik qaydnoma qistirib qo'yiladi.

16. Mototsikl shinalari naqshining qoldiq chuqurligi qanchadan kam bo‘lmasligi kerak?

  1. 0,5 mm
  2. 0,8 mm
  3. 1,0 mm
  4. 1,6 mm
  5. 2,0 mm

To'g'ri javob: 0,8 mm

YHQ 3-ilovasining 5.1-bandiga muvofiq, agar shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, O3, o4 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,0 mm dan kam bo'lsa; M1, N1, O1, O2 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,6 mm dan, kam bo'lsa; m2, m3 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 2,0 mm dan kam bo'lsa; mototsikl va mopedlar (skuterlar, Kvadrosikllar) uchun — 0,8 mm dan kam bo'lsa transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.

17. Yo'lovchilarning va mahkamlanmagan yukning shiddat bilan oldinga surilib ketishiga nima sabab bo'lishi mumkin?

Yo'lovchilarning va mahkamlanmagan yukning shiddat bilan oldinga surilib ketishiga nima sabab bo'lishi mumkin?
  1. Faqat tezlikni keskin oshirish.
  2. Faqat keskin tormozlash.
  3. Tezlikni keskin oshirish va keskin tormozlash.

To'g'ri javob: Faqat keskin tormozlash.

Haydovchi, yo'lovchilar hamda mahkamlanmagan yuk birdan tormozlash, to'qnashuv yoki avtomobilning keskin to'xtashidan keyin avtomobil to'xtashidan oldin mavjud harakat tezligini saqlagan holda harakatda davom etadilar. Aynan shu vaqtda jarohatlarning ko'pgina qismi boshning old peshonaga, ko'krak qismining rul chambaragi va rul kolonkasiga, tizzaning asboblar o'rnatilgan shchit qirrasiga urilishi natijasida yuzaga keladi. Yuk siljishi natijasida avtomobil muvozanatini yo'qotib, ag'darilishi mumkin. Shu bois, harakatdan oldin haydovchi va yo'lovchilar xavfsizlik kamarini taqishi, yuk mahkamlanishi lozim.

18. Qo'shaloq shinalar orasiga begona jismlar qisilib, tiqilib qolgan bo'lsa transport vositasidan foydalanishga ruxsat etiladimi?

Qo'shaloq shinalar orasiga begona jismlar qisilib, tiqilib qolgan bo'lsa transport vositasidan foydalanishga ruxsat eti…
  1. Taqiqlanadi.
  2. Mazkur yo'nalishda ikki va undan ortiq bo'lak bo'lganda yo'lning faqat o'ng tarafdagi bo'lagi bo'ylab harakatlanishga ruxsat etiladi.
  3. Ko'pi bilan 40 km/soat tezlikda harakat qilishga ruxsat etiladi.

To'g'ri javob: Taqiqlanadi.

YHQ 3-ilovasining 5.3-bandiga muvofiq, agar qo'shaloq shinalar orasiga xavf-xatar tug'diruvchi begona jismlar qisilib, tiqilib qolgan bo'lsa transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.

19. Ushbu belgi amal qilgan hududda avtobus haydovchisi quvib o‘tishi mumkinmi?

Ushbu belgi amal qilgan hududda avtobus haydovchisi quvib o‘tishi mumkinmi?
  1. Quvib o‘tish qoidalariga rioya qilib barcha hollarda mumkin
  2. Mumkin emas
  3. Agar quvib o‘tilayotgan transport vositalari soatiga 40 km. dan kam tezlikda harakat qilayotgan bo‘lsagina mumkin

To'g'ri javob: Quvib o‘tish qoidalariga rioya qilib barcha hollarda mumkin

YHQ 1 – ilovasi 3 – bo‘limining yigirma oltinchi xatboshisiga asosan: 3.22. “Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan”. To‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanishini bildiradi. (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, veloseped bundan mustasno). Belgi yuk mashinalari quvib o‘tishni taqiqlaydi, shunga ko‘ra, ushbu belgi bilan ta’sir oralig‘ida avtobuslarga quvib o‘tishga barcha hollarda ruxsat beriladi.

20. 5 % li yod eritmasi (yod nastoykasi) nima uchun qo'llaniladi?

5 % li yod eritmasi (yod nastoykasi) nima uchun qo'llaniladi?
  1. Yara atrofidagi terini ishlash uchun.
  2. Yara o'ta darajada ifloslanganda yaraning butun yuzasiga surtish uchun.
  3. Kuchli ishqor keltirib chiqaruvchi birinchi darajali kimyoviy kuyishda teriga surtish uchun.

To'g'ri javob: Yara atrofidagi terini ishlash uchun.

Yod nastoykasi jarohat ichida to'qimaning kimyoviy shikastlanishiga olib keladi. Ushbu qorishma surtilganda terining tashqi qatlami shikastlanmaydi, balki foydali ravishda dezinfektsiya qilinadi va bu jarayonni bog'lashdan avval amalga oshirish kerak.

21. Burilishda harakat qilganda avtopoyezdning tirkamasi siljiydimi?

  1. Burilish markazidan boshqa tomonga siljiydi
  2. Siljimaydi
  3. Burilish markaziga siljiydi

To'g'ri javob: Burilish markaziga siljiydi

Keskin tormoz berish - bu birdan paydo bo‘lgan yoki kech ko‘rib qolingan to‘siqqa kelib urilishining oldini olish uchun katta intensivlik (jadallik) bilan tormoz berish tushuniladi. Shu bois, masalan yosh bolaning yo‘lda birdan paydo bo‘lish ehtimolini inobatga olgan holda haydovchi keskin tormoz berish vaqtida o‘zini qanday tuta olishini bilishi lozim. Bunda quyidagi usullar mavjud: rul chambaragini ikki qo‘lingiz bilan mahkam ushlang, avtomobil g‘ildiraklarini blokirovka qilman chunki g‘ildiraklarning uzunasiga sirpanishi tormoz yo‘lini qisqartirmaydi; harakatda to‘xtab turish tormozini qo‘llamang, chunki bu hol orqa g‘ildiraklarning sirpanishini kuchaytirishi mumkin. Tormoz tepkisini qattiq (shiddat bilan emas) va ravon, shinaning yo‘lga nisbatan ilashishiga qarab, kuchaytirish bosish lozim. Keskin tormoz berish vaqtida ham avtomobil ustidan nazoratni yo‘qotmang.

