Axborot ishora belgilari

<ul><li><strong>5.3. "Avtomobillar uchun mo'ljallangan yo'l"</strong></li></ul><p>Avtomobillar, avtobus va motosikllarning harakatlanishi uchun mo'ljallangan yo'lni ko'rsatuvchi bu belgi mazkur takomillashtirilgan yo'l oldidan qo'yiladi. Bunday yo'lda barcha turdagi avtomobillar, avtobus va motosikllarning harakatlanishiga ruxsat etiladi, biroq ot – arava, velosiped, traktor, o'zi yurar mashina va mexanizm kabi transportlarning harakati taqiqlanadi. Avtomagistraldan farqli o'laroq avtomobillar uchun mo'ljallangan yo'llar faqatgina shahar ichidagi yirik sanoat va aholi mavzelarini o'zaro birlashtiradi.</p>