Tartibga solingan chorrahalar: test savollari

1. Chorrahani birinchi bo‘lib kesib o‘tadi?

Chorrahani birinchi bo‘lib kesib o‘tadi?
  1. Avtomobil va avtobus haydovchisi
  2. Tramvay haydovchisi

To'g'ri javob: Avtomobil va avtobus haydovchisi

YHQ 15-bobi 100 - va 101 - bandlariga asosan, svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmoqning ko'rsatkichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yo'nalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmog'ining yo'naltirgichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan tramvay boshqa yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak.

2. Qaysi transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak?

Qaysi transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak?
  1. Avtomobil haydovchisi.
  2. Tramvay haydovchisi.

To'g'ri javob: Tramvay haydovchisi.

YHQ 15-bobi 100 - va 101 - bandlariga asosan, svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmoqning ko'rsatkichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yo'nalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmog'ining yo'naltirgichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan tramvay boshqa yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak.

3. Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda o'tadilar:

Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda o'tadilar:
  1. Tramvay va avtobus, yengil avtomobil.
  2. Tramvay, yengil avtomobil, avtobus.
  3. Yengil avtomobil, tramvay va avtobus.

To'g'ri javob: Yengil avtomobil, tramvay va avtobus.

YHQ 15-bobi 100 - va 101 - bandlariga asosan, svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmoqning ko'rsatkichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yo'nalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak. Agar svetoforning ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmog'ining yo'naltirgichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan tramvay boshqa yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak.

4. Yashil avtomobil chorrahadan nechanchi bo‘lib o‘tadi?

Yashil avtomobil chorrahadan nechanchi bo‘lib o‘tadi?
  1. Birinchi bo‘lib
  2. Ikkinchi bo‘lib

To'g'ri javob: Ikkinchi bo‘lib

YHQ 15-bobi 99-bandiga asosan, svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan to'g'riga harakatlanayotgan va o'ngga burilayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

5. Qaysi transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak?

Qaysi transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak?
  1. Mototsikl haydovchisi.
  2. Avtomobil haydovchisi.

To'g'ri javob: Avtomobil haydovchisi.

YHQ 15-bobi 100-bandiga asosan, svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmoqning ko'rsatkichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yo'nalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak.

6. Qanday hollarda quvib o‘tish taqiqlanadi?

  1. Tartibga solingan chorrahalarda
  2. Tepalikning oxirida va yo‘lning ko‘rinishi cheklangan joylarida
  3. Tartibga solinmagan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo‘llarda harakatlanishda
  4. Sanab o‘tilgan barcha hollarda

To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha hollarda

YHQ 12-bobi 86-bandiga asosan, quvib o'tish quyidagi hollarda taqiqlanadi - tartibga solingan chorrahalarda, tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo'llarda harakatlanishda, ko'priklarda, yo'l o'tkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida, piyodalar o'tish joylarida, temir yo'l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda, quvib yoki aylanib o'tayotgan transport vositalarini, tepalikning oxirida va yo'lning ko'rinishi cheklangan joylarida, 3.20 va 3.22 yo'l belgilari ta'sir oralig'ida.

7. Qanday joylarda to‘xtab turish taqiqlanadi?

  1. Qatnov qismi kesishmasining chekkasiga 30 metrdan ko‘p masofa qolganda
  2. Piyodalar o‘tish joyi oldiga 10 metrdan ko‘p masofa qolganda
  3. Piyodalar o‘tish joyidan o‘tgandan keyin bir metr masofa uzoqlikda
  4. Transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan va piyodalarning harakatida halaqit beradigan joylarda
  5. Sanab o‘tilgan barcha hollarda

To'g'ri javob: Transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan va piyodalarning harakatida halaqit beradigan joylarda

YHQ 13-bob 91-bandiga asosan: Quyidagi joy va holatlarda to‘xtash taqiqlanadi: piyodalar o‘tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda; qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno); transport vositasi svetafor ishoralari, yo‘l belgilarini boshqa haydovchilardan to‘sib qo‘yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga halaqit beradigan joylarda.

8. Qaysi transport vositasining haydovchisi harakatlanishda imtiyozga ega?

Qaysi transport vositasining haydovchisi harakatlanishda imtiyozga ega?
  1. Avtomobil haydovchisi.
  2. Tramvay haydovchisi.

To'g'ri javob: Tramvay haydovchisi.

YHQ 15-bobi 101-bandiga asosan, agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi.