22. N2, N3, O3, O4 toifadagi avtotransport vositalari shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi qanchadan kam bo‘lmasligi kerak?

  1. 1,5 mm
  2. 1 mm
  3. 1,6 mm
  4. 2 mm
  5. 3 mm

To'g'ri javob: 1 mm

YHQ 3-ilovasining 5.1-bandiga muvofiq, agar shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, O3, o4 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,0 mm dan kam bo'lsa; M1, N1, O1, O2 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,6 mm dan, kam bo'lsa; m2, m3 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 2,0 mm dan kam bo'lsa; motosikl va mopedlar (skuterlar, Kvadrosikllar) uchun — 0,8 mm dan kam bo'lsa transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.

23. Quruq yo‘lda darhol to‘xtash uchun nima qilish lozim?

  1. Ulagichni ajratish, shundan keyin darhol tormoz pedalini bosish
  2. Uzatmani almashtirish va tormoz pedalini keskin bosish
  3. Tormoz pedalini ulagichni ajratmasdan bosish

To'g'ri javob: Tormoz pedalini ulagichni ajratmasdan bosish

Keskin tormoz berish - bu birdan paydo bo'lgan yoki kech ko'rib qolingan to'siqqa kelib urilishining oldini olish uchun katta intensivlik (jadallik) bilan tormoz berish tushuniladi. Shu bois, masalan yosh bolaning yo'lda birdan paydo bo'lish ehtimolini inobatga olgan holda haydovchi keskin tormoz berish vaqtida o'zini qanday tuta olishini bilishi lozim. Bunda quyidagi usullar mavjud: rul chambaragini ikki qo'lingiz bilan mahkam ushlang, avtomobil g'ildiraklarini blokirovka qilman chunki g'ildiraklarning uzunasiga sirpanishi tormoz yo'lini qisqartirmaydi; harakatda to'xtab turish tormozini qo'llamang, chunki bu hol orqa g'ildiraklarning sirpanishini kuchaytirishi mumkin. Tormoz tepkisini qattiq (shiddat bilan emas) va ravon, shinaning yo'lga nisbatan ilashishiga qarab, kuchaytirish bosish lozim. Keskin tormoz berish vaqtida ham avtomobil ustidan nazoratni yo'qotmang.

24. Transport vositalaridan foydalanish va texnik holatiga javobgar mansabdor shaxslarning majburiyatlari:

  1. Belgilangan muddatda tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxslarni transport vositalarini boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik
  2. Texnik holati va jihozlari Qoida talablariga mos kelmaydigan transport vositalarini yo‘lga chiqarmaslik
  3. Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan transport vositalarini yo‘lga chiqarmaslik
  4. Barcha sanab o‘tilganlarni bajarishga

To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilganlarni bajarishga

YHQ 29-bobi 180-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilariga asosan, transport vositalarining texnik holatiga va ulardan foydalanishga javobgar bo‘lgan mansabdor va boshqa shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: texnik nosoz, tegishli ruxsatsiz qayta jihozlangan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki davriy davlat texnik ko‘rigidan o‘tkazilmaganligi tufayli foydalanish taqiqlangan transport vositalarini yo‘lga chiqarish; mastlik (giyohvand moddalar, alkagol va boshqalar) holatida yoki sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’sirida, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik yoki betoblik holatida, shuningdek tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘magan, belgilangan muddatda tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan, transport vositalari egalarining Fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi bo‘lmagan shaxslarni transport vositasini boshqarishga qo‘yish.

25. Bosh miya va kalla suyagi o‘rtacha holatda jarohatlangan jabrlanuvchini transportning qaysi turida tashish kerak?

Bosh miya va kalla suyagi o‘rtacha holatda jarohatlangan jabrlanuvchini transportning qaysi turida tashish kerak?
  1. Yo‘lakay yo‘nalishdagi yengil avtomobilda
  2. Yo‘lakay yo‘nalishdagi yuk avtomobilida
  3. Faqat tez tibbiy yordam avtomobilida

To'g'ri javob: Faqat tez tibbiy yordam avtomobilida

Bosh miya suyagi shikastlangan jabrlanuvchi faqat maxsus jihozlangan tez tibbiy yordam yoki qutqarish xizmati avtomobillarida tashiladi.

26. "Avtomagistral" belgisi bilan belgilangan yo'lda piyodalarning harakatlanishiga ruxsat etiladimi?

  1. Taqiqlanadi.
  2. Transport vositalarining harakatlanishiga qarama-qarshi faqat aholi punktlaridan tashqarida yurishga ruxsat etiladi.
  3. Transport vositalarining harakatlanishi bo'ylab faqat aholi punktlaridan tashqarida yurishga ruxsat etiladi.

To'g'ri javob: Taqiqlanadi.

