1. Avtomagistralda shatakka olishga ruxsat etiladimi?
Taqiqlanadi
Faqat qisman ortish usuli bilan yoki qattiq ulagich bilan ruxsat etiladi
Faqat egiluvchan ulagich bilan ruxsat etiladi
Istalgan usuldan birini to‘g‘ri tanlab ruxsat yetiladi
To'g'ri javob: Istalgan usuldan birini to‘g‘ri tanlab ruxsat yetiladi
YHQ 24-bobi 145-bandi: Shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno); ikki va undan ko'p transport vositalarini; shatakka olingan va shatakka olgan transport vositalarining ulagich bilan birga umumiy uzunligi 20 metrdan ortiq bo'lsa; ishchi tormoz tizimi ishlamayotgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vaznining yarmidan ortiq bo'lsa (haqiqiy vazni kam bo'lgan bunday transport vositasini faqat qattiq ulagich bilan yoki qisman ortish usuli bilan shatakka olishga yo'l qo'yiladi); ikki g'ildirakli mototsikl, elektromototsikl, moped, skuter va individual harakatlanish vositalari bilan, shuningdek, bunday mototsikl, elektromototsikl, moped, skuter va individual harakatlanish vositalarini; yo'l yaxmalak, sirpanchiq bo'lgan hollarda egiluvchan ulagichda.
Yo‘l harakati qoidalarida avtomagistrallarda shatakka olishga cheklovlar yo‘q.
2. Avtomobil haydovchisi sirpanib ketishning xavfli oqibatlari oldini olish uchun quyidagi amalni bajarishga majbur:
Tormoz pedalini qattiq bosishga
Ulagich pedalini bosishga
Boshlangan tormoz berishni to‘xtatishga
Ulagichni ajratishga va to‘xtab turish tormozi bilan tormozlashga
To'g'ri javob: Boshlangan tormoz berishni to‘xtatishga
Avtomobilning sirpanchiq yo'lda surilishi orqa g'ildiraklarining blokirovkasi sababli tormozlanishda vujudga keladi. Bu holda birinchi navbatda surilish sababini bartaraf etish, ya'ni boshlangan tormozlanishni to'xtatish lozim. Keyinchalik rul chambaragini surilish tomon burib, harakat yo'nalishini to'g'irlab olish mumkin.
3. Haydovchi orqa g'ildiraklari yetakchi bo'lgan avtomobilning orqa o'qi sirpanib ketishi boshlanganida to'xtatish uchun nima qilishi kerak?
Boshqaruv rulini sirpanishga qarama-qarshi tomonga burish.
Boshqaruv rulini sirpanish boshlanayotgan tomonga burish.
Tormoz tepkisini bosish.
To'g'ri javob: Boshqaruv rulini sirpanish boshlanayotgan tomonga burish.
Orqa o'qi yetakchi bo'lgan avtomobillarda sirpanchiq yo'lda sirpanish holati rul chambaragini birdan (keskin) burish natijasida kelib chiqadi. Bu holda rul chambaragini tez, biroq ravonlik bilan surilish tomon burib, sirpanish tugashini kutmasdan, rul chambaragiga oldinroq ta'sir etgan holda avtomobil yo'nalishini to'g'irlab olish lozim.
4. Sirpanchiq yo‘lda tormozlardan qanday foydalanish kerak?
Ulagichni ajratmay turib sekin tormoz berishi va boshqaruv rulining keskin burilishga yo‘l qo‘ymasligi
Ulagichni ajratishi va sekin tormoz berishi
Tormoz tepkisini uzuq-uzuq bosish bilan keskin tormoz berishi
To'g'ri javob: Ulagichni ajratmay turib sekin tormoz berishi va boshqaruv rulining keskin burilishga yo‘l qo‘ymasligi
Sirpanchiq yo'lda to'xtatish tepkisini uzuq-uzuq bosib, uzatma va ilashish mexanizmini ajratmay, dvigatel orqali tormozlanishni qo'llab va g'ildiraklarning blokirovkasi (aylanmasdan sirpanishi)ga yo'l qo'ymagan holda to'xtash lozim.