9. Transport vositasining haydovchisi, agar svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yoqilsa-yu, shu yo‘nalishda qatnov qismidan o‘tishga ulgurmagan piyodalar bo‘lsa, nima qilishi kerak?

Transport vositasining haydovchisi, agar svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yoqilsa-yu, shu yo‘nalishda qatnov qismid…
  1. Tezlikni kamaytirishi, tovush ishorasini berishi va eng kam tezlik bilan piyodalarning o‘tish joyidan o‘tishi
  2. Tovush ishorasini berishi va tezlikni kamaytirmay piyodalarning o‘tish joyidan o‘tishi
  3. Tegishli yo‘nalishning qatnov qismidan o‘tishni tugallayotgan piyoda(lar)ga yo‘l berishi shart
  4. Ehtiyotkorlik choralariga rioya etgan holda piyodalarning o‘tish joyidan o‘tishi

To'g'ri javob: Tegishli yo‘nalishning qatnov qismidan o‘tishni tugallayotgan piyoda(lar)ga yo‘l berishi shart

YHQ 15-bobi 103-bandiga asosan, svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yonganda haydovchi chorraha orqali harakatlanishni tugallayotgan transport vositalari va qatnov qismidan tegishli yo'nalishda o'tishni tugallayotgan piyoda(lar)ga yo'l berishi shart.

10. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha tarmog‘ining yo‘naltirgichli yashil ishorasi yo‘nalishida harakatlanayotgan tramvay haydovchisi boshqa yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerakmi?

Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha tarmog‘ining yo‘naltirgichli yashil ishorasi…
  1. Kerak
  2. Kerak emas

To'g'ri javob: Kerak

YHQ 15-bobi 101 - bandiga asosan, svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmog'ining yo'naltirgichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan tramvay boshqa yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak.

11. Qizil avtomobil chorrahani kesib o'tadi:

Qizil avtomobil chorrahani kesib o'tadi:
  1. Birinchi.
  2. Ikkinchi.
  3. Uchinchi.
  4. Oxirgi.

To'g'ri javob: Oxirgi.

YHQ 15-bobi 99 - va 101 - bandlariga asosan, svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan to'g'riga harakatlanayotgan va o'ngga burilayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Agar svetoforning ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi.

12. Transport vositasining haydovchisi oldida "To‘xtash chizig‘i" chizilgan va svetoforning yashil ishorasi yoniq bo‘lgan chorrahaga yaqinlashayotib nima qilishi kerak?

Transport vositasining haydovchisi oldida "To‘xtash chizig‘i" chizilgan va svetoforning yashil ishorasi yoniq bo‘lgan c…
  1. "To‘xtash chizig‘i"da to‘xtashi, so‘ng esa harakatni qayta tiklashi
  2. To‘xtamasdan chorraha orqali harakatni davom ettirishi

To'g'ri javob: To‘xtamasdan chorraha orqali harakatni davom ettirishi

YHQ 7-bobi 31-bandiga muvofiq, svetoforning doirasimon yashil rangli ishorasi harakatlanishga ruxsat beradi.

13. Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:

Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:
  1. Qizil avtomobil, tramvay ayni vaqtda yashil avtomobil bilan.
  2. Tramvay, qizil, yashil avtomobillar.
  3. Tramvay ayni vaqtda yashil avtomobil, qizil avtomobil.

To'g'ri javob: Qizil avtomobil, tramvay ayni vaqtda yashil avtomobil bilan.

YHQ 15-bobi 100-bandiga asosan, svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmoqning ko'rsatkichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yo'nalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak.

14. Qizil avtomobil chorrahani kesib o'tadi:

Qizil avtomobil chorrahani kesib o'tadi:
  1. Birinchi.
  2. Ikkinchi.

To'g'ri javob: Birinchi.

YHQ 7-bobi 43-bandiga asosan, svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid bo'lgan hollarda haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak. YHQ 15-bobi 99-bandiga asosan, svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan to'g'riga harakatlanayotgan va o'ngga burilayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

15. Qizil avtomobil haydovchisi:

Qizil avtomobil haydovchisi:
  1. Yo'l berishi kerak.
  2. Birinchi bo'lib harakatlanish imtiyoziga ega.

To'g'ri javob: Yo'l berishi kerak.

YHQ 15-bobi 100-bandiga asosan, svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmoqning ko'rsatkichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yo'nalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak.