YHQ 18-bobining 121-bandiga muvofiq, avtomagistrallarda piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, mopedlar, traktorlar va o'zi yurar mashinalar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko'ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

27. Ushbu belgi quyida sanab o‘tilgan yuk avtomobillarining qaysilariga harakatni davom ettirishni taqiqlamaydi?

Ushbu belgi quyida sanab o‘tilgan yuk avtomobillarining qaysilariga harakatni davom ettirishni taqiqlamaydi?
  1. Bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yuk avtomobillariga
  2. Xavfli yuk tashiyotgan avtomobillarga
  3. Ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan avtomobillarga
  4. Yuk ko‘tarishi 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan avtomobillarga

To'g'ri javob: Bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yuk avtomobillariga

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limidagi 3.4 belgi - "Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan" belgisida cheklangan vazn ko'rsatilmagan bo'lsa, bu belgi to'la vazni 3,5 tonnadan yuqori bo'lgan barcha yuk avtomobillarining, barcha traktorlarning, o'zi yurar mashina va mexanizmlarning harakatlaninshini taqiqlaydi. Bu belgi ta'sir oralig'ida yashovchi va ishlovchilarga daxldor emas, shuningdek, bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashiyotgan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.

28. Sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaslik sharoitlarida yo‘lda qoldirilgan yo‘l mashinalari, qurilish materiallari, qurilma va hokazolar belgilanishi kerak:

  1. Tegishli yo‘l belgilari bilan
  2. Yo‘naltiruvchi va to‘suvchi moslamalar bilan
  3. Qizil yoki sariq chiroqli ishoralar bilan
  4. Barcha sanab o‘tilgan hollar bajarilishi kerak

To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan hollar bajarilishi kerak

YHQ 29-bobi 182-bandiga asosan: Yo‘llarda ta’mirlash ishlarini bajarishga javobgar mansabdor va boshqa shaxslar ishlar olib borilayotgan joyda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga majbur. Bunday joylar, shuningdek yo‘ldan tashqariga olib chiqish imkoniyati bo‘lmagan ish bajarmayotgan yo‘l mashinalari, qurilish materiallari, qurilma va shunga o‘xshashlar tegishli yo‘l belgilari, yo‘naltiruvchi va to‘suvchi moslamalar bilan, sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda esa, qo‘shimcha qizil yoki sariq chiroqli ishoralar bilan belgilanishi kerak. Ta’mirlash ishlari tugagandan so‘ng transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatlanishi ta’minlangan bo‘lishi kerak.

29. Qornidan yopiq jarohat olgan jabrlanuvchi qanday tashiladi?

Qornidan yopiq jarohat olgan jabrlanuvchi qanday tashiladi?
  1. Yonboshi yoki orqasiga yotqizilgan holatda, lat yegan joyga issiq grelka qo'yiladi.
  2. Yotqizilgan holatda, lat yegan joyiga sovuq narsa (muz, malham) qo'yiladi.
  3. Yarim o'tkazilgan holatda, tizzalari tanaga yaqinlashtiriladi.

To'g'ri javob: Yotqizilgan holatda, lat yegan joyiga sovuq narsa (muz, malham) qo'yiladi.

Qorin bo'shlig'ining yopiq jarohatlari hollarida gavdaning holati oyoqlarni tizzalaridan bukib, yon tarafga qarab yotiladi. Qorin qismiga muz xaltachasi qo'yiladi.

30. Jabrlanuvchining yurak faoliyati yoki nafas olishi to'xtaganda, unga qanday ketma-ketlikda birinchi yordam ko'rsatish zarur?

Jabrlanuvchining yurak faoliyati yoki nafas olishi to'xtaganda, unga qanday ketma-ketlikda birinchi yordam ko'rsatish z…
  1. Yurakni massaj qilish, nafas yo'llarini bo'shatish, sun'iy nafas oldirish.
  2. Sun'iy nafas oldirish, yurakni ustidan massaj qilish, nafas yo'llarini bo'shatish.
  3. Nafas yo'llarini bo'shatish, sun'iy nafas oldirish va yurakni ustidan massaj qilish.

To'g'ri javob: Nafas yo'llarini bo'shatish, sun'iy nafas oldirish va yurakni ustidan massaj qilish.

O'pkaning sun'iy ventilyasiyasi samarali bo'lishi uchun nafas olish yo'llariga havoning erkin o'tishini ta'minlash zarur. Og'iz bo'shlig'i shilliq, qon, qusuq va boshqa jismlardan holi ekanligiga ishonch hosil qilish kerak. To'qimalarga kislorod kelishi va qon aylanishini ta'minlash uchun o'pkaga kislorod kelishini kuchaytirish bilan birga yurak urish faoliyatini qayta tiklashga darhol kirishish lozim.

31. Agar jonlantirishni (reanimatsiyani) 2 kishi bir vaqtda olib borganda, yurakni bilvosita massaj qilish va sun'iy nafas oldirish qanday bajariladi?

Agar jonlantirishni (reanimatsiyani) 2 kishi bir vaqtda olib borganda, yurakni bilvosita massaj qilish va sun'iy nafas…
  1. Bir marta ko'krak qafasi bosiladi, bir marta havo puflanadi va hokazo.
  2. Ikki marta havo puflanadi, so'ng yurak sohasi 30 marta bosiladi va hokazo.
  3. 2-3 marta havo puflangandan so'ng 15 marta ko'krak qafasi bosiladi.

To'g'ri javob: Ikki marta havo puflanadi, so'ng yurak sohasi 30 marta bosiladi va hokazo.

Agar jabrlanuvchida yurak urishi faoliyati va nafas olishi to'xtagan bo'lsa, yurakning tashqi massaji bilan birga sun'iy nafas oldirish amalga oshiriladi. Bunday hollarda tin (nafas) olish oraliqlarida ko'krak qafasi 30 marta keskin bosiladi.