5. Sirpanchiq yo‘lda karbyuratorning drossel zaslonkasini keskin ochish qanday xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin?
Karbyurator qismlari ishdan chiqishiga
Yurgizgich ishlashdan to‘xtab qolishiga
Avtomobilning yonga sirpanib ketishiga
To'g'ri javob: Avtomobilning yonga sirpanib ketishiga
Drossel zaslonkasining ochilishi gaz pedalini bosganda yuz beradi. Tekis yo‘lda drosselni keskin ochishda yetaklovchi g‘ildiraklar joyidan jilmay aylanadi va avtomobilning yoniga og‘ishini keltirib chiqarishi mumkin. Gaz pedalini keskin bosish karbyuratorni buzilish ehtimolidan yiroq. Aksincha, gaz pedaliga bosilganda dvigatelь ishini to‘xtatmaydi, balki kuchliroq ishlay boshlaydi.
6. To‘xtash yo‘li deb nimaga aytiladi?
Xavfning haydovchiga ma’lum bo‘lgan paytidan tozmozlash boshlanguncha avtomobilda o‘tilgan masofa
Avtomobilda xavfning haydovchiga ma’lum bo‘lgan paytidan boshlab to‘la to‘xtashga qadar o‘tilgan masofa
Tormoz yuritmasining ishlab ketgan vaqtdan boshlab transport vositasining to'la to'xtashga qadar o'tilgan masofa.
To'g'ri javob: Avtomobilda xavfning haydovchiga ma’lum bo‘lgan paytidan boshlab to‘la to‘xtashga qadar o‘tilgan masofa
To'xtash yo'liga haydovchining xavf-xatarni sezgan vaqtidan boshlab, transport vositasining butunlay to'xtagunga qadar yurib o'tgan masofasi tushuniladi. To'xtash yo'li doim tormoz yo'lidan ko'proq bo'ladi, chunki tormozlanish boshlanishidan avval transport vositasi haydovchining reaksiya vaqti va tormoz yuritmasining ishlab ketish vaqtiga bog'liq bo'lgan masofani o'tadi.
7. Yaxmalak bo‘lganda shatakka olishga ruxsat etiladimi?
Taqiqlanadi
Sirpanishga qarshi vositalarni qo‘llab egiluvchan ulagichda faqat bitta transportni shatakka olish ruxsat etiladi
Faqat qattiq ulagichda ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Faqat qattiq ulagichda ruxsat etiladi
YHQ 24 – bobi 145 – bandining oltinchi xatboshisiga asosan, shatakka olish quydagi holatlarda taqiqlanadi: yo‘l yaxmalak, sirpanchiq bo‘lgan hollarda egiluvchan ulagichda.
8. Qanday holda markazdan qochma kuch burilishda kamayadi?
Boshqaruv rulini burilish tomonga keskin burganda
Harakat tezligi pasayganda
Burilish radiusi kamayganda
To'g'ri javob: Harakat tezligi pasayganda
Burilishdan o'tayotgan vaqtda haydovchi shuni inobatga olishi lozimki, avtomobil harakati tezligi kattalashganida markazdan qochirma kuch ortadi va transport vositasini ag'darilishiga olib kelishi mumkin.
9. Tormoz yo‘li deb nimaga aytiladi?
Haydovchi tormoz tepkisini bosgandan to avtomobil to‘liq to‘xtaguncha bosib o‘tgan masofasi
Haydovchi biron bir xavfni aniqlab, avtomobilni to‘liq to‘xtatguncha bosib o‘tgan masofasi
To'g'ri javob: Haydovchi tormoz tepkisini bosgandan to avtomobil to‘liq to‘xtaguncha bosib o‘tgan masofasi
Haydovchini tormoz pedaliga bosgandan boshlab avtomobilni to'xtaguncha bosib o'tgan yo'li – tormoz yo'li deb ataladi.
