Axborot-ko‘rsatkich belgilari: test savollari

1. Ko'rsatilgan belgilardan qaysi biri Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartib-talablari bekor qilingan joyni bildiradi?

Ko'rsatilgan belgilardan qaysi biri Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartib-talablari bekor qilingan joyni…
  1. Faqat A.
  2. Faqat C.
  3. C va D.
  4. Barchasi.

To'g'ri javob: Faqat C.

YHQ 1-ilovasining 5-bo'limi 5.23 "Aholi punktining oxiri" belgisiga muvofiq, ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartib-talablari bekor qilingan joyni bildiradi.

2. Avtomobilga qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etadi?

Avtomobilga qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etadi?
  1. A va B
  2. B va C
  3. Barcha yo‘nalishlarga

To'g'ri javob: A va B

YHQ 1-ilovasining 5-bo'limi 5.11.1 "Qayrilib olish joyi" belgisi, chapga burilish taqiqlanadi.

3. Chorrahada qaysi yo'nalishlarda harakat qilish ruxsat etiladi?

Chorrahada qaysi yo'nalishlarda harakat qilish ruxsat etiladi?
  1. Faqat D va F.
  2. A, B, D, E.
  3. B,C,D,E.

To'g'ri javob: Faqat D va F.

YHQ 1-ilovasining 5-bo'limidagi 5.8.1 "Tasmalar bo'yicha harakat yo'nalishi" belgisi bo'laklar soni va har biri bo'lak bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishini ko'rsatadi. Chorrahadan oldin o'rnatilgan 5.8.1 belgisining ta'siri, agar shu turkumdagi boshqa belgilar o'rnatilmagan bo'lsa, butun chorrahaga tatbiq etiladi.

4. Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq yuk avtomobilining qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishiga ruxsat etiladi?

Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq yuk avtomobilining qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishiga ruxsat etiladi?
  1. Faqat chapga
  2. O‘ngga, chapga va qayrilib olishga
  3. Faqat o‘ngga

To'g'ri javob: O‘ngga, chapga va qayrilib olishga

YHQ 1-ilovasining 5-bo'limidagi 5.30.1 belgi, "Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo'nalishi", chorrahada yuk avtomobillari, traktorlar va o'ziyurar moslamalarga biror yo'nalishda harakatlanish taqiqlangan bo'lsa, bunday transport vositalariga tavsiya etilgan harakatlanish yo'nalishlarini ko'rsatadi.

5. Bu yo‘l belgisi nimani bildiradi?

Bu yo‘l belgisi nimani bildiradi?
  1. Yo‘l (marshrut) raqamini ko‘rsatadi
  2. Eng yaqin aholi yashaydigan joygacha bo‘lgan masofani ko‘rsatadi
  3. DYHXXning eng yaqin postigacha bo‘lgan masofani ko‘rsatadi
  4. «Kilometr belgisi» vazifasini bajaradi

To'g'ri javob: Yo‘l (marshrut) raqamini ko‘rsatadi

YHQ 1-ilovasining 5-bo'limi 5.29.1 "Yo'l raqami" belgisiga muvofiq, — yo'lga berilgan raqam, belgilangan tartibda tasdiqlangan yo'l(marshrut) raqamini ko'rsatish uchun qo'llaniladi. 5.29.1 belgisi yo'lning boshlanishida o'rnatiladi va har 15-20 km qaytariladi. Yashil rangdagi belgilar avtomagistrallarga o'rnatish uchun mo'ljallangan.

6. Yo'naltirgichlar bilan ko'rsatilgan qaysi yo'nalishlarda harakatlanish ruxsat etiladi?

Yo'naltirgichlar bilan ko'rsatilgan qaysi yo'nalishlarda harakatlanish ruxsat etiladi?
  1. А.
  2. В.
  3. А va В.

To'g'ri javob: А.

YHQ 1- ilovasining 5-bo'limidagi 5.11.1 belgi "Qayrilish joyi" belgisi bo'lib chapga burilish taqiqlanadi.

7. Mazkur belgi nima haqida axborot beradi?

Mazkur belgi nima haqida axborot beradi?
  1. Avtobus va (yoki) trolleybus to‘xtash joylarini bildiradi
  2. Marshrutdan boshqa barcha transport vositalariga yo'lning o'ng tasmasi bo'yicha harakatlanishni taqiqlaydi.

To'g'ri javob: Avtobus va (yoki) trolleybus to‘xtash joylarini bildiradi

YHQ 1- ilovasining 5-bo'limi 5.12 "Avtobus va (yoki) trolleybus to'xtash joyi" belgisi.

8. Harakatlanish qaysi yo'nalishda ruxsat etilgan?

Harakatlanish qaysi yo'nalishda ruxsat etilgan?
  1. Faqat to'g'riga.
  2. To'g'riga va o'ngga.
  3. To'g'riga, o'ngga va chapga.
  4. Barcha yo'nalishlarda.

To'g'ri javob: To'g'riga, o'ngga va chapga.

YHQ 1-ilovasining 5-bo'lim 5.5 "Bir tomonlama harakatli yo'l" belgisi transport vositalari butun kenglik bo'yicha bir yo'nalishda harakatlanadigan yo'l yoki qatnov qismi bildiradi.

9. Ko‘rsatilgan qaysi belgi reversiv harakat boshlanishi haqida axborot beradi?

Ko‘rsatilgan qaysi belgi reversiv harakat boshlanishi haqida axborot beradi?
  1. A
  2. B
  3. C

To'g'ri javob: C

YHQ 1-ilovasining 5-bo'limi 5.35 "Reversiv harakatlanish" belgisiga muvofiq, bir yoki bir necha tasmalarda harakatlanish yo'nalishi qarama-qarshi tomonga o'zgarishi mumkin bo'lgan yo'l qismining boshlanishini bildiradi.

10. Ko'rsatilgan belgilardan qaysi biri texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko'ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo'lgan transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi?

Ko'rsatilgan belgilardan qaysi biri texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko'ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo'lga…
  1. Faqat A.
  2. Faqat C.
  3. A va B.

To'g'ri javob: Faqat A.

YHQ 1-ilovasining 5-bo'limi 5.1 "Avtomagistral" belgisiga muvofiq, yo'l harakati qoidalarining avtomagistrallarda harakatlanish tartibi o'rnatilgan yo'lni bildiradi. Avtomagistrallarda texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko'ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.