32. Avtomobil harakatlanayotganda kutilmaganda shinasi yorilib ketsa, haydovchi nima qilishi zarur?

  1. Ishchi tormoz bilan to‘la to‘xtaguncha keskin tormozlash
  2. Avtomobilni to‘xtab turish tormozi yordamida to‘xtatish
  3. Rulni ushlab turish, to‘g‘ri chiziqda harakatni saqlash, tezlikni kamaytirish va to‘xtatish

To'g'ri javob: Rulni ushlab turish, to‘g‘ri chiziqda harakatni saqlash, tezlikni kamaytirish va to‘xtatish

Shinalarning birida bosimning kamayishi uning aylanishiga qarama-qarshiligini kuchaytiradi va ko‘ndalang qattiqligini kamaytiradi. Shuning uchun bosimi bo‘lmagan shina bilan avtomobil yon tomonga og‘adi. Boshqarishni saqlab qolish uchun haydovchi rul chambaragini ushlab turib, tezligini pasaytirishi va to‘xtatish lozim.

33. O‘ng va chap g‘ildiraklarining shinalari turlicha siyqalangan avtomobilda tormoz berish, qanday xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin?

  1. Tormoz barabanlarining qizib ketishiga
  2. Naqsh izlarining ko‘chib ketishiga
  3. Avtomobilning ag‘darilib ketishi mumkin darajada sirpanib ketishiga

To'g'ri javob: Avtomobilning ag‘darilib ketishi mumkin darajada sirpanib ketishiga

Bir oqda o‘rnatilgan (chap va o‘ng) shinalar naqshining ustki shakli va uning yoyilganlik darajasi barcha hollarda bir xil bo‘lishi lozim, chunki bu hol tormozlanayotganda avtomobilning muvozanatini ta'minlovchi shartlardan biri hisoblanadi. Ushbu tartib inbatga olinmasatormozlanish vaqtida har xil tormoz kuchlari yuzaga kelib, muozanatni yo‘qotishga olib keluvchi hollarni vujudga keltiradi. Avtomobilning yeyilgan shina naqshi tomoni oldinga intilib, aks tomoni orqada qoladi. Bu holda avtomobil bir tomonga siljib, maqbul bo‘lmagan sharoitlarda muvozanatini yo‘qotib, ag‘darilishi mumkin.

34. Bu belgida yuk avtomobillaridan qaysi biriga harakatlanishni davom ettirishga ruxsat etiladi?

Bu belgida yuk avtomobillaridan qaysi biriga harakatlanishni davom ettirishga ruxsat etiladi?
  1. Furgon-yukxonada mahsulotlar tashiydigan avtomobillarga.
  2. "Aloqa" yozuvi bo'lgan avtomobillarga.
  3. Yukxonasida odamlar bo'lgan maxsus moslashtirilgan yuk avtomobillarga.

To'g'ri javob: Yukxonasida odamlar bo'lgan maxsus moslashtirilgan yuk avtomobillarga.

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limidagi 3.4 belgi talabiga muvofiq, "Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan" belgida cheklangan vazn ko'rsatilmagan bo'lsa, bu belgi to'la vazn 3,5 tonnadan yuqori bo'lgan barcha yuk avtomobillarining, barcha traktorlarning, o'zi yurar mashina va mexanizmlarning harakatlaninshini taqiqlaydi. Bu belgi ta'sir oralig'ida yashovchi va ishlovchilarga daxldor emas, shuningdek, bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashiyotgan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.

35. Zanjirli bo‘lgan qishloq xo‘jalik, yo‘l qurilishi va boshqa mexanik transport vositalariga temir yo‘l kesishmasidan o‘tishga ruxsat etiladimi?

  1. Agar temir yo‘l boshlig‘ining ruxsati bo‘lsa, ruxsat etiladi
  2. Mexanik transport vositalariga yuklab olib o‘tish ruxsat etiladi
  3. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Mexanik transport vositalariga yuklab olib o‘tish ruxsat etiladi

YHQ 18-bobi 118-bandi 8-xatboshiga asosan, transport holatiga keltirilmagan qishloq xo'jaligi, yo'l qurilishi, qurilish va boshqa mashina hamda mexanizmlarni kesishma orqali olib o'tish taqiqlanadi.

36. Bu yo'l belgisi:

Bu yo'l belgisi:
  1. Ikki g'ildirakli kajavasiz mototsikllardan tashqari hamma mexanik transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi.
  2. G'ildirakli traktorlardan tashqari hamma transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi.
  3. Traktorlar va o'zi yurar mashinalarning harakatlanishi taqiqlanadi.

To'g'ri javob: Traktorlar va o'zi yurar mashinalarning harakatlanishi taqiqlanadi.

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limidagi 3.6 belgi talabiga muvofiq, "Traktorlar harakatlanishi taqiqlangan" belgisi barcha turdagi traktorlar, o'zi yurar mashina va mexanizmlarning harakatlanishini taqiqlaydi.

37. Transport vositalarining trotuar va piyodalar yo‘lkasi bo‘ylab harakatlanishiga yo‘l qo‘yiladimi?

  1. Yo‘l qo‘yiladi, agar bu piyodalarning harakatiga xalal bermasa
  2. Yo‘l qo‘yilmaydi, chunki bu piyodalarning hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkin
  3. Bevosita shu trotuar yoki yo‘lkalarda joylashgan savdo yoki boshqa korxonalarga xizmat ko‘rsatishda yo‘l qo‘yiladi
  4. Trotuarda turgan boshqa transport vositasini aylanib o‘tish uchun yo‘l qo‘yiladi

To'g'ri javob: Bevosita shu trotuar yoki yo‘lkalarda joylashgan savdo yoki boshqa korxonalarga xizmat ko‘rsatishda yo‘l qo‘yiladi

YHQ 10-bobi 72-bandiga muvofiq, qoidalarning 88, 166-bandlarida ko'zda tutilganlardan boshqa hollarda transport vositalarining trotuarlar, piyodalar yo'lkalarida mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Bu joylarda yo'ldan foydalanish va kommunal xizmat mashinalarining harakatlanishiga, shuningdek, trotuarlar yoki piyodalar yo'lkalari oldida joylashgan savdo shoxobchalari, korxonalar va boshqa inshootlarga yuk olib kirish uchun boshqa imkoniyati bo'lmagan transport vositalariga yaqin yo'ldan kirishga ruxsat etiladi. Bunda harakatlanish xavfsizligi ta'minlangan bo'lishi shart.