10. Sirpanchiq yo‘lda tormozlardan qanday foydalanish kerak?
Ulagichni ajratmay turib sekin tormoz berishi va boshqaruv rulining keskin burilishga yo‘l qo‘ymasligi
Ulagichni ajratishi va sekin tormoz berishi
Tormoz tepkisini uzuq-uzuq bosish bilan keskin tormoz berishi
To'g'ri javob: Ulagichni ajratmay turib sekin tormoz berishi va boshqaruv rulining keskin burilishga yo‘l qo‘ymasligi
Sirpanchiq yo'lda to'xtatish tepkisini uzuq-uzuq bosib, uzatma va ilashish mexanizmini ajratmay, dvigatel orqali tormozlanishni qo'llab va g'ildiraklarning blokirovkasi (aylanmasdan sirpanishi)ga yo'l qo'ymagan holda to'xtash lozim.
11. Sirpanchiq yo‘lda yurgizgich bilan tormozlashni qo‘llash orqa uzatmali avtomobil uchun:
Avtomobil turg‘unligini oshiradi
Avtomobil turg‘unligini kamaytiradi
Avtomobil turg‘unligiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi
To'g'ri javob: Avtomobil turg‘unligini oshiradi
Sirpanchiq yo‘lda to‘xtatish tepkisini uzuq-uzuq bosib, uzatma va ilashish mexanizmini ajratmagan, dvigatel bilan tormozlanishni ishlatgan hamda g‘ildiraklarning blokirovkasi (sirg‘anish) ga yo‘l qo‘ymagan holda to‘xtatish lozim.
12. Shatakka olish qanday hollarda taqiqlangan?
Sirpanchiqda qattiq ulagichda
Sirpanchiqda egiluvchan ulagichda
Yon kajavali mototsikllar bilan
To'g'ri javob: Sirpanchiqda egiluvchan ulagichda
YHQ 24-bobi 145-bandining oltinchi xatboshisiga asosan, shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: yo‘l yaxmalak, sirpanchiq bo‘lgan hollarda egiluvchan ulagichda.
13. Avtomobil haydovchisi sirpanib ketishning xavfli oqibatlari oldini olish uchun quyidagi amalni bajarishga majbur:
Tormoz pedalini qattiq bosishga
Ulagich pedalini bosishga
Boshlangan tormoz berishni to‘xtatishga
Ulagichni ajratishga va to‘xtab turish tormozi bilan tormozlashga
To'g'ri javob: Boshlangan tormoz berishni to‘xtatishga
Avtomobilning sirpanchiq yo'lda surilishi orqa g'ildiraklarining blokirovkasi sababli tormozlanishda vujudga keladi. Bu holda birinchi navbatda surilish sababini bartaraf etish, ya'ni boshlangan tormozlanishni to'xtatish lozim. Keyinchalik rul chambaragini surilish tomon burib, harakat yo'nalishini to'g'irlab olish mumkin.
14. Sanab o‘tilgan qaysi hollarda egiluvchan ulagichda shatakka olish taqiqlanadi?
Faqat tog‘li yo‘llarda
Kunning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaslik sharoitida
Yo‘l yaxmalak, sirpanchiq bo‘lgan hollarda
Barcha sanab o‘tilgan hollarda
To'g'ri javob: Yo‘l yaxmalak, sirpanchiq bo‘lgan hollarda
Yo‘l harakati qoidalarining 145 bandiga asosan, shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: yo‘l yaxmalak, sirpanchiq bo‘lgan hollarda egiluvchan ulagichda.
15. Yo‘lning sirpanchiq qismida rul chambaragini keskin burganda hosil bo‘ladigan sirpanishning oldini olish uchun haydovchi qanday ehtiyot choralarini ko‘rishi kerak?
