Qo‘shimcha axborot belgilari: test savollari

1. Quyidagi belgilar qaysi yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat beradi?

Quyidagi belgilar qaysi yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat beradi?
  1. Faqat chapga
  2. Faqat to‘g‘riga
  3. Faqat o‘ngga
  4. To‘g‘riga, o‘ngga va qayrilishga

To'g'ri javob: To‘g‘riga, o‘ngga va qayrilishga

YHQ 1-ilovasi 7-bo'limidagi 7.3.2 "Ta'sir yo'nalishlari" qo'shimcha axborot belgisi, chorraha oldida o'rnatilgan 3.2. "Harakatlanish taqiqlangan" belgisining ta'sir yo'nalishini ko'rsatadi.

2. Qaysi javobda ruxsat berilgan harakat yo'nalishi to'g'ri ko'rsatilgan?

Qaysi javobda ruxsat berilgan harakat yo'nalishi to'g'ri ko'rsatilgan?
  1. Faqat orqaga burilish.
  2. To'g'riga va orqaga burilish.
  3. Faqat to'g'riga.

To'g'ri javob: Faqat to'g'riga.

YHQ 1-ilovasining 7-bo'limi 3-xatboshiga asosan, vaqtinchalik (ko'chma tirgakdagi) va doimiy belgilar ma'no jihatidan bir-biriga zid kelgan hollarda, haydovchilar vaqtincha o'rnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak.

3. Taqiqlovchi belgi bilan o‘rnatilgan qo‘shimcha axborot belgisi nima maqsadda qo‘yilgan?

Taqiqlovchi belgi bilan o‘rnatilgan qo‘shimcha axborot belgisi nima maqsadda qo‘yilgan?
  1. Belgidan uning ta’sir qilish hududi boshlanishigacha bo‘lgan masofani aniqlash uchun
  2. Taqiqlovchi belgi amal qilish hududini aniqlash uchun.

To'g'ri javob: Belgidan uning ta’sir qilish hududi boshlanishigacha bo‘lgan masofani aniqlash uchun

YHQ 1-ilovasining 7-bo'limidagi 7.1.1. "Ob'ektgacha bo'lgan masofa" qo'shimcha axborot belgisi 3.20. "Quvib o'tish taqiqlangan" belgidan yo'l harakatiga tegishli cheklov kiritiladigan joygacha bo'lgan masofani ko'rsatadi.

4. Belgi va uning ostidagi qo‘shimcha axborot belgisi nima haqida ogohlantiradi?

Belgi va uning ostidagi qo‘shimcha axborot belgisi nima haqida ogohlantiradi?
  1. Olib borilayotgan ishlar munosabati bilan yo‘l chetida to‘xtash taqiqlanadi
  2. Yo‘l yoqasida ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan unga chiqish xavfli
  3. Yo‘lda ta’mirlash ishlari olib borilayotganda yo‘l chetida to‘xtab turish taqiqlanadi

To'g'ri javob: Yo‘l yoqasida ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan unga chiqish xavfli

YHQ 1-ilovasining 7-bo'limi 7.12 "Xavfli yo'l yoqasi" belgisiga muvofiq, 1.23 "Ta'mirlash ishlari" belgisi bilan qo'llanilganda yo'l ishlari bajarilayotgani sababli yo'l yoqasiga chiqish xavfli ekanligi haqida ogohlantiradi.

5. Qaysi transport vositalarining haydovchilari to'xtab turish qoidasini buzdilar?

Qaysi transport vositalarining haydovchilari to'xtab turish qoidasini buzdilar?
  1. A va B.
  2. Faqat D.
  3. B va D.
  4. C va D.
  5. B, C va D.

To'g'ri javob: B, C va D.

YHQ 1-ilovasining 7-bo'limidagi 7.6.2 "Transport vositasini to'xtab turish joyiga qo'yish usuli" qo'shimcha axborot belgisi 5.15. "To'xtab turish joyi" belgisi bilan birga trotuar yonidagi to'xtab turish joyiga yengil avtomobillar va motosikllarni qo'yish usulini bildiradi.