38. M2, M3 toifadagi avtotransport vositalarining shina protektori naqshlarining balandligi quyidagilardan kam bo‘lmasligi kerak:

  1. 0,8 mm
  2. 1,0 mm
  3. 1,6 mm
  4. 2,0 mm
  5. 2,5 mm

To'g'ri javob: 2,0 mm

YHQ 3-ilovasining 5.1-bandiga muvofiq, agar shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, O3, o4 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,0 mm dan kam bo'lsa; M1, N1, O1, O2 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,6 mm dan, kam bo'lsa; M2, M3 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 2,0 mm dan kam bo'lsa; motosikl va mopedlar (skuterlar, Kvadrosikllar) uchun — 0,8 mm dan kam bo'lsa transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.

39. Ko'krak qafasining ko'p qismi jarohatlanganda uni qayerdan boshlab bint bilan bog'lash kerak?

Ko'krak qafasining ko'p qismi jarohatlanganda uni qayerdan boshlab bint bilan bog'lash kerak?
  1. Ko'krak qafasining o'rtasidan.
  2. Ko'krak qafasining quyi qismidan.
  3. Qo'ltiq ostidan.

To'g'ri javob: Ko'krak qafasining quyi qismidan.

Ko'krak qafasining keng yaralanishida jabrlanuvchiga tarang bog'ich bog'lanadi. Ko'krak qafasining quyiroq qismlaridan boshlab bint o'raladi. Nafas chiqarish paytida mustahkamlanadi.

40. Sanab o‘tilgan hollardan qaysi birida transport vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladi?

  1. Shinalar o‘lchami va yo‘l qo‘yiladigan bosimi bo‘yicha transport vositasining rusumiga mos emas
  2. Transport vositasining bitta o‘qiga diagonal shinalar radial shinalar bilan birga o‘rnatilgan
  3. M1 toifadagi avtotransport vositalarining oldingi o‘qiga birinchi toifada ta’mirlangan shinalar o‘rnatilgan

To'g'ri javob: M1 toifadagi avtotransport vositalarining oldingi o‘qiga birinchi toifada ta’mirlangan shinalar o‘rnatilgan

YHQ 3-ilovasining 5-bo limidagi 5.7 bandiga muvofiq, transport vositalaridan foydalanishni ta'qiqlovchi shartlar: M1, M2, M3 toifalarni 1 klassidagi avtotransport vositalarini oldingi o‘qiga ikkinchi ta'mirlash klassi bo‘yicha qayta tiklangan shinalar o‘rnatilgan bo‘lsa.

41. Transport vositasining bir o‘qiga izlari har xil naqshli shinalar o‘rnatishga ruxsat etiladimi?

  1. Avtomobilning faqat orqa o‘qiga oldingi boshqaruvchi ko‘prik bilan birga ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Faqat yuk avtomobiliga ruxsat etiladi
  4. Ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

premium_required

42. Ikkinchi daraja ta’mirlash yo‘li bilan tiklangan shinalarni M1 toifadagi avtotransport vositalariga o‘rnatishga ruxsat etiladimi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Avtomobilning har ikki o‘qiga ruxsat etiladi
  3. Faqat orqa o‘qiga ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Faqat orqa o‘qiga ruxsat etiladi

YHQ 3-ilovasi 5-bo‘limining 5.7.-bandiga asosan: 5.7. M1, M2, M3 toifalarni 1 klassidagi avtotransport vositalarini oldingi o‘qiga, M3 toifani 2 va 3 klassidagi avtotransport vositalarini o‘rta va orqa o‘qlariga ikkinchi ta‘mirlash klassi bo‘yicha qayta tiklangan shinalar o‘rnatilgan bo‘lsa foydalanish taqiqlanadi.

43. Transport vositalarining tezligi texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko‘ra 40 km/soatdan kam bo‘lganda avtomagistral bo‘ylab harakatlanishga ruxsat etiladimi?

  1. Ikkinchi tasmadan nariga o‘tmaganda ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Agar "Eng kam tezlik" belgisi o‘rnatilmagan bo‘lsa ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQ 18-bobining 121-bandiga muvofiq, avtomagistrallarda piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, mopedlar, traktorlar va o'zi yurar mashinalar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko'ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

44. Qo'l jarohatlanganda jabrlanuvchining ko'ylagi, kiyimi qanday yechilsa to'g'ri bo'ladi?

  1. Kiyim-boshni yechishni kasal qo'ldan boshlash, so'ng sog' qo'lni bo'shatish.
  2. Kiyim-boshni ikkala qo'ldan bir vaqtda yechish.
  3. Kiyim-boshni yechishni sog' qo'ldan boshlash, so'ng kasal qo'lni bo'shatish.

To'g'ri javob: Kiyim-boshni yechishni sog' qo'ldan boshlash, so'ng kasal qo'lni bo'shatish.

Shikastlangan qo'l yoki oyoqni majburiy harakatga solmasdan kiyim yechish imkonini yaratish uchun avval kiyim shikastlanmagan, so'ngra shikastlangan qo'l yoki oyoqdan ehtiyotlik bilan yechiladi.