Rul chambaragini zudlik bilan sirpanayotgan tomonga burish va tezda avtomobilni harakat yo‘nalishini to‘g‘irlab olish
Ilashmani uzish
Tormoz tepkisini bosish
To'g'ri javob: Rul chambaragini zudlik bilan sirpanayotgan tomonga burish va tezda avtomobilni harakat yo‘nalishini to‘g‘irlab olish
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, Yo‘lning sirpanchiq qismida rul chambaragini keskin burganda hosil bo‘ladigan sirpanishning oldini olish uchun haydovchi, rul chambaragini zudlik bilan, lekin, bir tekisda sirpanayotgan tomonga burish va tezda avtomobilni harakat yo‘nalishini to‘g‘irlab olish choralarini ko‘rishi kerak.
16. Avtomobilning ABS tizimi burilishida sirpanish va yonga siljishning oldini oladimi?
Avtomobilning faqat sirpanish ehtimolining oldini oladi
Avtomobilning sirpanish va yonga siljish ehtimolining oldini olmaydi
Avtomobilning faqat yonga siljish ehtimolining oldini oladi
To'g'ri javob: Avtomobilning sirpanish va yonga siljish ehtimolining oldini olmaydi
Burilish paytida, transport vositasiga markazdan qochma kuch ta'sir qiladi, tezlikni oshishi bilan bu kuch ham oshib, transport vositasini yo'l egriligining tashqi tomoniga yo'naltirishga moyildir. Burilishdan o'tayotganda transport vositasining sirpanishi yoki surilib ketishi yuqori tezlikdan, tormozlashdan yoki g'ildiraklarning ishqalanish koeffisientining kamligidan kelib chiqadi. G'ildiraklarning sirpanib tormozlashga qarshi tizimi tormozlanganda g'ildiraklarni birdaniga to'xtab, qotib qolishini oldini olish uchun xizmat qiladi, u sirpanish yoki surilib ketish ehtimolini kamaytirishi mumkin, ammo ularning paydo bo'lish ehtimolini istisno qilmaydi.
17. Yoqilg‘i bilan ta'minlash tepkisini keskin tezlikni oshirish uchun bosayotganda, avtomobil sirpanishni boshlasa haydovchi qanday harakat qilishi kerak?
Tepkiga ta'sir etuvchi kuchni kamaytirish
Tepkini yana kuchliroq bosish
Tepkiga ta'sir yetuvchi kuchni o‘zgartirmaslik
To'g'ri javob: Tepkiga ta'sir etuvchi kuchni kamaytirish
Sirpanchiq yo‘lda avtomobilning toyib ketishi, harakatning keskin tezlashuvidan yetaklovchi g‘ildiraklarning joyida turib aylanishi hisobiga vujudga kelishi mumkin. Bunday holda, sirpanish(toyib ketish)ni yo'q qilish kerak, ya'ni yonilg'i uzatish tepkisiga bosish kuchini bo'shashtirish kerak.
18. Quruq ob-havo sharoitida asfalt-beton qoplamali yo‘lda harakatlanayotgan haydovchi yomg‘ir tomchilab qolganda nima qilishi kerak?
Tezlikni o‘zgartirmasdan harakatni davom ettirishi
Yomg‘ir tezlashib ketmasdan tezroq harakat qilishi
Tezlikni kamaytirishi va ehtiyot bo‘lishi kerak
To'g'ri javob: Tezlikni kamaytirishi va ehtiyot bo‘lishi kerak
Yomg'ir tomchilay boshlaganda, haydovchilar ayniqsa ehtiyotkor bo'lishlari kerak, chunki yo'ldagi chang, moy, rezina qurumi va shunga o'xshashlar yomg'ir suvi bilan aralashib, sirpanchiq qatlamni hosil qiladi, keyinchalik esa bu qatlam yomg'ir bilan yuvilib ketadi.
19. Ko‘rsatilgan qaysi belgi yo‘lning o‘ta sirpanchiq bo‘lgan qismini bildiradi?
Faqat A
A va C
Faqat C
To'g'ri javob: Faqat C
YHQ 1-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.15 belgiga asosan, «Sirpanchiq yo‘l». Qatnov qismi o‘ta sirpanchiq bo‘lgan yo‘l qismi.
