Ogohlantiruvchi belgilar

1.5. "Tramvay yo'li bilan kesishuv" Ushbu belgi xavfli chorrahalarda yoki chorrahadan tashqari joyda, yo'lning qatnov qismini kesib o'tadigan tramvay yo'llari oldida, shu bilan birga, aholi yashash punktlariga kirishdagi birinchi tramvay yo'li kesishmasi oldida o'rnatiladi va haydovchini bu haqida ogohlantiradi. Haydovchi bunday yo'ldan ehtiyot chorasini ko'rib, harakatlanishi kerak. Zero, relsli transport vositalari imtiyozga ega bo'lib, chorrahadan tashqarida haydovchilar tramvayga yo'l berishlari lozim.