Buyuruvchi belgilar

<ul><li><strong>4.5. "Velosiped yo'lkasi"</strong></li></ul><p>Belgi o'rnatilgan yo'lda yoki yo'lakda faqat velosiped va mopedlar harakatlanishiga ruxsat etiladi. Bu belgi velosiped va mopedlar harakatlanishidan tashqari, trotuar bo'lmagan taqdirda, xalaqit bermaslik sharti bilan piyodalarning harakatlanishiga ham ruxsat etadi. Biroq bunday yo'llarda boshqa transport vositalarining harakati taqiqlanadi.</p><p>Ushbu yo'l belgisi qoidasini buzgan haydovchi eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortiladi.</p>