16. Chorrahani birinchi bo‘lib kesib o‘tadi:

Chorrahani birinchi bo‘lib kesib o‘tadi:
  1. Qizil avtomobil
  2. Ko‘k avtomobil
  3. Yashil avtomobil

To'g'ri javob: Yashil avtomobil

YHQ 15-bobi 100-bandiga asosan, svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmoqning ko'rsatkichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yo'nalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak.

17. Svetoforning qizil va sariq yoritgichlaridagi yo'naltirgichlar izi nima haqida axborot beradi?

Svetoforning qizil va sariq yoritgichlaridagi yo'naltirgichlar izi nima haqida axborot beradi?
  1. Svetoforning yashil ishorasi yonganda harakatlanishning ruxsat etilgan yo'nalishlari haqida.
  2. Svetoforning qizil va sariq ishoralarida harakatlanishning ruxsat etilgan yo'nalishlari haqida.

To'g'ri javob: Svetoforning yashil ishorasi yonganda harakatlanishning ruxsat etilgan yo'nalishlari haqida.

YHQ 7-bobi 32-bandning 1-xatboshiga asosan, svetoforning qizil, sariq va yashil chiroqlariga tushirilgan yo'naltirgich izlari bu ishoralarning ma'nosini o'zgartirmaydi, balki u svetoforning yashil chirog'i yonganida ruxsat etilgan harakat yo'nalishini ko'rsatadi. Bu svetoforlar harakatlanishi ko'p yo'nalishli chorrahalarda har bir yo'nalish uchun alohida qo'llanilishi mumkin.

18. Harakatlanishda ustunlikka ega:

Harakatlanishda ustunlikka ega:
  1. Asosiy yo‘l bo‘yicha chorrahaga chiqayotgan avtobusning haydovchisi
  2. Chorrahada qayrilishni tugallayotgan yengil avtomobilning haydovchisi
  3. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga chiqqan avtobus haydovchisi

To'g'ri javob: Chorrahada qayrilishni tugallayotgan yengil avtomobilning haydovchisi

YHQ 15-bobi 102 - va 103 - bandlariga asosan, svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi undan chiqishda svetofor ishoralaridan qat'i nazar, mo'ljallangan yo'nalishda harakatlanishni davom ettirishi kerak. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yonganda haydovchi chorraha orqali harakatlanishni tugallayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

19. Svetoforning qaysi ishorasida avtomobil haydovchisi qayrilishni tugallashi mumkin?

Svetoforning qaysi ishorasida avtomobil haydovchisi qayrilishni tugallashi mumkin?
  1. Qizilda.
  2. Yashilda.
  3. Istalgan ishorasida.

To'g'ri javob: Yashilda.

YHQ 15-bobi 102-bandiga muvofiq, svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi undan chiqishda svetofor ishoralaridan qat'i nazar, mo'ljallangan yo'nalishda harakatlanishni davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada haydovchining harakatlanish yo'lida joylashgan svetoforlar oldida to'xtash chiziqlari (yoki 5.33 yo'l belgisi) bo'lsa, u har bir svetofor ishoralariga amal qilishi shart.

20. Agar haydovchi keskin tormoz bermasdan harakatni to‘xtata olmasa, svetaforning yashil ishorasidan keyin yongan sariq ishorasida harakatni davom yettirishga ruxsat beriladimi?

Agar haydovchi keskin tormoz bermasdan harakatni to‘xtata olmasa, svetaforning yashil ishorasidan keyin yongan sariq is…
  1. Ruxsat etiladi
  2. Agar haydovchi chorrahadan faqat to‘g‘riga o‘tib ketmoqchi bo‘lsa, ruxsat etiladi
  3. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi

YHQ 7-bobi 42-bandiga asosan, sariq ishora yonganda to'xtash chizig'i oldida, bunday chiziq bo'lmaganda esa chorrahaning qatnov qismi bilan kesishgan joyida keskin tormoz bermasdan to'xtashga ulgura olmaydigan transport vositalarining haydovchilariga harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi.

21. Svetoforning miltillovchi sariq ishorasi nima haqida ogohlantiradi?

Svetoforning miltillovchi sariq ishorasi nima haqida ogohlantiradi?
  1. Harakatlanishga ruxsat beradi
  2. Chorraha tartibga solinmaganligi to‘g‘risida
  3. Barcha javoblar to‘g‘ri

To'g'ri javob: Barcha javoblar to‘g‘ri

Yo‘l harakati qoidalarining 31 bandi 6 xatboshiga asosan, miltillovchi sariq ishora ehtiyotkorlik choralarini ko‘rgan holda harakatlanishga ruxsat beradi va tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar o‘tish joyi borligidan xabardor qiladi, xavf-xatar haqida ogohlantiradi.