45. Ishqalanish koeffitsiyentiga shinalarni siyqalanib ketgan protektori qanday ta’sir qiladi?

  1. Ishqalanish koeffitsiyenti oshadi
  2. Ishqalanish koeffitsiyenti o‘zgarmaydi
  3. Ishqalanish koeffitsiyenti kamayadi

To'g'ri javob: Ishqalanish koeffitsiyenti kamayadi

Protektor qatlamining yeyilishi bilan birga g‘ildirakning yo‘l bilan tishlashishi yomonlashib, tormoz berayotganda yoki tezlikni oshirayotganda avtomobilning sirpanish ehtimoli ko‘payadi. Protektori butunlay yeyilib ketgan shinaning yo‘l bilan tishlashish koeffitsienti yangi shinaning ushbu koeffitsientidan ikki barobar kam. Shuning uchun shinasi yeyilgan avtomobildan foydalanish mumkin emas va yo‘l harakati qoidalarida taqiqlangan.

46. Qornidan yopiq jarohat olgan jabrlanuvchi qanday tashiladi?

Qornidan yopiq jarohat olgan jabrlanuvchi qanday tashiladi?
  1. Yonboshi yoki orqasiga yotqizilgan holatda, lat yegan joyga issiq grelka qo'yiladi.
  2. Yotqizilgan holatda, lat yegan joyiga sovuq narsa (muz, malham) qo'yiladi.
  3. Yarim o'tkazilgan holatda, tizzalari tanaga yaqinlashtiriladi.

To'g'ri javob: Yotqizilgan holatda, lat yegan joyiga sovuq narsa (muz, malham) qo'yiladi.

Qorin bo'shlig'ining yopiq jarohatlari hollarida gavdaning holati oyoqlarni tizzalaridan bukib, yon tarafga qarab yotiladi. Qorin qismiga muz xaltachasi qo'yiladi.

47. Siz yengil avtomobildan qaysi jihozlar mavjud bo‘lmaganda foydalanishingiz mumkin?

Siz yengil avtomobildan qaysi jihozlar mavjud bo‘lmaganda foydalanishingiz mumkin?
  1. Tibbiy quticha
  2. O‘t o‘chirgich
  3. Falokat to‘xtash belgisi
  4. G‘ildirab ketishga qarshi moslama

To'g'ri javob: G‘ildirab ketishga qarshi moslama

Yo‘l harakati qoidalariga 3-ilova 7.10 bandiga asosan, M1, N1, N2, N3 toifadagi, mikroavtobus va g‘ildirakli traktorlar tibbiyot qutichasi, o‘t o‘chirgich, majburiy to‘xtaganligini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet) bilan jihozlanmagan bo‘lsa, foydalanish taqiqlanadi.

48. Sanab o‘tilgan qaysi transport vositalarini o‘t o‘chirgichsiz tasarruf etishga ruxsat etiladi?

Sanab o‘tilgan qaysi transport vositalarini o‘t o‘chirgichsiz tasarruf etishga ruxsat etiladi?
  1. Avtomobillarni
  2. Avtobuslarni
  3. Barcha mototsikllarni
  4. Faqat yon kajavasiz mototsikllarni

To'g'ri javob: Barcha mototsikllarni

Yo‘l harakati qoidalariga 3-ilova 7.10 bandiga asosan, Transport vositalari quyidagilar bilan jihozlanmagan bo‘lsa: kajavali mototsikllarda — tibbiyot qutichasi, majburiy to‘xtaganligini bildiruvchi belgi.

49. Bosh miya jarohatlanishining asosiy alomatlari:

Bosh miya jarohatlanishining asosiy alomatlari:
  1. Hushdan ketish bir necha soniyadan bir necha soatgacha bo‘lishi mumkin
  2. Qayt qilish bir - ikki marta, og‘ir holatlarda ko‘proq bo‘lishi mumkin
  3. Amneziya - xotiraning yo‘qolishi, sodir bo‘lgan jarohatlanish bilan bog‘liq va hayotidagi ba’zi voqealar xotirasidan o‘chadi
  4. Sanab o‘tilgan barcha holatlar

To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha holatlar

Yo‘l - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, bosh miya jarohatlanishining asosiy alomatlari quyidagilar: -Hushdan ketish bir necha soniyadan bir necha soatgacha bo‘lishi mumkin; -Qayt qilish bir - ikki marta, og‘ir holatlarda ko‘proq bo‘lishi mumkin; -Amneziya - xotiraning yo‘qolishi, sodir bo‘lgan jarohatlanish bilan bog‘liq va hayotidagi ba’zi voqealar xotirasidan o‘chadi.

50. G‘ildiraklarning yo‘l bilan ilashishi yo‘qolganda (kuchli yomg‘ir, sel yoki suv toshgan yo‘l qismlari) haydovchi:

  1. Dvigatel bilan tormozlash orqali tezlikni kamaytirishi lozim
  2. Tezlikni oshirishi lozim
  3. Tormoz tepkisini keskin bosish bilan tezlikni kamaytirishi lozim

To'g'ri javob: Dvigatel bilan tormozlash orqali tezlikni kamaytirishi lozim

Yomg'ir yog'ayotganida g'ildiraklar bilan qoplama orasida albatta suv qoladi (ayniqsa yedirilgan shina protektorida) va bu o'z navbatida "Suv ponasi"ni hosil qiladi. Oqibatda g'ildiraklar sirpana boshlaydi. Bunda haydovchi tezlikni dvigatel yordamida pasaytirishi kerak, aks holda tezlikning keskin pasayishi avtomobilning sirpanib ketishiga olib keladi.