20. Tormoz yo‘li deb nimaga aytiladi?
Haydovchi tormoz tepkisini bosgandan to avtomobil to‘liq to‘xtaguncha bosib o‘tgan masofasi
Haydovchi biron bir xavfni aniqlab, avtomobilni to‘liq to‘xtatguncha bosib o‘tgan masofasi
To'g'ri javob: Haydovchi tormoz tepkisini bosgandan to avtomobil to‘liq to‘xtaguncha bosib o‘tgan masofasi
Haydovchini tormoz pedaliga bosgandan boshlab avtomobilni to'xtaguncha bosib o'tgan yo'li – tormoz yo'li deb ataladi.
21. Sanab o‘tilgan qaysi hollarda egiluvchan ulagichda shatakka olish taqiqlanadi?
Faqat tog‘li yo‘llarda
Kunning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaslik sharoitida
Yo‘l yaxmalak, sirpanchiq bo‘lgan hollarda
Barcha sanab o‘tilgan hollarda
To'g'ri javob: Yo‘l yaxmalak, sirpanchiq bo‘lgan hollarda
Yo‘l harakati qoidalarining 145 bandiga asosan, shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: yo‘l yaxmalak, sirpanchiq bo‘lgan hollarda egiluvchan ulagichda.
22. Avtomobilning ABS tizimi burilishida sirpanish va yonga siljishning oldini oladimi?
Avtomobilning faqat sirpanish ehtimolining oldini oladi
Avtomobilning sirpanish va yonga siljish ehtimolining oldini olmaydi
Avtomobilning faqat yonga siljish ehtimolining oldini oladi
To'g'ri javob: Avtomobilning sirpanish va yonga siljish ehtimolining oldini olmaydi
Burilish paytida, transport vositasiga markazdan qochma kuch ta'sir qiladi, tezlikni oshishi bilan bu kuch ham oshib, transport vositasini yo'l egriligining tashqi tomoniga yo'naltirishga moyildir. Burilishdan o'tayotganda transport vositasining sirpanishi yoki surilib ketishi yuqori tezlikdan, tormozlashdan yoki g'ildiraklarning ishqalanish koeffisientining kamligidan kelib chiqadi. G'ildiraklarning sirpanib tormozlashga qarshi tizimi tormozlanganda g'ildiraklarni birdaniga to'xtab, qotib qolishini oldini olish uchun xizmat qiladi, u sirpanish yoki surilib ketish ehtimolini kamaytirishi mumkin, ammo ularning paydo bo'lish ehtimolini istisno qilmaydi.
23. Siz to‘g‘ri yo‘lda harakatlanayotib to‘satdan yo‘lning qisman katta bo‘lmagan sirpanchiq qismiga duch keldingiz. Bunda qanday ehtiyot choralarini ko‘rasiz?
Rulni burib sirpanchiqdan chiqib ketish
Avtomobilni ohista to‘xtatish
Harakat yo‘nalishini va tezlikni o‘zgartirmasdan ehtiyotkorlik bilan o‘tib ketish
To'g'ri javob: Harakat yo‘nalishini va tezlikni o‘zgartirmasdan ehtiyotkorlik bilan o‘tib ketish
Yo'lning unchalik katta bo'lmagan sirpanchiq qismidan, avtomobilning sirpanib ketishini oldini olish uchun harakatlanish yo'nalishi va tezlikni o'zgartirmasdan o'tib ketish maqsadga muvofiqdir.
24. Ushbu belgi aholi punktlarida xavfli yo‘l qismi boshlanishidan qancha masofada oldin o‘rnatiladi?
150-300 m
50-100 m
Xavfli yo‘l qismi oldiga o‘rnatiladi
To'g'ri javob: 50-100 m
YHQ 1-ilovasining 1-bo'limi 1.15 belgisi, "Sirpanchiq yo'l". Yo'lning o'ta sirpanchiq bo'lgan qismini bildiradi.