22. Ushbu vaziyatda siz:

Ushbu vaziyatda siz:
  1. To‘xtamasdan harakatni davom ettirishingiz mumkin
  2. Belgi oldida to‘xtashingiz va svetoforning ruxsat beruvchi ishorasini kutishingiz kerak

To'g'ri javob: Belgi oldida to‘xtashingiz va svetoforning ruxsat beruvchi ishorasini kutishingiz kerak

YHQ 15-bobi 102-bandiga muvofiq, svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi undan chiqishda svetofor ishoralaridan qat'i nazar, mo'ljallangan yo'nalishda harakatlanishni davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada haydovchining harakatlanish yo'lida joylashgan svetoforlar oldida to'xtash chiziqlari (yoki 5.33 yo'l belgisi) bo'lsa, u har bir svetofor ishoralariga amal qilishi shart.

23. Miltillovchi sariq ishorali svetafor:

Miltillovchi sariq ishorali svetafor:
  1. Svetafor chirog‘i almashuvidan xabardor qiladi
  2. Tartibga solingan chorraha borligidan xabardor qiladi
  3. Tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar o‘tish joyi borligidan xabardor qiladi

To'g'ri javob: Tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar o‘tish joyi borligidan xabardor qiladi

YHQ 7-bobi 31-bandiga muvofiq, miltillovchi sariq ishora harakatlanishga ruxsat beradi va tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar o'tish joyi borligidan xabardor qiladi, xavf-xatar haqida ogohlantiradi;

24. Rasmda ko‘rsatilgan chorraxa - ...

Rasmda ko‘rsatilgan chorraxa - ...
  1. Tartibga solingan chorraha
  2. Tartibga solinmagan, teng ahamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llar kesishgan chorraha
  3. Tartibga solinmagan, teng ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kesishgan chorraha

To'g'ri javob: Tartibga solinmagan, teng ahamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llar kesishgan chorraha

Yo‘l harakati qoidalarining 98 bandiga asosan, harakatlanish navbati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari bilan boshqariladigan chorraha — tartibga solingan chorraha hisoblanadi. Miltillovchi sariq ishora yonib-o‘chayotgan, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi bo‘lmagan chorraha — tartibga solinmagan chorraha hisoblanadi. Haydovchilar tartibga solinmagan chorrahalardan o‘tish qoidalariga hamda chorrahada o‘rnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart.

25. Rasmda ko‘rsatilgan chorraxa - ...

Rasmda ko‘rsatilgan chorraxa - ...
  1. Tartibga solinmagan, teng ahamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llar kesishgan chorraha
  2. Tartibga solinmagan, teng ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kesishgan chorraha
  3. Tartibga solingan chorraha

To'g'ri javob: Tartibga solingan chorraha

Yo‘l harakati qoidalarining 98 bandiga asosan, harakatlanish navbati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari bilan boshqariladigan chorraha — tartibga solingan chorraha hisoblanadi. Miltillovchi sariq ishora yonib-o‘chayotgan, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi bo‘lmagan chorraha — tartibga solinmagan chorraha hisoblanadi. Haydovchilar tartibga solinmagan chorrahalardan o‘tish qoidalariga hamda chorrahada o‘rnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart.

26. Chorrahadan ikkinchi bo‘lib qaysi transport vositasi kesib o‘tadi?

Chorrahadan ikkinchi bo‘lib qaysi transport vositasi kesib o‘tadi?
  1. Yashil avtomobil tramvay bilan bir vaqtda
  2. Qizil avtomobil
  3. Yashil avtomobil

To'g'ri javob: Yashil avtomobil tramvay bilan bir vaqtda

Yo‘l harakati qoidalarining 100 bandiga asosan, svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha tarmoqning ko‘rsatkichli yashil ishorasi yo‘nalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yo‘nalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak. Yo‘l harakati qoidalarining 101 bandiga asosan, agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yo‘nalishidan qat’i nazar, tramvay oldin o‘tish huquqiga ega bo‘ladi. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha tarmog‘ining yo‘naltirgichli yashil ishorasi yo‘nalishida harakatlanayotgan tramvay boshqa yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak.