51. Bosh miya jarohatlanishi quyidagi alomatlar bilan xarakterlanadi:

  1. Hushdan ketish bir necha soniyadan bir necha soatgacha bo‘lishi mumkin
  2. Amneziya - xotiraning yo‘qolishi, sodir bo‘lgan jarohatlanish bilan bog‘liq va hayotidagi ba’zi voqealar xotirasidan o‘chadi
  3. Qayt qilish bir - ikki marta, og‘ir holatlarda ko‘proq bo‘lishi mumkin
  4. Yuqoridagi barcha holatlar

To'g'ri javob: Yuqoridagi barcha holatlar

Yo‘l - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, bosh miya jarohatlanishining asosiy alomatlari quyidagilar: -Hushdan ketish bir necha soniyadan bir necha soatgacha bo‘lishi mumkin; -Qayt qilish bir - ikki marta, og‘ir holatlarda ko‘proq bo‘lishi mumkin; -Amneziya - xotiraning yo‘qolishi, sodir bo‘lgan jarohatlanish bilan bog‘liq va hayotidagi ba’zi voqealar xotirasidan o‘chadi.

52. Arterial qon ketish alomatlarini ko‘rsating:

  1. Qon tomirlaridan pushti rangli qon kuchli pulsatsiya bilan otilib chiqadi
  2. Qon tomirlaridan to‘q qizil rangdagi qon sizib oqib chiqadi
  3. Mayda qon tomirlaridan ichki a’zolarga qonning oqib chiqishi kuzatiladi

To'g'ri javob: Qon tomirlaridan pushti rangli qon kuchli pulsatsiya bilan otilib chiqadi

Yo‘l - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, arterial qon ketish alomatlari, qon tomirlaridan pushti rangli qon kuchli pulsatsiya bilan otilib chiqishi hisoblanadi.

53. G‘ildiraklarning yo‘l bilan ilashishi yo‘qolganda (kuchli yomg‘ir, sel yoki suv toshgan yo‘l qismlari) haydovchi:

  1. Dvigatel bilan tormozlash orqali tezlikni kamaytirishi lozim
  2. Tezlikni oshirishi lozim
  3. Tormoz tepkisini keskin bosish bilan tezlikni kamaytirishi lozim

To'g'ri javob: Dvigatel bilan tormozlash orqali tezlikni kamaytirishi lozim

Yomg'ir yog'ayotganida g'ildiraklar bilan qoplama orasida albatta suv qoladi (ayniqsa yedirilgan shina protektorida) va bu o'z navbatida "Suv ponasi"ni hosil qiladi. Oqibatda g'ildiraklar sirpana boshlaydi. Bunda haydovchi tezlikni dvigatel yordamida pasaytirishi kerak, aks holda tezlikning keskin pasayishi avtomobilning sirpanib ketishiga olib keladi.

54. Venoz qon ketish alomatlarini ko‘rsating:

  1. Qon tomirlaridan pushti rangli qon kuchli pulsatsiya bilan otilib chiqadi
  2. Qon tomirlaridan to‘q qizil rangdagi qon sizib oqib chiqadi
  3. Mayda qon tomirlaridan ichki a’zolarga qonning oqib chiqishi kuzatiladi

To'g'ri javob: Qon tomirlaridan to‘q qizil rangdagi qon sizib oqib chiqadi

Yo‘l - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, venoz qon ketish alomatlari, qon tomirlaridan to‘q qizil rangdagi qon sizib oqib chiqishi hisoblanadi.

55. Qorin bo‘shlig‘i jarohatlangan odamga ovqat, suv dori-darmon berish mumkinmi?

  1. Ha
  2. Yo‘q

To'g'ri javob: Yo‘q

56. Bosh miya jarohatlanganda, miya chayqalganda yoki bo‘yin qismi jarohatlanganda birinchi yordam ko‘rsatish:

  1. Jarohatlangan odamni qattiq va tekis zambilga solib, bo‘yin qismi tagiga qattiq yostiqcha qo‘yib, qo‘zg‘atmasdan, mahkam bog‘lab shifoxonaga yuboriladi.
  2. Jarohatlangan odamni yonboshlatib yotqizib, bo‘yin qismi tagiga qattiq yostiqcha qo‘yib, qo‘zg‘atmasdan, mahkam bog‘lab shifoxonaga yuboriladi.
  3. Jarohatlangan odamni tinchlantirish, jarohatlangan joy sohasini sovuq suv, muz qo‘yish yo‘llari bilan sovitish, og‘riqni susaytirish va qon ketishini kamaytirish.

To'g'ri javob: Jarohatlangan odamni qattiq va tekis zambilga solib, bo‘yin qismi tagiga qattiq yostiqcha qo‘yib, qo‘zg‘atmasdan, mahkam bog‘lab shifoxonaga yuboriladi.

Yo‘l - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, bosh miya jarohatlanganda, miya chayqalganda yoki bo‘yin qismi jarohatlanganda birinchi yordam ko‘rsatish quyidagi tartibda olib boriladi: jarohatlangan odamni qattiq va tekis zambilga solib, bo‘yin qismi tagiga qattiq yostiqcha qo‘yib, qo‘zg‘atmasdan, mahkam bog‘lab shifoxonaga yuboriladi.

57. Muskul va paylarning ezilishi hamda cho‘zilishi alomatlari qanday?

  1. Jarohatlangan joyda og‘riq seziladi.
  2. Jarohatlangan joyda shish paydo bo‘ladi, og‘riq seziladi, ba’zan shu joyda mayda kapillyar qon tomirlari yorilib, qon quyilishi natijasida ko‘karish paydo bo‘ladi.

To'g'ri javob: Jarohatlangan joyda shish paydo bo‘ladi, og‘riq seziladi, ba’zan shu joyda mayda kapillyar qon tomirlari yorilib, qon quyilishi natijasida ko‘karish paydo bo‘ladi.

Yo‘l - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, muskul va paylarning ezilishi hamda cho‘zilishi alomatlari, jarohatlangan joyda shish paydo bo‘lishi, og‘riq sezilishi, ba’zan shu joyda mayda kapillyar qon tomirlari yorilib, qon quyilishi natijasida ko‘karish paydo bo‘lishi hisoblanadi.

