5.1. “Avtomagistral”. Yo‘l harakati qoidalarining avtomagistrallarda harakatlanish tartibi o‘rnatilgan yo‘l.

Axborot ishora belgilari

5.1. “Avtomagistral”. Yo‘l harakati qoidalarining avtomagistrallarda harakatlanish tartibi o‘rnatilgan yo‘l.

<ul><li><strong>5.1. "Avtomagistral"</strong></li></ul><p>Bu yo‘l belgisi avtomagistral boshida yoki unga chiqishda 7.1.1, 7.1.3, 7.1.4. "Manzilgacha bo‘lgan masofa" qo‘shimcha yo‘l belgilari bilan birga, 1000 metrgacha bo‘lgan masofada o‘rnatiladi. Belgi yirik aholi yashash punktlarini o‘zaro bog‘laydigan, takomillashtirilgan ya’ni transport vositalarining tez, xavfsiz harakatlanishi uchun sharoit yaratilgan yo‘lning boshlanishini ko‘rsatadi. Avtomagistrallarda harakatlanishning alohida tartibi mavjud bo‘lib, bunday yo‘lda piyodalar, uy hayvonlari, ot – aravalar, velosipedlar, mopedlar, traktor va o‘zi yurar mashinalarning harakatlanishi taqiqlanadi. Bu haqda "Yo‘l harakati qoidalari" 18- bo‘limining &nbsp;bandlarida batafsil tanishish mumkin.</p>