27. Qanday hollarda quvib o‘tish taqiqlanadi?

  1. Tartibga solingan chorrahalarda
  2. Tepalikning oxirida va yo‘lning ko‘rinishi cheklangan joylarida
  3. Tartibga solinmagan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo‘llarda harakatlanishda
  4. Sanab o‘tilgan barcha hollarda

To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha hollarda

YHQ 12-bobi 86-bandiga asosan, quvib o'tish quyidagi hollarda taqiqlanadi - tartibga solingan chorrahalarda, tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo'llarda harakatlanishda, ko'priklarda, yo'l o'tkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida, piyodalar o'tish joylarida, temir yo'l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda, quvib yoki aylanib o'tayotgan transport vositalarini, tepalikning oxirida va yo'lning ko'rinishi cheklangan joylarida, 3.20 va 3.22 yo'l belgilari ta'sir oralig'ida.

28. Siz chorrahadan chapga burilmoqchisiz. Sizning harakatlaringiz?

Siz chorrahadan chapga burilmoqchisiz. Sizning harakatlaringiz?
  1. Tramvayga yo'l berasiz.
  2. Maxsus svetoforning ruxsat beruvchi ishorasini kutasiz, tramvayni o'tkazib yuborib, chapga burilasiz.
  3. Chorrahadan birinchi bo'lib o'tasiz.

To'g'ri javob: Chorrahadan birinchi bo'lib o'tasiz.

YHQ 7-bobi 31-bandiga muvofiq, svetoforning doirali yashil ishorasi harakatlanishga ruxsat beradi. YHQ 7-bobi 36-bandiga muvofiq, tramvaylarning harakatlanishini tartibga solish uchun "T" — harfi ko'rinishida joylashgan to'rtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar qo'llanilishi mumkin. Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning o'zida yonganda, harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, o'ngdagisi o'ng tomonga burilishga, o'rtadagisi to'g'riga yurishga ruxsat beradi. Agar yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.

29. Ushbu joyda quvib o‘tishga ruxsat beriladimi?

Ushbu joyda quvib o‘tishga ruxsat beriladimi?
  1. Ruxsat beriladi
  2. Oldindagi transport vositasi tezligi 40 km/s dan kam bo‘lsa
  3. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQ 2 ilova: 1.1 — qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo‘lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo‘lagi chegarasini va velosipedchilar uchun bo‘lagining chegarasini bildiradi; yo‘lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to‘xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo‘lning qatnov qismi chegarasini bildiradi. YHQ 12-bobi 86-bandi: Quvib o‘tish quyidagi hollarda taqiqlanadi: tartibga solingan chorrahalarda; tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo‘llarda harakatlanishda; ko‘priklarda, yo‘l o‘tkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida; piyodalar o‘tish joylarida; temir yo‘l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda; quvib yoki aylanib o‘tayotgan transport vositalarini; tepalikning oxirida va yo‘lning ko‘rinishi cheklangan joylarida; 3.20 va 3.22 yo‘l belgilari ta’sir oralig‘ida.

30. Qaysi haydovchi birinchi bo‘lib harakatni davom ettiradi?

Qaysi haydovchi birinchi bo‘lib harakatni davom ettiradi?
  1. Ko‘k avtomobil haydovchisi
  2. Qizil avtomobil haydovchisi

To'g'ri javob: Qizil avtomobil haydovchisi

YHQning 15-bob. 99-band hamda 7-bob. 43-band 2-xatboshiga asosan: 99. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan to‘g‘riga harakatlanayotgan va o‘ngga burilayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Tramvay haydovchilari ham ushbu Qoidaga amal qilishlari kerak. Svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid bo‘lgan hollarda haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak.

31. Ushbu yo‘l belgisi chorrahalarda o‘ngga burilayotgan relssiz transport vositalariga svetaforning qaysi ishorasida harakatlanishga ruxsat etiladi?

Ushbu yo‘l belgisi chorrahalarda o‘ngga burilayotgan relssiz transport vositalariga svetaforning qaysi ishorasida harak…
  1. Qizil ishorasida
  2. Sariq ishorasida
  3. Yashil ishorasida
  4. Ko‘rsatilgan barchasida

To'g'ri javob: Ko‘rsatilgan barchasida

YHQga 1-ILOVA 5.42 bandiga asosan: 5.42. «Qizil chiroqda o‘ngga harakatlanish». Transport svetofori qizil chirog‘ining o‘ng yoniga 5.42 yo‘l belgisi o‘rnatilgan bo‘lsa, transport vositalarining haydovchilari svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonib turganda, barcha xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda o‘ngga burilishlari mumkin. Bunda ular harakat yo‘nalishi bo‘yicha va burilayotgan ko‘chani kesib o‘tayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositalariga yo‘l berishlari shart.