58. To‘la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillarini quyidagilar bilan jihozlanmagan bo‘lsa xam foydalanishga ruxsat etiladi:

To‘la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillarini quyidagilar bilan jihozlanmagan bo‘lsa xam foydalanishga ruxsa…
  1. Majburiy to‘xtaganini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq)
  2. O‘zi yurib ketishidan saqlovchi, g‘ildirak diametriga muvofiq (kamida ikkita) tirgak
  3. O‘t o‘chirgich
  4. Tibbiyot qutichasi

To'g'ri javob: O‘zi yurib ketishidan saqlovchi, g‘ildirak diametriga muvofiq (kamida ikkita) tirgak

Yo‘l harakati qoidalariga 3-ilova 7.10 bandiga asosan, M1, N1, N2, N3 toifadagi, mikroavtobus va g‘ildirakli traktorlar tibbiyot qutichasi, o‘t o‘chirgich, majburiy to‘xtaganligini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet), M3, N2, N3 toifadagi — o‘zi yurib ketishidan saqlovchi, g‘ildirak diametriga muvofiq (kamida ikkita) tirgak bilan jihozlanmagan bo‘lsa, foydalanish taqiqlanadi.

59. Qaysi holatlarda jabrlanuvchiga yurak-o‘pka reanimatsiyasini boshlash kerak?

  1. Yurak soxasida og‘riq sezilganda va nafas olish qiyinlashganda
  2. Xushidan ketishda, nafas olish faoliyatidan qat’iy nazar
  3. Xushidan ketishda, nafas olish faoliyati va qon aylanishi to‘xtaganda

To'g'ri javob: Xushidan ketishda, nafas olish faoliyati va qon aylanishi to‘xtaganda

Yo‘l - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, jabrlanuvchiga yurak-o‘pka reanimatsiyasini, xushidan ketishda, nafas olish faoliyati va qon aylanishi to‘xtaganda boshlash kerak.

60. Qo‘l oyoq uchlari (tirsakdan past qismi, boldir) sinishida transport shinalari yoki ularni qo‘lda yasash uchun vositalar bo‘lmasa birinchi tibbiy yordam qanday ko‘rsatiladi?

  1. Qo‘llarni tana bo‘ylab cho‘zgan holda tanaga bog‘lash, oyoqlarni orasiga yumshoq mato qo‘yib bir-biriga bog‘lash
  2. Qo‘llarni tirsakdan bukib, ro‘molga osgan holda tanaga bog‘lash, oyoqlarni orasiga albatta yumshoq mato qo‘yib bir-biriga bog‘lash
  3. Qo‘llarni tirsakdan bukib, ro‘molga osgan holda tanaga bog‘lash, oyoqlarni bir-biriga yaxshilab jipslab tekkazib bog‘lash

To'g'ri javob: Qo‘llarni tirsakdan bukib, ro‘molga osgan holda tanaga bog‘lash, oyoqlarni orasiga albatta yumshoq mato qo‘yib bir-biriga bog‘lash

Yo‘l - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, qo‘l oyoq uchlari (tirsakdan past qismi, boldir) sinishida transport shinalari yoki ularni qo‘lda yasash uchun vositalar bo‘lmasa birinchi tibbiy yordam, qo‘llarni tirsakdan bukib, ro‘molga osgan holda tanaga bog‘lash, oyoqlarni orasiga albatta yumshoq mato qo‘yib bir-biriga bog‘lash orqali ko‘rsatiladi.

61. Quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini (konstruksiyasida xavfsizlik kamari nazarda tutilgan transport vositalarida) taqmaslikka ruxsat beriladi:

  1. Avtomobilning orqa o‘rindig‘idagi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga
  2. Homilador ayollarga
  3. Orqaga harakatni amalga oshirayotgan haydovchilarga
  4. F1 va F2 javoblar to‘g‘ri
  5. Sanab o‘tilgan barcha hollarda

To'g'ri javob: F1 va F2 javoblar to‘g‘ri

YHQ 2-bobi 9-bandi: Quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi: - avtomobilning orqa o‘rindig‘idagi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar (ushbu Qoidalarning 159-bandiga muvofiq); - homilador ayollar; - salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemorlar (Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan kasalliklar ro‘yxatiga muvofiq va ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma mavjud bo‘lganda).

62. Sariq mashina haydovchisi o‘tib ketayotgan mashina orqasida to‘xtagan bo‘lsa, "STOP" belgisida ham to‘xtashi kerakmi?

Sariq mashina haydovchisi o‘tib ketayotgan mashina orqasida to‘xtagan bo‘lsa, "STOP" belgisida ham to‘xtashi kerakmi?
  1. Ha
  2. Yo‘q

To'g'ri javob: Ha

YHQga 1-ILOVA 2.5 bandiga asosan: 2.5. «To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan». To‘xtash chizig‘i oldida, agar u bo‘lmasa, kesib o‘tiladigan qatnov qismining chetida to‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak.

63. Avtomobilda bolalarni himoya qilish tizimini joylashtirish uchun qaysi joy eng xavfsiz hisoblanadi?

Avtomobilda bolalarni himoya qilish tizimini joylashtirish uchun qaysi joy eng xavfsiz hisoblanadi?
  1. Orqa o'rta o'rindiq.
  2. Oldi o'rindiq.
  3. Haydovchi orqasidagi o'rindiq.

To'g'ri javob: Orqa o'rta o'rindiq.

AVXB va HXA (Avtotransport vositalarini xavfsiz boshqarish va harakat xavfsizligi asoslari) faniga asosan: tadqiqotlarga ko‘ra, orqa o‘rta o‘rindiqda bo‘lgan bolaning YTHda jarohat olish xavfi minimaldir. Avtomobil salonidagi boshqa barcha joylar bilan solishtirganda bu yerda himoya darajasi kamida 15-20% yuqori.